3rd English faculty
1.88K subscribers
11.3K photos
1.6K videos
197 files
1.82K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti talabalari diqqatiga!

Talaba-yoshlarning ijodiy va innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” Respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda barcha fakultet talabalari o‘zlarining yangicha, innovatsion va kreativ g‘oyalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov g‘oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Ishtirok etish uchun shoshiling va o‘z kreativ g‘oyangizni namoyon qiling!

🇺🇿Respublika bosqichi g'oliblari 300 mln so'm ajratilgan.

📍 Õtkazilish joyi: ingliz tili 3-fakulteti 201-xona
Vaqti: 14:00
🗓 Sanasi: 18.03.2026
📞 Murojaat uchun: @Xoliddin

Eng yaxshi g‘oya — kelajak sari yana bir qadam!

#EngYaxshiKreativGoya
#O‘zDJTU
#InglizTili3Fakultet
#TalabalarTanlovi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🥰1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Õzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3- fakultetida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” nomli start-up loyihalar tanlovi tashkil etildi.

Tanlov davomida talabalar o‘zlarining biznes g‘oyalari va loyihalarini taqdim etib, tadbirkorlik yo‘lida ilk qadamlarini qo‘yishdi.

🇺🇿 Natijalarga ko‘ra g‘oliblar:
🥇 1-o‘rin — Sayliyeva Jasminabonu
🥈 2-o‘rin — Odilov Sulton
🥉 3-o‘rin — Jumaboyeva Muxlisa

G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz!

Bunday tashabbuslar yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va kelajakdagi muvaffaqiyatli biznes egalari yetishib chiqishiga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🥰4😍3🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿KELAJAK SOATI

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti dekani I. Xaydarov va tyutor D.Nurullayev tomonidan navbatdagi “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi.

Darsning bugungi mavzusi “Yil boshi — Navro‘z” bo‘lib, unda talabalarga Navro‘z bayramining tarixi, milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni hamda bu bayramning insonlar hayotidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Suhbat davomida Navro‘zning yangilanish, mehr-oqibat va birlik ramzi ekani ta’kidlanib, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odatlar, milliy an’analar va bayram bilan bog‘liq qadriyatlar haqida samimiy fikr almashildi.

Talabalar bilan Navro‘z bayrami inson qalbiga quvonch, umid va yangi maqsadlar olib kirishi, har bir inson bu kunni ezgu niyatlar bilan boshlashi lozimligi haqida ham mulohazalar bildirildi.

Ushbu uchrashuv talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lib, ularda milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Tanlov g'oliblari aniqlandi


O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovining universitet bosqichi o‘tkazilgan edi.

Tanlovda universitetning turli fakultetlaridan 100 dan ortiq talaba ishtirok etgan, ular jadidlar merosi, milliy uyg‘onish g‘oyalari va istiqlol mafkurasi haqida o‘z ijodiy fikr-mulohazalarini bayon etganlar.

Hakamlar hay’ati tomonidan insholar baholanib, quyidagi talabalar g‘olib deb topilgan:

🥇1-o‘rin – Tulayeva Jasmina Shavkat qizi
(Ingliz tili 3-fakulteti)

🥈 2-o‘rin – Toshmuxammadova Sevinch Xayrulla qizi
(Xalqaro jurnalistika fakulteti)

🥉 3-o‘rin – Rajabboyeva Marjona Urinboy qizi
(Ingliz filologiyasi fakulteti)

G‘oliblar universitet tomonidan faxriy yorliq va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, 1-o‘rin sohibi tanlovning yakuniy respublika bosqichida ishtirok etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4😍4👍2🥰1
12
🏆🏆🏆 🏐🏐🏐🏐

Besh tashabbus haftaligi” doirasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi!
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti kengashi tomonidan “Besh tashabbus haftaligi” doirasida talabalar o‘rtasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

🏐Musobaqa davomida jamoalar o‘zlarining chaqqonligi, jamoaviyligi va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etib, qizg‘in bahslarda ishtirok etdilar.

🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib jamoalar:
🥇 1-o‘rin — “Divas” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Uchar to‘p” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Diamond team” jamoasi

🎉 G‘olib jamoalarni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ham ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Barcha ishtirokchi jamoalarga faol qatnashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

🏐 Sport — sog‘lom turmush tarzining muhim omilidir!

#sport
#5tashabbus
#yoshlarhaftaligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰2😍1
🟦🟦🟦🟦🟦

🏆 “Besh tashabbus haftaligi” doirasida yigitlar o‘rtasida voleybol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi!

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti kengashi tomonidan doirasida talaba yigitlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

🏐Musobaqa davomida jamoalar o‘zlarining jamoaviyligi, chaqqonligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, qizg‘in va murosasiz bahslarda ishtirok etdilar.

🏆Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib jamoalar:

🥇 1-o‘rin — “Burgutlar” jamoasi
🥈2-o‘rin — “16th street” jamoasi

🎉 G‘olib jamoalarni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ham ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Barcha ishtirokchi jamoalarga faol qatnashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

#sport
#yoshlaroyligi
#5tashabbus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩3🔥2😍21
🏆🏆🏆 ⚽️⚽️⚽️⚽️

🗓11-mart kuni
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti kengashi tomonidan
5 muhim tashabbusning futbol sport turi doirasida talabalar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.
🏟Musobaqada 8 dan ortiq jamoalar faol ishtirok etdi.

Ular orasida:
Liverpool
Real Madrid
Manchester United
2504-guruh qizlari
Leaders

kabi jamoalar o‘zining faolligi va jamoaviy o‘yini bilan ajralib turib, maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

📌Mazkur sport tadbiri talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek jamoaviylik va do‘stlik ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.

🎉 Barcha faol ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

#sport
#yoshlarittifoqi
#ingliztili3fakuktet
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2🥰2❤‍🔥1
🏆🏆🏆

Bugun shaxmat musobaqasi o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi!

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultet kengashi tomonidan talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada talabalar o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, sabr-toqati va strategik qobiliyatlarini namoyon etib, qiziqarli bahslarda ishtirok etdilar.

🏆 Musobaqa yakuniga ko‘ra g‘oliblar:
🥇1-o‘rin — Boboqulova Hadicha
🥈 2-o‘rin — Qarjaubaeva Gulnur
🥉3-o‘rin — Bozorova Farzona

G‘oliblarimizni samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ularga omad tilaymiz!

Barcha ishtirokchilarga faol qatnashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

#sport
#yoshlaroyligi
#5tashabbus
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9❤‍🔥5🔥3😍2