3rd English faculty
1.68K subscribers
13K photos
1.68K videos
198 files
1.99K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
👩‍🏫Ingliz tili - 3 fakulteti “Ingliz tili integrallashgan kursi – 3” kafedrasi o‘qituvchisi Axmedova Nodira Rustamovna tomonidan 2025-yil 7-oktabr kuni “Boosting Language Skills” nomli to‘garak doirasida “Uzbekistan and the World: Travelling and Tourism Industry” mavzusida darsdan tashqari mashg‘ulot o‘tkazildi.

🌍Mazkur mashg‘ulot davomida talabalar O‘zbekistonning turizm salohiyati, dunyo mamlakatlari bilan sayohat va turizm sohasidagi aloqalar, shuningdek, zamonaviy turizm industriyasining ahamiyati haqida ingliz tilida fikr almashdilar. Tadbir talabalar nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, soha terminologiyasini chuqurroq o‘zlashtirish va xalqaro muloqot madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.

☀️Mashg‘ulot interfaol uslublarda tashkil etilib, talabalar o‘z taqdimotlari, munozaralari va savol-javoblar orqali faol ishtirok etishdi. Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar taqdirlandi.
7🔥3🥰21👍1🤩1🏆1🆒1
2024-yil 7-oktabr kuni Ingliz tili amaliy fanlar-3 kafedrasi mudiri Isaqulova B.X va kafedra o‘qituvchilari Radjabova D.K, Bobojonova Z.R, Nizomov F.R tomonidan 1-sonli Talabalar turar joyiga tashrif amalga oshirildi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalar yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularning turar joydagi hayoti, kundalik faoliyati va muammolari bo‘yicha fikr almashish hamda zarur hollarda ularga ma’naviy-ruhiy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida kafedra o‘qituvchilari turar joyning sanitariya-gigiyena holatini, xona va maishiy sharoitlarini o‘rganishdi, shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot olib borildi.
Tadbir doirasida Radjabova D.K tomonidan “TTJda yashash madaniyati va o‘zaro hurmat” mavzusida tarbiyaviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, fikr almashildi hamda bir qator amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir interaktiv ruhda o‘tib, talabalar faol ishtirok etishdi. Ayniqsa, intizom, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va ijtimoiy faollik kabi masalalarga alohida urg‘u berildi.
Mazkur tashrif va o‘tkazilgan tadbir TTJdagi talabalar hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bunday uchrashuvlar talabalar bilan kafedra o‘rtasidagi o‘zaro aloqani mustahkamlash, ularning tarbiyaviy va ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qiladi.
4
📚 Ma'naviyat va ma'rifat soati 3-ingliz fakultetida

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3–Ingliz tili fakultetida “Ma'naviyat va ma'rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Mazkur soatni fakultet o‘qituvchisi Zebiniso Xolmurodova olib bordi.

Tadbir davomida talabalar bilan yoshlarning ma’naviy barkamolligi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ma’naviyatning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr almashildi.

🔹 Ma'naviyat va ma'rifat soatlari yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni vatanparvarlik, insonparvarlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

#Ma'naviyatVaMa'rifat #3InglizFakulteti #ZebinisoXolmurodova #TalabaHayoti
5
🎓 Ochiq dars bo‘lib o‘tdi!

Bugun Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi N3 katta o‘qituvchisi Ahmedova Nodira Djavadullayevna tomonidan 2339-guruh talabalari uchun "Ingliz tilini oʻqitish va baholashning xalqaro standartlari" fanidan ochiq dars o‘tkazildi.

Dars davomida talabalarga baholash jarayonining zamonaviy usullari haqida tushunchalar berildi, ular o‘z bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlashdi.

📚 Ochiq dars samarali, qiziqarli va o‘quv jarayoniga boy tarzda o‘tdi.
📚 "5 tashabbus" doirasida amaliy tadbir! 🌟

2025-yil 9-oktabr kuni Ingliz tili nazariy aspektlari №3 kafedrasi mudiri Erdanova Z.A, katta o‘qituvchilar Mamatqulova F, Sultonova M hamda o‘qituvchi Shokirova N tomonidan 2-chi talabalar turar joyida “5 tashabbus” doirasida qiziqarli va foydali tadbir o‘tkazildi.

🎯 Tadbir davomida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning faolligi, do‘stona muhitdagi ishtiroki va ijodiy iqtidorini namoyon etish uchun imkoniyat yaratildi.

Bunday tadbirlar talabalar bilimini, dunyoqarashini va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi!
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili uchinchi fakulteti
🇺🇿08.09.2025-yil O'zbekiston davlat Jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan 1-kurs talabalari òrtasida "Yechim sari qadam" shiori ostida challenge tashkil qilindi.

✔️Ushbu challengening asosiy maqsadi-talabalarni qiynayotgan savollarga, muammolarga yechim topish. Muammolarni aytishni xohlamagan talabalar sirli tarzda muammo qutichasiga òz fikrlarini yozib  qoldirishdi


✔️Yoshlar ittifoqi jamoasi koordinatorlari talabalar tomonidan qoldirilgan fikr-mulohazalarga hamda ularni qiynayotgan masalalarga birgalikda yechim izlashmoqda.
3