3rd English faculty
1.88K subscribers
11.2K photos
1.6K videos
197 files
1.81K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
🇺🇿Yoshlar kuni munosabati bilan

Joriy yilning 12-mart sanasida Yoshlar kuni munosabati bilan
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti tyutorlari
F. Sadullayev, R. Uzoqova va N. Mamazohirova
o‘zlariga biriktirilgan talabalar bilan birgalikda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida

O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talabalar bilan birgalikda “Nomoz shomgul” nomli o‘zbek filmi tomosha qilindi.

Mazkur tadbir talabalarning madaniy hordiq chiqarishlari, milliy kino san’ati bilan yaqindan tanishishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga xizmat qildi.

#ingliztili3fakultet
#yoshlarkuni
1🤩1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿ÕzDJTU
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi A.Madiyeva va fakultet tyutori N.Israilova o'ziga biriktirilgan 2-kurs talabalari bilan birgalikda Yoshlar ijod saroyiga tashrifni amalga oshirildi.

Bu yerda Yoshlar ishlari agentligi va qizlar akademiyasi tashabusi blian otkazilgan ''Qizlar forumi'' tadbirida ishtirok etishdilar.

Tadbirda davomida spikerlar qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ta’lim olishga bo‘lgan intilishi, orzu-maqsadlari hamda kelajakdagi rejalari haqida ochiq muloqotlar olib borildi.

Shuningdek, qizlar ta’lim, sog‘liq, go‘zallik va modellik sohalari bo‘yicha ekspertlardan foydali tavsiyalar oldilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, qizlarni yanada faol, bilimli va tashabbuskor bo‘lishga undovchi qiziqarli muhokamalar o‘tkazildi.

Shuningdek, qizlarning
huquqlari, imkoniyatlari hamda shaxsiy rivojlanish masalalari ham keng muhokama qilindi

#ingliztili3
#qizlarforumi
#yoshlarkuni
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1🤩1😍1
🇺🇿O‘zDJTU 🇺🇿Yoshlar ittifoqi tomonidan Yoshlar oyligi hamda “Besh tashabbus haftaligi” doirasida tashkil etilgan CS2 (Counter-Strike 2) kibersport turnirining birinchi bosqichi bugun muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

🎙Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev ochib berib, talabalarga omad tiladi hamda bunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

🎮Turnirda universitet talabalari 5 kishilik jamoalar tarkibida qatnashib, o‘zlarining strategiyasi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda jamoaviy hamkorligini namoyish etdilar.

🔥Bellashuvlar qiziqarli va murosasiz tarzda o‘tib, ishtirokchi jamoalar o‘rtasida haqiqiy kibersport muhiti yuzaga keldi.
Turnirning keyingi bosqichi bir haftadan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Unda saralangan jamoalar final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.


Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍1🥰1🤩1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🏐🏐🏐🏐

🏆 “Besh Tashabbus haftaligi” doirasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi!

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti kengashi tomonidan
“Besh tashabbus haftaligi” doirasida talabalar o‘rtasida qizlar va yigitlar jamoalari ishtirokida voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining jamoaviyligi, chaqqonligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etishdi.

Qizlar va yigitlar jamoalari o‘rtasidagi qizg‘in bahslar musobaqaga alohida ko‘tarinki ruh va sport muhiti bag‘ishladi.

Tadbir davomida faol ishtirok etgan barcha jamoalarga va ularni qo‘llab-quvvatlab kelgan talabalarga minnatdorchilik bildiramiz.

Bunday sport tadbirlari talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviylikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

#BeshTashabbusHaftaligi
#YoshlarIttifoqi
#Volleyball
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩43❤‍🔥2🥰2👍1
🇺🇿O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili nazariy aspektlari-3 kafedrasi o’qituvchilari Rashidova Gulshoda, Sultonova Maftuna va Rahmatova E'zoza tomonidan olib boriladigan “Step by step” to’garagi

🔖Mavzu: Listening: Map

Mavzu yuzasidan mas’ul o’qituvchilar:
Rashidova Gulshoda, Sultonova Maftuna

📌O’tkazish vaqti va joyi:

🗓 13.03.2026
13:30
📍214- xona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21👍1
♻️ Joriy yilning 13-mart kuni Ingliz tili 3-fakultetida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” respublika aksiyasi doirasida talabalar orasida Insholar tanlovi tashkil etildi. Tadbir yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov hamda tyutorlar Z.Xolmuroda, Sh.Kadirova va M.Avazovalar tomonidan tashkil etildi.

📌 Fakultet darajasida insholar tanlovi alohida e’tibor bilan o‘tkazilib, unda talabalar giyohvandlikning zararli oqibatlari va unga qarshi kurashish yo‘llari haqida o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar. Ushbu tadbir talabalar orasida ijtimoiy ongni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda zararli odatlardan saqlanishga chaqirish maqsadida tashkil etildi.

📝 Eng yaxshi Insholar aniqlanib, sertifikat bilan rag‘batlantirildi.
4👏1