3rd English faculty
1.68K subscribers
13K photos
1.68K videos
198 files
1.99K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti qoshidagi
📚 “Book Club” Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili 3-fakulteti va kechki ta’lim jamoalari tashabbusi bilan.

Birga kitob oʻqiymiz” loyihasiga start berildi!

📖 Bu safar loyihaning ikkinchi asari sifatida Oʻlmas Umarbekov “Fotima va Zuhra” kitobi.

💬 Ishtirokchilar asar yuzasidan fikr almashadilar, savol-javoblar orqali o‘z bilim va mulohazalarini sinab ko‘radilar.

☄️ Kitobxonlik va do‘stona muhitni his qilishni istasangiz, bizga qo‘shiling!

🗓 Sana: 16.10.2025
Vaqt: 15:00
📍 Joy: Axborot resurs markazidagi debate roomda
✉️Murojaat uchun: @book_club_uzswlu

📨Bizni kuzatishda davom eting:
📱TЕLEGRAM | 📱INSTAGRAM
👏21👍1🔥1
5👏2
Ijarada yashovchi talabalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini tekshirish va texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish maqsadida O’zDJTU da qator ishlar faol olib borilmoqda.
Ingliz tili uchinchi fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari M.Jakbarov hamda tyutor Sh.Kadirova ijarada yashovchi 2-bosqich talabalari xonadonlariga tashrif buyurishdi.

♻️ Tashrif davomida talabalarga mas’ullar tomonidam texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari va is gazidan ehtiyot bo‘lish zarurligi borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
 
🌐 https://t.me/thirdEnglishfaculty
2👍1
📚 Ma'naviyat va ma'rifat soati Ingliz tilida 3-fakultetida

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 3-fakultetida “Ma'naviyat va ma'rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Mazkur soatni tyutor Zebiniso Xolmurodova olib bordi.

Tadbir davomida talabalar bilan yoshlarning ma’naviy barkamolligi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ma’naviyatning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr almashildi.

🔹 Ma'naviyat va ma'rifat soatlari yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni vatanparvarlik, insonparvarlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

#Ma'naviyatVaMa'rifat #3InglizFakulteti #ZebinisoXolmurodova #TalabaHayoti
2
📢 Diqqat, 3-kurs talabalari!

🏆Ingliz tili 3-fakulteti hamda Yoshlar Ittifoqi sizni ya'ni fakultetimizning 3-bosqich talabalarini ZAKOVAT - INTELLEKTUAL O'YINI saralash bosqichiga taklif qiladi!

🎗Bu — sizning bilim, tezkor fikrlash va jamoaviy ishlash mahoratingizni namoyish etish uchun eng yaxshi imkoniyat!

📍 Joy: Jahon tillari universiteti asosiy binosi
📅 Sana: 17-oktabr, 2025 (Juma)
Boshlanish vaqti: 11:00
👥 Jamoa: 5–6 nafar ishtirokchidan iborat


🎯 O‘yin mazmuni:
Mantiqiy savollar, umumiy bilim, til va madaniyatga oid testlar — barchasi sizni kutmoqda!

📝 Ishtirok etish tartibi:
Har bir jamoa o‘z nomi bilan qatnashadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi manzilga yozing:
@shaxzoda1806

📅 So‘nggi muddat: 16.10.2025 soat 23:59 gacha

⚠️ Diqqat! Ro‘yxatdan o‘tayotganda jamoa nomi va barcha a’zolar ro‘yxatini yuborishni unutmang!

🎖 Bilimdonlar bahsida o‘z jamoangiz bilan g‘alabaga erishing va esda qolarli kecha o‘tkazing!

https://t.me/third_faculty_yoshlar_ittifoqi
📢 Jahon tillari universiteti — Ingliz tili 3-fakulteti hamda Yoshlar Ittifoqi sizni 4-kurslar oʻrtasida
🧠🏆 ZAKOVAT — INTELLEKTUAL O‘YINI saralash bosqichiga taklif etadi! 🏆🧠


🎯 Bilimingiz, tez fikrlash qobiliyatingiz va jamoaviy ruhingizni sinab ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat!

📍 Manzil: Jahon tillari universiteti asosiy binosi
📅 Sana: 17.10.2025 (Juma)
Boshlanish vaqti: 15:00
👥 Jamoa tarkibi: 5 nafardan 6 nafar ishtirokchigacha


📘 O‘yin formati:
Mantiqiy, umumiy bilim, til va madaniyat yo‘nalishidagi savollar

Har bir jamoa o‘z nomi bilan qatnashadi 🔖

📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👉 Telegram orqali bog‘laning:
@bakhriddinovnaa05
🕕 So‘nggi muddat: 15.10.2025 soat 23:59 gacha


⚠️ Eslatma:
Har bir jamoa o‘z jamoa nomini va a’zolar ro‘yxatini yuborishi kerak.


Marhamat, intellektual kechada o‘zingizni sinab ko‘ring! 💡


https://t.me/third_faculty_yoshlar_ittifoqi
2-kurs guruh sardorlari bilan malakaviy amaliyot jarayonlari yuzasidan uchrashuv

📆Ingliz tili 3-fakulteti “Ingliz tili integrallashgan kursi – 3” kafedrasi mudiri P. Omonov boshchiligida 13.10.2025 2-kurs guruh sardorlari malakaviy amaliyot jarayonlariga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📍Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarining amaliy faoliyati davomida erishgan natijalari, to‘plagan tajribalari hamda amaliy mashg‘ulotlar jarayonida uchrayotgan muammo va echimlar haqida hisobot berdilar. Shu bilan birga, kafedra mudiri P. Omonov talabalar faoliyatini ijobiy baholab, amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, kasbiy mahoratni rivojlantirish hamda pedagogik ko‘nikmalarni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

☀️Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Talabalar o‘z faoliyatlari davomida olgan taassurotlari, yangi g‘oyalari hamda kelgusida amalga oshirishni rejalashtirayotgan loyihalari haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, ularning ilmiy-tadqiqot ishlariga bo‘lgan qiziqishlari va zamonaviy o‘qitish usullarini amaliyotda qo‘llash tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.

💫Bunday uchrashuvlar talabalar kasbiy salohiyatini oshirish, ularni tajriba va bilim jihatidan yetuk mutaxassislar sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.
3
O‘zDJTU yetakchi professor-o‘qituvchilari – ingliz tili o‘qituvchisi Nodira Rasulova, fransuz tili o‘qituvchisi Gulsanam Rahimova, nemis tili o‘qituvchisi Sadriddin Asrayev, yapon tili o‘qituvchisi Nargiza Hamidova, rus tili o‘qituvchisi Damira Yafasova va koreys tili o‘qituvchisi Muhabbat Sagatovalar tomonidan Toshkent shahri A.P.Xlebushkina nomidagi 22-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha to‘garaklar, davra suhbatlari va ma’naviy-ma’rifıy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, 2025-yil 8-oktyabr sanasida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ingliz tili integrallashgan kursi-3 kafedrasi mudiri Po‘lat Omanov tarbiyalanuvchilarga zamonaviy bilimlarni egallashlari, yuqori malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishlarini alohida ta'kidlab, bu bilimlarning kelajakda kasbiy muvaffaqiyatga erishishda muhim omil ekanligini qayd etdi.
Tarbiyalanuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar. Uchrashuv yakunida tarbiyalanuvchilar o‘zlari tanlagan til to‘garaklariga a’zo sifatida qabul qilinib, mashg‘ulotlarning aniq jadvallari e'lon qilindi.
1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili uchinchi fakulteti
Zakovat-bilim va tafakkur sinovi !!!

14.10.2025-yil O'zbekiston davlat Jahon tillari universiteti 3-ingliz fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi tomonidan 2-kurs talabalari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi ⚡️❗️

Tadbir davomida talabalar o'z bilimi, tezkor fikrlashi va jamoaviy ishlash ko'nikmalarini namoyish etdi. O'yinda 9 ta jamoa ishtirok etdi, o'z bilim va ziyrakliklarini sinovdan o'tkazishdi. Natijada esa, 4 ta eng kuchli jamoa keyingi bosqichga yo'llanma oldi 💥🔥

Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va keyingi turlarda ularga omad tilaymiz 🌟🤝

#third_faculty_yoshlar_ittifoqi
#UzSWLU
#Zakovat
#third_faculty_yoshlar_ittifoqi
4🏆3