3rd English faculty
1.88K subscribers
11.3K photos
1.6K videos
197 files
1.82K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
2026-yil 16-mart kuni Ingliz tili 3-fakulteti Hozirgi zamon rus tili kafedrasi o‘qituvchisi Latfulina Nargiza Rinatovna, Nasirova N, Xamrayeva G, Shakirova R lar tomonidan 1-kurs 2517, 2515 va 2503-guruh talabalari ishtirokida “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
🌸Tadbir davomida talabalar tomonidan Navro‘z bayramining tarixi, urf-odatlari va an’analari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, milliy kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Talabalar faol ishtirok etib, bayramona kayfiyat yaratdilar.
Mazkur tadbir talabalarda milliy qadriyatlarimizga hurmat, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.
5
Hamkorlik samarali davom etmoqda!

🗓2026-yil 16-mart kuni
📍 Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 195-umumta’lim maktabining 9-sinflarida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili nazariy aspektlari №3 kafedrasi katta o‘qituvchisi Muxtashamova Parvina Zaxitovna tomonidan ochiq dars tashkil etildi.

📌Dars davomida o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishi, bilim darajasi va faolligi kuzatildi. Interaktiv metodlar, savol-javoblar, guruhlarda ishlash hamda kichik rolli o‘yinlar orqali o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar ingliz tilida o‘z fikrlarini erkin ifodalashga harakat qildilar va turli topshiriqlar orqali o‘z bilimlarini namoyon etdilar. Dars davomida qo‘llanilgan interaktiv usullar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

🌟 Tadbir yakunida o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va faolligi sezilarli darajada ortgani kuzatildi.
🌐 Expert Session: Integrating Real-World English into the Academic Process
12/03/26 as part of the Methodology of TFL practical course, taught by the teacher of the 3rd Department of Integrated English Course Zemlyankina Yu. I., our students enjoyed a unique session with a distinguished guest from the UK – Richard Goodall an EL teacher and a leading expert in IELTS preparation.
This live dialogue format addressed several key educational goals at once:
• Breaking the Language Barrier.
• IELTS Expert Insights.
• Sociocultural Competence.
• Motivational Boost.
Such initiatives allow us to go beyond standard textbooks, giving students direct access to authentic "living" language and international expertise right here on campus.
4🔥2🤩1😍1🆒1
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti talabalari diqqatiga!

Talaba-yoshlarning ijodiy va innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” Respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda barcha fakultet talabalari o‘zlarining yangicha, innovatsion va kreativ g‘oyalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov g‘oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Ishtirok etish uchun shoshiling va o‘z kreativ g‘oyangizni namoyon qiling!

🇺🇿Respublika bosqichi g'oliblari 300 mln so'm ajratilgan.

📍 Õtkazilish joyi: ingliz tili 3-fakulteti 201-xona
Vaqti: 14:00
🗓 Sanasi: 18.03.2026
📞 Murojaat uchun: @Xoliddin

Eng yaxshi g‘oya — kelajak sari yana bir qadam!

#EngYaxshiKreativGoya
#O‘zDJTU
#InglizTili3Fakultet
#TalabalarTanlovi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🥰1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Õzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3- fakultetida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” nomli start-up loyihalar tanlovi tashkil etildi.

Tanlov davomida talabalar o‘zlarining biznes g‘oyalari va loyihalarini taqdim etib, tadbirkorlik yo‘lida ilk qadamlarini qo‘yishdi.

🇺🇿 Natijalarga ko‘ra g‘oliblar:
🥇 1-o‘rin — Sayliyeva Jasminabonu
🥈 2-o‘rin — Odilov Sulton
🥉 3-o‘rin — Jumaboyeva Muxlisa

G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz!

Bunday tashabbuslar yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va kelajakdagi muvaffaqiyatli biznes egalari yetishib chiqishiga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🥰4😍3🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿KELAJAK SOATI

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti dekani I. Xaydarov va tyutor D.Nurullayev tomonidan navbatdagi “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi.

Darsning bugungi mavzusi “Yil boshi — Navro‘z” bo‘lib, unda talabalarga Navro‘z bayramining tarixi, milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni hamda bu bayramning insonlar hayotidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Suhbat davomida Navro‘zning yangilanish, mehr-oqibat va birlik ramzi ekani ta’kidlanib, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odatlar, milliy an’analar va bayram bilan bog‘liq qadriyatlar haqida samimiy fikr almashildi.

Talabalar bilan Navro‘z bayrami inson qalbiga quvonch, umid va yangi maqsadlar olib kirishi, har bir inson bu kunni ezgu niyatlar bilan boshlashi lozimligi haqida ham mulohazalar bildirildi.

Ushbu uchrashuv talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lib, ularda milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Tanlov g'oliblari aniqlandi


O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovining universitet bosqichi o‘tkazilgan edi.

Tanlovda universitetning turli fakultetlaridan 100 dan ortiq talaba ishtirok etgan, ular jadidlar merosi, milliy uyg‘onish g‘oyalari va istiqlol mafkurasi haqida o‘z ijodiy fikr-mulohazalarini bayon etganlar.

Hakamlar hay’ati tomonidan insholar baholanib, quyidagi talabalar g‘olib deb topilgan:

🥇1-o‘rin – Tulayeva Jasmina Shavkat qizi
(Ingliz tili 3-fakulteti)

🥈 2-o‘rin – Toshmuxammadova Sevinch Xayrulla qizi
(Xalqaro jurnalistika fakulteti)

🥉 3-o‘rin – Rajabboyeva Marjona Urinboy qizi
(Ingliz filologiyasi fakulteti)

G‘oliblar universitet tomonidan faxriy yorliq va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, 1-o‘rin sohibi tanlovning yakuniy respublika bosqichida ishtirok etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4😍4👍2🥰1
12
🏆🏆🏆 🏐🏐🏐🏐

Besh tashabbus haftaligi” doirasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi!
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti kengashi tomonidan “Besh tashabbus haftaligi” doirasida talabalar o‘rtasida qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.

🏐Musobaqa davomida jamoalar o‘zlarining chaqqonligi, jamoaviyligi va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etib, qizg‘in bahslarda ishtirok etdilar.

🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib jamoalar:
🥇 1-o‘rin — “Divas” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Uchar to‘p” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Diamond team” jamoasi

🎉 G‘olib jamoalarni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ham ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Barcha ishtirokchi jamoalarga faol qatnashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

🏐 Sport — sog‘lom turmush tarzining muhim omilidir!

#sport
#5tashabbus
#yoshlarhaftaligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰2😍1