3rd English faculty
1.8K subscribers
12.6K photos
1.67K videos
198 files
1.95K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Õzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti talabalari va
Happiest knitting to’garagi a’zolari

Sizga mamnuniyat bilan o’tgan mavzularimiz ya’ni ko’zoynakka jild to’qish hamda qalpoqcha to’qish mavzularining ish mahsuli bilan tanishtiramiz🧶

Endigi mavzuyimiz “Dumaloq shakldagi sumka to’qish” bo’lib, biz bu darsni bugun 03.04 da 11:30da 306- xonada bo’lishini rejalashtirdik.

To’qish uchun kerakli ip va kruchoklaringizni olishni unutmang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1🥰1
📢 E’lon

O‘zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi mudiri V.R. Ochilova hamda iqtidorli talaba, “Aleksandr Faynberg avlodlari” to‘garagi rahbari Erkinboyeva Aziza Ruslonovna tomonidan navbatdagi to‘garak mashg‘uloti tashkil etiladi.

📖 Mashg‘ulot davomida Aleksandr Faynberg ijodini keng o‘rganish, ilmiy ishlar ustida izlanish olib borish hamda talabalar orasida adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga qaratilgan foydali suhbatlar tashkil etiladi.

📆 Sana: 04.04.2026
🕒 Vaqt: 15:15
📍 O‘tkaziladigan joy: Ingliz tili 1-fakulteti
📲 Murojaat uchun: @rslnvnaa_a

Ushbu to‘garak adabiyotga qiziqadigan talabalar uchun yangi bilim va ijodiy ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

🌿 Barcha talabalarni to‘garak mashg‘ulotida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz! 📚

🔗 @aleksandr_faynbergg
3🥰1🤩1😍1
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili 3-fakulteti nazariy aspektlari-3 kafedrasi o’qituvchilari Yakupova Zuhra va Ruzmetova Dildora tomonidan olib boriladigan “Young researchers” to’garagi

🔖Mavzu: “Writing an independent thesis on IMRAD requirements”


📌Mavzu yuzasidan mas’ul o’qituvchi:
~Yakupova Zuhra
~Ruzmetova Dildora


📌O’tkazish vaqti va joyi:

📅 03.04.2026

13:15
1
🎯🎯🎯🎯🎯

🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti talabalari uchun muhim xabar!

🇺🇿Hindiston madaniy aloqalar kengashi (ICCR) tomonidan 2026–2027 o‘quv yili uchun xorijiy talabalar uchun grant (stipendiya) dasturi e’lon qilindi 🇮🇳

🎓 Ushbu grant orqali siz Hindistonda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!

📌Ariza topshirish muddati:
🗓27-fevral – 15-aprel
📌Jarayon bosqichlari: • A2A portali orqali ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish:

Universitetlar tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqish
Saralash bosqichlari (2 bosqich)
Yakuniy natijalar va qabul

📌Taxminiy ketish vaqti:
📍Iyun – avgust oylarida
Qo‘shimcha ma’lumotlar va batafsil talablar ilovada keltirilgan.

Barcha qiziquvchi talabalar ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishlari tavsiya etiladi!

#Scholarship
#StudyInIndia
#UzDJTU
#InglizTili3Fakultet
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🥰2😍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Har juma – milliylik kuni” munosabati bilan ajoyib tadbir!

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti doirasida tyutorlar
M. Avazova va Z. Xolmurodova
boshchiligida 2513-guruh talabalari
Milliylik kuni munosabati bilan Eco Parkdagi tadbirga tashrif buyurishdi.📚

Tadbir davomida talabalar milliy qadriyatlarimizni yuksak e’tirof etib, an’analarimizni amalda namoyon etdilar.

Samimiy suhbatlar, quvnoq muhit va jamoaviy birdamlik ushbu kunni yanada yorqin va esda qolarli qildi.

Bunday tashabbuslar yoshlarimiz qalbida milliylik ruhini mustahkamlab, ularni yanada birlashtirishga xizmat qiladi.

#HarJumaMilliylikKuni
#EcoPark
#TalabalarHayoti #MilliyQadriyatlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🥰2😍1
The "Young Researchers" Club Goes Global!

We are honored to announce that on April 2, 2026, the Department of English Language Integrated Skills #3 at UzSWLU held a successful online meeting to expand the international borders of our "Young Researchers" club! 💻

We have officially agreed to a new, high-level collaboration with distinguished partners from across the globe:

👩‍🏫 Y. Sharipova – Senior Teacher, UzSWLU
🎓 E. Shiley – Belarusian State University of Foreign Languages
⚙️ Prof. Ir. Dr. Tezara Cionita – Director of International Collaborations and Research
📢 Dr. Paula Tjatoerwidya Anggarina, M.M. – Director of Cooperation, Public Relations and Marketing, Universitas Tarakanita

This partnership marks an exciting new chapter for our scientific community, bridging expertise from Uzbekistan, Belarus, and beyond to empower the next generation of scholars. 🤝📚

Stay tuned! Big things are coming—wait for more news from us! 🔔🔥
#tadbir

“Urf-odatlar va qadriyatlar marosimi” mavzusida davra suhbati tashkil etilishi haqida
2026-yil 3-aprel kuni 2524-guruh talabalari ishtirokida “Urf-odatlar va qadriyatlar marosimi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirga Ingliz tili amaliy fanlar 3 kafedrasi o‘qituvchisi Talibjanova Aziza Lutfullayevna rahbarlik qildi.

Davra suhbatining asosiy maqsadi talabalarda milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularning mazmun-mohiyatini chuqur anglash hamda yoshlar ongida milliy o‘zlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.


Tadbir davomida talabalar o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan urf-odatlar, jumladan:
to‘y marosimlari
mehmondo‘stlik
Navro‘z bayrami
kattalarga hurmat
kichiklarga izzat
kabi qadriyatlar haqida fikr almashdilar.


Shuningdek, turli hududlarda uchraydigan an’analarning o‘ziga xos jihatlari muhokama qilindi. Talabalar tomonidan tayyorlangan qisqa chiqishlar, taqdimotlar va misollar orqali mavzu yanada boyitildi.

🔄 Davra suhbatida interaktiv usullar qo‘llanilib, savol-javoblar, guruh muhokamalari hamda fikr almashish jarayonlari tashkil etildi. Bu esa talabalarning faolligini oshirishga va mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishiga xizmat qildi.

Tadbir yakunida talabalar milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni keyingi avlodga yetkazish har bir insonning muhim burchi ekanligi haqida xulosa chiqardilar.

📊 Umuman olganda, davra suhbati mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega hamda samarali tashkil etildi.
❤‍🔥66🔥2👏1🎉1🤩1🏆1