3rd English faculty
1.68K subscribers
13K photos
1.68K videos
198 files
1.99K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
📅 Joriy yilning 13-oktabr kuni Axborot - Resurs markazida talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida Ingliz tili 3-fakulteti tyutori Sh.Kadirova va yoshlar yetakchisi A.Toʻramurodova bilan hamkorlikda 4-bosqich talabalari bilan kitobxonlik tadbiri o'tkazdilar.

📒"Axborot resurslar markazi"da  kitobxonlik va kitob o'qish madaniyatiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.

📌 Tadbirdan ko’zlangan maqsad talabalar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib etish va ular qalbida kitobga mehr uyg’otish hamda  Besh muhim tashabbusning 4-tashabbusi doirasida talabalar o'zlari sevib o'qigan baddiy asarlar haqida o'zaro fikr almashishdi.

🌐 https://t.me/thirdEnglishfaculty
3👍2🔥1
Ijarada yashovchi talabalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini tekshirish va texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish maqsadida O’zDJTU da qator ishlar faol olib borilmoqda.
Joriy yilning 13-oktabr kuni Ingliz tili uchinchi fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari M.Jakbarov hamda tyutor M. Avazova ijarada yashovchi 3-bosqich talabalari xonadonlariga tashrif buyurishdi.

♻️ Tashrif davomida talabalarga mas’ullar tomonidam texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari va is gazidan ehtiyot bo‘lish zarurligi borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
🔺 Ingliz tili 3-fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov hamda fakultet tyutorlari va faol talabalar ishtirokida Adiblar xiyobonidagi Aleksandr Faynberg haykali oldida “Sport va salomatlik orzu-umidlarimiz, kuch-qudratimiz manbai” shiori ostida ommaviy sport tadbiri tashkil etildi.

🔴 Tadbir sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek, talaba-yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga maqsadida tashkil etildi.

🌐 https://t.me/thirdEnglishfaculty
3
🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti qoshidagi
📚 “Book Club” Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili 3-fakulteti va kechki ta’lim jamoalari tashabbusi bilan.

Birga kitob oʻqiymiz” loyihasiga start berildi!

📖 Bu safar loyihaning ikkinchi asari sifatida Oʻlmas Umarbekov “Fotima va Zuhra” kitobi.

💬 Ishtirokchilar asar yuzasidan fikr almashadilar, savol-javoblar orqali o‘z bilim va mulohazalarini sinab ko‘radilar.

☄️ Kitobxonlik va do‘stona muhitni his qilishni istasangiz, bizga qo‘shiling!

🗓 Sana: 16.10.2025
Vaqt: 15:00
📍 Joy: Axborot resurs markazidagi debate roomda
✉️Murojaat uchun: @book_club_uzswlu

📨Bizni kuzatishda davom eting:
📱TЕLEGRAM | 📱INSTAGRAM
👏21👍1🔥1
5👏2
Ijarada yashovchi talabalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini tekshirish va texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish maqsadida O’zDJTU da qator ishlar faol olib borilmoqda.
Ingliz tili uchinchi fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari M.Jakbarov hamda tyutor Sh.Kadirova ijarada yashovchi 2-bosqich talabalari xonadonlariga tashrif buyurishdi.

♻️ Tashrif davomida talabalarga mas’ullar tomonidam texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari va is gazidan ehtiyot bo‘lish zarurligi borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
 
🌐 https://t.me/thirdEnglishfaculty
2👍1