3rd English faculty
1.68K subscribers
13K photos
1.68K videos
198 files
1.99K links
O’zDJTU Ingliz tili 3-fakultetining rasmiy media axborot kanali kanalda fakultetimizda bo’layotgan ishlardan xabardor bo’lib borasiz !

Dekan muovini:
Fakultet yetakchisi : @sayliyeva_jasminabonu
Download Telegram
🔊O'zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “LOST IN TRANSLATION” to‘garagi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda!

Joriy yilning 7️⃣-oktabr sanasida Ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Shukurova Shohsanam tomonidan to‘garakning navbatdagi mashg‘uloti o'tkazildi.

📝Mashg‘ulot avvalida talabalar bilan mustaqil ta'lim vazifasi muhokama qilindi. So'ngra "False friends in translation-confusing words" mavzusi yoritildi.

💻 Amaliy qismda ishtirokchilar juftliklarda tarjima jarayonida eng ko‘p xatolik keltirib chiqaradigan (turli tillarda shaklan o‘xshash, lekin ma’nosi turlicha bo‘lgan) so‘zlar ustida ishladilar. Mashg‘ulot yakunida esa barcha savollarga javob berildi hamda mustaqil ta’lim uchun vazifalar taqdim etildi.

📱Fakultetimizning barcha 1-bosqich talabalarini to'garagimizning faol a'zosiga aylanishga chorlaymiz!
🔥2👏1
Ijarada yashovchi talabalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini tekshirish va texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish maqsadida O’zDJTU da qator ishlar faol olib borilmoqda.

📌 Jumladan, 8-oktabrda Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutori Sh.Kadirova Chilonzor tumanida yashovchi 2-bosqich talabalarining ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.


♻️ Tashrif davomida talabalarga mas’ullar tomonidan texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari va is-gazidan ehtiyot bo‘lish zarurligi borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
3👍1🔥1👏1🆒1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
🔹1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
🔹2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
🔹3) Eng yaxshi tyutor;
🔹4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
🔹5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.

Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;

📌 Batafsil tanlov nizomi

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 20-oktabr sanasiga qadar oliygohlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢📢📢📢📢

📣Yilning eng faol talabasi – 2025 respublika tanloviga start berildi!

Bu — siz uchun o‘zingizni ko‘rsatish, yutuqlaringizni namoyon etish va yangi cho‘qqilar sari odim tashlash imkoniyati!


🗓 Arizalar 2025-yil 20-oktabrga qadar qabul qilinadi.
Shoshiling, imkoniyat eshiklari uzoq ochiq turmaydi!

🏆🏆🏆

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi
Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi
Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi
Yilning eng faol sportchi talabasi
Yilning eng faol iqtidorli talabasi
Yilning eng faol ijodkor talabasi
Yilning eng faol tadbirkor talabasi

🎁 Mukofotlar sizni kutmoqda!

🥇1-o‘rin – BHMning 8 barobari miqdorida mukofot

🥈2-o‘rin – 6 barobar

🥉3-o‘rin – 4 barobar
Barcha g‘olib va sovrindorlar O‘zDJTU faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanadi!

💡Bu sizning imkoniyatingiz! Faolligingizni namoyon qiling, yangi marralarni zabt eting va “Yilning eng faol talabasi” unvoni sohibiga aylaning!

🔗Tanlov nizomi bilan tanishing!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
“Oila muqaddas” shiori ostida "Mas’uliyatli ota-onalik" mavzusida seminar-trening tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-sentabrdagi 02/15-2/5-32-sonli xatiga muvofiq, Joriy yilning 8-oktyabr sanasida O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida "Oila muqaddas" shiori ostida mas’uliyatli ota-onalik mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbir universitetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F.L. Ashurova, universitet psixologi Z.T. Xayrrullayeva, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchisi Z. Gadoyev hamda fakulteti tyutori N.Israilova hamkorligida tashkil etildi.
Seminar-treningning asosiy maqsadi — ota-onalarning bolalar tarbiyasidagi mas’uliyatini oshirish, oilada sog‘lom muhit yaratish, bolalarda ijobiy psixologik muhitni shakllantirish, ta’lim muassasasi va ota-ona hamkorligini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
1
🇺🇿O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili nazariy aspektlari-3 kafedrasi o’qituvchilari Alkberova Kamila va Alimova Dildora tomonidan olib boriladigan “Debate club” to’garagi

🔖Mavzu: “Should Artificial Intelligence be given legal rights?”


📌Mavzu yuzasidan mas’ul o’qituvchi:
~Alikberova Kamila
~Alimova Dildora


📌O’tkazish vaqti va joyi:

📅 09.10.2025

13:20

📍403- xona
🖼 E'LON ! RASMLAR TANLOVI !

🎓 Hurmatli talabalar!

Universitetimizda "Yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish" mavzusida rasmlar tanlovi o'tkaziladi.

Tanlovning maqsadi :
• talabalar orasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish
• jinoyatchilikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish

📌 Tanlov talablari :
Rasm mavzudaga doir bo'lishi kerak
Rasmlar qo'l bilan chizilgan bo'lishi shart.
Rasm formati : A4 o'lcham.
Rasm orqa tomoniga talabaning ismi, fakulteti va kursi yozilishi kerak.

🧑‍🎨 Ishtirokchilar :

Universitetning barcha fakultet talabalari ishtirok etishi mumkin.

📌 Ishtirokchilar yakka holda yoki jamoa bo'lib ishtirok etishi mumkin.

📆 Tanlov muddati:

🗓 10-oktabr 2025-yil

📍Rasmlar topshirish joyi :
1-Ingliz fakulteti binosi 109-xona.

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun :

@bakhriddinovnaa05

Barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Keling, jinoyatchilikdan holi jamiyat qurishga o'z hissamizni qo'shaylik!
08.10.2025 da Happiest knitting to’garagimiz 2-darsi Logo to’qish mavzusi o’tildi. Bu darsda talabalarga qanday qilib aylana shaklda to’qish, Universitetimiz logotipidagi shaklni unga qanday tushirish tushuntirildi.
🧶🪡 Oddiy petlyasiz zanjir usulidan foydalanib doira shaklda yana nimalar to’qish mumkinligi haqida fikr almashildi.
Xayrulloyeva Lola tomonidan o’tkazilgan dars ajoyib, qiziqarli bo’ldi. Keyingi darsimiz uchun uyga vazifalar berildi. Siz azizlarni to’garagimiz a’zoligida kutib qolamiz🪢🧵 https://t.me/happiestknitting
1