3rd English faculty
1.68K subscribers
13K photos
1.68K videos
198 files
1.99K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
📢 Jahon tillari universiteti — Ingliz tili 3-fakulteti hamda Yoshlar Ittifoqi sizni 4-kurslar oʻrtasida
🧠🏆 ZAKOVAT — INTELLEKTUAL O‘YINI saralash bosqichiga taklif etadi! 🏆🧠


🎯 Bilimingiz, tez fikrlash qobiliyatingiz va jamoaviy ruhingizni sinab ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat!

📍 Manzil: Jahon tillari universiteti asosiy binosi
📅 Sana: 17.10.2025 (Juma)
Boshlanish vaqti: 15:00
👥 Jamoa tarkibi: 5 nafardan 6 nafar ishtirokchigacha


📘 O‘yin formati:
Mantiqiy, umumiy bilim, til va madaniyat yo‘nalishidagi savollar

Har bir jamoa o‘z nomi bilan qatnashadi 🔖

📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👉 Telegram orqali bog‘laning:
@bakhriddinovnaa05
🕕 So‘nggi muddat: 15.10.2025 soat 23:59 gacha


⚠️ Eslatma:
Har bir jamoa o‘z jamoa nomini va a’zolar ro‘yxatini yuborishi kerak.


Marhamat, intellektual kechada o‘zingizni sinab ko‘ring! 💡


https://t.me/third_faculty_yoshlar_ittifoqi
2-kurs guruh sardorlari bilan malakaviy amaliyot jarayonlari yuzasidan uchrashuv

📆Ingliz tili 3-fakulteti “Ingliz tili integrallashgan kursi – 3” kafedrasi mudiri P. Omonov boshchiligida 13.10.2025 2-kurs guruh sardorlari malakaviy amaliyot jarayonlariga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📍Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarining amaliy faoliyati davomida erishgan natijalari, to‘plagan tajribalari hamda amaliy mashg‘ulotlar jarayonida uchrayotgan muammo va echimlar haqida hisobot berdilar. Shu bilan birga, kafedra mudiri P. Omonov talabalar faoliyatini ijobiy baholab, amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, kasbiy mahoratni rivojlantirish hamda pedagogik ko‘nikmalarni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

☀️Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Talabalar o‘z faoliyatlari davomida olgan taassurotlari, yangi g‘oyalari hamda kelgusida amalga oshirishni rejalashtirayotgan loyihalari haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, ularning ilmiy-tadqiqot ishlariga bo‘lgan qiziqishlari va zamonaviy o‘qitish usullarini amaliyotda qo‘llash tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

💫Bunday uchrashuvlar talabalar kasbiy salohiyatini oshirish, ularni tajriba va bilim jihatidan yetuk mutaxassislar sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.
3
O‘zDJTU yetakchi professor-o‘qituvchilari – ingliz tili o‘qituvchisi Nodira Rasulova, fransuz tili o‘qituvchisi Gulsanam Rahimova, nemis tili o‘qituvchisi Sadriddin Asrayev, yapon tili o‘qituvchisi Nargiza Hamidova, rus tili o‘qituvchisi Damira Yafasova va koreys tili o‘qituvchisi Muhabbat Sagatovalar tomonidan Toshkent shahri A.P.Xlebushkina nomidagi 22-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha to‘garaklar, davra suhbatlari va ma’naviy-ma’rifıy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, 2025-yil 8-oktyabr sanasida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ingliz tili integrallashgan kursi-3 kafedrasi mudiri Po‘lat Omanov tarbiyalanuvchilarga zamonaviy bilimlarni egallashlari, yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishlarini alohida ta'kidlab, bu bilimlarning kelajakda kasbiy muvaffaqiyatga erishishda muhim omil ekanligini qayd etdi.
Tarbiyalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar. Uchrashuv yakunida tarbiyalanuvchilar o‘zlari tanlagan til to‘garaklariga a’zo sifatida qabul qilinib, mashg‘ulotlarning aniq jadvallari e'lon qilindi.
1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili uchinchi fakulteti
Zakovat-bilim va tafakkur sinovi !!!

14.10.2025-yil O'zbekiston davlat Jahon tillari universiteti 3-ingliz fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan 2-kurs talabalari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi ⚡️❗️

Tadbir davomida talabalar o'z bilimi, tezkor fikrlashi va jamoaviy ishlash ko'nikmalarini namoyish etdi. O'yinda 9 ta jamoa ishtirok etdi, o'z bilim va ziyrakliklarini sinovdan o'tkazishdi. Natijada esa, 4 ta eng kuchli jamoa keyingi bosqichga yo'llanma oldi 💥🔥

Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va keyingi turlarda ularga omad tilaymiz 🌟🤝

#third_faculty_yoshlar_ittifoqi
#UzSWLU
#Zakovat
#third_faculty_yoshlar_ittifoqi
4🏆3
2
♻️ Joriy yilning 15-oktabr kuni Ingliz tili 3-fakulteti fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov hamda tyutorlar Sh.Kadirova va N.Israilova bilan birgalikda talabalar turar joylaridagi talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish  maqsadida 1-sonli talabalar  turar joyiga tashrif buyurdilar.

Tadbirda talabalarga shaxsiy gigiyena, ozodalikka e’tibor, tartib-intizomga rioya qilish, mavjud sharoitlardan unumli foydalanish to‘g‘risida maslahatlar berildi.


📌 Tashrif jarayonida talabalarga TTJ ichki-tartib qoidalariga rioya qilishlari, tozalik va ozodalikka eʼtiborli boʻlish va TTJda mavjud sharoitlar va imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish boʻyicha kerakli maʼlumotlarni berib oʻtdilar.

🌐
https://t.me/thirdEnglishfaculty
1
2025 yil 14 oktyabr kunlari Hozirgi zamon rus tili kafedrasi o‘qituvchisi Isroilova Nargiza Husniddinovna boshchiligida 3-ingliz fakulteti 4-kurs talabalari o‘rtasida “Yoshlarni hayotga tayyorlash, giyohvandlik, ichish va chekishga qarshi kurash” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalar va ustoz tomonidan sahna ko‘rinishi ham namoyish etildi.
Talabalar va ustoz o‘rtasida mavzuga mos bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi, tadbir juda qiziqarli va qizg‘in kayfiyatda o‘tdi. Ushbu tadbir oila qurish arafasida turgan, katta hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun juda foydali bo‘ldi. Talabalar tadbirda juda faol ishtirok etishdi.