3rd English faculty
1.88K subscribers
11.2K photos
1.6K videos
197 files
1.81K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
🇺🇿O‘zDJTU 🇺🇿Yoshlar ittifoqi tomonidan Yoshlar oyligi hamda “Besh tashabbus haftaligi” doirasida tashkil etilgan CS2 (Counter-Strike 2) kibersport turnirining birinchi bosqichi bugun muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

🎙Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev ochib berib, talabalarga omad tiladi hamda bunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

🎮Turnirda universitet talabalari 5 kishilik jamoalar tarkibida qatnashib, o‘zlarining strategiyasi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda jamoaviy hamkorligini namoyish etdilar.

🔥Bellashuvlar qiziqarli va murosasiz tarzda o‘tib, ishtirokchi jamoalar o‘rtasida haqiqiy kibersport muhiti yuzaga keldi.
Turnirning keyingi bosqichi bir haftadan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Unda saralangan jamoalar final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.


Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍1🥰1🤩1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🏐🏐🏐🏐

🏆 “Besh Tashabbus haftaligi” doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi!

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti kengashi tomonidan
“Besh tashabbus haftaligi” doirasida talabalar o‘rtasida qizlar va yigitlar jamoalari ishtirokida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining jamoaviyligi, chaqqonligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etishdi.

Qizlar va yigitlar jamoalari o‘rtasidagi qizg‘in bahslar musobaqaga alohida ko‘tarinki ruh va sport muhiti bag‘ishladi.

Tadbir davomida faol ishtirok etgan barcha jamoalarga va ularni qo‘llab-quvvatlab kelgan talabalarga minnatdorchilik bildiramiz.

Bunday sport tadbirlari talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

#BeshTashabbusHaftaligi
#YoshlarIttifoqi
#Volleyball
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩43❤‍🔥2🥰2👍1
🇺🇿O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili nazariy aspektlari-3 kafedrasi o’qituvchilari Rashidova Gulshoda, Sultonova Maftuna va Rahmatova E'zoza tomonidan olib boriladigan “Step by step” to’garagi

🔖Mavzu: Listening: Map

Mavzu yuzasidan mas’ul o’qituvchilar:
Rashidova Gulshoda, Sultonova Maftuna

📌O’tkazish vaqti va joyi:

🗓 13.03.2026
13:30
📍214- xona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21👍1
♻️ Joriy yilning 13-mart kuni Ingliz tili 3-fakultetida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” respublika aksiyasi doirasida talabalar orasida Insholar tanlovi tashkil etildi. Tadbir yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov hamda tyutorlar Z.Xolmuroda, Sh.Kadirova va M.Avazovalar tomonidan tashkil etildi.

📌 Fakultet darajasida insholar tanlovi alohida e’tibor bilan o‘tkazilib, unda talabalar giyohvandlikning zararli oqibatlari va unga qarshi kurashish yo‘llari haqida o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar. Ushbu tadbir talabalar orasida ijtimoiy ongni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda zararli odatlardan saqlanishga chaqirish maqsadida tashkil etildi.

📝 Eng yaxshi Insholar aniqlanib, sertifikat bilan rag‘batlantirildi.
4👏1
♻️ Fakultetlarda giyohvandlikning oldini olishga bag‘ishlangan videoroliklar tanlovlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

📍 Tadbir Ingliz tili 3-fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov hamda tyutorlar Z.Xolmuroda, Sh.Kadirova va M.Avazovalar tomonidan tashkil etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan videolar fakultetlarda namoyish etildi, va har bir videoda giyohvandlikning salbiy oqibatlari va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati aks ettirildi.

📚 Ushbu tadbir “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” respublika aksiyasi doirasida tashkil qilinib, yoshlarni zararli odatlardan ogohlantirish, ularda ijobiy odatlarni shakllantirish va sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.

🏆
Eng yaxshi videorolik aniqlanib, sertifikat bilan rag‘batlantirildi.
2👍2🔥2
13- mart kuni Ingliz tilini o’qitish metodikasi-3 kafedrasi o’qituvchilari A.P. Seytimbetova va D.I. Babaxanova “JOY” filmi asosida navbatdagi Movie Club uchrashuvi tashkil etishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar filmni birgalikda tomosha qilib, uning mazmuni, asosiy g‘oyalari va qahramonlarning hayotiy tajribasi haqida fikr almashdilar. Muhokama jarayonida filmda aks etgan qat’iyat, mehnatsevarlik va maqsad sari intilish kabi muhim qadriyatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv qizg‘in savol-javoblar va faol muhokamalar ruhida o‘tdi. Talabalar o‘z fikr va mulohazalarini erkin bildirish imkoniga ega bo‘ldilar hamda film orqali berilgan hayotiy saboqlar haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘ldilar.
👍1