3rd English faculty
1.68K subscribers
13K photos
1.68K videos
198 files
1.99K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🏅Yuksak ilm fidoyisi” Respublika tanlovida faxrli natija
Joriy yilning 12-oktyabr kuni, Toshkent davlat transport universitetida “Yuksak ilm fidoyilari avlodi: taraqqiyotga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar va ijodiy g‘oyalar integratsiyasi” mavzusidagi konferensiya doirasida “Yuksak ilm fidoyisi” Respublika ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlovda Ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida izlanayotgan yoshlar orasida o‘zining intellektual salohiyati va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan Ingliz tili 3-fakulteti 2427-guruh talabasi Muxammadiyeva Rushana Muxsin qizining ilmiy-ijodiy ishlari ilmiy kengash tomonidan yuqori baholandi va “Yuksak ilm fidoyisi” ko‘krak nishoni, guvohnoma, sertifikat, tashakkurnoma, maqolalar to‘plami hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


📌 Ingliz tili 3-fakulteti nomidan Muxammadiyeva Rushana Muxsin qizini ushbu yuksak mukofot bilan chin dildan tabriklaymiz. Uning ilmiy izlanishlari va yutuqlari universitet uchun faxr manbai bo'lib, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.

🌐
https://t.me/thirdEnglishfaculty
🔥3👍2
📝Ingliz tili 3-fakulteti tyutori S.Berdiyeva tomonidan16-oktabr kuni 1-kurs 2510-guruh talabalari bilan birgalikda Milliy madaniyat va qadriyatlarni aks ettiruvchi hujjatli film namoyish etildi.
📚Talabalar bundan katta taassurot oldilar, madaniy merosimizga bo‘lgan hurmat va qiziqishlari yanada ortdi. Film orqali ular xalqimizning urf-odatlari, an’analari va tarixiy qadriyatlari haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo‘ldilar.
✏️Talabalar tadbirdan o‘z milliy o‘zligiga bo‘lgan faxr tuyg‘usini his qildilar.
✏️Talabalar tadbirdan madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash zarurligini angladilar.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
2
📖 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ma’naviyat va ma’rifat soati o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 3-fakultetida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat soati” mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Tadbirni fakultet tyutori Zebiniso Xolmurodova olib bordi.

Mazkur soat davomida talabalarga yoshlarning ma’naviy yetukligini ta’minlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash.

Shuningdek, talabalarning fikrlash doirasini kengaytirish, ularni yuksak ma’naviy fazilatlar ruhida tarbiyalash, Vatanga sadoqat va insonparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga qaratilgan muloqotlar olib borildi.

🔹 Bunday ma’naviyat va ma’rifat soatlari yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish hamda ularni har tomonlama barkamol shaxs sifatida kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

#O‘zDJTU #Ma’naviyatVaMa’rifat #InglizTili3Fakulteti #ZebinisoXolmurodova #Ma’naviyatSoati #TalabalarHayoti
4
Ijarada yashovchi talabalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini tekshirish va texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish maqsadida O’zDJTU da qator ishlar faol olib borilmoqda.

Ingliz tili 3 - fakulteti tyutori Sh.Kadirova ijarada yashovchi 2-bosqich talabalari xonadonlariga tashrif buyurdi.


♻️ Tashrif davomida talabalarga mas’ullar tomonidan texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari va is gazidan ehtiyot bo‘lish zarurligi borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
 
🌐 https://t.me/thirdEnglishfaculty
2👍2
📌 16.10.2025 yil Ingliz tili 3-fakulteti talabalari va professor - o'qituvchilari bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida mutaxassislar ishtirokida davra suhbati yuqori saviyada o'tkazildi.
📕 Ushbu tadbirda Ingliz tili 3-fakulteti dekani I.T.Xaydarov, yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov, universitet profilaktika inspektori S.Sherboyev, universitet psixologi Z.Xayrullayeva ishtirok etdilar.
📎 Tadbir juda mazmunli va savol-javoblarga boy tarzda tashkil etildi.
1
🎓 Ochiq dars bo‘lib o‘tdi!

Bugun Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi N 3 o‘qituvchisi, PhD, G'aybullayeva Dildora Fayzulla qizi 2311-guruh talabalari bilan birgalikda "Ingliz tilini oʻqitish va baholashning xalqaro standartlari" fanidan ochiq dars o‘tdi.

"Assessment for learning: feedback, motivation, scaffolding" mavzusidagi mazkur darsda o'qituvchi tomonidan "Think-Pair-Share", "I do/we do/You do", "Hot Sandwich", "Six Thinking Hats" kabi texnika va metodlardan samarali foydalanildi. Shuningdek, darsning amaliy qismida talabalar darsni tashkillashtirishning guruh bo'lib ishlash shakli yordamida til bilishning 4 ko'nikmasida o'tilgan mavzuning ahamiyatini "role play" orqali ko'rsatib berishdi. Dars so'nggida mini-guruhlar bir-birlarining namoyishlarini turli mezonlar asosida baholashdi.
Ochiq darsda kafedraning katta o'qituvchilari G.Rashidova va G.Soatova ishtirok etib, dars haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

📚 Ochiq dars samarali, qiziqarli va o‘quv jarayoniga boy tarzda o‘tdi.
1