3rd English faculty
1.68K subscribers
13K photos
1.68K videos
198 files
1.99K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili uchinchi fakulteti
Zakovat-bilim va tafakkur sinovi !!!

14.10.2025-yil O'zbekiston davlat Jahon tillari universiteti 3-ingliz fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan 2-kurs talabalari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi ⚡️❗️

Tadbir davomida talabalar o'z bilimi, tezkor fikrlashi va jamoaviy ishlash ko'nikmalarini namoyish etdi. O'yinda 9 ta jamoa ishtirok etdi, o'z bilim va ziyrakliklarini sinovdan o'tkazishdi. Natijada esa, 4 ta eng kuchli jamoa keyingi bosqichga yo'llanma oldi 💥🔥

Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va keyingi turlarda ularga omad tilaymiz 🌟🤝

#third_faculty_yoshlar_ittifoqi
#UzSWLU
#Zakovat
#third_faculty_yoshlar_ittifoqi
4🏆3
2
♻️ Joriy yilning 15-oktabr kuni Ingliz tili 3-fakulteti fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov hamda tyutorlar Sh.Kadirova va N.Israilova bilan birgalikda talabalar turar joylaridagi talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish  maqsadida 1-sonli talabalar  turar joyiga tashrif buyurdilar.

Tadbirda talabalarga shaxsiy gigiyena, ozodalikka e’tibor, tartib-intizomga rioya qilish, mavjud sharoitlardan unumli foydalanish to‘g‘risida maslahatlar berildi.


📌 Tashrif jarayonida talabalarga TTJ ichki-tartib qoidalariga rioya qilishlari, tozalik va ozodalikka eʼtiborli boʻlish va TTJda mavjud sharoitlar va imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish boʻyicha kerakli maʼlumotlarni berib oʻtdilar.

🌐
https://t.me/thirdEnglishfaculty
1
2025 yil 14 oktyabr kunlari Hozirgi zamon rus tili kafedrasi o‘qituvchisi Isroilova Nargiza Husniddinovna boshchiligida 3-ingliz fakulteti 4-kurs talabalari o‘rtasida “Yoshlarni hayotga tayyorlash, giyohvandlik, ichish va chekishga qarshi kurash” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalar va ustoz tomonidan sahna ko‘rinishi ham namoyish etildi.
Talabalar va ustoz o‘rtasida mavzuga mos bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi, tadbir juda qiziqarli va qizg‘in kayfiyatda o‘tdi. Ushbu tadbir oila qurish arafasida turgan, katta hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun juda foydali bo‘ldi. Talabalar tadbirda juda faol ishtirok etishdi.
2025yil 12-oktyabr kuni Ingliz tili-3 fakulteti Amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi L. Ibroximova va 2522-guruh talabalari ishtirokida 13-oktyabr “Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish xalkaro kuni“ mavzusida manaviy-marifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – jahon xamjamiyatini tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va odamlarning xayotini, turmushi va sog‘ligidagi yo‘qotishlarni kamaytirish yo‘lida erishayotgan yutuklarini etirof e’tish, shu bilan birga tabiiy ofatlar xavfi texnogen ekanligini eslatish.
Osiyo Tabiiy Ofatlar Xavfini Kamaytirish markazi Osiyo kit’asida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish maksadida asosiy Xalkaro Xamkorlik Tashkiloti sifatida 1998 yil tuzilgan. Unga 25 mamlakat, jumladan O‘zbekiston ham a’zo xisoblanadi. Tadbirda talabalar mavzuga bag‘ishlangan video ko‘rishdi va o‘z fikr muloxazalarini bildirishdi.
3
🏛️Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif.

📆Ingliz tili 3-fakulteti “Ingliz tili integrallashgan kursi – 3” kafedrasi o’qituvchilari Sultonova Ch. va Niyadullayeva S. boshchiligida 15.10.2025 2-kurs 2036-guruh bilan birgalikda “Qadimiylik va qadriyatlarimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi. Bunda Temuriy tarixi davlat muzeyi tanlab olindi.

Tashrif davomida talabalar buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hamda Temuriylar sulolasining O‘zbekiston va jahon tarixidagi o‘rni, ularning madaniyat, fan va san’at rivojiga qo‘shgan hissasi bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur tashrif talabalarda milliy tariximiz va madaniy merosimizga nisbatan hurmat, faxr va qiziqishni yanada kuchaytirdi. Tadbir yakunida talabalar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, muzey ekspozitsiyalarining ilmiy va tarbiyaviy ahamiyatini yuqori baholadilar.
3