3rd English faculty
1.88K subscribers
11.3K photos
1.6K videos
197 files
1.82K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

📣🟦🟦🟦🟦🟦🟦 jamoasi!

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti

Fakultetimizda o‘tkaziladigan madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy hamda intellektual tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida faol, tashabbuskor va mas’uliyatli volontyorlar safga taklif etiladi!

Volontyorlik sizga nima beradi?
✔️ Yangi do‘stlar va kuchli jamoa
✔️Tajriba va liderlikko‘nikmalari
✔️Universitet hayotida faol ishtirok

📌 Talablar:
Mas’uliyatli va intizomli bo‘lish
Jamoa bilan ishlay olish
Faollik va tashabbuskorlik

💬Qo‘shilishni istaganlar uchun: https://t.me/+aIMZ4wxp03c0MGYy murojaat qilishlari mumkin.

Birgalikda katta ishlarni amalga oshiramiz! ?

Fakultet hayotida faol bo‘l va o‘z imkoniyatlaringni namoyon et!

📱Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥2🥰1🤩1
🎓 Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv

📅 2026-yil 13-mart kuni Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi o‘qituvchisi Z.F. Anarkulova tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun motivatsion uchrashuv tashkil etildi.

👩‍🎓 Uchrashuv mehmoni sifatida 2025/2026-o‘quv yili bakalavriat bosqichi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori Jumaniyazova Lobar Sirojiddin qizi ishtirok etdi.


💬 Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida mehmon o‘zining ta’lim jarayonidagi tajribasi, erishgan yutuqlari hamda Prezident stipendiyasiga erishish yo‘lida qilgan izlanishlari haqida talabalarga batafsil so‘zlab berdi.

📕
Shuningdek, u ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, mustaqil izlanish olib borish va yuqori natijalarga erishish yo‘lida zarur bo‘lgan maslahat va tavsiyalarini ulashdi.


Mazkur uchrashuv talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularga kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashda motivatsiya berdi.

@thirdEnglishfaculty
5🥰2👏1
O‘zDJTUda sport ruhi va adabiyot uyg‘unligi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida buyuk shoir va tarjimon Aleksandr Faynberg xotirasiga bag‘ishlangan “Osmondagi stadion” nomli sport musobaqasi yuqori kayfiyat va kuchli raqobat ruhida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zDJTU Lingvistika (ingliz tili) yo‘nalishi magistratura bosqichi talabasi Sadoqatxon Mirzajonova hamda O‘zDJTU 3-Ingliz tili fakultetining iqtidorli talabasi Adhamova Mohlaroy tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Musobaqa nomi Aleksandr Faynbergning “Paxtakor” futbol jamoasiga bag‘ishlab yozgan mashhur satrlari va ushbu voqeaga bag‘ishlangan Aleksandr Faynberg stsenariysi asosida yozilgan “Osmondagi stadion” filmi bilan uyg‘un holda tanlandi. Bu nom shoir ijodida sportga bo‘lgan hurmat va insoniy matonat g‘oyalarini aks ettiradi. Bellashuv davomida talabalar o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamkorligi hamda g‘alabaga intilish ruhini namoyon etdilar. Maydonda qizg‘in bahslar, yorqin o‘yinlar va do‘stona raqobat muhiti hukm surdi.

Musobaqa talabalarda jamoaviylik, iroda va sport madaniyatini rivojlantirish bilan birga, Aleksandr Faynberg merosiga bo‘lgan qiziqishni yana-da oshirdi.

Ushbu sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda buyuk adib xotirasini munosib e’zozlashga xizmat qildi.

@faynberg_adabiyoti
@Aleksandr_Faynberg_xotirasi


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰32🔥1😍1
🎯🎯🎯🎯🎯

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti talabalari diqqatiga!

🎶Fakultetimizda milliy va zamonaviy cholg‘u asboblarini chala oladigan iqtidorli talabalar ishtirokida musiqiy jamoa (ansambl) tuzilmoqda.

Agar siz: 🎵 dutor, rubob, doira, gijjak kabi milliy cholg‘u asboblarini
🎸 gitara, pianino, skripka kabi zamonaviy cholg‘u asboblarini chala olsangiz,
sizni ushbu ijodiy jamoaga taklif qilamiz!

🇺🇿Ushbu jamoa orqali siz:
o‘z iqtidoringizni namoyon etish,
universitetda o‘tkaziladigan bayram tadbirlari va madaniy dasturlarda ishtirok etish,
hamda ijodiy muhitda yangi tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

📌Mazkur tashabbus
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti
🇺🇿 Fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi tomonidan tashkil etilmoqda.
📱 Qiziqqan talabalar murojaat qilishlari so‘raladi: @sayliyeva_jasminabonu

#InglizTili3Fakulteti
#YoshlarIttifoqi
#MusiqiyJamoa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🥰2😍2👍1👏1
🗓 2026-yil 16-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili nazariy aspektlari–3 kafedrasi tomonidan “Debate Club” to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.
📌Tadbirda kafedra o‘qituvchilari Alikberova Kamila, Alimova Dildora, Soatova Gulsunoy hamda Muxtashamova Parvina ishtirok etdilar.
🔖Mashg‘ulot mavzusi “Should cultural heritage ever be prioritized over modernization?” bo‘lib, unda talabalar madaniy meros va modernizatsiya masalalari yuzasidan bahs-munozara olib bordilar. Shuningdek, Webster universiteti magistranti Bekmatova Nurchexra hamda AIFU magistranti Raximova Nazokat ham faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
📔Mashg‘ulot davomida talabalar ingliz tilida erkin fikr almashib, debat jarayonida faol qatnashdilar.
1👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 16-mart sanasida
🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Muvaffaqiyatga erishish uchun mening rejalarim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir universitet psixologi Z.T. Xayrullayeva hamda
🇬🇧Uchinchi ingliz tili fakulteti tyutori M.H. Mamatova hamkorligida 3-bosqich talabalari ishtirokida oʻtkazildi.

Mazkur davra suhbati talabalarning shaxsiy rivojlanishi, kasbiy o‘zini anglash va kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashga qaratilgan bo‘lib, unda motivatsiya, o‘z-o‘zini boshqarish, refleksiya va shaxsiy potensialni ro‘yobga chiqarish kabi psixologik tushunchalar muhokama qilindi.

Suhbat jarayonida talabalarning ichki motivatsiyasini shakllantirish, maqsad qo‘yish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda stressni boshqarish usullari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, talabalarda ijobiy tafakkur, o‘ziga bo‘lgan ishonch, emotsional barqarorlik va ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘z kelajak rejalari, shaxsiy va kasbiy rivojlanish strategiyalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir talabalarning psixologik ongini rivojlantirish, ularni maqsad sari intiluvchanlik, o‘zini anglash va o‘z ustida ishlashga undashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥1🥰1
# TTJ tadbir
16.03.2026 kuni 2-sonli Talabalar turar joyida, Ingliz tili amaliy fanlar № 3 kafedrasi o'qituvchisi Shukurova Nodira Bahtiyor qizi tomonidan "Suv ichish madaniyati va uning inson salomatligiga foydalari" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Suhbatda suv inson hayotining ajralmas qismi ekanligini ta’kidlandi. Inson organizmining katta qismi suvdan tashkil topgani, yetarli miqdorda suv ichish sog‘liqni saqlashda muhim omil ekani haqida tushuntirish berildi.

Shuningdek, talabalar uchun quyidagi ma’lumotlar keltirildi:
kun davomida yetarli miqdorda suv ichish organizm faoliyatini yaxshilashi;
suv moddalar almashinuvini tezlashtirishi;
teri, yurak-qon tomir va ovqat hazm qilish tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi;
ertalab och qoringa suv ichishning foydasi.


Tadbir davomida talabalar bilan savol-javoblar o‘tkazildi, suv ichish tartibi va sog‘lom turmush tarziga oid tavsiyalar berildi.
Talabalar suvni yetarli miqdorda ichish sog‘lom turmush tarzining muhim qismi ekanini ta’kidlab, o‘z fikrlarini bildirdilar.
Talabalar bunday ma’rifiy tadbirlar ularning sog‘lig‘iga e’tiborini oshirishini aytib o‘tishdi.
1👍1🔥1👏1