3rd English faculty
1.88K subscribers
11.3K photos
1.6K videos
197 files
1.84K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
2026-yil 17-mart kuni 1-sonli Talabalar turar joyida Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o‘qituvchisi Axmedova Nodira Rustamovna va Anarqulova Zubayda tomonidan “Yoshlar uchun ustoz maslahatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ustoz tomonidan yoshlarning hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, bilim olishga mas’uliyat bilan yondashishi va o‘z ustida muntazam ishlashi muhimligi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalar uchun quyidagi muhim maslahatlar taqdim etildi:
vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va samarali foydalanish;
kitob o‘qish va ilmiy izlanish olib borish odatini shakllantirish;
maqsad qo‘yish va unga erishishda qat’iyatli bo‘lish;
salbiy odatlardan uzoq bo‘lish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;
ustozlar maslahatiga quloq tutish va tajribadan foydalanish.

Suhbat yakunida talabalar bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ularning shaxsiy rivoji va kelajak rejalari uchun muhim ekanini ta’kidladilar.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
♟️ SHAXMAT VA SHASHKA MUSOBAQASI O‘TKAZILDI ♟️

Ingliz tili integrallashgan kursi 3 kafedrasi katta o’qituvchisi Umarov Bobur hamda tyutor Isroilova Nazokat boshchiligida 2408-guruh talabalar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Mazkur musobaqa talabalar orasida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlashga xizmat qildi.

🏆 Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etib, qiziqarli va murosasiz bahslar olib bordilar.

🎉 G‘olib va sovrindorlar diplom bilan taqdirlandilar.

👏 Barcha ishtirokchilarga faol qatnashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
👍21🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultet kengashi tomonidan talabalar o‘rtasida
Qadriyatlar jilosi” mavzusida ijodiy tanlov tashkil etildi.

Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda an’ana va urf-odatlarni san’at orqali targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining mazmunan boy va rang-barang ijodiy ishlari bilan faol qatnashib, milliy meros va o‘zlikni turli badiiy talqinlarda namoyon etdilar.

Tanlov ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi. Barcha ishtirokchilarga faol qatnashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

#yoshlarittifoqi
#ingliztili3fakultet
#ijodiytanlov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰43❤‍🔥3🏆2🆒1
#to'garak

17-Mart 2026 yil sanasida Ingliz tili amaliy fanlar-3 kafedrasi o'qituvchisi Agzamxodjayeva Saodat Abrarovna tomonidan “LOST IN TRANSLATION” toʻgaragining “Game Localization – video o‘yinlarni tarjima qilish” mavzusida navbatdagi 20-mashgʻuloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot Video o‘yinlar industriyasining jadal rivojlanayotgani va tarjimonlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgani haqida ma’lumot berildi. Game localization oddiy tarjimadan farq qilishi, ya’ni til bilan birga madaniy moslashuvni ham talab qilishi ta’kidlandi.

To’garak mashg’ulotimizning amaliy qismida talabalar kichik guruhlarga bo‘lindi va ularga mashhur video o‘yinlardan olingan matnlar berildi. Har bir guruh:
• dialoglarni tarjima qildi
• o‘yin nomlari va elementlarini moslashtirdi
• qiyin iboralar uchun izohlar berdi


Natijalar guruhlar tomonidan taqdim etildi va muhokama qilindi.
Talabalarga mustaqil ravishda video o‘yin matnlarini tarjima qilish va talabalar tanlangan video o‘yindan 10–15 ta dialogni o‘zbek tiliga tarjima qilib kelishlari va tarjima strategiyalarini tahlil qilish topshirig‘i berildi.
#BRM tadbir

🗓 2026-yil 18-mart kuni 2524-guruh talabalari ishtirokida 21-mart — “Xalqaro irqiy kamsitishga barham berish kuni”ga (International Day for the Elimination of Racial Discrimination) bag‘ishlangan BRM tadbir o‘tkazildi.

👩‍🏫 Mashg‘ulot Ingliz tili amaliy fanlar 3 kafedrasi o‘qituvchisi A.L. Talibjanova rahbarligida, talabalarda bag‘rikenglik , inson huquqlariga hurmat va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

🎯 Tadbirning asosiy maqsadlari:
• Talabalarga irqiy kamsitishning salbiy oqibatlari va unga qarshi xalqaro kurash tarixi haqida ma’lumot berish;
• Jamiyatda tenglik va o‘zaro hurmat tamoyillarini targ‘ib qilish.
🔍 Mashg‘ulot davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:
1. Irqiy kamsitishga qarshi kurashgan buyuk shaxslar (Martin Luther King, Nelson Mandela)ning hayoti va merosi haqida taqdimotlar namoyish etildi.
2. Dunyoning turli nuqtalarida uchrayotgan diskriminatsiya holatlari va ularning huquqiy yechimlari tahlil qilindi.


📝 Amaliy qism:
Guruh talabalari kichik jamoalarga bo‘lingan holda “Barchamiz insonmiz” mavzusida keys-stadi (case study) topshiriqlarini bajarishdi. Har bir jamoa kamsitish holatlarining oldini olish bo‘yicha o‘zlarining kreativ loyihalari va ijtimoiy shiorlarini taqdim etishdi.


📚 Tadbir yakunida o‘qituvchi A.L. Talibjanova tomonidan mavzu yuzasidan xulosalar yasaldı. Talabalar bu kabi tadbirlar ularni inson sifatida shakllanishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.
Faol ishtirok etgan talabalar alohida e’tirof etildi.
1
🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTUda ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ijtimoiy-psixologik xavfsiz muhitni shakllantirish, nizoli vaziyatlarni boshqarish hamda profilaktik yondashuvlarni joriy etish maqsadida Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi tashkil etildi.

Mazkur bo‘limga Xabiyeva Feruza Axmatjanovna bo‘lim boshlig‘i etib tayinlandi. Shuningdek, Xayrullayeva Zebiniso Toxirovna hamda Boʻstonova Shahzoda Hasanboy qizi bo‘lim psixologlari sifatida faoliyat olib boradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🥰1😍1