Simple things
161 subscribers
145 photos
7 videos
4 files
24 links
Bilmay yashash oson, lekin o'rganib yashash qiziqroq.

Ikkinchi sahifam: @sevinchsielts
Download Telegram
Boylikning uch qonuni

Arkad dastlab yozuvchi bo'lib ishlaydi. Qancha mehnat qilsa-da, topgani o'zidan ortmasdi. Bir kuni badavlat savdogar Algamish Arkaddan shoshilinch yozuvlar tayyorlab berishini so'raydi. Arkad savdogar moliyaviy muvaffaqiyat sirini o'rgatishga rozi bo'lsa tayyorlab berishga kelishadi. Ertasiga Algamish buyurtmasini olganidan keyin birinchi saboqni beradi:

Topgan pulingning bir qismini o'zing uchun saqla(1). Daromadning 10 foizini yig'ib borish boylikka olib boradi.

Arkad bir yil xuddi shunday qiladi va yiqqan pulini g'isht yasovchiga kamyob qimmatbabo toshlar olib kelib berish uchun beradi. Algamish aytadi, qimmatbaho toshlar bo'yicha maslahat olmoqchi bo'lsang, zargarga bor. Qo'ylar haqida bilmoqchi bo'lsang cho'ponga bor.

Pulni faqat o'sha soha bo'yicha tajribali odamlarga ishonib topshir(2).

Keyin u yana pul yig'adi, va pullarini qalqon tayyorlovchiga bronza olish uchun beradi. Har 4 oyda ijaradan pul kelib turganini aytadi. Va bu qilgan daromadidan yig'ilgan pulni nima qilganini so'raganida, o'zi yoqtiradigan qimmatbaho narsalarni sotib olganini va minishga bitta ot olmoqchiligini aytadi. Shunda Algamish kulib:

Yiqqan pullaringning bolalarini yema(3). Unaqada qanday qilib bu pullar sen uchun ishlashi mumkin? Qanday qilib bu pullarning sen uchun ishlaydigan bolalari bo'lishi mumkin?

Ya'ni, daraxtni birinchi meva berishi bilan chopib tashlash yoki mevalarni yeb qo'yish kerak emas. Ularni ham hosil berishda, daromat qilishda davom etishiga qo'yib berish kerak.

Xulosa: Pul yig'asiz, sarmoya kirgizasiz (aql bilan), sarmoyadan kelgan daromatni ham investitsiya qilasiz.

Parcha Jorj S. Kleysonning 'Vavilonlik eng boy odam' kitobidan qisqacha xulosa qilindi.
@things_simple
25
Forwarded from The Stranger
Bir qizni taniyman. Eri koʻp uradi, doim jerkiydi, qoʻpollik qiladi. Va bu qandaydir oilaviy kelishmovchilik sababli emas, shunchaki kayfiyati yoʻqligida, ishlari yurishmaganida, koʻchadan asabi buzilib kelganida sodir boʻladi. Ikki-uch yashar qizchasi bor. Ota xotinga qilgan muomalasini unga ham qila boshlabdi.

Xotin buni juda tabiiy qabul qiladi. Hamma er shunaqada, deb qoʻyadi. Sababiga qiziqsam, otasi ham xuddi shunaqa boʻlgan ekan. Mushtday qizligidayoq otasidan kaltak yeb katta boʻlgan, mehr koʻrmagan qiz uchun erning qoʻpolligi yangilik emas.

Yana bir qizni taniyman. Hali turmushga chiqmadi. Orqasidan ne-ne yigitlar yursa ham qiyo boqmaydi. Uning talablari juda yuqori.

Qiziqib koʻrsam, otasi unga doim eng yaxshisini loyiq koʻrgan. Eng yaxshi muomalani qilgan, eng yaxshi kiyimlarni olib bergan, eng yaxshi joylarda oʻqitgan. Endi u qiz shundan kamiga koʻnmaydi. U doim oʻzini eng yaxshisiga loyiq koʻradi. Ikki ogʻiz yaxshi gapga yoki sovgʻa salomga uchib, ozgina eʼtiborni sevgiga yoʻymaydi, doim oʻz oʻrnini bilib yashaydi.

Armiyadaligimda komandirlar ayrim askarlarni boʻralatib soʻkardi, onasiyu, otasiyu, yetti ajdodi qolmasdi. Lekin men armiyada ham, koʻchada ham birov soʻkinib gapirishiga qoʻymaganman. Chunki oilamizda soʻkinilmagan, bolaligimda meni hech kim soʻkmagan.

Aytmoqchimanki, inson oʻzini nimaga loyiq koʻrishida oilasidagi muhit juda muhim. Balki bolalikda sizga eng yaxshisi berilmagandir. Bu an'anani butun umr davom ettirmang. Har biringiz hurmat, izzat, sevgi, mehr, erkinlik, yaxshi hayotga loyiqsiz. Oʻzingizni eng yaxshisiga loyiq koʻring va imkon qadar farzandlaringizga ham shuni bering.

@salimov_blogi
32
Hamma daromad bir xil emas

1. Ishlab topilgan daromad
Boshqa odam uchun ishlaganingizga oylik to'lashi yoki biror kasb egasi ekanligingiz uchun pul olishingiz bu daromad turiga kiradi. Shifokorlik, o'qituvchilik, ofitsiantlik, huquqshunoslik va boshqa ishlar shular jumlasidan. Sizning boshlig'ingiz bo'lmasa ham kunning ma'lum qismida ishda bo'lsangiz, siz shu yo'l bilan daromad qilasiz. Ya'ni, vaqtingizni pulga ayirboshlaysiz. Bu turdagi daromad eng ishonchsizi, chunki ishlashni to'xtatishingiz bilan daromadingiz ham to'xtaydi.

2. Portfel daromadi
Sarmoya, qimmatli qog'ozlar yoki mol-mulk sotish orqali daromad qilish – portfel daromadi. Bunda mol-mulking qaysidir turini sotib olasiz, sarflagan pulingizdan qimmatroqqa sotasiz. Bu usul belgilangan oylik olib pul topishga qaraganda daromadingizni qisqaroq muddatda oshiradi, lekin tajriba, bilim va tavvakkal qilishni talab qiladi.

3. Passiv daromad
Hali ham siz egalik qiladigan mol mulkdan ishlamasdan turib pul topishingiz passiv daromaddir. Siz egalik qiladigan binoni ijaraga berish, o'zingiz yaratgan mahsulot sotuvi (kitob, qo'shiq shunga o'xshash mualliflik huquqingiz bor narsalar) orqali passiv daromad qilishingiz mumkin. Biznesingiz ham bu daromad turiga kirishi mumkin, agar biznes sizning aralashuvingizsiz ham yuritilayotgan bo'lsa. Haqiqiy moliyaviy erkinlik passiv daromaddan keladi, chunki bu daromadga chiqib olganingizdan keyin dam olishga chiqsangiz ham, sayohatga ketsangiz ham sizning mulkingiz siz uchun daromad qilayotgan bo'ladi. Shuning uchun ham boylar pul uchun emas, pul boylar uchun ishlaydi deyishadi.

Robert Kiyosakining 'Boy ota kambag'al ota' kitobidan xulosa qilindi.
@things_simple
28
Forwarded from Simple things
Blog yuriting

10 ta bo'ladimi 100 ta bo'ladimi, nechta kuzatuvchingiz bo'lsayam blog yuriting. Blog yuritish orqali siz o'zingizni, boshqalar sizni kashf etadi. Qizishlaringiz haqida, nimada yaxshiroqsiz shular haqida o'ylang, va o'zingizni shu jihatdan o'rganing. Odamlar haqida ular yuritayotgan blogi, rasmlaridan ko'ra ko'proq narsa ayta oladi. Biror insonning blogini shunchaki ko'zdan kechirib chiqish orqali u haqida tasavvurga ega bo'la olasiz, fikrlashi, dunyoqarashi, xarakteri va h.k.lar.

E'tibor bermang

Kanalingizda reaksiyalar, yoki ko'ruvlar soni kam bo'lyaptimi hissiyotga berilmang. Ba'zi odamlar reaksiya umuman bosmaydi hatto post yoqqan bo'lsa ham, ba'zilar o'qib ko'rmasa ham reaksiya bosib qo'yadi. Reaksiya funksiyasi bo'lmagan telegramni bir xayolingizga keltiring. Obunachilar kanalingizni tark etkaniga ham xafa bo'lmang. Aksincha, siz bilan eng kerakli insonlar saralanib qolayotganini o'ylang.
@things_simple
31
Blog 2 yoshda

2023-yil 26-sentabrda bu blogni boshlashga axiyri qaror qilganman. Bunday blog boshlashni ancha oldindan xohlab yurardim. Blogni boshlaganimda kuzatadiganlar soni 50ta ham chiqmasdi va ular ham meni tanigan yaqinlarim edi. Kanalni simple things deb nomlash orqali odamlarga murakkab ko'ringan hayotimiz aslida oson agar undagi voqea va tushunchalarning asl mohiyatini o'rgansak degan mazmumni yetkazmoqchi bo'ldim. Va shundan keyin nimani o'rgansam qisqa va tushunarli shaklda post yozib boshladim.

Odatda postlarni ingliz tilida o'rgangan manbalarim (video, kitob, maqolalar)dan tarjima qilaman. Men eng ko'p to'qnashadigan muammo ingliz tilida berilib turgan fikrni mazmunini to'liqligicha o'zbek tilida yetkazib berish edi. Chunki hamma so'zlarning ham o'zbek tilida bitta so'z bilan mos keladigan to'g'ri tarjimasi yo'q.

Men har doim hurmat qilib kuzatadigan Rahimov School asoschisi Aziz Rahimov qachondir men yozgan postni o'qishi xayolimga ham kelmagandi. Aziz Rahimov o'zining Parallel Muhit pulli telegram kanalidagi postida supermarket manipulatsiyalari haqida yozgan postimga link qoldirganida bu haqida bilganman va o'sha paytda mendan baxtli odam bo'lmagan.

Shu postdan keyin kanalimga ko'pchilik qo'shilishni boshladi va o'shanda men yozayotgan postlarni haqiqatda tushunib o'qidigan va nimadir foyda oladiganlar auditoriyasi yig'ilishni boshlaganini ko'rib xursand bo'ldim. Shu paytgacha blogimni doimiy kuzatib yurgan hammaga rahmat. Har bitta kuzatuvchi yozishda davom etishimga motivatsiya beradi. Fikr, taklif yoki savollaringiz bo'lsa shu link orqali yozishingiz mumkin.
@things_simple
36
Zeigarnik effekti

Odamlar tugallanmagan yoki chala qolgan ishlarni bajarilgan vazifalarga qaraganda yaxshiroq eslab qoladi. Tugatilmagan ishlar miyada 'hal qilinmagan muammo' holatida aylanadi. Biror ish qilib tugatilishi bilan miyada 'bitta muammodan qutilish' hisi paydo bo'ladi va xotiradan tozalanib ketadi.

Bu psixologik hodisani sovet psixologi Bluma Zeigarnik 1927-yilda kashf qiladi. U ofitsiantlarni kuzatadi va ular hali to'lov qilinmagan buyurtmalar haqida ma'lumotlarni eslab qolishi va to'lov qilinganlarini esidan chiqarib yuborishini payqaydi.

Bu psixologik hodisa ta'sirini odamlar ko'p shukr qilmasligida ham ko'rishimiz mumkin. Ya'ni, odamlar ularda nimalar borligini yaxshi eslaganidan ko'ra, nimalar yo'qligini ko'proq xotirasida ushlaydi.

Ishlarni doimiy keyinga surishga bu effekt yaxshi yechim bo'la oladi. Qiyin ko'ringan vazifani boshlash va chala qoldirish uni tugatib qo'yishga undaydi. Chunki oxiriga yetkazilmagan ish miyangizda aylanaveradi.
@things_simple
28
O'rganish

Biror hunar, ilm, til yoki odatni o'rganmoqchisiz. Bunaqa holatda manba katta muammo bo'lmaydi. Maqolalar, kitoblar, kurslar va video darslar yetarlicha.

Bir narsaga astoydil harakat qilmayapsizmi demak yetarlicha xohlamayapsiz. Yoki bu narsasiz hayotga ko'nib bo'lgansiz.

O'zgarishga va o'rganishga xohish odatda ehtiyoj yoki qiziqishdan paydo bo'ladi. Lekin o'rganuvchilarning ko'pi qiziquvchilar emas balki shunga ehtijoji borlar.

O'rganishni vaziyatni boshqarish orqali osonlashitirish mumkin. Deylik, kitob o'qish odatini shakllantirmoqchisiz.

Shunday muhitda yashangki doimiy kitob o'qimaydigan yagona odam siz bo'ling. Uyalganingizdan siz ham shu odatni shakllantirasiz.

Shunday vazifa olingki, uni kitob o'qimay bajarishni iloji bo'lmasin. Qo'yilgan vazifa bu majburiyat.

Shunday muhitda yashangki hamma kitob o'qisin, kitob o'qish atrofingizdagilar uchun oddiy hol bo'lsin. Havas qilganingizdan shu odat shakllanadi.

Nimani o'rganmoqchi bo'lsangiz, yuqoridagi qoida unga ham amal qiladi. Masalan, rus tili yoki ingliz tilida gapirish, erta uyg'onish, to'g'ri ovqatlanish, duo qilish, gapida turish.

O'zingizda yomon odatlarni kuzatsangiz, bu ham muhitdan. Va uzoqlashing. Masalan, doimiy nolish, yolg'on gapirish, kech qolib yurish, maqsadsizlik.
32
Xotira

Eslab qolish va esga olish. Bular ikki xil narsa. Eslab qolish bu passiv jarayon. Ya'ni xotirada saqlangan ma'lumotlar. Esga olish esa aktiv jarayon. Xotiradan ma'lumotni topib chiqarish. Demak, eslab qolish bu xuddi kutubxonangizda kitoblar borligi, esga olish esa kitobning sizga kerakli betini ochib topa olish.

Esdan chiqarish bu xotiradan o'chirib yuborish emas, miyada joylashgan qismdan ma'lumotni topa olmaslik. Tasavvur qiling katta omborxonangiz bor. Yillar davomida buyumlarni unga yig'ib borasiz. 3 yil oldin qo'ygan birorta buyum sizga kerak bo'lib qoldi. Uni topolmasangiz, u yo'q degani emas, qayerga qo'yganingizni bilmaysiz xolos. Shuning uchun ham 'Bilaman, tilimni uchida turibdi' deymiz lekin eslolmaymiz.

Miya ma'lumotni turiga qarab har xil qismlarda saqlaydi. Masalan, faktlar va bilim, ko'nikma va qobiliyat, shuningdek hissiyotlar haqidagi ma'lumotlar turli qismlarda saqlanadi.

Inson miyasi sig'imini komyuter xotirasiga solishtirib tushuntiradigan bo'lsak, inson xotirasi uch million soat serialni sig'dira oladigan diskka o'xshaydi.

Eslashni mashq qilmay o'rganish, kompyuter xotirasiga qayerga joylaganingizni bilmay fayl yuklashda davom etishga o'xshaydi. Xotirani yaxshilashning eng yaxshi yo'li - doimiy, miyani qiynab ma'lumotlarni eslashga majburlash, mashq qilish.

Kitobning biror bo'limini o'qib chiqib, hech nimaga qaramay nimalar o'qiganingizni eslashga urining. Bu mashqni birdaniga emas vaqt o'tib qilsangiz yaxshiroq. Yoki o'rganganlaringizni boshqalarga o'rgatish, tushuntirib berish orqali miya ma'lumotlarni tartibga keltirib eslashga urinadi.
@things_simple
31
Xohlagan narsangizga erishish uchun nima qilish kerak?

So'rash olishning boshlanishi.
Biz qanday qilinishini bilib bo'lmaydigan narsalar juda ko'p. Muhimi o'xshashini bilamiz. Ba'zilar ildizni o'rganib yurishganida qolganlar mevasini terib olishadi.

Olish muammo emas.
Olish o'z-o'zidan sodir bo'adi. Agar sizda olish muammo bo'layotgan bo'sa demak siz (to'g'ri) so'ray olmayapsiz.

Olish bu okeanga o'xshaydi
Muvaffaqiyat cheklangan emas. Ba'zilar okeanga choy qoshiq ko'tarib boradi. Ba'zilar esa chelak bilan.

Endi buni qanday qilish kerak?
1. Aql bilan so'rang.
Tushunarsiz so'ramang. Noaniqlik bilan hech nimaga erisha olmaysiz. Aniq va detallarigacha ayting. Qanchalik katta, qanchalik tez, qanchalik baland, qachon, qaysi o'lchamda, qaysi rangda, qancha pulga kabi savollarga javob bering. Ular orqali nima xohlashingizni aniqlang va tasvirlang. Shunda maqsadlaringiz magnit kabi bo'ladi. Qancha aniqlikda tasvirlasangiz, shuncha kuchliroq o'ziga tortadi.

2. Ishonch bilan so'rang
Xohlagan narsangizga erisha olisihingizga yosh bola kabi ishoning. Kattalardek emas. Kattalar ko'p ikkilanadi, shubhalanadi.

Formula tayyor. Kattalardek reja qiling, bolalardek o'xshashiga ishoning.

Jim Ron nutqidan tarjima qilindi.
@things_simple
27
Hayotingizni o'zgartirish uchun 4 ta savol
1. Nimaga?

Nimaga ko'p harakat qilish kerak? Nimaga shuncha kitob o'qish kerak? Nimaga shuncha joygacha kelish kerak? Nimaga shuncha ko'p ishlab topish kerak? Nimaga ko'p ehson qilish kerak? Nimaga bularni hammasini o'rganish kerak? Nimaga buncha erta turish kerak?

2. Nimaga qilmaslik kerak?
Hayotingizda boshqa yana nimayam qilmoqchisiz? Nimaga nechta kitob o'qiy olishingizni bilmasligingiz kerak? Nimaga qancha uzoqqa borolishingizni sinamasligingiz kerak? Nimaga qancha topolishingizni, nechta do'st orttira olishingizni ko'rmasligingiz kerak? Nimaga nechta davlatga borolishingizni sinamasligingiz kerak? Nimaga qilmaslik kerak?

3. Nimaga siz emas?
Ba'zi odamlar cheklangan imkoniyat bilan aqlga sig'mas ishlarni qilgan. Nimaga siz emas? Ba'zi odamlar dunyoni ko'radi, erishadi, zavqlanadi, egallik qiladi. Nimaga siz emas? Nimaga siz Shvetsariya tog'lari tepasidan turib quyosh chiqishini tomosha qilmasligingiz kerak? Nimaga siz Parij ko'chalaridagi kafelardan birida ovqatlanmasligingiz kerak? Nimaga siz sohangizning eng zo'ri bo'lmasligingiz kerak? Nimaga siz emas?

4. Nimaga hozir emas?
Yaxshiroq hayotni ortiq keyinga surmang. Yangi energiya va qiziqish bilan bugun boshlang. Yangi kitoblar oling. Yangi savollar so'rang. Yangi maqsadlar qo'ying. Yangi kundalik oling. Yangi rejalar tuzing. Suhbatlar quring. Odamlar bilan tanishing. Nimaga hozir emas? Hozir qiling.

Postni qayta o'qing va xayolingizdan nimalar o'tsa yozib oling. O'zgarishni boshlang. 2026-yil 1-yanvarni kutish shart emas.
@things_simple
28
Yangi yil, yangi sahifa, yangi siz.

Nimaga 'challenge' yoki intizom mashqlari odat shakllantirish yoki yomon odatlardan qutilish uchun eng yaxshi usul?

Chunki 'Ko'p qisqa video ko'rish miyani dangasa qilib qo'yadi' deyish miya uchun juda noaniq va harakatga chaqirmaydi. Miyaga aniqlik kerak. Lekin '30 kun qisqa videolar ko'rmayman' deyish miya uchun aniq, chunki muddat aniq, vazifa aniq. Bu qilsa bo'ladigan vazifa signalini beradi.

2026-yilning birinchi 30 kunini hayotingizni ijobiy tarafga o'zgartirishi mumkin bo'lgan 'challenge' bilan boshlang.

30 kunlik chellenj
— Har kuni kamida 15 minut piyoda yurish.
— G'iybat qilmaslik. Qilganda tiyilish.
— Qo'shiq eshitmaslik.
— YouTube shorts ko'rmaslik.
— Instagramga kirmaslik.
— Hamma narsaning faqat yaxshi tomonini o'ylashga harakat qilish.
— Kunlik ekran vaqtini 5 soatdan oshirmaslik.
— Gazli ichimliklar ichmaslik.
— Uxlashdan oldin telefonga qaramaslik.
— Uyg'oniboq bildirishnomlarni tekshirmaslik.
— Kech qolmaslik. Kamida 10 daqiqa vaqtli yetib borish.
— Har kuni kamida 10 bet kitob o'qish.
— Sizda borligi uchun shukur qiladigan 3 ta narsani yozib borish.
— Yaqinlaringizdan xabar olib qo'yish.
— Siz uchun qilingan kichik yordamlarga ham rahmat aytish.

2026-yilni mazmunli o'tkazing. Vaqtingizni aqlli sarflang.
@things_simple
30
Nimaga zanjiri

Hayotingizdagi kichik va katta muammolarga yechim topish uchun sabablarni ko'proq qidiring. Ya'ni, bir marta nimaga deb so'rash va javobini olish yetmaydi. Javobga yana savol berishda davom eting, toki boshqa javob topolmay qoling. Bu oxirgi javob muammoning ildizi bo'ladi.

Masalan:
Nimaga ha deb ishlarni keyinga suryapman?
Chunki erinyapman.
Nimaga erinyapman?
Chunki nimadan boshlashni bilmayman.
Nimaga bilmayman?
Chunki bajarish oson bo'lgan kichik qismlarga ajratmaganman.
Nimaga?
Chunki ishimni rejalashtirmayman.

Zanjirni shu yerda to'xtatamiz va savolni o'zgartiramiz. Qanday?
Qanday ishimni rejalashtirsam bo'ladi?
Birinchi rejalashtirish muhimligini anglab olishim kerak. Keyin hayotini doimiy rejalashtirib yashay olganlardan maslahat olsam yoki to'g'ri rejalashtirish bo'yicha kitob o'qisam bo'ladi. Har kuni kunimni rejalashtirish uchun 15 daqiqa vaqt ajratishim mumkin.

Bu usulni amalda qo'llab ko'ring. Muammoni yozing. Kamida besh martagacha 'nimaga' savolini so'rashga harakat qiling. Oxirgi javobdan keyin 'qanday' savoliga o'ting.
@things_simple
31