3rd English faculty
1.68K subscribers
13K photos
1.68K videos
198 files
1.99K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
📌 Joriy yilning 10-oktyab kuni xotin- qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi F.Ashurova va Ingliz tili 3-fakulteti tyutori N.Israilova oʻziga biriktirilgan 2402-guruh talabalari bilan Uchtepa tumanidagi Guzar mahalla fuqarolar yigʻiniga tashrif buyurishdi.
Mahalla yoshlar yetakchisi Usmonova Nilufar talabalarga "Qizlar akademiyasi" loyihasining mazmun -mohiyati va maqsadlari haqida tushunchalar berdi.
🖌Tashrif maqsadi: Talaba qizlarga "Qizlar akademiyasi" loyihasining mazmun-mohiyatini va maqsadlarini keng targʻib etish,yosh xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni ilmiy, madaniy va kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashishdan iborat boʻldi.
Tashrif jarayonida talaba-qizlar "Qizlar akademiyasi"loyihasi haqida tushuncha va koʻnikmalarga ega boʻldilar.
2👍1
10.10.2025 da Ingliz tili 3-fakulteti nazariy aspektlari #3 kafedrasi o’qituvchilari Alikberova Kamila hamda Xayrulloyeva Lola Chilonzor tumanida joylashgan 195-maktabda master class o’tishdi! O’zaro shartnoma asosida belgilangan tartibda ular maktab o’qituvchilariga hozirda aktual foydalanilayotgan turli xil interaktiv activitylar, ulardan unumli foydalanish, Questioning, Sorting out, Role playing, Material designing bo’yicha foydali ko’rsatmalar berishdi. Dars mashg’uloti ko’tarinki ruhda olib borildi. O’qituvchilar mamnuniyat bilan o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi. Bu kabi tajriba almashinuv darslari chet tillarini o’qitishda muhim ekanligi haqida suhbatlashildi.
2👍2
📌 09.10-10.10.2025 yil Ingliz tili 3-fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov tomonidan 1 kurs talabalari bilan "Ma'rifat darslari" o'tkazildi.
👏2🥰1
Haftalik siyosiy-ma’rifat soati — yoshlar siyosiy dunyoqarashini kengaytirish sari!

Joriy yilning 10-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining barcha fakultetlarida an’anaviy tarzda siyosiy-ma’rifat soati mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ma’rifiy soatlarda fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etib, talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdilar.

Ma’rifat soati davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

➡️Yurtimizning ichki va tashqi siyosiy maydonidagi yangiliklar;
➡️Prezidentimiz tashriflari va xalqaro uchrashuvlar;
➡️Aholi uchun yaratilayotgan qo‘shimcha ish o‘rinlari, sanoat, logistika hamda sog‘liqni saqlash sohasidagi ilg‘or tashabbuslar;
➡️Gazeta va axborot nashrlari sharhi;
➡️Ma’naviy-ma’rifiy hayot va mahalla tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar.

Shuningdek, talabalar mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqaro maydondagi o‘rni va yutuqlari haqida tayyorlangan videolavhalar va yangiliklarni ham tomosha qildilar.

Siyosiy-ma’rifat soatlarining asosiy maqsadi — yoshlarning vatanparvarlik, siyosiy faollik va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, ularni dolzarb voqealardan xabardor etishdan iboratdir.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM