3rd English faculty
1.88K subscribers
11.2K photos
1.6K videos
197 files
1.81K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🌐Joriy yilning 6-mart sanasida
🇺🇿O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakultetining iqtidorli talabasi Zaxrooyim Shuxratbekova tomonidan tashkil etilgan “Youth Week” haftaligi doirasida Sport kuni o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda talabalar o‘zlari qiziqqan shaxmat, tennis va armwrestling sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Musobaqalar davomida ishtirokchilar faol qatnashib, sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.

Tadbir talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismoniy faolligini rivojlantirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21🥰1
#yoshlarkuni
#harpayshanba ♻️ Joriy yilning 12-mart kuni Ingliz tili 3-fakultetida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” respublika aksiyasi doirasida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov hamda tyutorlar Z.Xolmurodova, Sh.Kadirova va M.Avazovalar tomonidan tashkil etildi.

📌 Tanlovning asosiy maqsadi yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning jamiyat va inson salomatligi uchun salbiy oqibatlarini keng tushuntirish va talabalarda bu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat edi.

📌 Talabalar o‘z ijodiy yondashuvlari, mazmunan boy va dolzarb rasmlari orqali giyohvandlikka qarshi qat’iy pozitsiyalarini namoyon etdilar. Eng yaxshi devoriy gazetalar aniqlanib, faol ishtirok etgan talabalar munosib rag‘batlantirildi.

♻️ Sog‘lom hayot sari birgamiz va giyohvandlikka qarshi qat’iy turamiz!
3👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2026-yil 11-mart kuni 
TEXT TITANS” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot
Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi  o‘qituvchisi
A.L. Talibjanova
rahbarligida, talabalarning tanqidiy fikrlash (critical thinking) qobiliyatini rivojlantiruvchi eng muhim mavzulardan biri :

Identifying Fact and Opinion” (Fakt va shaxsiy fikrni farqlash) mavzusida tashkil etildi.

Mashg‘ulotning asosiy maqsadi:
Talabalarga matndagi obyektiv ma’lumotlarni (fakt) subyektiv qarashlardan (opinion) ajratish, muallifning yondashuvini tushunish va ma’lumotlarni to‘g‘ri tahlil qilish ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida talabalar quyidagilarni o‘zlashtirdilar:
Evidence-based Facts: Isbotlangan dalillar, raqamlar va tarixiy faktlarni aniqlash;
Subjective Clue Words: Shaxsiy fikrni ifodalovchi kalit so‘zlar (feel, believe, think, best, worst, always) va sifatlar tahlili;
Bias Detection: Matndagi bir yoqlamalik yoki muallifning shaxsiy hissiyotlari matn mazmuniga ta’sirini aniqlash.


Amaliy qism:
Nazariy bilimlar darhol amaliyot bilan mustahkamlandi. Talabalar turli maqola va matnlar ustida ishlashdi:

Berilgan matn ichidan faqat faktlarni ajratib olish va ularning haqqoniyligini tekshirish;
Reklama va OAV matnlaridagi yashirin "shaxsiy fikr"larni aniqlash bo‘yicha qiziqarli bahs-munozaralar o‘tkazildi.
Mashg‘ulot yakunida
A.L. Talibjanova tomonidan talabalarning tahliliy qobiliyatlari yuqori baholandi.


Talabalarga akademik yozuvda faktlardan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berilib, keyingi mashg‘ulot uchun mustaqil tahliliy topshiriqlar yuklatildi.

📱Telegram |📱Instagram | 📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1😍1
O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “VOICE UP” to‘garagi davom etmoqda!
12-mart kuni Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi o‘qituvchisi F.Kh.Kodirova tomonidan to‘garakning 19-mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot boshida talabalar “Voice practice” interaktiv faoliyati orqali muloqotga kirishib, bir-birlari bilan fikr almashdilar. Shuningdek, “Voice Up” to‘garagining asosiy maqsadi — talabalarning erkin nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘z fikrini ishonch bilan ifodalash va jamoa oldida nutq so‘zlash qobiliyatini rivojlantirish haqida suhbat olib borildi.
Bugungi mashg‘ulotning asosiy mavzusi “Uptown Funk-Mark Ronson ft.Bruno Mars” qoʻshigʻi bo‘lib, talabalar mashhur qo‘shiq mazmuni orqali motivatsiya, qat’iyat va maqsad sari intilish haqida fikr yuritdilar.
Amaliy qismda talabalar “Voice Challenge” faoliyati davomida qisqa motivatsion nutqlar tayyorlab, o‘z g‘oyalari va hayotiy maqsadlari haqida erkin fikr bildirdilar.
Mashg‘ulot yakunida esa kelgusi uchrashuvlar uchun yangi rejalar va mustaqil topshiriqlar belgilab olindi.
Bugungi mashg‘ulotda faol qatnashgan barcha talabalarni o‘z taassurotlari va takliflari bilan izohlarda o‘rtoqlashishga taklif qilamiz!
https://t.me/thirdEnglishfaculty
3
Joriy yilning 12-mart kuni Ingliz tili 3-fakulteti, Ingliz tili nazariy aspektlari 3-kafedrasi o'qituvchisi, G'aniyeva Dilshoda Izzatulla qizi tomonidan 2302-guruh talabalari bilan “Summaries: Structure, Topic, and Main Points” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

Mazkur dars davomida talabalar matnning asosiy mazmunini aniqlash, mavzuni (topic) belgilash hamda muhim fikrlarni (main points) ajratib olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni bajardilar. Shuningdek, summary yozishning tuzilishi (structure) haqida nazariy ma’lumotlar berilib, amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlandi.

Dars interaktiv metodlar asosida tashkil etilib, talabalar faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlar qo‘llanildi hamda talabalarning tahliliy va akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq dars davomida ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar tomonidan mavzu yuzasidan ijobiy fikr va tavsiyalar bildirildi.
2