3rd English faculty
1.88K subscribers
11.3K photos
1.6K videos
197 files
1.84K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 82-o‘rta maktabda malakaviy amaliyot 2404-guruh talabalari hamda guruh rahbari Ziyayeva Muhayyo boshchiligida 18-mart kuni “Navro‘z – bahor elchisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan Navro‘z bayramining milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni, uning tarixi va ahamiyati haqida qiziqarli chiqishlar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, milliy urf-odatlar, an’analar va bahor faslining go‘zalligi keng targ‘ib qilindi.

Mazkur tadbir o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
2🔥1
2026-yil 17-mart kuni 1-sonli Talabalar turar joyida Ingliz tili integrallashgan kursi №3 kafedrasi o‘qituvchilari Axmedova Nodira Rustamovna va Anarqulova Zubayda tomonidan “Yoshlar uchun ustoz maslahatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ustoz tomonidan yoshlarning hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, bilim olishga mas’uliyat bilan yondashishi va o‘z ustida muntazam ishlashi muhimligi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, talabalar uchun quyidagi muhim maslahatlar taqdim etildi:
vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va samarali foydalanish;
kitob o‘qish va ilmiy izlanish olib borish odatini shakllantirish;
maqsad qo‘yish va unga erishishda qat’iyatli bo‘lish;
salbiy odatlardan uzoq bo‘lish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;
ustozlar maslahatiga quloq tutish va tajribadan foydalanish.

Suhbat yakunida talabalar bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ularning shaxsiy rivoji va kelajak rejalari uchun muhim ekanini ta’kidladilar.
1
🏛Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi Ziyayeva M. tomonidan 2404-guruh talaba qizlari bilan “Men qanday qiz bo‘lishni istayman?” mavzusi ostida tabiat qo‘ynida ochiq tadbir tashkil etildi.
💎Tadbir davomida talabalar o‘z orzu-intilishlari, kelajakda qanday inson bo‘lishni istashlari haqida fikr almashdilar. Shuningdek, ularda o‘z-o‘ziga ishonch, mustaqil fikrlash va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq va samimiy muhitda o‘tgan ushbu tadbir qizlarda faollikni oshirish, o‘zaro muloqotni mustahkamlash hamda hayotiy maqsadlarini aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
📅O'tkazilgan sana:19.03.2026
2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Turli mintaqalarda Navro‘z bayrami” tadbiri tashkil etildi

2026-yil 17-mart kuni
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti Hozirgi zamon rus tili kafedrasi o‘qituvchilari — Shakirova R., Nasirova N., Hamrayeva G., Latfullina N., Velishayeva E. hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M. Jakbarov va tutorlar tomonidan “Turli mintaqalarda Navro‘z bayramlari, turli lahjalardagi qo‘shiqlar va Navro‘z o‘yinlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda 2516-guruh talabalari faol ishtirok etib, rus, ingliz va o‘zbek tillarida she’rlar aytib, milliy qo‘shiqlar ijro etdilar. Navro‘z urf-odatlari va o‘yinlar ham namoyish etildi.

Talabalar chiqishlarida Navro‘z bilan birga Ro‘za hayiti haqida ham qiziqarli ma’lumotlar berdilaretd

Tadbir talabalarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3🥰32🎉1
O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar kafedrasining katta o‘qituvchisi Shukurova Shohsanam tomonidan 2026-yil 1️⃣8️⃣-mart sanasida kafedra professor-o'qituvchilari uchun “The mysterious classroom: Dogme ELT for curious minds!” mavzusida master-klass tashkil etildi.
Mazkur master-klassning asosiy maqsadi zamonaviy ingliz tili o‘qitish metodlari, xususan, Dogme ELT ("unplugged teaching" philosophy) yondashuvi asosida darslarni tashkil etish, talabalarda mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil qilish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning samarali usullarini namoyish etishdan iborat bo‘ldi.
Master-klass yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilgani, unda qo‘llanilgan innovatsion yondashuvlar va amaliy mashg‘ulotlar professor-o‘qituvchilar uchun foydali bo‘lgani, ularning til o'qitish metodikasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitishda muhim ahamiyat kasb etgani alohida ta'kidlandi.
2🔥1
O‘zDJTU talabalari maktab o‘quvchilari uchun navbatdagi to'garak mashg‘ulotini o‘tkazdilar!

2026-yil 1️⃣8️⃣-mart kuni Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasiga biriktirilgan 2525-guruh talabalari: Xusanova Sogdiana va Sharipova Zumradxon tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumani 168-maktab 1-sinf o‘quvchilari uchun “Presents: toys” mavzusida to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.

Dars davomida o‘quvchilarga doll, ball, car, teddy bear, robot, kite kabi o‘yinchoqlar nomlari rasmlar va ko‘rgazmali vositalar orqali tanishtirildi. Har bir yangi so‘z birgalikda takrorlanib, to‘g‘ri talaffuz ustida ishlashga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, o‘yin elementlari va qiziqarli mashqlar o‘quvchilarning e’tiborini jalb qildi va ularning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi. Mashg‘ulot davomida faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi.