3rd English faculty
1.88K subscribers
11.2K photos
1.6K videos
197 files
1.82K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
#ochiq dars

📅 2026-yil 13-mart kuni
🇬🇧Ingliz tili 3 fakulteti Amaliy fanlar-3 kafedrasi o‘qituvchisi Isamuxamedova M.N. tomonidan “Making My First Post-Career Decision” mavzusida o‘qish va yozish (Reading and Writing) faniga bag‘ishlangan ochiq dars o‘tkazildi.

📚 Mazkur dars talabalarning ingliz tilida matnni tushunish, tahlil qilish hamda yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

Dars jarayonida o‘qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda interfaol metodlardan samarali foydalandi. Talabalar mavzuga oid matnni o‘qib, uning asosiy g‘oyasi va muhim jihatlarini tahlil qildilar.

Shuningdek, savol-javob, guruhiy muhokama va fikr almashish orqali talabalar dars jarayonida faol ishtirok etdilar.

📝 Darsning yozish qismida talabalar kelajakdagi kasbiy qarorlari, shaxsiy maqsadlari va rejalari haqida qisqa esse hamda yozma fikrlar tayyorladilar. Ushbu jarayon ularning yozma nutqini rivojlantirish, grammatik va leksik bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
😀Dars davomida turli taqdimot materiallari, muhokamalar va amaliy topshiriqlardan foydalanildi. Bu esa talabalarga mavzuni chuqurroq tushunish va o‘z fikrlarini aniq ifodalash imkonini berdi.


Ochiq dars metodik jihatdan puxta rejalashtirilgan bo‘lib, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan samarali mashg‘ulot sifatida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Yakunda ochiq dars
talabalarning ingliz tilida matn bilan ishlash, tahlil qilish va yozma fikr bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgani qayd etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1😍1
14.02.2026-yil sanasida Chilonzor tumani 164-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Present Continuous and Present Simple” mavzusida navbatdagi ingliz tili to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur mashg‘ulot to‘garak rahbari, Ingliz tili-3 fakulteti talabasi Zafarova Nilufar Zafarova qizi tomonidan olib borildi. Dars jarayonida o‘quvchilarga Present Continuous hamda Present Simple zamonlarining qo‘llanish holatlari, o‘zaro farqli jihatlari va gap tuzish qoidalari tushuntirildi. Mavzu interaktiv usullar, savol-javoblar va amaliy mashqlar asosida mustahkamlandi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, ingliz tili grammatikasiga oid bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdilar. Bu kabi to‘garak mashg‘ulotlari o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda amaliy til kompetensiyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

#EnglishClub #PresentContinuous #PresentSimple #164maktab #InglizTili #ZafarovaNilufar
4🥰2😍1
🥰31🔥1
14.03.2026-yil kuni Chilonzor tumani da joylashgan 164-maktabda Ingliz tili -3 fakulteti 2- kurs talabasi Jumabayeva Nilufar tomonidan 5–6-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Present Simple Tense” mavzusida navbatdagi 2-to’garak mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulotda barcha o‘quvchilar faol qatnashdi.

Dars davomida o‘quvchilarga Present Simple tensening qo‘llanishi, gap tuzish qoidalari, bo‘lishli, bo‘lishsiz va so‘roq gap shakllari tushuntirildi. Amaliy qismda o‘quvchilar doskada va yozma topshiriqlar orqali mavzuni mustahkamlab, fe’llarning to‘g‘ri qo‘llanishi hamda kundalik faoliyatni ifodalash bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Mashg‘ulot qiziqarli va interfaol tarzda tashkil etildi.

#PresentSimple #EnglishLesson #JumabayevaNilufar #5_6sinf #14mart #EnglishGrammar
3❤‍🔥1🔥1
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti talabalari tanlovda g‘olib bo‘ldi!

🇺🇿Universitetda talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi insholar” hamda “Eng yaxshi rasmlar” tanlovlarida
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti talabalari ham munosib natijalarga erishdi.

📝 “Eng yaxshi insholar” tanlovida:
🥇 1-o‘rin — Ibragimova Parvina Sirojiddin qizi
(Ingliz tili 3-fakulteti, 1-bosqich)
🥈 2-o‘rin — Abdurahmonova Dilxumorxon Obbosxon qizi
(Ingliz tili 3-fakulteti, 1-bosqich)

🎨 “Eng yaxshi rasmlar” tanlovida:
🥉 3-o‘rin — Pardaboyeva Durdona Zokir qizi
(Ingliz tili 3-fakulteti, 1-bosqich)

Fakultetimiz talabalari ushbu tanlovda faol ishtirok etib, o‘zlarining ijodiy salohiyati va iqtidorlarini yana bir bor namoyon etdilar.

🏆 G‘oliblarimizni samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida yanada ulkan yutuqlar tilaymiz!

#InglizTili3Fakulteti #TalabalarYutug‘i #IjodiyTanlov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7❤‍🔥3🥰3👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

📣🟦🟦🟦🟦🟦🟦 jamoasi!

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti

Fakultetimizda o‘tkaziladigan madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy hamda intellektual tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida faol, tashabbuskor va mas’uliyatli volontyorlar safga taklif etiladi!

Volontyorlik sizga nima beradi?
✔️ Yangi do‘stlar va kuchli jamoa
✔️Tajriba va liderlikko‘nikmalari
✔️Universitet hayotida faol ishtirok

📌 Talablar:
Mas’uliyatli va intizomli bo‘lish
Jamoa bilan ishlay olish
Faollik va tashabbuskorlik

💬Qo‘shilishni istaganlar uchun: https://t.me/+aIMZ4wxp03c0MGYy murojaat qilishlari mumkin.

Birgalikda katta ishlarni amalga oshiramiz! ?

Fakultet hayotida faol bo‘l va o‘z imkoniyatlaringni namoyon et!

📱Telegram | 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤‍🔥2🥰1🤩1
🎓 Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv

📅 2026-yil 13-mart kuni Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi o‘qituvchisi Z.F. Anarkulova tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun motivatsion uchrashuv tashkil etildi.

👩‍🎓 Uchrashuv mehmoni sifatida 2025/2026-o‘quv yili bakalavriat bosqichi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori Jumaniyazova Lobar Sirojiddin qizi ishtirok etdi.


💬 Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida mehmon o‘zining ta’lim jarayonidagi tajribasi, erishgan yutuqlari hamda Prezident stipendiyasiga erishish yo‘lida qilgan izlanishlari haqida talabalarga batafsil so‘zlab berdi.

📕
Shuningdek, u ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, mustaqil izlanish olib borish va yuqori natijalarga erishish yo‘lida zarur bo‘lgan maslahat va tavsiyalarini ulashdi.


Mazkur uchrashuv talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularga kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashda motivatsiya berdi.

@thirdEnglishfaculty
5🥰2👏1
O‘zDJTUda sport ruhi va adabiyot uyg‘unligi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘rtasida buyuk shoir va tarjimon Aleksandr Faynberg xotirasiga bag‘ishlangan “Osmondagi stadion” nomli sport musobaqasi yuqori kayfiyat va kuchli raqobat ruhida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zDJTU Lingvistika (ingliz tili) yo‘nalishi magistratura bosqichi talabasi Sadoqatxon Mirzajonova hamda O‘zDJTU 3-Ingliz tili fakultetining iqtidorli talabasi Adhamova Mohlaroy tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Musobaqa nomi Aleksandr Faynbergning “Paxtakor” futbol jamoasiga bag‘ishlab yozgan mashhur satrlari va ushbu voqeaga bag‘ishlangan Aleksandr Faynberg stsenariysi asosida yozilgan “Osmondagi stadion” filmi bilan uyg‘un holda tanlandi. Bu nom shoir ijodida sportga bo‘lgan hurmat va insoniy matonat g‘oyalarini aks ettiradi. Bellashuv davomida talabalar o‘zlarining sport mahorati, jamoaviy hamkorligi hamda g‘alabaga intilish ruhini namoyon etdilar. Maydonda qizg‘in bahslar, yorqin o‘yinlar va do‘stona raqobat muhiti hukm surdi.

Musobaqa talabalarda jamoaviylik, iroda va sport madaniyatini rivojlantirish bilan birga, Aleksandr Faynberg merosiga bo‘lgan qiziqishni yana-da oshirdi.

Ushbu sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda buyuk adib xotirasini munosib e’zozlashga xizmat qildi.

@faynberg_adabiyoti
@Aleksandr_Faynberg_xotirasi


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰32🔥1😍1