3rd English faculty
1.88K subscribers
11.3K photos
1.6K videos
197 files
1.84K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU fakultetlarida ijtimoiy-psixologik muhit uchun mas’ullar belgilandi

Universitetda ijtimoiy-psixologik barqaror muhitni ta’minlash va talaba-yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish maqsadida fakultetlar kesimida mas’ul xodimlar tayinlandi.

Mas’ullar ro‘yxati:
1. Artikova Oydin Eshquvatovna – Ingliz tili 2-fakulteti
2. Israilova Nazokat Sabirjanovna – Ingliz tili 3-fakulteti
3. Xatamova Xolida Taxirbayevna – Tarjimonlik fakulteti
4. Abdurahmonova Munisa Navzod qizi – Roman-german filologiyasi fakulteti
5. Abdullaeva Matluba Abdullaevna – Xalqaro jurnalistika fakulteti
6. Yuldasheva Madina Ravshan qizi – Rus filologiyasi fakulteti
7. Yuldosheva Maftuna Rayimovna – Sharq filologiyasi fakulteti
8. Matyakubova Dinora Anvarovna – Ingliz tili 1-fakulteti
9. O’roqboyeva Nigora Alisherovna – Ingliz filologiyasi fakulteti

Mazkur tayinlovlar universitetda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yishda muhim qadam hisoblanadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🥰1😍1
Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchilari 17-mart kuni Ziyayeva M., Umarov B. hamda kafedra o‘qituvchisi Kulmamatova Sh. tomonidan 2-TTJda “Yoshlarda tanqidiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Shuningdek, ishtirokchilar turli hayotiy vaziyatlar asosida mulohaza yuritib, muammolarni tahlil qilish va yechim topish bo‘yicha amaliy mashqlarda ishtirok etdilar.

Davra suhbati qizg‘in va mazmunli muhokamalarga boy tarzda o‘tdi hamda talabalar uchun foydali bilim va tajribalar manbai bo‘ldi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 82-o‘rta maktabda malakaviy amaliyot 2404-guruh talabalari hamda guruh rahbari Ziyayeva Muhayyo boshchiligida 18-mart kuni “Navro‘z – bahor elchisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan Navro‘z bayramining milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni, uning tarixi va ahamiyati haqida qiziqarli chiqishlar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, milliy urf-odatlar, an’analar va bahor faslining go‘zalligi keng targ‘ib qilindi.

Mazkur tadbir o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
2🔥1
2026-yil 17-mart kuni 1-sonli Talabalar turar joyida Ingliz tili integrallashgan kursi №3 kafedrasi o‘qituvchilari Axmedova Nodira Rustamovna va Anarqulova Zubayda tomonidan “Yoshlar uchun ustoz maslahatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ustoz tomonidan yoshlarning hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, bilim olishga mas’uliyat bilan yondashishi va o‘z ustida muntazam ishlashi muhimligi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, talabalar uchun quyidagi muhim maslahatlar taqdim etildi:
vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va samarali foydalanish;
kitob o‘qish va ilmiy izlanish olib borish odatini shakllantirish;
maqsad qo‘yish va unga erishishda qat’iyatli bo‘lish;
salbiy odatlardan uzoq bo‘lish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;
ustozlar maslahatiga quloq tutish va tajribadan foydalanish.

Suhbat yakunida talabalar bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ularning shaxsiy rivoji va kelajak rejalari uchun muhim ekanini ta’kidladilar.
1
🏛Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi Ziyayeva M. tomonidan 2404-guruh talaba qizlari bilan “Men qanday qiz bo‘lishni istayman?” mavzusi ostida tabiat qo‘ynida ochiq tadbir tashkil etildi.
💎Tadbir davomida talabalar o‘z orzu-intilishlari, kelajakda qanday inson bo‘lishni istashlari haqida fikr almashdilar. Shuningdek, ularda o‘z-o‘ziga ishonch, mustaqil fikrlash va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq va samimiy muhitda o‘tgan ushbu tadbir qizlarda faollikni oshirish, o‘zaro muloqotni mustahkamlash hamda hayotiy maqsadlarini aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
📅O'tkazilgan sana:19.03.2026
2