3rd English faculty
1.88K subscribers
11.2K photos
1.6K videos
197 files
1.81K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
♻️ Fakultetlarda giyohvandlikning oldini olishga bag‘ishlangan videoroliklar tanlovlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

📍 Tadbir Ingliz tili 3-fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov hamda tyutorlar Z.Xolmuroda, Sh.Kadirova va M.Avazovalar tomonidan tashkil etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan videolar fakultetlarda namoyish etildi, va har bir videoda giyohvandlikning salbiy oqibatlari va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati aks ettirildi.

📚 Ushbu tadbir “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” respublika aksiyasi doirasida tashkil qilinib, yoshlarni zararli odatlardan ogohlantirish, ularda ijobiy odatlarni shakllantirish va sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.

🏆
Eng yaxshi videorolik aniqlanib, sertifikat bilan rag‘batlantirildi.
2👍2🔥2
13- mart kuni Ingliz tilini o’qitish metodikasi-3 kafedrasi o’qituvchilari A.P. Seytimbetova va D.I. Babaxanova “JOY” filmi asosida navbatdagi Movie Club uchrashuvi tashkil etishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar filmni birgalikda tomosha qilib, uning mazmuni, asosiy g‘oyalari va qahramonlarning hayotiy tajribasi haqida fikr almashdilar. Muhokama jarayonida filmda aks etgan qat’iyat, mehnatsevarlik va maqsad sari intilish kabi muhim qadriyatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv qizg‘in savol-javoblar va faol muhokamalar ruhida o‘tdi. Talabalar o‘z fikr va mulohazalarini erkin bildirish imkoniga ega bo‘ldilar hamda film orqali berilgan hayotiy saboqlar haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘ldilar.
👍1
📚 “Boosting Language Skills” to‘garagida navbatdagi mashg‘ulot tashkil etildi

“Boosting Language Skills” to‘garagi doirasida Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi o‘qituvchisi Zemlyankina Yu. tomonidan “How to Write Introduction and Conclusion in Essay” mavzusida navbatdagi to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga esse yozish jarayonida kirish (introduction) va xulosa (conclusion) qismlarini to‘g‘ri, mazmunli hamda mantiqiy shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari batafsil tushuntirildi. Talabalar esse tuzilishi, asosiy g‘oyani aniq ifodalash, fikrlarni izchil bayon etish hamda matnni samarali yakunlash usullari bilan yaqindan tanishdilar.

Amaliy qismda talabalar milliy madaniyatimiz mavzusida ingliz tilida esse yozib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mashg‘ulot jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligi ta’minlanib, talabalarning akademik yozuvga bo‘lgan qiziqishi yanada oshdi.

Mazkur to‘garak mashg‘uloti talabalarning yozma nutq madaniyatini rivojlantirish, ingliz tilida erkin fikr bildirish hamda akademik yozuv ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim аҳамият kasb etdi.

#BoostingLanguageSkills #AcademicWriting #EssayWriting #IntroductionAndConclusion #EnglishClub #UzSWLU
6🔥2🤩2😍2❤‍🔥1🍓1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

❤️Milliylik kuni” – Modalar namoyishi

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti
🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda
🇺🇿Lider qizlar” kengashi tashabbusi bilan Yoshlar haftaligi doirasida Juma kuni talaba-yoshlar o‘rtasida “Milliylik kuni” munosabati bilan milliy liboslar modalar namoyishi tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zbek milliy liboslarining nafisligi, rang-barangligi va o‘ziga xos uslublarini namoyish etdilar.

Milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratilgan ushbu tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Milliy liboslar – xalqimiz madaniyati va an’analarining yorqin ifodasidir.

#MilliylikKuni #YoshlarHaftaligi #YoshlarIttifoqi
#LiderQizlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1🥰1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🎓Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi

2026-yil 13-mart kuni
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili uchinchi fakultetida iqtidorli talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv 2025/2026-o‘quv yili uchun (bakalavriat bosqichida) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori Jumaniyazova Lobar Sirojiddin qizi bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida stipendiya sovrindori o‘zining ta’lim jarayonidagi tajribasi, erishgan yutuqlari hamda Prezident stipendiyasini qo‘lga kiritish yo‘lida muhim bo‘lgan bilim, intilish va mehnat haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, u talabalarga ilmiy faoliyat, mustaqil izlanishlar olib borish va yuqori natijalarga erishish bo‘yicha foydali tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbirni fakultet dekani I.T. Xaydarov ochib berib, bunday uchrashuvlar talaba-yoshlarni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi yutuqlarga ruhlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.


Uchrashuv samimiy muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1🤩1