3rd English faculty
1.88K subscribers
11.3K photos
1.6K videos
197 files
1.84K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
🏆🏆🏆

Bugun shaxmat musobaqasi o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi!

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultet kengashi tomonidan talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada talabalar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, sabr-toqati va strategik qobiliyatlarini namoyon etib, qiziqarli bahslarda ishtirok etdilar.

🏆 Musobaqa yakuniga ko‘ra g‘oliblar:
🥇1-o‘rin — Boboqulova Hadicha
🥈 2-o‘rin — Qarjaubaeva Gulnur
🥉3-o‘rin — Bozorova Farzona

G‘oliblarimizni samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ularga omad tilaymiz!

Barcha ishtirokchilarga faol qatnashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

#sport
#yoshlaroyligi
#5tashabbus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9❤‍🔥5🔥3😍2
🇺🇿Joriy yilning 13-mart sanasida universitetimiz talabalari o'z bilimlarini she'riyat va ilm nuri bilan boyitishdi.

🇺🇿Tadbir 3-ingliz tili fakulteti tyutori Uzoqova R. boshchiligida 2418-guruh talabasi Madaminova Mohinabonu tashabbusi bilan Mushoira klubi doirasida tashkillandi.
"IJODIY TRENING: SHE’RIYAT VA VAZN SIRLARI" mavzusidagi mahorat darsi kutilganidan ham qiziqarli o'tdi!

⚡️ Ustoz ijodkor Niyatullo Elbek o‘g‘li bilan kechgan samimiy suhbat har bir ishtirokchi qalbida adabiyotga bo'lgan muhabbatni yanada alanga oldirdi.

Tadbirni tashkil etishda faollik ko'rsatgan barcha jamoalarga — O'zDJTU Axborot resurslari markazi hamda "Liderlar" jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz!
​Keyingi ijodiy uchrashuvlarda ko'rishguncha!

🌐 Bizni kuzatishda davom eting:
🕊Telegram
📱Instagram
2026-yil 17-mart kuni 1-sonli Talabalar turar joyida Ingliz tili amaliy fanlar №3 kafedrasi o‘qituvchisi Axmedova Nodira Rustamovna va Anarqulova Zubayda tomonidan “Yoshlar uchun ustoz maslahatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ustoz tomonidan yoshlarning hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, bilim olishga mas’uliyat bilan yondashishi va o‘z ustida muntazam ishlashi muhimligi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, talabalar uchun quyidagi muhim maslahatlar taqdim etildi:
vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va samarali foydalanish;
kitob o‘qish va ilmiy izlanish olib borish odatini shakllantirish;
maqsad qo‘yish va unga erishishda qat’iyatli bo‘lish;
salbiy odatlardan uzoq bo‘lish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish;
ustozlar maslahatiga quloq tutish va tajribadan foydalanish.

Suhbat yakunida talabalar bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ularning shaxsiy rivoji va kelajak rejalari uchun muhim ekanini ta’kidladilar.

Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
♟️ SHAXMAT VA SHASHKA MUSOBAQASI O‘TKAZILDI ♟️

Ingliz tili integrallashgan kursi 3 kafedrasi katta o’qituvchisi Umarov Bobur hamda tyutor Isroilova Nazokat boshchiligida 2408-guruh talabalar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Mazkur musobaqa talabalar orasida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlashga xizmat qildi.

🏆 Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etib, qiziqarli va murosasiz bahslar olib bordilar.

🎉 G‘olib va sovrindorlar diplom bilan taqdirlandilar.

👏 Barcha ishtirokchilarga faol qatnashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
👍21🔥1