3rd English faculty
1.88K subscribers
11.2K photos
1.6K videos
197 files
1.81K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti kengashi tomonidan
5 Tashabbus haftaligi” doirasida qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa davomida talabalar sportga bo‘lgan qiziqishi, jamoaviylik va g‘alabaga intilish ruhini namoyon etdilar.

🏆 Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tib, eng kuchli jamoalar o‘z mahoratini ko‘rsatdi.

Bunday sport tadbirlari talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.

Barcha ishtirok etgan jamoalarga tashakkur bildiramiz!

#yoshlaroyligi
#beshtashabbus
#sport
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😍4❤‍🔥3🥰3👏1💯1🍓1🆒1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🌐Joriy yilning 6-mart sanasida
🇺🇿O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakultetining iqtidorli talabasi Zaxrooyim Shuxratbekova tomonidan tashkil etilgan “Youth Week” haftaligi doirasida Sport kuni o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda talabalar o‘zlari qiziqqan shaxmat, tennis va armwrestling sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Musobaqalar davomida ishtirokchilar faol qatnashib, sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.

Tadbir talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jismoniy faolligini rivojlantirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21🥰1
#yoshlarkuni
#harpayshanba ♻️ Joriy yilning 12-mart kuni Ingliz tili 3-fakultetida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” respublika aksiyasi doirasida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov hamda tyutorlar Z.Xolmurodova, Sh.Kadirova va M.Avazovalar tomonidan tashkil etildi.

📌 Tanlovning asosiy maqsadi yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning jamiyat va inson salomatligi uchun salbiy oqibatlarini keng tushuntirish va talabalarda bu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat edi.

📌 Talabalar o‘z ijodiy yondashuvlari, mazmunan boy va dolzarb rasmlari orqali giyohvandlikka qarshi qat’iy pozitsiyalarini namoyon etdilar. Eng yaxshi devoriy gazetalar aniqlanib, faol ishtirok etgan talabalar munosib rag‘batlantirildi.

♻️ Sog‘lom hayot sari birgamiz va giyohvandlikka qarshi qat’iy turamiz!
3👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2026-yil 11-mart kuni 
TEXT TITANS” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot
Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi  o‘qituvchisi
A.L. Talibjanova
rahbarligida, talabalarning tanqidiy fikrlash (critical thinking) qobiliyatini rivojlantiruvchi eng muhim mavzulardan biri :

Identifying Fact and Opinion” (Fakt va shaxsiy fikrni farqlash) mavzusida tashkil etildi.

Mashg‘ulotning asosiy maqsadi:
Talabalarga matndagi obyektiv ma’lumotlarni (fakt) subyektiv qarashlardan (opinion) ajratish, muallifning yondashuvini tushunish va ma’lumotlarni to‘g‘ri tahlil qilish ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida talabalar quyidagilarni o‘zlashtirdilar:
Evidence-based Facts: Isbotlangan dalillar, raqamlar va tarixiy faktlarni aniqlash;
Subjective Clue Words: Shaxsiy fikrni ifodalovchi kalit so‘zlar (feel, believe, think, best, worst, always) va sifatlar tahlili;
Bias Detection: Matndagi bir yoqlamalik yoki muallifning shaxsiy hissiyotlari matn mazmuniga ta’sirini aniqlash.


Amaliy qism:
Nazariy bilimlar darhol amaliyot bilan mustahkamlandi. Talabalar turli maqola va matnlar ustida ishlashdi:

Berilgan matn ichidan faqat faktlarni ajratib olish va ularning haqqoniyligini tekshirish;
Reklama va OAV matnlaridagi yashirin "shaxsiy fikr"larni aniqlash bo‘yicha qiziqarli bahs-munozaralar o‘tkazildi.
Mashg‘ulot yakunida
A.L. Talibjanova tomonidan talabalarning tahliliy qobiliyatlari yuqori baholandi.


Talabalarga akademik yozuvda faktlardan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berilib, keyingi mashg‘ulot uchun mustaqil tahliliy topshiriqlar yuklatildi.

📱Telegram |📱Instagram | 📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1😍1