Teskari haqiqatlar
1. Qalbingda pulga muhabbat pasaygani sari — pul senga ko‘proq muhabbat qo‘yishni boshlaydi.
2. Oson hayot istaganing sari — qiyinchilikka tushasan.
3. Shariat qonun-qoidalarini o‘rganganing sari — hayoting og‘irlashmaydi, aksincha, yengillashib boraveradi.
4. O‘zingni kamtar tutganing sari — haybating oshib boraveradi.
5. Allohdan qo‘rqqaning sari — unga yaqinlashib ketaverasan.
6. Ehson qilganing sari — puling ko‘payadi.
7. Ilmingni ulashganing sari — ilming ortadi.
8. O‘z ayblaringni tan olganing sari — o‘zingga bo‘lgan ishonch ortib boraveradi.
9. Jangga tayyorlanganing sari — tinch yashashni boshlaysan.
10. O‘zingda ixlosni ko‘rganing sari — munofiqalashasan.
11. Odamlarga yoqmoqchi bo‘lganing sari — ular oldida haybating tushadi.
12. «Yo‘q» deyishni ko‘paytirganing sari — senga takliflar ortadi.
13. O‘zingga qattiqqo‘l bo‘lganing sari — hayot senga yumshoq muomalada bo‘ladi.
14. Farzandim qiynalmasin deganing sari — hayotda qiynaladi.
Manba: @ustoz_kundaligi

❤31
Imperator Farmonbibi II
Bola 4 yoshda — «Savol so‘rab boshimni og‘ritma.»
Bola 5 yoshda — «Mehmonlar oldida og‘zingni yumib o‘tir.»
Bola 6 yoshda — «Kattalar oldida gapirma.»
Bola maktabga chiqdi — «Ovozingni o‘chirib o‘tir. Shovqin qilma.»
Bola 7-sinf — «Ustozingni aytgani aytgan, degani degan. G‘alati fikrlaring bilan ularga qarshi chiqma.»
Bola 8-sinf — «Sen kiyim tanlashni bilmaysan, biz tanlab beramiz.»
Bola 9-sinf — «Yo‘lda adashib yurasan, dadang olib borib, olib keladi.»
Bola 10-sinf — «Sen matematika, ingliz tili o‘qiysan. Hozir shu “moda”.»
Bola 11-sinf — «Qayerga topshirishingni biz hal qilamiz. Sen soha tanlashni bilmaysan.»
Bola universitetda — «Amaking aytdi, kompyuterni o‘rganasan.»
“Bola” uylanish arafasida — «Erkak kishi qiz bolani farqiga qayoqdan boradi, xolang bilan kelinni o‘zimiz topamiz.»
“Bola” to‘yi belgilandi — «To‘yni qanday qilishni bizga qo‘yib ber, sen aralashma, uylanib ko‘rmagan bo‘lsang.»
“Bola” to‘yidan keyin — «Sen er-xotin pullaringni chirtin-pirtin qilib tashlaysan. Oyliklaringni menga berasanlar, men hal qilaman nima qilishni.»
“Bola” bolalik bo‘ldi — «Rasm-rusumni xotinlarga qo‘yib ber, sen hotiningni tug‘ruqxonadan olib chiq faqat.»
“Bola”ning bolasi katta bo‘lyapti — «Er-xotin hali o‘zlaring bolasizlar. Farzand tarbiyasi bilan men shug‘ullanaman.»
Endi esa ona bolasiga qarab:
«Sen tengilar o‘z bizneslarini qilishyapti.
Nimaga sen shu yoshga chiqib, bitta ishni mustaqil eplay olmaysan?» …
Muallif: Mohir Mirzaxmedov

❤28
Tanish narsalarga moyillik prinsipi
Familiarity principle/mere exposure effect psixologik tushuncha bo’lib, odamlar ular oldindan ko’rgan narsalariga ustunlik berishga moyilligidir.
Bu effekt 1960-yillarda psixolog Robert Zayons tomonidan ilmiy o‘rganilgan. U inson biror yuz, so‘z, ovoz yoki shaklni bir necha marta ko‘rsa, uni yoqtirishi ehtimoli hatto ko‘rish juda qisqa davom etsa ham oshishini aniqladi.
Biror narsani takror-takror ko‘rganimizda, miya uni tanib olishga kamroq kuch sarflaydi. Bu esa uni “xavfsiz”, “qulay” yoki “yoqimli” deb belgilaydi.
Evolyutsion psixologiyaga ko‘ra, tanish narsalar ko‘pincha xavfsiz bo‘lgan — shuning uchun bizning miyamiz ularga avtomatik ravishda moyil bo‘ladi.
Hayotiy misollar:
1. Ismlar va odamlar
Siz oldindan bilgan odamlarning ismi bilan bir xil bo’lgan odamlarni uchratganingizda, notanish ismli insondan ko’ra qulayroq his qilishingiz mumkin.
2. Musiqa yoki ovqat
Ba’zi qo’shiqlar yoki taomlar boshida sizga yoqmasligi mumkin. Lekin bir necha marta eshitib yoki ta’tib ko’rganingizdan keyin yoqib qoladi.
3. Reklama
Brendlar logotip, shior yoki ohangni qayta-qayta takrorlaydi, chunki takrorlash bu yoqtirish. Siz hatto sezmasdan o‘sha mahsulotga ishonch bildirishingiz yoki xarid qilishingiz mumkin.
Bu effektdan nimadir o’rganganda, bola tarbiyasida yoki biznesda foydalanish mumkin.
@things_simple

Maslouning ehtiyojlar piramidasi
Amerikalik psixolog Abraham Maslou 1943-yil o'zining ehtiyojlar ierarxiyasi nazariyasini taqdim etadi. Bu nazariya inson ehtiyojlarini besh darajaga bo‘lib, ularni piramida shaklida tasvirlaydi. Piramida pastdan yuqoriga qarab ehtiyojlarning murakkablashishi va rivojlanishini ko‘rsatadi.
1. Fiziologik ehtiyojlar
Bu eng asosiy ehtiyoj bo‘lib, insonning tirik qolishi uchun zarur narsalarni o‘z ichiga oladi: havo, ovqat, suv, uyqu, boshpana. Inson tanasi bu ehtiyoj qondirilmaganda to'liq faoliyat yurita olmaydi va qolgan narsalar ikkinchi darajaga tushib qoladi.
2. Xavfsizlik ehtiyojlari
Ushbu darajada inson o‘zini xavfsiz his qilishga intiladi: jismoniy xavfsizlik (masalan, zo‘ravonlikdan himoyalanish), moliyaviy barqarorlik, uzoq muddatda ishi bor bo'lishi kafolati, sog‘liq.
3. Ijtimoiy ehtiyojlar
Bu darajada inson boshqalar bilan muloqot qilish va boshqalar tomonidan qabul qilinishni xohlaydi: oila, do‘stlar, sevgi, ishonch, jamoaviy mashg'ulotlarda ishtirok etish.
4. Hurmat ehtiyojlari
Inson o'ziga bo'lgan hurmati kuchayishini va boshqalar tomonidan hurmat qilinishini xohlaydi: o‘ziga ishonch, muvaffaqiyat, mustaqillik, boshqalardan hurmat va qadrlanish, o‘z-o‘zini hurmat qilish, shon-shuhrat.
5. O‘z qobiliyatlarini yuzaga chiqarish ehtiyojlari
Bu piramidaning eng yuqori pog‘onasi bo‘lib, inson o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga intiladi: shaxsiy o‘sish, ijodkorlik, maqsadlarga erishish. Kimdir ideal ota-ona bo'lishga intilsa, yana kimdir o'z tanlagan sohasining eng yaxshi mutaxassisi bo'lishga harakat qilish orqali ehtiyojini qondirishi mumkin.
Har doim ham inson ehtiyojlari bu nazariya bo'yicha ketma-ket ketmaydi, ba'zi odamlar bir vaqtda har xil bosqichdagi narsalar uchun harakat qilishi yoki bosqichlar orasida o'tib yurishi mumkin. Masalan, ba'zilar uchun shon-shuhrat oiladan ustun bo'lishi, yoki o'ziga bo'lgan muhabbat do'stlikdan muhimroq bo'lishi mumkin. Lekin qorni och inson uchun bilim olish ko'proq muhim amal bo'lishi ehtimoldan yiroq.

❤20
Vizualizatsiya
Xayolingizdagi ideal hayotni sokin o'tirib qog'ozga yozsangiz va uni qayta va qayta o'qisangiz miya bu narsani realdek qabul qila boshlaydi. Shunchaki ko'z oldiga keltirish yetarli emas, uni his qilish ham kerak. Shunda ong ostida bo'layotgan bu jarayon harakatlaringizga ta'sir o'tkazishni boshlaydi.
Kanadalik shaxsiy rivojlanish bo'yicha murabbiy Bob Proktor 'Sir' ('The secret') kitobida 'Agar xayolingizda ko'ra olsangiz, qo'lingizda ham tuta olasiz' deb fikrini bildiradi. U inson ong osti nima haqiqiyligi va nima realmasligini ajratolmasligini ta'kidlaydi.
Proktorga ko'ra kuniga 5-10 daqiqa ideal hayot, karyera yoki yutuqlarni tasavvur qilish shu natijaga erishishga katta turtki bo'ladi. Faqat xayoldagi fikrlarni hozirgi zamonda yozish kerak. Masalan, o'zim yoqtiradigan ishda oyiga $5,000 topyapman, 5 ta tilda qiynalmasdan muloqot qila olaman, karyera va oilaga yetarli vaqt ajrata olaman, har oy ro'yhatimdagi davlatlarga yaqinlarim bilan sayohat qilaman va h.k.
Vizualizatsiya muvaffaqiyatli o'xshashi uchun maqsadingizning aniq tasvirini detallari bilan yaratishingiz kerak. Mayda detallarigacha tassavvur qilishga va yozishga eringan orzuyingiz uchun kurashishga erinmasligingizga ishonasizmi? Detallariga e'tibor bering deganda miyangizni ishontirar darajada realistik chiqishini ta'minlash nazarda tutiladi, tovush, hid, ranglar, hislar va boshqa sifatlar.
Ba'zilar o'ylashi mumkin, demak shunchaki vizualizatsiya qilib orzularimga erishaman deb, albatta buning o'zi kamlik qiladi. Orzularni to'lig'icha amalga oshganini tassavvur qilish unga bo'lgan harakatga motivatsiya va har xil g'oyalar beradi.

❤26
Forwarded from Everest Official
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kutib oling, O'zbekistondagi eng yosh IELTS 9.0 egasi — Nozimaxon Qadamova!
✨ O'quvchimiz Everestda Beginner darajadan to IELTS 9.0 gacha bo'lgan yo'lni katta mashaqqat evaziga bosib o'tdi.
Dastlab Everest Kids manzilimizda, so'ngra IELTS'ga tayyorlanish bosqichini Everest Xalqlar Do'stligi manzilimizda tajribali, IELTS 9.0 natijali ustoz - Sirojiddin Malikov bilan birga bosib o'tdi.
🎧 Listening: 8.5 📚 Reading: 9.0
✍️ Writing: 9.0 🗣 Speaking: 8.5
🔥 IELTSdan 9.0 olish haqida o'ylash — balandparvoz niyat emas! Everestga keling, buni uddalash mumkinligini siz bilan birga isbotlaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18
Forwarded from Everest Official
❗️Biz hammani MOT QILDIK! | Everestda 8-IELTS 9.0 natija!
✨ Nozimaxon Qadamova Everest Xalqlar Do'stligi manzilida faoliyat yurituvchi - Sirojiddin Malikov guruhida IELTS’ga tayyorlanib, Overall 9.0 ball egasiga aylandi!
📨 IELTS instructor: @malikoffs
🔈 Channel: @ieltswithmrmalikov
📊 Nozimaxon bu natijasi bilan O'zbekistondagi eng yosh IELTS 9.0 egasiga aylanib turibdi! Mehnatlar natijasi, ustozlarning harakati va albatta ota-onaning qo'llab-quvvatlashi o'z so'zini aytdi!
🚀 Postni maksimal tarqating, hamma sizni qanday joyda o’qishingizni ko'rib qo'ysin!
📞 Aloqa: +998788888008
💬 Telegram 📹 Instagram 📍 Manzillar
🎧 Listening: 8.5 📚 Reading: 9.0
✍️ Writing: 9.0 🗣 Speaking: 8.5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24
Boylikning uch qonuni
Arkad dastlab yozuvchi bo'lib ishlaydi. Qancha mehnat qilsa-da, topgani o'zidan ortmasdi. Bir kuni badavlat savdogar Algamish Arkaddan shoshilinch yozuvlar tayyorlab berishini so'raydi. Arkad savdogar moliyaviy muvaffaqiyat sirini o'rgatishga rozi bo'lsa tayyorlab berishga kelishadi. Ertasiga Algamish buyurtmasini olganidan keyin birinchi saboqni beradi:
Topgan pulingning bir qismini o'zing uchun saqla(1). Daromadning 10 foizini yig'ib borish boylikka olib boradi.
Arkad bir yil xuddi shunday qiladi va yiqqan pulini g'isht yasovchiga kamyob qimmatbabo toshlar olib kelib berish uchun beradi. Algamish aytadi, qimmatbaho toshlar bo'yicha maslahat olmoqchi bo'lsang, zargarga bor. Qo'ylar haqida bilmoqchi bo'lsang cho'ponga bor.
Pulni faqat o'sha soha bo'yicha tajribali odamlarga ishonib topshir(2).
Keyin u yana pul yig'adi, va pullarini qalqon tayyorlovchiga bronza olish uchun beradi. Har 4 oyda ijaradan pul kelib turganini aytadi. Va bu qilgan daromadidan yig'ilgan pulni nima qilganini so'raganida, o'zi yoqtiradigan qimmatbaho narsalarni sotib olganini va minishga bitta ot olmoqchiligini aytadi. Shunda Algamish kulib:
Yiqqan pullaringning bolalarini yema(3). Unaqada qanday qilib bu pullar sen uchun ishlashi mumkin? Qanday qilib bu pullarning sen uchun ishlaydigan bolalari bo'lishi mumkin?
Ya'ni, daraxtni birinchi meva berishi bilan chopib tashlash yoki mevalarni yeb qo'yish kerak emas. Ularni ham hosil berishda, daromat qilishda davom etishiga qo'yib berish kerak.
Xulosa: Pul yig'asiz, sarmoya kirgizasiz (aql bilan), sarmoyadan kelgan daromatni ham investitsiya qilasiz.
Parcha Jorj S. Kleysonning 'Vavilonlik eng boy odam' kitobidan qisqacha xulosa qilindi.

❤25
Forwarded from The Stranger
Bir qizni taniyman. Eri koʻp uradi, doim jerkiydi, qoʻpollik qiladi. Va bu qandaydir oilaviy kelishmovchilik sababli emas, shunchaki kayfiyati yoʻqligida, ishlari yurishmaganida, koʻchadan asabi buzilib kelganida sodir boʻladi. Ikki-uch yashar qizchasi bor. Ota xotinga qilgan muomalasini unga ham qila boshlabdi.
Xotin buni juda tabiiy qabul qiladi. Hamma er shunaqada, deb qoʻyadi. Sababiga qiziqsam, otasi ham xuddi shunaqa boʻlgan ekan. Mushtday qizligidayoq otasidan kaltak yeb katta boʻlgan, mehr koʻrmagan qiz uchun erning qoʻpolligi yangilik emas.
Yana bir qizni taniyman. Hali turmushga chiqmadi. Orqasidan ne-ne yigitlar yursa ham qiyo boqmaydi. Uning talablari juda yuqori.
Qiziqib koʻrsam, otasi unga doim eng yaxshisini loyiq koʻrgan. Eng yaxshi muomalani qilgan, eng yaxshi kiyimlarni olib bergan, eng yaxshi joylarda oʻqitgan. Endi u qiz shundan kamiga koʻnmaydi. U doim oʻzini eng yaxshisiga loyiq koʻradi. Ikki ogʻiz yaxshi gapga yoki sovgʻa salomga uchib, ozgina eʼtiborni sevgiga yoʻymaydi, doim oʻz oʻrnini bilib yashaydi.
Armiyadaligimda komandirlar ayrim askarlarni boʻralatib soʻkardi, onasiyu, otasiyu, yetti ajdodi qolmasdi. Lekin men armiyada ham, koʻchada ham birov soʻkinib gapirishiga qoʻymaganman. Chunki oilamizda soʻkinilmagan, bolaligimda meni hech kim soʻkmagan.
Aytmoqchimanki, inson oʻzini nimaga loyiq koʻrishida oilasidagi muhit juda muhim. Balki bolalikda sizga eng yaxshisi berilmagandir. Bu an'anani butun umr davom ettirmang. Har biringiz hurmat, izzat, sevgi, mehr, erkinlik, yaxshi hayotga loyiqsiz. Oʻzingizni eng yaxshisiga loyiq koʻring va imkon qadar farzandlaringizga ham shuni bering.
@salimov_blogi

❤32
Hamma daromad bir xil emas
1. Ishlab topilgan daromad
Boshqa odam uchun ishlaganingizga oylik to'lashi yoki biror kasb egasi ekanligingiz uchun pul olishingiz bu daromad turiga kiradi. Shifokorlik, o'qituvchilik, ofitsiantlik, huquqshunoslik va boshqa ishlar shular jumlasidan. Sizning boshlig'ingiz bo'lmasa ham kunning ma'lum qismida ishda bo'lsangiz, siz shu yo'l bilan daromad qilasiz. Ya'ni, vaqtingizni pulga ayirboshlaysiz. Bu turdagi daromad eng ishonchsizi, chunki ishlashni to'xtatishingiz bilan daromadingiz ham to'xtaydi.
2. Portfel daromadi
Sarmoya, qimmatli qog'ozlar yoki mol-mulk sotish orqali daromad qilish – portfel daromadi. Bunda mol-mulking qaysidir turini sotib olasiz, sarflagan pulingizdan qimmatroqqa sotasiz. Bu usul belgilangan oylik olib pul topishga qaraganda daromadingizni qisqaroq muddatda oshiradi, lekin tajriba, bilim va tavvakkal qilishni talab qiladi.
3. Passiv daromad
Hali ham siz egalik qiladigan mol mulkdan ishlamasdan turib pul topishingiz passiv daromaddir. Siz egalik qiladigan binoni ijaraga berish, o'zingiz yaratgan mahsulot sotuvi (kitob, qo'shiq shunga o'xshash mualliflik huquqingiz bor narsalar) orqali passiv daromad qilishingiz mumkin. Biznesingiz ham bu daromad turiga kirishi mumkin, agar biznes sizning aralashuvingizsiz ham yuritilayotgan bo'lsa. Haqiqiy moliyaviy erkinlik passiv daromaddan keladi, chunki bu daromadga chiqib olganingizdan keyin dam olishga chiqsangiz ham, sayohatga ketsangiz ham sizning mulkingiz siz uchun daromad qilayotgan bo'ladi. Shuning uchun ham boylar pul uchun emas, pul boylar uchun ishlaydi deyishadi.
Robert Kiyosakining 'Boy ota kambag'al ota' kitobidan xulosa qilindi.

Forwarded from Simple things
Blog yuriting
10 ta bo'ladimi 100 ta bo'ladimi, nechta kuzatuvchingiz bo'lsayam blog yuriting. Blog yuritish orqali siz o'zingizni, boshqalar sizni kashf etadi. Qizishlaringiz haqida, nimada yaxshiroqsiz shular haqida o'ylang, va o'zingizni shu jihatdan o'rganing. Odamlar haqida ular yuritayotgan blogi, rasmlaridan ko'ra ko'proq narsa ayta oladi. Biror insonning blogini shunchaki ko'zdan kechirib chiqish orqali u haqida tasavvurga ega bo'la olasiz, fikrlashi, dunyoqarashi, xarakteri va h.k.lar.
E'tibor bermang
Kanalingizda reaksiyalar, yoki ko'ruvlar soni kam bo'lyaptimi hissiyotga berilmang. Ba'zi odamlar reaksiya umuman bosmaydi hatto post yoqqan bo'lsa ham, ba'zilar o'qib ko'rmasa ham reaksiya bosib qo'yadi. Reaksiya funksiyasi bo'lmagan telegramni bir xayolingizga keltiring. Obunachilar kanalingizni tark etkaniga ham xafa bo'lmang. Aksincha, siz bilan eng kerakli insonlar saralanib qolayotganini o'ylang.

Blog 2 yoshda
2023-yil 26-sentabrda bu blogni boshlashga axiyri qaror qilganman. Bunday blog boshlashni ancha oldindan xohlab yurardim. Blogni boshlaganimda kuzatadiganlar soni 50ta ham chiqmasdi va ular ham meni tanigan yaqinlarim edi. Kanalni simple things deb nomlash orqali odamlarga murakkab ko'ringan hayotimiz aslida oson agar undagi voqea va tushunchalarning asl mohiyatini o'rgansak degan mazmumni yetkazmoqchi bo'ldim. Va shundan keyin nimani o'rgansam qisqa va tushunarli shaklda post yozib boshladim.
Odatda postlarni ingliz tilida o'rgangan manbalarim (video, kitob, maqolalar)dan tarjima qilaman. Men eng ko'p to'qnashadigan muammo ingliz tilida berilib turgan fikrni mazmunini to'liqligicha o'zbek tilida yetkazib berish edi. Chunki hamma so'zlarning ham o'zbek tilida bitta so'z bilan mos keladigan to'g'ri tarjimasi yo'q.
Men har doim hurmat qilib kuzatadigan Rahimov School asoschisi Aziz Rahimov qachondir men yozgan postni o'qishi xayolimga ham kelmagandi. Aziz Rahimov o'zining Parallel Muhit pulli telegram kanalidagi postida supermarket manipulatsiyalari haqida yozgan postimga link qoldirganida bu haqida bilganman va o'sha paytda mendan baxtli odam bo'lmagan.
Shu postdan keyin kanalimga ko'pchilik qo'shilishni boshladi va o'shanda men yozayotgan postlarni haqiqatda tushunib o'qidigan va nimadir foyda oladiganlar auditoriyasi yig'ilishni boshlaganini ko'rib xursand bo'ldim. Shu paytgacha blogimni doimiy kuzatib yurgan hammaga rahmat. Har bitta kuzatuvchi yozishda davom etishimga motivatsiya beradi. Fikr, taklif yoki savollaringiz bo'lsa shu link orqali yozishingiz mumkin.

❤36
Zeigarnik effekti
Odamlar tugallanmagan yoki chala qolgan ishlarni bajarilgan vazifalarga qaraganda yaxshiroq eslab qoladi. Tugatilmagan ishlar miyada 'hal qilinmagan muammo' holatida aylanadi. Biror ish qilib tugatilishi bilan miyada 'bitta muammodan qutilish' hisi paydo bo'ladi va xotiradan tozalanib ketadi.
Bu psixologik hodisani sovet psixologi Bluma Zeigarnik 1927-yilda kashf qiladi. U ofitsiantlarni kuzatadi va ular hali to'lov qilinmagan buyurtmalar haqida ma'lumotlarni eslab qolishi va to'lov qilinganlarini esidan chiqarib yuborishini payqaydi.
Bu psixologik hodisa ta'sirini odamlar ko'p shukr qilmasligida ham ko'rishimiz mumkin. Ya'ni, odamlar ularda nimalar borligini yaxshi eslaganidan ko'ra, nimalar yo'qligini ko'proq xotirasida ushlaydi.
Ishlarni doimiy keyinga surishga bu effekt yaxshi yechim bo'la oladi. Qiyin ko'ringan vazifani boshlash va chala qoldirish uni tugatib qo'yishga undaydi. Chunki oxiriga yetkazilmagan ish miyangizda aylanaveradi.

O'rganish
Biror hunar, ilm, til yoki odatni o'rganmoqchisiz. Bunaqa holatda manba katta muammo bo'lmaydi. Maqolalar, kitoblar, kurslar va video darslar yetarlicha.
Bir narsaga astoydil harakat qilmayapsizmi demak yetarlicha xohlamayapsiz. Yoki bu narsasiz hayotga ko'nib bo'lgansiz.
O'zgarishga va o'rganishga xohish odatda ehtiyoj yoki qiziqishdan paydo bo'ladi. Lekin o'rganuvchilarning ko'pi qiziquvchilar emas balki shunga ehtijoji borlar.
O'rganishni vaziyatni boshqarish orqali osonlashitirish mumkin. Deylik, kitob o'qish odatini shakllantirmoqchisiz.
Shunday muhitda yashangki doimiy kitob o'qimaydigan yagona odam siz bo'ling. Uyalganingizdan siz ham shu odatni shakllantirasiz.
Shunday vazifa olingki, uni kitob o'qimay bajarishni iloji bo'lmasin. Qo'yilgan vazifa bu majburiyat.
Shunday muhitda yashangki hamma kitob o'qisin, kitob o'qish atrofingizdagilar uchun oddiy hol bo'lsin. Havas qilganingizdan shu odat shakllanadi.
Nimani o'rganmoqchi bo'lsangiz, yuqoridagi qoida unga ham amal qiladi. Masalan, rus tili yoki ingliz tilida gapirish, erta uyg'onish, to'g'ri ovqatlanish, duo qilish, gapida turish.
O'zingizda yomon odatlarni kuzatsangiz, bu ham muhitdan. Va uzoqlashing. Masalan, doimiy nolish, yolg'on gapirish, kech qolib yurish, maqsadsizlik.

Xotira
Eslab qolish va esga olish. Bular ikki xil narsa. Eslab qolish bu passiv jarayon. Ya'ni xotirada saqlangan ma'lumotlar. Esga olish esa aktiv jarayon. Xotiradan ma'lumotni topib chiqarish. Demak, eslab qolish bu xuddi kutubxonangizda kitoblar borligi, esga olish esa kitobning sizga kerakli betini ochib topa olish.
Esdan chiqarish bu xotiradan o'chirib yuborish emas, miyada joylashgan qismdan ma'lumotni topa olmaslik. Tasavvur qiling katta omborxonangiz bor. Yillar davomida buyumlarni unga yig'ib borasiz. 3 yil oldin qo'ygan birorta buyum sizga kerak bo'lib qoldi. Uni topolmasangiz, u yo'q degani emas, qayerga qo'yganingizni bilmaysiz xolos. Shuning uchun ham 'Bilaman, tilimni uchida turibdi' deymiz lekin eslolmaymiz.
Miya ma'lumotni turiga qarab har xil qismlarda saqlaydi. Masalan, faktlar va bilim, ko'nikma va qobiliyat, shuningdek hissiyotlar haqidagi ma'lumotlar turli qismlarda saqlanadi.
Inson miyasi sig'imini komyuter xotirasiga solishtirib tushuntiradigan bo'lsak, inson xotirasi uch million soat serialni sig'dira oladigan diskka o'xshaydi.
Eslashni mashq qilmay o'rganish, kompyuter xotirasiga qayerga joylaganingizni bilmay fayl yuklashda davom etishga o'xshaydi. Xotirani yaxshilashning eng yaxshi yo'li - doimiy, miyani qiynab ma'lumotlarni eslashga majburlash, mashq qilish.
Kitobning biror bo'limini o'qib chiqib, hech nimaga qaramay nimalar o'qiganingizni eslashga urining. Bu mashqni birdaniga emas vaqt o'tib qilsangiz yaxshiroq. Yoki o'rganganlaringizni boshqalarga o'rgatish, tushuntirib berish orqali miya ma'lumotlarni tartibga keltirib eslashga urinadi.

Xohlagan narsangizga erishish uchun nima qilish kerak?
So'rash olishning boshlanishi.
Biz qanday qilinishini bilib bo'lmaydigan narsalar juda ko'p. Muhimi o'xshashini bilamiz. Ba'zilar ildizni o'rganib yurishganida qolganlar mevasini terib olishadi.
Olish muammo emas.
Olish o'z-o'zidan sodir bo'adi. Agar sizda olish muammo bo'layotgan bo'sa demak siz (to'g'ri) so'ray olmayapsiz.
Olish bu okeanga o'xshaydi
Muvaffaqiyat cheklangan emas. Ba'zilar okeanga choy qoshiq ko'tarib boradi. Ba'zilar esa chelak bilan.
Endi buni qanday qilish kerak?
1. Aql bilan so'rang.
Tushunarsiz so'ramang. Noaniqlik bilan hech nimaga erisha olmaysiz. Aniq va detallarigacha ayting. Qanchalik katta, qanchalik tez, qanchalik baland, qachon, qaysi o'lchamda, qaysi rangda, qancha pulga kabi savollarga javob bering. Ular orqali nima xohlashingizni aniqlang va tasvirlang. Shunda maqsadlaringiz magnit kabi bo'ladi. Qancha aniqlikda tasvirlasangiz, shuncha kuchliroq o'ziga tortadi.
2. Ishonch bilan so'rang
Xohlagan narsangizga erisha olisihingizga yosh bola kabi ishoning. Kattalardek emas. Kattalar ko'p ikkilanadi, shubhalanadi.
Formula tayyor. Kattalardek reja qiling, bolalardek o'xshashiga ishoning.
Jim Ron nutqidan tarjima qilindi.

❤27
Hayotingizni o'zgartirish uchun 4 ta savol
1. Nimaga?
Nimaga ko'p harakat qilish kerak? Nimaga shuncha kitob o'qish kerak? Nimaga shuncha joygacha kelish kerak? Nimaga shuncha ko'p ishlab topish kerak? Nimaga ko'p ehson qilish kerak? Nimaga bularni hammasini o'rganish kerak? Nimaga buncha erta turish kerak?
2. Nimaga qilmaslik kerak?
Hayotingizda boshqa yana nimayam qilmoqchisiz? Nimaga nechta kitob o'qiy olishingizni bilmasligingiz kerak? Nimaga qancha uzoqqa borolishingizni sinamasligingiz kerak? Nimaga qancha topolishingizni, nechta do'st orttira olishingizni ko'rmasligingiz kerak? Nimaga nechta davlatga borolishingizni sinamasligingiz kerak? Nimaga qilmaslik kerak?
3. Nimaga siz emas?
Ba'zi odamlar cheklangan imkoniyat bilan aqlga sig'mas ishlarni qilgan. Nimaga siz emas? Ba'zi odamlar dunyoni ko'radi, erishadi, zavqlanadi, egallik qiladi. Nimaga siz emas? Nimaga siz Shvetsariya tog'lari tepasidan turib quyosh chiqishini tomosha qilmasligingiz kerak? Nimaga siz Parij ko'chalaridagi kafelardan birida ovqatlanmasligingiz kerak? Nimaga siz sohangizning eng zo'ri bo'lmasligingiz kerak? Nimaga siz emas?
4. Nimaga hozir emas?
Yaxshiroq hayotni ortiq keyinga surmang. Yangi energiya va qiziqish bilan bugun boshlang. Yangi kitoblar oling. Yangi savollar so'rang. Yangi maqsadlar qo'ying. Yangi kundalik oling. Yangi rejalar tuzing. Suhbatlar quring. Odamlar bilan tanishing. Nimaga hozir emas? Hozir qiling.
Postni qayta o'qing va xayolingizdan nimalar o'tsa yozib oling. O'zgarishni boshlang. 2026-yil 1-yanvarni kutish shart emas.

Yangi yil, yangi sahifa, yangi siz.
Nimaga 'challenge' yoki intizom mashqlari odat shakllantirish yoki yomon odatlardan qutilish uchun eng yaxshi usul?
Chunki 'Ko'p qisqa video ko'rish miyani dangasa qilib qo'yadi' deyish miya uchun juda noaniq va harakatga chaqirmaydi. Miyaga aniqlik kerak. Lekin '30 kun qisqa videolar ko'rmayman' deyish miya uchun aniq, chunki muddat aniq, vazifa aniq. Bu qilsa bo'ladigan vazifa signalini beradi.
2026-yilning birinchi 30 kunini hayotingizni ijobiy tarafga o'zgartirishi mumkin bo'lgan 'challenge' bilan boshlang.
30 kunlik chellenj
— Har kuni kamida 15 minut piyoda yurish.
— G'iybat qilmaslik. Qilganda tiyilish.
— Qo'shiq eshitmaslik.
— YouTube shorts ko'rmaslik.
— Instagramga kirmaslik.
— Hamma narsaning faqat yaxshi tomonini o'ylashga harakat qilish.
— Kunlik ekran vaqtini 5 soatdan oshirmaslik.
— Gazli ichimliklar ichmaslik.
— Uxlashdan oldin telefonga qaramaslik.
— Uyg'oniboq bildirishnomlarni tekshirmaslik.
— Kech qolmaslik. Kamida 10 daqiqa vaqtli yetib borish.
— Har kuni kamida 10 bet kitob o'qish.
— Sizda borligi uchun shukur qiladigan 3 ta narsani yozib borish.
— Yaqinlaringizdan xabar olib qo'yish.
— Siz uchun qilingan kichik yordamlarga ham rahmat aytish.
2026-yilni mazmunli o'tkazing. Vaqtingizni aqlli sarflang.

❤30
Nimaga zanjiri
Hayotingizdagi kichik va katta muammolarga yechim topish uchun sabablarni ko'proq qidiring. Ya'ni, bir marta nimaga deb so'rash va javobini olish yetmaydi. Javobga yana savol berishda davom eting, toki boshqa javob topolmay qoling. Bu oxirgi javob muammoning ildizi bo'ladi.
Masalan:
Nimaga ha deb ishlarni keyinga suryapman?
Chunki erinyapman.
Nimaga erinyapman?
Chunki nimadan boshlashni bilmayman.
Nimaga bilmayman?
Chunki bajarish oson bo'lgan kichik qismlarga ajratmaganman.
Nimaga?
Chunki ishimni rejalashtirmayman.
Zanjirni shu yerda to'xtatamiz va savolni o'zgartiramiz. Qanday?
Qanday ishimni rejalashtirsam bo'ladi?
Birinchi rejalashtirish muhimligini anglab olishim kerak. Keyin hayotini doimiy rejalashtirib yashay olganlardan maslahat olsam yoki to'g'ri rejalashtirish bo'yicha kitob o'qisam bo'ladi. Har kuni kunimni rejalashtirish uchun 15 daqiqa vaqt ajratishim mumkin.
Bu usulni amalda qo'llab ko'ring. Muammoni yozing. Kamida besh martagacha 'nimaga' savolini so'rashga harakat qiling. Oxirgi javobdan keyin 'qanday' savoliga o'ting.