3rd English faculty
1.68K subscribers
13K photos
1.68K videos
198 files
1.99K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
10.10.2025 da Ingliz tili 3-fakulteti nazariy aspektlari #3 kafedrasi o’qituvchilari Alikberova Kamila hamda Xayrulloyeva Lola Chilonzor tumanida joylashgan 195-maktabda master class o’tishdi! O’zaro shartnoma asosida belgilangan tartibda ular maktab o’qituvchilariga hozirda aktual foydalanilayotgan turli xil interaktiv activitylar, ulardan unumli foydalanish, Questioning, Sorting out, Role playing, Material designing bo’yicha foydali ko’rsatmalar berishdi. Dars mashg’uloti ko’tarinki ruhda olib borildi. O’qituvchilar mamnuniyat bilan o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Bu kabi tajriba almashinuv darslari chet tillarini o’qitishda muhim ekanligi haqida suhbatlashildi.
2👍2
📌 09.10-10.10.2025 yil Ingliz tili 3-fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov tomonidan 1 kurs talabalari bilan "Ma'rifat darslari" o'tkazildi.
👏2🥰1
Haftalik siyosiy-ma’rifat soati — yoshlar siyosiy dunyoqarashini kengaytirish sari!

Joriy yilning 10-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining barcha fakultetlarida an’anaviy tarzda siyosiy-ma’rifat soati mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ma’rifiy soatlarda fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etib, talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdilar.

Ma’rifat soati davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

➡️Yurtimizning ichki va tashqi siyosiy maydonidagi yangiliklar;
➡️Prezidentimiz tashriflari va xalqaro uchrashuvlar;
➡️Aholi uchun yaratilayotgan qo‘shimcha ish o‘rinlari, sanoat, logistika hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi ilg‘or tashabbuslar;
➡️Gazeta va axborot nashrlari sharhi;
➡️Ma’naviy-ma’rifiy hayot va mahalla tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar.

Shuningdek, talabalar mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqaro maydondagi o‘rni va yutuqlari haqida tayyorlangan videolavhalar va yangiliklarni ham tomosha qildilar.

Siyosiy-ma’rifat soatlarining asosiy maqsadi — yoshlarning vatanparvarlik, siyosiy faollik va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, ularni dolzarb voqealardan xabardor etishdan iboratdir.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida volontyorlik ishlari!

Bugun O‘zDJTUda Ingliz tili 3- fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi a’zosi Sayliyeva Jasminabonu boshchiligida talabalar tomonidan volontyorlik ishlari tashkil etildi. 🌿

Tashabbuskor yoshlar universitet hududida obodonlashtirish, tartib va tozalikni saqlash, shuningdek, mehr-oqibat va jamoaviylik ruhini targ‘ib qilish maqsadida bir qator amaliy ishlarni amalga oshirdilar. 🤝

Bu kabi ezgu tashabbuslar yoshlarning faolligi, mas’uliyati va jamiyatga foyda keltirish istagini namoyon etadi. 🇺🇿

#O‘zDJTU #YoshlarIttifoqi #Volontyorlik #FaolYoshlar #EzguAmal
8🔥2❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Qisqa videorolik
Bugungi volontyorlik ishlaridan lavhalar!
📕 Ingliz tili 3-fakulteti XT3-2512 guruh talabalari tomonidan "Atrof muhitni va ekologiyani asrab avaylash - har birimizni burchimizdir" shiori ostida universitetimiz hududida volontyorlik asosida tozalash tadbiri uyushtirildi.
📌 Jamoavilik ruhi, tartib va tozalikni saqlash shuningdek mehr-oqibatni targ'ib qilishga har birimiz mas'uldirmiz!

#Volontyorlik #uzdjtu_yoshlari #FaolYoshlar #EzguAmal
🔥32
🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

🇺🇿 🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🔥Universitet Yoshlar Ittifoqi kengashi safiga qoʻshilishni xohlaysizmi?

Agarda siz tashabbuskor, intiluvchan, shijoatli, oʻzingizda liderlik qobiliyatini shakllantirgan boʻlsangiz, bu taklifimiz aynan siz uchun!

🚀 Boshlanishiga kuchli ishtiyoq va qatʼiyat kifoya!


Universitet Yoshlar Ittifoqi kengashimizga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kordinatorlar kerak:


🔹Talaba qizlar koordinatori 9:00;


🔹Besh tashabbus loyihalari koordinatori 10:00 ;


🔹Talabalar turar joyi koordinatori 11:00 ;


🔹Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori 12:00;


🔹 “Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturlari koordinatori 14:00;


🔹Madaniyat va sanʼat yoʻnalishi koordinatori 15:00 ;


🔹IT va Dasturlash yoʻnalishi koordinatori 16:00 ;


🔹Media yoʻnalishi koordinatori 16:00 ;


🔹Eco taraqqiyot yoʻnalishi koordinatori 17:00 ;


🔹Intellektual loyihalar koordinatori 18:00 ;


🔹Harbiy-vatanparvarlik loyihalari koordinatori 19:00 .


DIQQAT NOMZODLAR KO’RSATILGAN VAQTDA 13-OKTABR (dushanba ) KUNI YOSHLAR ITTIFOQI XONASIGA (asosiy bino Ingliz tili 1-fakulteti 109-xona ) KECHIKMASDAN KELISHLARI TALAB QILINADI.


Sizdan faqatgina CV talab qilinadi!


Yo’nalishlar bo’yicha ma’lumot !


🔥 Shoshiling!
😉 Biz sizni jamoamizda koʻrishdan xursand boʻlamiz!


Bizni kuzatib boring:

📱Telegram 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
📌 Talabalar bilan jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurash, kiberjinoyat va boshqa dolzarb qonunbuzarliklar mavzusida profilaktik suhbat tadbiri tashkil etildi.

Joriy yilning 13-oktabr sanasida Universitet profilaktik inspektori, militsiya mayori S.Sherboyev, Ingliz tili 3-fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Jakbarov hamda tyutor M. Avazova va R. Uzoqova hamkorligida 3-kurs talabalariga jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurash, kiberjinoyat va boshqa dolzarb qonunbuzarliklar mavzusida profilaktik suhbat tadbiri tashkil etildi.


🔵 Suhbat mazmunli va savol javoblarga boy tarzda o‘tkazildi.

🌐
1