3rd English faculty
1.85K subscribers
12K photos
1.64K videos
198 files
1.9K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva2512
Download Telegram
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani I.Haydarov va yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov hamda tyutor Sh.Kadirova tomonidan talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida talabalar bilan samimiy suhbat oʻtkazilib, ularning yashash sharoitlari, dars jarayonlari, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mavjud muammolarini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratildi.

♻️ Shuningdek, talabalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

📌 Bunday uchrashuvlar talabalarning kayfiyati, yashash tarzini yaqindan oʻrganish va ular bilan doimiy muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2👏2👍1🔥1
5👏3🔥2
🇺🇿Universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida psixologik zo‘riqish hamda kasbiy charchoqning oldini olish, ularni yengillashtirish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu jumladan,
🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.T. Xayrullayeva hamda
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti tyutori N.Mamazoxirova hamkorligida joriy yilning
2-mart sanasida 3-bosqich talabalari ishtirokida “Men tanlagan kasb” mavzusida psixologik suhbat tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalarda kasb tanlashga nisbatan ongli yondashuvni shakllantirish, ularning kasbiy motivatsiyasini mustahkamlash hamda kelgusidagi faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan ruhiy zo‘riqishlarning oldini olishga qaratildi.

Suhbat davomida ishtirokchilar o‘z kasb tanlovi, kelajak rejalari va kasbiy maqsadlari haqida fikr almashdilar.

Tadbir ochiq muloqot, savol-javob va interaktiv usullar asosida olib borilib, talabalar uchun psixologik jihatdan foydali va motivatsion ahamiyat kasb etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥11🔥1🥰1🤩1😍1
📢Speaking Club Announcement

Topic: Evolution of Humanity - Involving Technology
🗓When: March 4th
📍Where: English 3-Faculty
📍Room No: 207
Time: 15:00

💡Highlights: Team-working debates, role plays and free individual speeches
🎓Certificates guaranteed for active members!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9😍4🤩3🔥2
🇺🇿🇺🇳 2-mart — O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun munosabati bilan ta’lim muassasalarida seminarlar, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakultetida mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lishining tarixiy ahamiyati, xalqaro maydondagi o‘rni va bugungi kundagi hamkorlik yo‘nalishlari haqida atroflicha fikr almashildi.

Davra suhbati tyutor
Z. Xolmurodova hamda fakultet yetakchisi
J. Sayliyeva
boshchiligida tashkil etilib, talabalar faol ishtirok etdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbir yoshlarning xalqaro munosabatlar, tinchlik va barqaror rivojlanish masalalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

Tadbir yakunida talabalarga BMTning asosiy maqsadlari — tinchlikni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish va barqaror taraqqiyot yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🤩5🥰3❤‍🔥2
🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti kengashi bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir

🌸 Ingliz tili 3-fakultetida atoqli shoira, Oʻzbekiston Qahramoni Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir tyutor
Z. Xolmurodova fakultet yetakchisi J. Sayliyeva hamda 2519-guruhning iqtidorli talabasi
J. Kamilova
boshchiligida yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir davomida Zulfiya she’riyatining mazmun-mohiyati, uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, ayol qalbi va sadoqat madh etilgan asarlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Talabalar tomonidan shoira ijodidan namunalar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

🌷Ushbu tadbir talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik, sadoqat va yuksak ma’naviyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🥰5❤‍🔥3🔥2😍2🤩1
🇺🇿Joriy yilning 2-mart sanasida
🇬🇧Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutorlari Israilova N va Mamazohirova N lar tomonidan talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida talabalar bilan samimiy suhbat oʻtkazilib, ularning yashash sharoitlari, dars jarayonlari, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mavjud muammolarini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tashrifda talabalarning kayfiyati, yashash tarzini yaqindan oʻrganish va ular bilan doimiy muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2🥰2🤩2👏1