3rd English faculty
1.68K subscribers
13K photos
1.68K videos
198 files
1.99K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
Forwarded from Yoshlar ittifoqi | Ingliz tili uchinchi fakulteti
Hurmatli talabalar

🔊 Yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish uchun 3-ingliz fakulteti tomonidan challenge e'lon qilamiz

🔸 Sizlardan "Yoshlar adolat tarafdori" shiori ostida video yoki suratni olib, bizning Yoshlar ittifoqi instagram sahifamizni belgilagan holatda 3rd_faculty_uzswlu yoki Telegram sahifamizga @bakhriddinovnaa05 yuborgan holatda qatnashishingiz mumkin.

📢 Faol ishtirok etishga barchangizni chorlab qolamiz

🔆 Ushbu tashabbusimizning maqsadi- talabalar o'rtasida huquqiy ongni rivojlantirish, huquqbuzarliklarni kamaytirishdan iborat.

#JinoyatchilikniOldiniOlish
#HuquqiyOng
#YoshlarAdolatTarafdori
#UzDJTU
3🍓1
🕌“Qadimiylik va qadriyatlarimiz – ma’naviyat sari yo‘l” mavzusida ziyorat tashrifi

📆2025-yil 8-oktabr kuni Ingliz tili 3-fakulteti, “Ingliz tili integrallashgan kursi – 3” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ziyaeva Muhaуо rahbarligida talabalari bilan birgalikda “Qadimiylik va qadriyatlarimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi.

Tashrif doirasida talabalar yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk ustoz va ulamo zotlar ziyoratgohlariga borib, ularning hayoti hamda ilmiy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tashrif yoshlarning milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish, ma’naviy olamini boyitish va tarixiy xotiraga nisbatan ehtiromini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
5🔥1
🤩21
Forwarded from Shakhnoza Zafarovna
Ijarada yashovchi talabalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini tekshirish va texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish maqsadida O’zDJTU da qator ishlar faol olib borilmoqda.
Joriy yilning 9-oktabr kuni Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani I.Haydarov va yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari M.Jakbarov hamda tyutor Sh.Kadirova ijarada yashovchi 3-bosqich talabalari xonadonlariga tashrif buyurishdi.

♻️ Tashrif davomida talabalarga mas’ullar tomonidam texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari va is gazidan ehtiyot bo‘lish zarurligi borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
 
2
📢 O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “VOICE UP” to‘garagi davom etmoqda!

Joriy yilning 9️⃣-oktabr sanasida Ingliz tili amaliy fanlar 3 kafedrasi o‘qituvchilari Qodirova Farangiz, Jumayeva Sadbarg, Kulmamatova Aziza hamda Tursunxodjayev Jahongirlar tomonidan to‘garakning uchinchi mashg‘uloti o'tkazildi.

🎤 Mashg‘ulot avvalida talabalar turli “I say go” o‘yinlari orqali bir-birlari bilan yaqinroq tanishdilar va “Voice up” to‘garagining maqsadi, vazifalari hamda talabalardan kutilayotgan natijalar haqida suhbatlashdilar. Shuningdek, turli nutq janrlari va ularni mashq qilish usullari bo‘yicha fikr almashdilar.

💡 Amaliy qismda ishtirokchilar qisqa nutqlar tayyorlab, o‘z fikrlarini erkin ifodalashni mashq qildilar.Mashg‘ulot yakunida esa kelgusi mashg‘ulotlar uchun reja va mustaqil topshiriqlar belgilab olindi.

📱Bugungi mashg‘ulotda faol qatnashgan barcha talabalarni ushbu post izohlarida o‘z taassurotlari va takliflari bilan o‘rtoqlashishga chorlaymiz.
👍2
📅9 oktyabr kuni O’zDJTU Ingliz tili uchinchi fakulteti talabalari uchun ahamiyatli va mazmunli psixologik tadbir tashkil etildi. Universitet psixologi Zebiniso Tohirovna hamda Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov va tyutor Sh.Kadirova hamkorligida o‘tkazilgan bu uchrashuv guruh shaklida psixodiagnostika hamda psixoprofilaktika ishlarini qamrab oldi.

🎯 Tadbir maqsadi — talabalarning o‘quv yilini ijobiy ruhiy holatda, yuqori kayfiyat bilan yakunlashini ta’minlash, shu bilan birga, ularning hayotiy maqsadlari, shaxsiy qadriyatlari va kelajakka bo‘lgan qarashlarini chuqurroq anglashga yordam berishdan iborat bo‘ldi.

📋 Tadbir doirasida "Hayotiy qadriyatlarni o‘rganuvchi anketa" taqdim etildi. Ishtirokchilarning javoblari asosida ularning motivatsiya manbalari, shaxsiy ustuvorliklari va hayotga bo‘lgan munosabati tahlil qilindi.

💡 Bu jarayon talabalar uchun:
🔹 o‘zini anglash,
🔹 kelajakdagi maqsadlarni belgilash,
🔹 ruhiy barqarorlikni shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
👍2
👩‍🏫Ingliz tili - 3 fakulteti “Ingliz tili integrallashgan kursi – 3” kafedrasi o‘qituvchisi Axmedova Nodira Rustamovna tomonidan 2025-yil 7-oktabr kuni “Boosting Language Skills” nomli to‘garak doirasida “Uzbekistan and the World: Travelling and Tourism Industry” mavzusida darsdan tashqari mashg‘ulot o‘tkazildi.

🌍Mazkur mashg‘ulot davomida talabalar O‘zbekistonning turizm salohiyati, dunyo mamlakatlari bilan sayohat va turizm sohasidagi aloqalar, shuningdek, zamonaviy turizm industriyasining ahamiyati haqida ingliz tilida fikr almashdilar. Tadbir talabalar nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, soha terminologiyasini chuqurroq o‘zlashtirish va xalqaro muloqot madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.

☀️Mashg‘ulot interfaol uslublarda tashkil etilib, talabalar o‘z taqdimotlari, munozaralari va savol-javoblar orqali faol ishtirok etishdi. Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar taqdirlandi.
7🔥3🥰21👍1🤩1🏆1🆒1
2024-yil 7-oktabr kuni Ingliz tili amaliy fanlar-3 kafedrasi mudiri Isaqulova B.X va kafedra o‘qituvchilari Radjabova D.K, Bobojonova Z.R, Nizomov F.R tomonidan 1-sonli Talabalar turar joyiga tashrif amalga oshirildi. Ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talabalar yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularning turar joydagi hayoti, kundalik faoliyati va muammolari bo‘yicha fikr almashish hamda zarur hollarda ularga ma’naviy-ruhiy ko‘mak ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida kafedra o‘qituvchilari turar joyning sanitariya-gigiyena holatini, xona va maishiy sharoitlarini o‘rganishdi, shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot olib borildi.
Tadbir doirasida Radjabova D.K tomonidan “TTJda yashash madaniyati va o‘zaro hurmat” mavzusida tarbiyaviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, fikr almashildi hamda bir qator amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir interaktiv ruhda o‘tib, talabalar faol ishtirok etishdi. Ayniqsa, intizom, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va ijtimoiy faollik kabi masalalarga alohida urg‘u berildi.
Mazkur tashrif va o‘tkazilgan tadbir TTJdagi talabalar hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bunday uchrashuvlar talabalar bilan kafedra o‘rtasidagi o‘zaro aloqani mustahkamlash, ularning tarbiyaviy va ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qiladi.
4