Atrof belgilab bergan normalarni deb haqiqiy baxt nimaligini unutib qo'ymang.
U uyda yashashim uchun kuniga 10 soatlab ishda bo'lishim kerak bo'lsa, unday uy kerak emas.
Yosh o'tishi bilan ajin tushmagan silliq yuzim bo'lishi uchun ko'ngildan jilmayib kulmay yashashim kerak bo'lsa, yuzimda ajin bo'lgani yaxshi.

❤35
Qiyin bu "oson emas" deganidir, "imkonsiz" degani emas.
Agar buyuk ishlar oson bo'lganida hamma buni qila olgan bo'lardi, imkonsiz deb bilsangiz, bitta ham inson qila olmagan bo'lishi kerak edi.
Oyga borish imkonsiz edi, kimdir buni amalga oshirmagunicha. Bu ishga endi imkonsiz so'zini emas, qiyin so'zini ishlatamiz.
Bolaligimizda ko'p narsalarni bajara olishimizga ishonganmiz. Qiyin edi, lekin imkonsiz emas. Suzish, velosiped haydashga o'xshagan ishlarni bolalikda o'rganish osonroq, chunki u yoshda kuzatilishi mumkin bo'lgan xavflarni bilmaymiz.
Yoshi kattalarda esa qo'rquv ishonchni susaytirib qo'yadi. Qo'rquv va ishonchsizlik voz kechishga olib kelishi mumkin.
@things_simple

❤27
Nafs
"Sen kimsan?" deysanmi?
Kimligimni aytaymi?
Yarim kechasi, hali tong yorishmasdan, sen hali issiqina ko'rpangda yotganingda, azon ovozini eshitib, o'rningdan turmoqchi bo'lganingda "To'xta, yana biroz yotsang-chi, hali vaqt bor-ku!" degan ovoz esingdami?
Yo'lda bir tilanchini ko'rib, cho'ntagingni kavlab, boringni bermoqchi bo'lganingda "Hammasini berma, keyin o'zingga nima qoladi? Bular gadoylikni kasb qilib olgan, bermaslik kerak" deb, qo'lingni qaytargan, vijdoningga qarshi borgan - menman.
Har gunoh qilganingda nariroqda seni tomosha qilgan ham, qo'lingga Qur'on yoki boshqa foydali kitob tushsa, ko'zlaringga uyqu keltiradigan ham, uyquga yotganingda vijdoning ovozini o'chirgan ham, ko'zlaringga yosh emas, kulgu keltirgan, xayrli ish qilish o'rniga gunohni tavsiya qilgan ham menman...
©Men. Bas qil, ey nafs

❤41
Ikki do'st hikoyasi
Bir kuni ular janjallashib, biri ikkinchisiga shapaloq urdi. Ikkinchisi og'riqni his qildi, lekin hech narsa demay, qumga quyidagi iboralarni yozdi: "Bugun mening eng yaqin do'stim yuzimga shapaloq urdi".
Ular yurishda davom etishdi. Daryodan suzib o'tishayotganida, tarsaki olgan odam cho‘kib ketishiga sal qoldi, do‘sti esa uni qutqarib qoldi. U o'ziga kelganida, toshga shunday deb yozdi: "Bugun mening eng yaxshi do'stim hayotimni saqlab qoldi".
Tarsaki tushirgan va do‘stining hayotini saqlab qolgan kishi undan so‘radi:
Men sizni xafa qilganimda, siz qumga yozgan edingiz, endi esa toshga yozdingiz. Nimaga?
Do'st javob berdi:
Kimdir meni xafa qilsa, shamol uni o'chirishi uchun qumga yozaman. Ammo kimdir yaxshilik qilsa, uni hech qanday shamol o'chirib tashlamasligi, doim yodimda qolishi uchun uni toshga o'yib qo'yaman.
Shikoyatlarni qumga va quvonchlarni toshga yozishga odatlaning.

Hamma narsani bir vaqtda mukammal bajara olmaslik normal holat
O'zingizni hech narsaga ulgurmayotgandek his qilayotgan bo'lsangiz, haqiqiy muammo intizom yoki motivatsiya emas. Muammo vaqt va energiyani to'g'ri taqsimlashda.
Hamma narsani bir vaqtda uddalay olmasligingizni qabul qiling. Bir vaqtning o'zida oila, do'stlar, karyera, sog'liq, moliya va ta'limni mukammal qilishning iloji yo'q. Ba'zida nimadir qurbon qilinadi.
Qilishingiz kerak bo'lgan ishlarni 3 ta kategoriyaga ajratib oling.
1. Eng muhim - nima bo'lishidan qat'iy nazar qilishingiz shart bo'lgan ishlar (daromad, yetarli uyqu, oila, sog'liq)
2. Muhim lekin moslashadi - qilinishi kerak lekin moslashtirsa yoki keyinroqqa sursa bo'ladigan ishlar (kitob o'qish, kasbiy rivojlanish uchun kurs olish)
3. Vaqt topilsa, ixtiyoriy - qilinsa yaxshi bo'ladigan lekin shoshilinch bo'lmagan ishlar (yangi til, hunar, mahorat o'rganish, hobby)
Agar hammasini bittada qilishga harakat qilsangiz yoki hech biriga ulgurmasligingiz, yoki eng muhimlarida oqsab qolishingiz mumkin.

❤25
Foydali kontent tuzog'i
Faqat saviyali va foydali kontent yaratuvchilarni kuzatish maqsadga muvofiq. Lekin ortiqcha obunalar yoki bizga haqiqatan kerak bo‘lmaydigan "foydali" yo‘nalishdagi kontentlarga haddan tashqari ko‘p vaqt ajratishdan saqlanish kerak.
Kitob o'qiyapsiz degani siz uchun haqiqatdan foydali bo'lgan ishni qilyapsiz degani emas. Chunki kitoblar ham televizor va seriallar chiqishidan oldin ma'daniy xordiq uchun xizmat qilgan.
Kasbiy rivojlanish uchun bitta tilni o'rganishingiz kerak, va shu tilda video yoki kino ko'ryapsiz degani haqiqatdan tilni o'rganishga kirishganingizni ko'rsatmaydi. Shunchaki o'zingizni chalg'itayotgan yoki aldayotgan bo'lasiz.
YouTubedagi bilim ulashuvchi kontentni doimiy kuzatib borib, nimadir foydali ish qilayotganday his qilasiz. Lekin haddan tashqari ko'p obuna miyani keraksiz ma'lumotga to'ldirib tashlab asosiy maqsaddan uzoqlashtirishi mumkin.

❤34
Mas'uliyat
Mas'uliyatsizlik javobgarlikni his qilmaslikdanmas, inson badalini to'lashi kerak bo'lgan narsa u darajada og'riqli bo'lmaganidan kelib chiqadi.
Shuning uchun ham qo'rquv motivatsiyadan ko'ra kuchliroq turtki bo'lishi mumkin. Yaxshi hayotda yashashingiz mumkinligini tassavvur qilishdan ko'ra, hayotingizni rasvo o'tkazishingiz mumkinligini o'ylash sizni harakatlantirishi mumkin.
Yoki inson erishishni xohlagan narsasisiz yashay olishini his qilsa, o'z o'zidan mas'uliyatsiz kayfiyatda bo'ladi. Chunki u narsasiz hayotini tasavvur qila olmaganida, erishish yoki yo'qotmaslik uchun nimadir qilgan bo'lardi.
Qachondir qilishingiz kerak bo'lgan narsa yoki ishga nisbatan mas'uliyatni his qilmasangiz, o'zingizdan so'rab ko'ring, "Bu narsasiz ham aniq yashay olamanmi?"

❤24
Orzulardan voz kechish mumkinmi?
Savolning javobini o'zingizdan qidiring. Yoki 10 yildan keyingi o'zingizdan so'rab ko'ring. Chunki kelajakdagi siz hozirgi siz bilan bir xil fikrlamaydi.
Agar kelajakdagi siz hozirgi sizdan qilgan qarorlaringiz uchun nafratlanishi mumkin bo'lsa, har safar qaror qabul qilayotganingizda yoki nimadandir voz kechayotgangizda yaxshilab o'ylang, tahlil qiling. Balki noto'g'ri fikrlayotgan bo'lsangiz buni o'zgartira olarsiz.
O'zingizdan so'rang, "Mendanam yosh bo'lgan insonlar bir paytlar men xohlagan narsaga erishganini ko'rganimda, o'zimni hayotda nimagadir erishdim deb aldab yurganimni his qilib qolsam, o'zimdan nafratlanmaymanmi?"
Ba'zida siz ushaldi deb yurgan orzular, aslida o'z-o'zingizniki bo'lmaydi. Ularni jamiyat yoki ota-ona bosimi bilan orzu deb ongingizga singdirgan bo'lasiz.
Qalbingizning tubidagi orzular bilan tashqi bosim belgilab bergan orzularni ajratish uchun o'zingizdan so'rang, "Agar hech kimning men bilan ishi bo'lmasa, men nima bilan shug'ullangan bo'lardim?", “Agar men bu orzuni amalga oshirmasam, kimning hafsalasi pir bo'ladi? Menimi yoki boshqalar?”

❤22
Mukammal bo'lishi shart emas, muhimi hozir qiling.
Qilinishi kerak bo'lgan ishlarni doimiy keyinga surish (Procrastination), mukammal qilishga bo'lgan xohishdan (Perfectionism) kelib chiqadi.
Hamma narsani mukammal bajarishni xohlovchilar ularda ishni hech qanday kamchiliksiz bajarish rejasi bo'lmagunicha ishini boshlay olishmaydi. Va ular - noiloj qolganida, berilgan muddat tugashiga bir soat qolganda, kimdir qilinmaganidan jaxli chiqishi mumkin bo'lganidagina keyinga surishni to'xtatib bajarishga kirishishi mumkin.
Davomiy keyinga surmasdan ishni qanday boshlash mumkin? "Keyin qilaman" kayfiyatingiz bilan sabringizni sinashingiz kerak. Ya'ni 5 minut davomida umuman hech narsa qilmasligingiz va keyin qilaman degan o'y bilan yolg'iz qolishingiz kerak.
Deylik, prezentatsiya tayyorlashingiz, maqola yozishingiz yoki qaysidir siz keyinga surib yurgan bitta ishni bajarishingiz kerak. Shunchaki 5 minut jismonan va aqlan boshqa ish bilan mashg'ul bo'lmay "keyinroq qilishingiz" haqida o'ylab o'tirsangiz, bu his sizni boshqarishdan to'xtaydi va ishingizni bajarishni boshlay olasiz.

54321 texnikasi
Miyani xavotir, bezovtalik va tashvishlardan chalg'itib diqqatni hozirgi lahzaga qaytarishga yordam beradigan usul. Insondagi 5 ta sezgidan foydalangan holda, xotirjamlikni his qildirishga yordam beradi.
5 — Siz atrofingizda ko'ryotgan 5 ta narsani sanang. Masalan, parda, do'ska, kompyuter, oyna va shkaf.
4 — Siz tana bilan tegoladigan 4 ta buyum yoki narsani sanang. Masalan, telefon, kiyim, soch, va stakan.
3 — Siz eshitayotgan 3 ta narsani sanang. Masalan, shamol, mashina shovqini va nafas olish tovushi.
2 — Siz hidlay oladigan, yoki hidi taralib turgan 2 ta narsani sanang. Masalan, atir va ovqatning hidi.
1 — Siz og'zingizda sezayotgan 1 ta ta'mni ayting(e'tibor bering). Masalan, olma.
Demak, ko'rish, tana sezgisi, eshitish, hid va ta'm bilish sezgilari bilan mashq qilib miyani muammolardan chalg'ita olasiz.

❤21
Forwarded from Shaha Dolimov
Kitob ko’p o’qiyman chunki:
-Insonlar bilan uzoq va mazmunli suhbatlar qurgim keladi.
- Farzandlarimga qiziqarli narsalar o’rgatgim keladi.
- O’rganganlarimni boshqalar bilan ulashgim keladi
Sport bilan doimiy shug’ullanaman chunki:
- Nevaralarim bilan “ot-ot” o’ynagim keladi
- Ayolim bilan qariganimizda charchamasdan dunyo kezgim keladi.
- Ota-onam yordamga muxtoj payt, yelkamda bemalol ko’targim keladi
-U menga sog’lom tanani omonat qilib bergan va omonatga xiyonat qilmasdan qaytargim keladi.
Tadbirkorlik qilaman, chunki:
- Jamiyatdagi qandaydir muammoni yechgim keladi
- Ishsizlik darajasini kamaytirgim keladi
- Kuchli shogirdlar chiqargim keladi
Do’stim, nima qilishni bilishdan ko’ra nimaga qilayotganingizni bilish zavq bag’ishlaydi.
@shahadolimov

❤30
Ustoz va virtual o'yinlar jangi
O'ylayman, nega o'yin sanoati shu darada rivojlandi-yu, maktablar ortda qolib ketdi? O'quvchilarga qo'yib bersangiz — bir umr telefon o'ynasa. Bu o'lgur telefonni shayton chiqargan deb, vaziyatga oson yechim topamiz. Ammo bizga oddiy ko'ringan virtual o'yinlar ortida — katta ilm yotadi.
Keling bugungi kunda maktablarimizda mavjud bo'lmagan, ammo video-o'yin sanoati foydalanadigan 5 uslubni ko'rib chiqamiz:
1. Video-o'yinda aniq maqsad bor.
Bolalar nima vazifa bajarishni, qayerdannima qilish kerakligini, vazifani a'lo darajada bajarsa uni qanday mukofot kutib turgani aniq biladi.
2. Qiyin ham emas, oson ham.
Virtual o'yinlar shunday mohirlik bilan tuziladiki: bolani kayfiyatinu cho'ktiradigan — qiyin ham, uni zeriktiradigan — oson ham emas.
3. O'yinlarda bolaning har bir harakati uchun shu zahotiyoq aniq izoh beriladi.
Uyinchi yaxshi harakat qilsa unga darrov imtiyoz, aksincha, sekinlashsa — sustlashgani ko'rsatib turiladi.
4. Xatolar jazolanmaydi.
Bolalar million martalab mag'lub bo'lsada, yana o'yin o'ynashni istashini ko'rib hayratlanasiz.
Sababi — o'yinning ichki muhiti xatoni normal qabul qilishga o'rgatadi. Ishtirokchi o'yinda o'ldimi — darrov yangi jon beriladi, bola tahqirlanmaydi, hammani oldida yerga urilmaydi..
Xatolar -> yangi imkoniyatga -> imkoniyatlar ko'proq harakatga -> harakatlar esa g'alabaga sababchi bo'ladi. G'alaba -> mukofotga -> mukofot qiziqishga -> qiziqish esa qaramlikka olib boradi.
5. Mustaqillik
Video o'yinlar bolaning mustaqil chiqargan qarorlarini qo'llab quvvatlaydi. Bola o'zini erkin his qiladi. Oilada, maktabda ko'rmagan izzat-ikromini virtual olamdan oladi.
Bu xiylalar — bolani "Flow" holatiga tushiradi, diqqatni shu darajada tortadiki — bola dunyodan uzilib, o'yin ichiga kirib ketadi.
Xulosa
Telefon o'lgur yoshlarni buzyapti emas - biz o'qituvchilar o'yin yaratuvchi muhandislardan ortda qolib ketdik.
©Mohir Mirzaxmedov

❤28
Uxlash qiyin bo'lganida yoki sifatli uyqu uchun nima qilish kerak?
1. Uxlash vaqtiga yaqin paytda ovqatlanmang.
Hazm qilish qiyinlashadi va uyqu samaradorligini yomonlashtiradi.
2. Achchiq narsalar yemang.
Achchiq narsa yeganda, tana harorati ko'tariladi.
3. Telefon, televizor, kompyuterlardan uzoq turing.
Ekranga ko'p qarash, undagi yorug'lik natijasida miyaga uyqu payti hali kelmaganini ifodalaydi, ya'ni yorug'lik haliyam kunduz kuni ekanidan darak beradi.
4. Tarkibida koffeyin bo'lgan mahsulotlarni iste'mol qilmang.
Koffeyin organizmni energiya ishlab chiqarishga undaydi. Miya charchoqni his qilmay, uhlash qiyinlashishi mumkin.
5. Kechqurun telefoningizni tungi rejimga o'tkazing.
Ekrandan chiqqan nur hali qorong'u tushmagani belgisidir. Shuning uchun ekranni qoraytirib qo'yish undan kamroq nur chiqishini ta'minlaydi.
6. Xona haroratini pasaytiring, salqinroq qiling.
Nisbatan salqinroq xonada uhlash uyquni normallashtirishi aniqlangan.
7. Xonada kunduz kuni yorug'lik nurlari ko'p bo'lsin, kechqurun kam.
Kunduzi ko'z yorug'likka to'yib kechasi qorong'u tushgandan keyin miya o'zini uyquga tayyorlaydi.
8. Oyog'ingizni iliqroq qo'ying.
Uyqu oldidan oyoqlarni iliq saqlash miyaga uyqu payti kelganligini signal qilishi aniqlangan. Sovuq oyoq esa qon aylanishini susaytirishi mumkin.

Bir inson bir insonni qachon yomon ko'radi?
1. Bir odam sizga foyda keltirmayotgan bo'lsa, siz uni yoqtirmasligingiz mumkin.
2. Siz noto'g'ri deb bilayotgan ishni u to'g'ri deb aytsa, yomon ko'rishingiz mumkin.
3. Siz qila olmayotgan ishlarni u qilyotgan bo'lsa, yomon ko'rishingiz mumkin.
4. Siz qilinmasligini xohlaydigan, qilish xato deb biladigan ishlarni, u qilsa yomon ko'rishingiz mumkin.
Sizga kimdir yoqmayotgan bo'lsa, yoki sizni kimdir yoqtirmayotgan bo'lsa, bu inson tabiatida bor bo'lgan holat. Yuqoridagi sabablarga ko'ra bo'lishi ham mumkin.
Yomon ko'rilish tabiiy. Hammaga birdek yoqish imkonsiz. Hayotingiz va ruhiy salomatlingiz o'z nazoratingizda, boshqalarning xohishlarida emas.

Nimadir his qilayotgan bo'lsangiz, ular ham shunday o'ylayotgandir deng.
Odamlar sizga biror narsa qilishsa,
men ham kimgadir shunday qilgandirman deng.
Siz ham boshqalar kabi, boshqalar ham siz kabi inson ekanligingizni o'zingizga eslatib turing.
Bir og'iz uzr so'rashga g'ururingiz yo'l qo'ymay qiynalsangiz, ularda ham shunday bo'layotgandir deb o'ylang.
Rahmat aytib qo'yolmaganizga xijolat bo'lsangiz, boshqasi sizga rahmat aytmaganida ularda ham shu takrorlangandir deng.
Ayblaringizni ha deb aytaverishsa, o'zingizni ham isloh qilib ko'ring, balki siz ham bilmagan holda ko'p ayb qidirib qo'yayotgandirsiz.
Har doim yaxshi gumonda bo'ling. Dalilingiz bo'lmasa shubhalar girdobiga sho'ng'imang. Pichoqni og'ritish og'ritmasligini har doim o'zingizda tekshirib ko'ring.

❤32
Bir ish boshlash uchun hech qachon eng qulay vaqt kelmaydi.
Har doim juda yoshlik qilasiz, yoki juda yoshi kattalik, o'ta bandsiz, o'ta kambag'al. Bahona har doim topiladi.
- Hozir yugurishga chiqmasangiz, keyin ham bu ishni qilmaysiz.
- Hozir til o'rganolmasangiz, keyin ham o'rganishingiz qiyin bo'ladi.
- Hozir erta turolmasangiz, keyin ham kech turaverasiz.
- Hozir shirinliklardan uzoqlashmasangiz, keyin ham uzoqlasholmaysiz.
- Hozir 10 bet kitob o'qib qo'yolmasangiz, keyin 5 bet kitob o'qish ham qiyin bo'ladi.
Hozirgi siz qilolmayotgan ishlarni kelajakdagi siz qila olishiga sizni nima ishontiryapti? Balki aldayotgandir.
Har safar nimadir 'sabab' bilan biror ishni keyinga surmoqchi bo'lganingizda o'zingizdan so'rang, 'Hozir berayotgan sababimni keyin ham 'sabab' qilib keltirmasligimga kafolat bormi?'.
Buni teskarisini ham odamlarni yoki o'zingizni tahlil qilyotganda ko'rishingiz mumkin. Shu paytgacha qilib kelgan, hozir ham qilayotgan ishini inson keyin qilmay qo'yishiga kim kafolat beradi?
Yomon odatini shu paytgacha tashlay olmagan, yaxshi amalni shu paytgacha boshlay olmagan, keyin ham shu holatida davom etadi. Bu postni o'qigunicha)

❤31
Intelektning 9 turi
1. Raqamli intelekt
Bunday intelektga ega insonlar hamma narsaga raqamlar orqali yondashadi. Hamma narsa ular uchun burchaklar, formulalar, sonlar, sanalar, statistikalar. Ular jumboqlar, boshqotirmalar, krosvordlar bilan ishlashni yaxshi ko'radi. Masalaning javobini topish ularga qanchalik qiziq bo'lsa, muammolarga yechim topshishga ham ular shunchalik ishtiyoq bilan kirishib ketadi.
2. Musiqiy intelekt
Ular musiqa asbobini olib tabiiy ravishda qanday chalishni o'rganishga tushib ketishi mumkin. Eshitayotgan musiqani ritmi, ohangini chuqur his qila oladi. Qo'shiq matnini tez esda saqlab qolishi va ohanga oson moslashib kuylashi mumkin. Boshqalarga qaraganda musiqaga ko'proq ta'sirchan bo'lishadi.
3. Joylashuvga oid intelekt
Bir uyni noldan boshlab dizayn tanlab bezab chiq, deyishsa hamma ham buni xohlamaydi. Lekin shunday odamlar borki, buni o'z o'zidan bajarib qo'yadi va jarayondan mazza qiladi. Bu yerda bu rangdagi soat turishi kerak, u yerga kreslo qo'yish kerak va h.k kabi fikrlar miyasida tabiiy ravishda aylanadi. Kreativ fikrlaydi, nimadir yangilik yaratishga, uyg'unlik kiritishga harakat qiladi. Miyasida xonadagi buyimlarni harakatga keltira oladi, xaritani ham ancha yaxshi tushunishadi.
4. Linguistik intelekt
Bu intelekt egalari yozish qobilyati kuchli, gapirayotganda qanday vaziyatga qaysi so'zlar aynan nutqqa tusha olishini yaxshi biladi. Bunday insonlarning yozma va og'zaki nutqini o'qigan, tinglagan odam berilayotgan fikrni bittada tushunib oladi. Yangi til o'rganish ham ular uchun zavqli jarayon bo'la oladi.
5. Kinesetik intelekt
Ya'ni, ta'nani va muskullarni qanday harakatlantirish va bir holatda ushlab turishga aloqador bo'lgan. Bunday intelekt sohiblari raqsga tushganida, yurganida, sport kabilarni bajarganida tabiiy ravishda qoyilmaqom chiqadi. Masalan, kinesetik intelekti yo'q inson 2 yilda o'rgangan tana harakatini, bu intlelektga ega bo'lgan inson 2-3 urinishda ajoyib o'xshata olishi mumkin.
6. Intrapersonal intelekt
Hissiyotlarga, ichki sezgilarga bog'liqlik. Bunday intelektga ega insonlar yolg'izdek tuyiladi. Lekin ular uchun hayoti o'zi bilan go'zal. Ularning atrofida odamlar bo'lishi shart emas. O'zlari o'z muammolarini hal qila oladi. Ularni eng yaxshi tushuna oladigan inson ham ularning o'zi.
7. Ijtimoiy intelekt
Ya'ni interpersonal intelekt. Ular ko'p do'st orttirishga, odamlar bilan oson kelishib ketishga moyil. Odamlarni bir jamoa qilib to'play oladi. Ular samimiy bo'lishadi va boshqalar ichki emotsiyalarini oson o'qiy olishi mumkin, mojarolarni oldini olish, tez to'xtatish qobiliyatiga ega. Ulardan yaxshi lider, o'qituvch yoki savdo sohasidagi mutaxassis chiqishi mumkin.
8. Naturalistik intelekt
Ya'ni, tabiatshunos. Atrof-muhitni borini boricha yaxshi ko'radi va energiya oladi. Quyosh, bulut, mushuk, kuchuk, qush, daryo, sohil, baliq, maysa, yomg'ir, shamol bularning barchasi naturalistik intelekt egasi uchun sevimli narsalar bo'la oladi. Bu intelekt sizda bo'lsa, sayohat qilish, ovchilik yoki fermerlikni siz uchun yoqimli hobby yoki kasb bo'lishi mumkin.
9. Borliq intelekti
Bir so'z bilan aytganda falsafa... O'y-xayolida chuqur ma'noga ega savollar ayalanadi: insoniyat nimaga mavjud, tiriklik nima kabi. Faylasuf Aristokrat, Platonlarning qarashlarini o'rganadi va h.k. Bu intelekt egalaridan ajoyib tanqidiy fikrlovchilar chiqadi.
Bu 9 ta intelekt hamma insonda bor, lekin har biri har xil darajada bo'ladi. Shuning uchun ham odamlar turli xil qobiliyatlari bilan bir biridan ajralib turadi. Va bu intelektlar qotib qolgan emas, muntazam shug'ullanish orqali rivojlantirish mumkin.

Hozir hamma shunday qilyapti.
Toʻrt yil oʻqib sohangizdan baloniyam oʻrganmadingizmi? Qoʻlingizdan hech bir tayin ish kelmaydimi? Unda uch-toʻrt oyda turk tilini yarim-yumaloq oʻrganing-da, oʻzingizdan-da battar oʻquvchilarni tayyorlash uchun turk tilidan kurs oʻting. Hozir hamma shunday qilyapti.
Kitob doʻkoni yoki nashriyot ochmoqchisizu, sara va sariq adabiyotning farqiga bormaysizmi? Unda oʻzingizni din va millat jonkuyariday koʻrsating, tez orada bunga odamlar ishonadi, oʻzingiz ham ishonib qolasiz va ishlaringiz yurishib ketadi. Hozir hamma shunday qilyapti.
Universitetda oʻqiyapsiz, shu yerda ishlab qolmoqchisizu, ilmiy salohiyatingiz yoʻqmi? Unda doim formada keling, tartib-qoidalarga rioya qiling, tadbirlarda qatnashing va eng muhimi biror soʻzi oʻtkir ustozning etagidan mahkam ushlang, shunda albatta olim boʻlasiz. Hozir hamma shunday qilyapti.
Boshqasi bilan yurib-yurib, boshqasiga tegib yoki uylanib keting. Hozir hamma shunday qilyapti.
Koʻchada hech kimga gapingiz oʻtmaydimi? Unda uydagi xotiningizga zugʻum qiling. Hozir hamma shunday qilyapti.
Biror tanishingiz kanalingizdan chiqsa, siz ham unikidan chiqing. Hozir hamma shunday qilyapti.
Istoriyalarini koʻrayotganingizni koʻrib qolmasligi uchun yigirma toʻrt soatdan keyin koʻring. Hozir hamma shunday qilyapti.
Yigirma toʻrt soatdan keyin istoriyalaringizni kimlar koʻrayotganini koʻrish uchungina falon pul toʻlab premium oling. Hozir hamma shunday qilyapti.
Irodasizligingiz va ahmoqligingiz tufayli baxtli hayotni qoʻldan chiqargach telegram biosiga "Baxtlilar faqat jannatdadir" deb yozib qoʻying. Hozir hamma shunday qilyapti.
©️@salimov_blogi

❤37
Teskari haqiqatlar
1. Qalbingda pulga muhabbat pasaygani sari — pul senga ko‘proq muhabbat qo‘yishni boshlaydi.
2. Oson hayot istaganing sari — qiyinchilikka tushasan.
3. Shariat qonun-qoidalarini o‘rganganing sari — hayoting og‘irlashmaydi, aksincha, yengillashib boraveradi.
4. O‘zingni kamtar tutganing sari — haybating oshib boraveradi.
5. Allohdan qo‘rqqaning sari — unga yaqinlashib ketaverasan.
6. Ehson qilganing sari — puling ko‘payadi.
7. Ilmingni ulashganing sari — ilming ortadi.
8. O‘z ayblaringni tan olganing sari — o‘zingga bo‘lgan ishonch ortib boraveradi.
9. Jangga tayyorlanganing sari — tinch yashashni boshlaysan.
10. O‘zingda ixlosni ko‘rganing sari — munofiqalashasan.
11. Odamlarga yoqmoqchi bo‘lganing sari — ular oldida haybating tushadi.
12. «Yo‘q» deyishni ko‘paytirganing sari — senga takliflar ortadi.
13. O‘zingga qattiqqo‘l bo‘lganing sari — hayot senga yumshoq muomalada bo‘ladi.
14. Farzandim qiynalmasin deganing sari — hayotda qiynaladi.
Manba: @ustoz_kundaligi

Imperator Farmonbibi II
Bola 4 yoshda — «Savol so‘rab boshimni og‘ritma.»
Bola 5 yoshda — «Mehmonlar oldida og‘zingni yumib o‘tir.»
Bola 6 yoshda — «Kattalar oldida gapirma.»
Bola maktabga chiqdi — «Ovozingni o‘chirib o‘tir. Shovqin qilma.»
Bola 7-sinf — «Ustozingni aytgani aytgan, degani degan. G‘alati fikrlaring bilan ularga qarshi chiqma.»
Bola 8-sinf — «Sen kiyim tanlashni bilmaysan, biz tanlab beramiz.»
Bola 9-sinf — «Yo‘lda adashib yurasan, dadang olib borib, olib keladi.»
Bola 10-sinf — «Sen matematika, ingliz tili o‘qiysan. Hozir shu “moda”.»
Bola 11-sinf — «Qayerga topshirishingni biz hal qilamiz. Sen soha tanlashni bilmaysan.»
Bola universitetda — «Amaking aytdi, kompyuterni o‘rganasan.»
“Bola” uylanish arafasida — «Erkak kishi qiz bolani farqiga qayoqdan boradi, xolang bilan kelinni o‘zimiz topamiz.»
“Bola” to‘yi belgilandi — «To‘yni qanday qilishni bizga qo‘yib ber, sen aralashma, uylanib ko‘rmagan bo‘lsang.»
“Bola” to‘yidan keyin — «Sen er-xotin pullaringni chirtin-pirtin qilib tashlaysan. Oyliklaringni menga berasanlar, men hal qilaman nima qilishni.»
“Bola” bolalik bo‘ldi — «Rasm-rusumni xotinlarga qo‘yib ber, sen hotiningni tug‘ruqxonadan olib chiq faqat.»
“Bola”ning bolasi katta bo‘lyapti — «Er-xotin hali o‘zlaring bolasizlar. Farzand tarbiyasi bilan men shug‘ullanaman.»
Endi esa ona bolasiga qarab:
«Sen tengilar o‘z bizneslarini qilishyapti.
Nimaga sen shu yoshga chiqib, bitta ishni mustaqil eplay olmaysan?» …
Muallif: Mohir Mirzaxmedov

Tanish narsalarga moyillik prinsipi
Familiarity principle/mere exposure effect psixologik tushuncha bo’lib, odamlar ular oldindan ko’rgan narsalariga ustunlik berishga moyilligidir.
Bu effekt 1960-yillarda psixolog Robert Zayons tomonidan ilmiy o‘rganilgan. U inson biror yuz, so‘z, ovoz yoki shaklni bir necha marta ko‘rsa, uni yoqtirishi ehtimoli hatto ko‘rish juda qisqa davom etsa ham oshishini aniqladi.
Biror narsani takror-takror ko‘rganimizda, miya uni tanib olishga kamroq kuch sarflaydi. Bu esa uni “xavfsiz”, “qulay” yoki “yoqimli” deb belgilaydi.
Evolyutsion psixologiyaga ko‘ra, tanish narsalar ko‘pincha xavfsiz bo‘lgan — shuning uchun bizning miyamiz ularga avtomatik ravishda moyil bo‘ladi.
Hayotiy misollar:
1. Ismlar va odamlar
Siz oldindan bilgan odamlarning ismi bilan bir xil bo’lgan odamlarni uchratganingizda, notanish ismli insondan ko’ra qulayroq his qilishingiz mumkin.
2. Musiqa yoki ovqat
Ba’zi qo’shiqlar yoki taomlar boshida sizga yoqmasligi mumkin. Lekin bir necha marta eshitib yoki ta’tib ko’rganingizdan keyin yoqib qoladi.
3. Reklama
Brendlar logotip, shior yoki ohangni qayta-qayta takrorlaydi, chunki takrorlash bu yoqtirish. Siz hatto sezmasdan o‘sha mahsulotga ishonch bildirishingiz yoki xarid qilishingiz mumkin.
Bu effektdan nimadir o’rganganda, bola tarbiyasida yoki biznesda foydalanish mumkin.