3rd English faculty
1.88K subscribers
11.3K photos
1.6K videos
197 files
1.82K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 16-mart sanasida
🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Muvaffaqiyatga erishish uchun mening rejalarim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir universitet psixologi Z.T. Xayrullayeva hamda
🇬🇧Uchinchi ingliz tili fakulteti tyutori M.H. Mamatova hamkorligida 3-bosqich talabalari ishtirokida oʻtkazildi.

Mazkur davra suhbati talabalarning shaxsiy rivojlanishi, kasbiy o‘zini anglash va kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashga qaratilgan bo‘lib, unda motivatsiya, o‘z-o‘zini boshqarish, refleksiya va shaxsiy potensialni ro‘yobga chiqarish kabi psixologik tushunchalar muhokama qilindi.

Suhbat jarayonida talabalarning ichki motivatsiyasini shakllantirish, maqsad qo‘yish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda stressni boshqarish usullari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, talabalarda ijobiy tafakkur, o‘ziga bo‘lgan ishonch, emotsional barqarorlik va ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘z kelajak rejalari, shaxsiy va kasbiy rivojlanish strategiyalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir talabalarning psixologik ongini rivojlantirish, ularni maqsad sari intiluvchanlik, o‘zini anglash va o‘z ustida ishlashga undashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥1🥰1
# TTJ tadbir
16.03.2026 kuni 2-sonli Talabalar turar joyida, Ingliz tili amaliy fanlar № 3 kafedrasi o'qituvchisi Shukurova Nodira Bahtiyor qizi tomonidan "Suv ichish madaniyati va uning inson salomatligiga foydalari" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Suhbatda suv inson hayotining ajralmas qismi ekanligini ta’kidlandi. Inson organizmining katta qismi suvdan tashkil topgani, yetarli miqdorda suv ichish sog‘liqni saqlashda muhim omil ekani haqida tushuntirish berildi.

Shuningdek, talabalar uchun quyidagi ma’lumotlar keltirildi:
kun davomida yetarli miqdorda suv ichish organizm faoliyatini yaxshilashi;
suv moddalar almashinuvini tezlashtirishi;
teri, yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi;
ertalab och qoringa suv ichishning foydasi.


Tadbir davomida talabalar bilan savol-javoblar o‘tkazildi, suv ichish tartibi va sog‘lom turmush tarziga oid tavsiyalar berildi.
Talabalar suvni yetarli miqdorda ichish sog‘lom turmush tarzining muhim qismi ekanini ta’kidlab, o‘z fikrlarini bildirdilar.
Talabalar bunday ma’rifiy tadbirlar ularning sog‘lig‘iga e’tiborini oshirishini aytib o‘tishdi.
1👍1🔥1👏1
#master klass

2026-yil 16-mart kuni “CSLR in Teaching” mavzusida master-klass Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi o‘qituvchisi A.L. Talibjanova tomonidan shu kafedra professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etildi.

Master-klass davomida CSLR metodining mazmuni va asosiy tamoyillari haqida ma’lumot berib, uning ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishdagi ahamiyatini tushuntirdi. Shuningdek, ingliz tilini o‘qitish jarayonida CSLR metodini qo‘llashning amaliy usullari, xususan, talabalar muloqot ko‘nikmalari, mustaqil o‘rganish va reflektiv fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish strategiyalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulot davomida nazariy tushuntirishlar bilan bir qatorda amaliy misollar keltirildi hamda qisqa muhokama tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari va pedagogik tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.


Master-klass natijasida ishtirokchilar zamonaviy til o‘qitish jarayonida CSLR texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha yangi bilim va tajribaga ega bo‘ldilar. Umuman olganda, tadbir kafedra professor-o‘qituvchilarining kasbiy malakasini oshirish uchun foydali va samarali bo‘ldi.
3👍1🔥1👏1
2026-yil 16-mart kuni Ingliz tili 3-fakulteti Hozirgi zamon rus tili kafedrasi o‘qituvchisi Latfulina Nargiza Rinatovna, Nasirova N, Xamrayeva G, Shakirova R lar tomonidan 1-kurs 2517, 2515 va 2503-guruh talabalari ishtirokida “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
🌸Tadbir davomida talabalar tomonidan Navro‘z bayramining tarixi, urf-odatlari va an’analari haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, milliy kuy-qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Talabalar faol ishtirok etib, bayramona kayfiyat yaratdilar.
Mazkur tadbir talabalarda milliy qadriyatlarimizga hurmat, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.
5
Hamkorlik samarali davom etmoqda!

🗓2026-yil 16-mart kuni
📍 Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 195-umumta’lim maktabining 9-sinflarida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili nazariy aspektlari №3 kafedrasi katta o‘qituvchisi Muxtashamova Parvina Zaxitovna tomonidan ochiq dars tashkil etildi.

📌Dars davomida o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishi, bilim darajasi va faolligi kuzatildi. Interaktiv metodlar, savol-javoblar, guruhlarda ishlash hamda kichik rolli o‘yinlar orqali o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar ingliz tilida o‘z fikrlarini erkin ifodalashga harakat qildilar va turli topshiriqlar orqali o‘z bilimlarini namoyon etdilar. Dars davomida qo‘llanilgan interaktiv usullar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

🌟 Tadbir yakunida o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi va faolligi sezilarli darajada ortgani kuzatildi.
🌐 Expert Session: Integrating Real-World English into the Academic Process
12/03/26 as part of the Methodology of TFL practical course, taught by the teacher of the 3rd Department of Integrated English Course Zemlyankina Yu. I., our students enjoyed a unique session with a distinguished guest from the UK – Richard Goodall an EL teacher and a leading expert in IELTS preparation.
This live dialogue format addressed several key educational goals at once:
• Breaking the Language Barrier.
• IELTS Expert Insights.
• Sociocultural Competence.
• Motivational Boost.
Such initiatives allow us to go beyond standard textbooks, giving students direct access to authentic "living" language and international expertise right here on campus.
4🔥2🤩1😍1🆒1
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti talabalari diqqatiga!

Talaba-yoshlarning ijodiy va innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” Respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda barcha fakultet talabalari o‘zlarining yangicha, innovatsion va kreativ g‘oyalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov g‘oliblari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Ishtirok etish uchun shoshiling va o‘z kreativ g‘oyangizni namoyon qiling!

🇺🇿Respublika bosqichi g'oliblari 300 mln so'm ajratilgan.

📍 Õtkazilish joyi: ingliz tili 3-fakulteti 201-xona
Vaqti: 14:00
🗓 Sanasi: 18.03.2026
📞 Murojaat uchun: @Xoliddin

Eng yaxshi g‘oya — kelajak sari yana bir qadam!

#EngYaxshiKreativGoya
#O‘zDJTU
#InglizTili3Fakultet
#TalabalarTanlovi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🥰1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Õzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3- fakultetida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” nomli start-up loyihalar tanlovi tashkil etildi.

Tanlov davomida talabalar o‘zlarining biznes g‘oyalari va loyihalarini taqdim etib, tadbirkorlik yo‘lida ilk qadamlarini qo‘yishdi.

🇺🇿 Natijalarga ko‘ra g‘oliblar:
🥇 1-o‘rin — Sayliyeva Jasminabonu
🥈 2-o‘rin — Odilov Sulton
🥉 3-o‘rin — Jumaboyeva Muxlisa

G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz!

Bunday tashabbuslar yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va kelajakdagi muvaffaqiyatli biznes egalari yetishib chiqishiga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🥰4😍3🔥1