3rd English faculty
1.88K subscribers
11.2K photos
1.6K videos
197 files
1.82K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
FTURK2422 guruhi talabalari bilan “Bayramlar” mavzusida to‘garak o‘tkazildi
2026-yil 11-mart kuni Ingliz tili 3-fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi turk tili o'qituvchisi Komilova Zuhraxon rahbarligida FTURK2422 guruhi talabalari ishtirokida “Bayramlar” mavzusida navbatdagi to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida talabalar turk va o‘zbek xalqlarining milliy hamda xalqaro bayramlari haqida fikr almashdilar. Xususan, bayramlarning kelib chiqishi, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda madaniy ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
To‘garak jarayonida talabalar faol ishtirok etib, turli savol-javoblar, muhokamalar hamda kichik interaktiv topshiriqlar orqali mavzu yuzasidan o‘z bilimlarini mustahkamlashdi. Mashg‘ulot samimiy va qiziqarli muhitda o‘tib, talabalar uchun foydali bo‘ldi.
Yakunda talabalar mavzu bo‘yicha o‘z fikr va taassurotlarini bildirishdi hamda kelgusi to‘garaklarda ham faol qatnashish istagini bildirdilar.
1
KELAJAK SOATI
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetida dekan I. Xaydarov tomonidan navbatdagi “Kelajak soati” darsi o‘tkazildi.

📚 Darsning bugungi mavzusi “Mehnatning tagi — rohat” bo‘lib, unda talabalar bilan mazmunli va ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat davomida mehnatsevarlik, mas’uliyat va intilish insonni katta yutuqlarga olib borishi haqida fikrlar bildirildi.

💬 Talabalar bilan kelajak rejalari, o‘z ustida ishlash, bilim olishga bo‘lgan intilish hamda hayotda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida samimiy suhbat olib borildi. Shuningdek, mehnat orqali inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishi mumkinligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

⭐️ Ushbu uchrashuv talabalar uchun motivatsiyaga boy bo‘lib, ularni yanada faol bo‘lishga, bilim va mehnat orqali o‘z kelajagini barpo etishga undadi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Ingliz tili 3-fakulteti


2417-guruh talabalari ishtirokida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir tyutorlar R. Uzoqova va N. Israilova hamda pedagogika va psixologiya fani o‘qituvchisi Ixlosbek Moyanov tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan qoʻyilgan sahna koʻrinishi, she'rlar aytildi va giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiyati va kelajagiga yetkazadigan salbiy oqibatlari haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Bunday ma’rifiy uchrashuvlar yoshlar ongida mas’uliyat, hushyorlik va sog‘lom hayot tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3- fakultet talabalari uchun navbatdagi uchrashuv tashkil etilmoqda.

2025/2026-o‘quv yili uchun (bakalavriat bosqichida) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori
Jumaniyazova Lobar Sirojiddin qizi bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: 4-ma’ruzalar zali
🗓 Sana: Juma kuni
😀 Vaqt: 11:50

Uchrashuv davomida stipendiya sovrindori o‘z tajribasi, yutuqlari hamda talabalarga foydali tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadi.

Barcha talabalarni ushbu qiziqarli va motivatsion uchrashuvga taklif etamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1😍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti talabalari o‘rtasida buyuk shoir va tarjimon Aleksandr Faynberg hayoti hamda ijodiga bag‘ishlangan “FAYNBERG INTELLECTUAL QUIZ” intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir
🇺🇿O‘zDJTU
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti kengashi Talaba qizlar koordinatori Adhamova Mohlaroy tashabbusi bilan tashkil etildi.

Quiz davomida ishtirokchilar Aleksandr Faynbergning hayoti, ijodiy faoliyati va uning boy adabiy merosi haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Bellashuv davomida qiziqarli savollar, intellektual muhokamalar hamda do‘stona raqobat muhiti tadbirni yanada mazmunli qildi.

Bellashuv 3 kishilik jamoalar o‘rtasida o‘tkazilib, talabalar faol ishtirok etdilar va o‘z bilimlarini namoyon qildilar.

Ushbu intellektual tadbir talabalar o‘rtasida Aleksandr Faynberg ijodini keng targ‘ib qilish hamda yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetining iqtidorli talabasi Zaxrooyim Shuxratbekova tashabbusi bilan joriy yilning 3–4–5–6 mart kunlari “Youth Week” — ijtimoiy faollik haftaligi tashkil etildi.

Haftalik davomida XT3 fakulteti talabalari uchun adabiyot va sport yo‘nalishlari bo‘yicha turli tadbirlar tashkil etildi.

Talabalar mazkur tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Mazkur haftalik talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Stipendiantlik sari qadam” ilmiy treningi tashkil etildi
Joriy yilning 5-mart sanasida
🇺🇿O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakultetining iqtidorli talabasi Zaxrooyim Shuxratbekova tashabbusi bilan “Stipendiantlik sari qadam” nomli ilmiy trening tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Navoiy hamda “Yil talabasi” davlat stipendiyasi sohibasi Zebiniso Jamolova talabalarga mentorlik qilib, stipendiya tanlovlarida muvaffaqiyat qozonish bo‘yicha o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Trening ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, unda talabalar stipendiya dasturlari, hujjat tayyorlash jarayoni hamda tanlov bosqichlari haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1👏1