Think|Lab🔬🔭
36 subscribers
160 photos
110 videos
3 files
75 links
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz?
Ilm, hayot va fikrlar chorrahasi - @Think_Lab
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar suymasalar qilma g‘alayon,
Yuragingga g‘amdan sanchilmasin o‘q...
Ular Xudo emas bandadir ishon,
Seni kiritmoqqa Jannatlari yo‘q...


Zohid Ziyo
🎙Saadiya Ikramovna
1
Avtobozorda yangi o'yinchi: Xiaomi birinchi gibrid yo'ltanlamasini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi o'zining birinchi gibrid yo'ltanlamasi — SkyNomad N70 Max avtomobilini taqdim etdi. Mashina transformator salon va 1700 kilometrgacha masofani bosib o'tish zaxirasiga ega.

Uzunligi 5,3 metr bo'lgan ushbu krossover aylanadigan o'rindiqlar, oyoq tagi uchun suyanchiqlar (otomankalar) va stol bilan jihozlangan 7 o'rinli salonga ega. Shuningdek, palatkali kemping versiyasi ham mavjud. Modelining quvvati 422 ot kuchini tashkil etadi. Uning narxi 300 ming yuandan (44 ming dollar) boshlanadi.

Bundan tashqari, kompaniya beshta o'rinli va 1460 kilometrgacha yurish zaxirasiga ega bo'lgan qisqartirilgan N70 modelini ham namoyish etdi. Uning narxi esa 260 ming yuandan (37,5 ming dollar) boshlanadi.


Camping degan joyi yoqdi 🌚
👍2
Soʻgalli ota ziyoratgohi yonidagi masjid Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan. Uzoq yillar qarovsiz qolgan bu hudud 2019-yilda tubdan yangilanib, atoqli ulamo sharafiga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi deya qayta nomlandi

Tarixi va Qayta Qurilishi

Boshlanishi: Masjid qurilishi 1990-yillarning boshida marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tashabbusi bilan boshlangan edi.

Yangilanish: Obyekt ko'p yillar chala va qarovsiz holda turgach, 2018–2019-yillarda 2 gektardan ortiq maydonda zamonaviy va ko'rkam majmua etib qayta qurildi.

Ochilish: Yangilangan ulkan majmua 2019-yil may oyida foydalanishga topshirildi. [1, 2]

Majmua Imkoniyatlari

Ziyoratgoh: Hududdagi tarixiy Soʻgalli ota maqbarasi toʻliq ta’mirlandi.

Qulayliklar: Majmua tarkibida keng xonaqoh, konferens-zal, oʻquv xonalari, muzey, tahoratxona va koʻkalamzorlashtirilgan dam olish joylari mavjud.

Meʼmorchiligi: Binoga ikkita koʻrkam minora va muhtasham gumbazlar bezak berib turibdi.
👍2🔥1
Kelsang choy damlayman sogʻinch qoʻshilgan,
Kelmasang alamli achchiq bir qahva,
Oʻzingni bir bora koʻrmaganman-u,
Tun-u kun haqingda oʻylayman tavba...
3🔥1
Think|Lab🔬🔭
Kunlik yarim soat yoki bir soatlik mutoala hayotimizni anchagina go'zallashtiradi inshaAlloh. O'zimga qat'iy talab va reja qildim, 250 sahifa, demak 125 varoq 1 haftada tugatmoqchiman. 17 or 20 varoq...
Ancha vaqtdan beri orzu qilib yurgandim. 20 kunga oldim. Uni esa to'htatishga ko'z qiymayapti. Bunga esa ko'proq moyillik qilyapman. Ikki o't orasida qoldim. 20 kunimni faqat o'qishgq sarf qilishni iloji bo'lganda ediya ❤️
🔥21
Oylik 🌚
😁2💯1😎1
Sadoqat sinov paytida bilinadi, qulay paytda emas.

Ezop.
👍31
Birorta kamchiliksiz insonni qidirayotgan bo‘lsangiz, hali ham katta bo‘lmapsiz. Qachondir juftizni uchratsangiz, javob beraman: u siz oldin orzu qilganizdek birga bir bo‘lmaydi. Lekin uning barcha kamchiliklarini va yomon odatlarini qabul qilasiz.

Har kuni bir-biringizni qaytadan tanlaysiz. Ba’zan jahl bilan, ba’zan kulib, ba’zan sukut bilan. Ammo baribir tanlaysiz.

Muhabbat “ideal inson” topilganda emas, “shu inson bilan birgalikda davom etaman” degan qaror qabul qilinganda mustahkam bo‘ladi.

Chunki umr oxirigacha yoningda qoladigan inson farishta emas. U ham adashadi, ranjitadi, xafa bo‘ladi. Sen ham shunday bo‘lasan. Muhimi, ketishga sabablar ko‘payganida ham qolishga bahonalar topa olishingizdir.
🔥6
Ikki bo‘ri

Bir qariya nevarasiga hayot haqida saboq berib dedi: - Har bir insonning ichida tinimsiz kurash ketayotgan ikki bo‘ri bor. 
Ulardan biri yovuzlikni bildiradi: xasislik, qo‘rquv, nafrat, yolg‘on va g‘azab.
Ikkinchisi esa ezgulikni bildiradi: quvonch, muhabbat, umid, saxovat, tinchlik va haqiqat.

Nevara bir oz o‘ylab so‘radi: — Bobo, oxirida qaysi bo‘ri g‘alaba qozonadi?
Qariya jilmayib javob berdi: — Sen qaysi birini ko‘proq boqsang — o‘shanisi.

❗️ Hayotingizda nimaga ko‘proq e'tibor qaratsangiz (qo‘rquv va muammolarga yoki imkoniyat va yaxshilikka), o‘sha narsa kuchayib boradi. Ongli ravishda ezgulikni boqing.
💯4
Hayot ne’matlari orasida eng qimmatbahosi sog‘liqdir. Sog‘lom tilanchi bemor qiroldan ustundir.

Artur Shopengauer.
🔥4
Hayotimizda ikki insonning himmati ko‘p-u, lekin ko‘zimizga ko‘rinmaydi, ular:

👱‍♂️ Otamizning bizga qilgan xarajati

🧕 Onamizning bizga qilgan xizmati

Agar shu xarajat va xizmatni begona odam ko‘rsatganda, butun umr undan uyalib, biror marta ham ko‘ngliga ozor bermasdik.

Ota-onalarimizni asraylik, xizmatini qilib, duosini olaylik!
5
🧐 Xususiy maktab yoki farzandingiz uchun kapital: qay biri foydali?

Hozir ko'pchilik: "Bolamni xususiy maktabga berishim kerak" deydi. Chunki u yerda sifatli ta'lim, qulay sharoit, kelajakda asqotishi mumkin boʻladigan networking bor.

Lekin keling, bir hisob-kitob qilib ko'raylik:

Xususiy maktablar O'zbekistonda o'rtacha oyiga 3 mln so'mdan boshlanadi va har yili kamida 10% ga qimmatlashadi.

Endi muqobil variantni ko'raylik:

Farzandingizni davlat maktabiga berib, xususiy maktabga to'laydigan xuddi shu summani — oyiga 3 mln so'mdan boshlab, har yili 10% oshirib borgan holda — 18% yillik daromad beruvchi investitsiyaga qo'ysangiz-chi?

👆 Rasmda koʻrsatilganidek, oyma-oy 9 yil davomida (goʻyoki maktabga toʻlov qilgandek) siz pulni investitsiyaga yoʻnaltirsangiz, oʻz qoʻyilmangiz va 9 yil davomida murakkab foiz natijasida qariyb 1 milliard soʻmdan ortiq kapital boʻlar ekan.

Bu — farzandingiz maktabni bitirganda, uning oliy ta'limi, ilk biznesi yoki uy-joyi uchun jiddiy boshlang'ich kapital.

Albatta, bu yerda ikkala variantda ham oʻziga yarasha xatarlar mavjud:

1️⃣ Xususiy maktab varianti:
🔸 "Yaxshi maktab = yaxshi natija" degani emas — bola muvaffaqiyati ko'p omilga bog'liq (oila muhiti, motivatsiya, o'qituvchi sifati)
🔸 Pul qaytarilmaydi — bu sof xarajat, aktiv emas.
🔸 Ijtimoiy muhit effekti sabab, bola turli qatlamlar bilan muloqot tajribasidan mahrum bo'lishi mumkin.

2️⃣ Davlat maktabi + investitsiya varianti:
🔸 Investitsiya — bu risk demak. Pulingizdan ayrilib ham qolishingiz mumkin.
🔸 Inflyatsiya — 9 yildan keyingi 1 mlrd so'mning real xarid qobiliyati bugungidan past bo'ladi.
🔸 Intizom va davomiylik talab qiladi. 9 yil davomida har oy pul ajratib, investitsiya qilinmasa yoki kutilmagan xarajat tufayli mablag' erta olinsa, murakkab foizning kuchi yo'qoladi

Bular — har bir oila o'zi hal qiladigan masala. Lekin bir narsa aniq: raqamlar bilan o'ylash — har doim foydali.

Sizningcha, qaysi yo'l to'g'ri?

Xususiy maktab varianti ❤️
Davlat maktabi + investitsiya varianti 🔥

🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
👍2🔥1
Афсуски вақт шафқатсиз💔

Кун келиб,ёнингизга, чизган расмиларини кўрсатиб мақтанмайди.🥺❤️

Кун келиб, ҳозир қучоғингизга сиғган болакай, қучоғингизга сиғмай қолади 🤱🏻

Кун келиб, болангиздан келаётган ифор, атирлар билан ўрин алмашади.🤧

Кун келиб, қўли етмай ололмаган нарсасини, сизнинг ёрдамингизсиз олади🥹

Кун келиб, ухлаши учун айтилаётган эртакларингизсиз ҳам ўзи ухлайди….💔
2👍1