3rd English faculty
1.88K subscribers
11.3K photos
1.6K videos
197 files
1.84K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTUda ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ijtimoiy-psixologik xavfsiz muhitni shakllantirish, nizoli vaziyatlarni boshqarish hamda profilaktik yondashuvlarni joriy etish maqsadida Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi tashkil etildi.

Mazkur bo‘limga Xabiyeva Feruza Axmatjanovna bo‘lim boshlig‘i etib tayinlandi. Shuningdek, Xayrullayeva Zebiniso Toxirovna hamda Boʻstonova Shahzoda Hasanboy qizi bo‘lim psixologlari sifatida faoliyat olib boradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🥰1😍1
#tŏgarak

2026-yil 18-mart kuni “TEXT TITANS” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot Ingliz tili amaliy fanlar 3 kafedrasi o‘qituvchisi Ibroximova L.I. rahbarligida, talabalarning o‘qib tushunish, tahlil qilish va biografik matnlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan muhim mavzulardan biri — “Reading Biographies” mavzusida tashkil etildi.

Mashg‘ulotning asosiy maqsadi:
Talabalarga mashhur shaxslar hayoti va faoliyati haqidagi matnlarni o‘qish, asosiy ma’lumotlarni ajratib olish, muhim voqea va sanalarni aniqlash hamda biografik matnlarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida talabalar quyidagilarni o‘zlashtirdilar:
• Understanding Biography Structure: Biografik matnlarning tuzilishi, ya’ni tug‘ilgan sana va joy, ta’lim, faoliyat, yutuqlar va hayotiy voqealarni aniqlash;
• Reading for Specific Information: Matndan aniq ma’lumotlarni topish, sanalar, joy nomlari va muhim faktlarni ajratib olish;
• Character Analysis: Biografiya qahramonining shaxsiy fazilatlari, hayot yo‘li va jamiyatdagi o‘rnini tahlil qilish.

Amaliy qism:
Nazariy bilimlar darhol amaliyot bilan mustahkamlandi. Talabalar turli biografik matnlar ustida ishlashdi:

Berilgan biografik matndan asosiy faktlar va muhim voqealarni ajratib olish;

Mashhur shaxslar hayotiga oid matnlarni o‘qib, ular asosida savollarga javob berish va qisqacha xulosa tuzish;

Biografiyalardagi hayotiy tajriba va muvaffaqiyat omillari yuzasidan fikr almashish.

Mashg‘ulot yakunida Ibroximova L.I. tomonidan talabalarning o‘qish va tahlil qilish ko‘nikmalari yuqori baholandi. Talabalarga biografik matnlar asosida mustaqil ishlash va qisqa taqdimot tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berildi hamda keyingi mashg‘ulot uchun mustaqil topshiriqlar yuklatildi.
1
🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU fakultetlarida ijtimoiy-psixologik muhit uchun mas’ullar belgilandi

Universitetda ijtimoiy-psixologik barqaror muhitni ta’minlash va talaba-yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish maqsadida fakultetlar kesimida mas’ul xodimlar tayinlandi.

Mas’ullar ro‘yxati:
1. Artikova Oydin Eshquvatovna – Ingliz tili 2-fakulteti
2. Israilova Nazokat Sabirjanovna – Ingliz tili 3-fakulteti
3. Xatamova Xolida Taxirbayevna – Tarjimonlik fakulteti
4. Abdurahmonova Munisa Navzod qizi – Roman-german filologiyasi fakulteti
5. Abdullaeva Matluba Abdullaevna – Xalqaro jurnalistika fakulteti
6. Yuldasheva Madina Ravshan qizi – Rus filologiyasi fakulteti
7. Yuldosheva Maftuna Rayimovna – Sharq filologiyasi fakulteti
8. Matyakubova Dinora Anvarovna – Ingliz tili 1-fakulteti
9. O’roqboyeva Nigora Alisherovna – Ingliz filologiyasi fakulteti

Mazkur tayinlovlar universitetda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yishda muhim qadam hisoblanadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🥰1😍1
Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchilari 17-mart kuni Ziyayeva M., Umarov B. hamda kafedra o‘qituvchisi Kulmamatova Sh. tomonidan 2-TTJda “Yoshlarda tanqidiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Shuningdek, ishtirokchilar turli hayotiy vaziyatlar asosida mulohaza yuritib, muammolarni tahlil qilish va yechim topish bo‘yicha amaliy mashqlarda ishtirok etdilar.

Davra suhbati qizg‘in va mazmunli muhokamalarga boy tarzda o‘tdi hamda talabalar uchun foydali bilim va tajribalar manbai bo‘ldi.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 82-o‘rta maktabda malakaviy amaliyot 2404-guruh talabalari hamda guruh rahbari Ziyayeva Muhayyo boshchiligida 18-mart kuni “Navro‘z – bahor elchisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan Navro‘z bayramining milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni, uning tarixi va ahamiyati haqida qiziqarli chiqishlar, sahna ko‘rinishlari hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, milliy urf-odatlar, an’analar va bahor faslining go‘zalligi keng targ‘ib qilindi.

Mazkur tadbir o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
2🔥1