therealniyozov
844 subscribers
38 photos
15 videos
4 files
31 links
Javohir Niyozov

Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy mavzularda o‘z qarashlarim va fikrlarimni berib boraman.

Aloqa uchun: @FabriziouzbBot

©️ Kanaldan ma‘lumot olganda manbani keltirib o‘tishingizni so‘raymiz.
Download Telegram
Nofalsafiy brat ertaga boshlanadigan Yevroni yutish uchun favoritlar beshligini yozibdi. Estafeta tayoqchasi menda, o‘z taxminlarim bilan davom ettiraman:

1. Fransiya
2. Ispaniya
3. Angliya
4. Xorvatiya
5. Portugaliya (muxlislik qilaman)

Turnir syurprizi: Turkiya
Omadsizi: Germaniya

Sizlar ham shu komment ostiga taxminlaringizni qoldirishingiz mumkin:

@therealniyozov
Reklom. Topshiringlar)

@therealniyozov
Bugun Putin katta bayonotlar bilan chiqibdi. Shvetsariyada Zelenskiy taklifi bilan bo‘lib o‘tadigan sammitdan bir kun oldin. Bu orqali Kreml sammitning asosiy mavzusi Zelenskiy ishlab chiqqan "tinchlik formulasi" emas, balki uning formulasi atrofida bo‘lishini xohlamoqda.

Shuningdek, bu bayonot urushning mashhurligining pasayishi va aholining ortib borayotgan charchoqlari tufayli zarur edi. Putin qon to‘kishdan zavqlanadigan jinni emasligini, urushni har daqiqa tugatishga tayyorligini ko‘rsatishi kerak edi. Ammo, u taklif qilayotgan tinchlik formulasi shartlari aqlga sig‘maydi.

Kulgili shartlardan biri urush boshlanganidan beri urushning mafkuraviy asosi sifatida ko‘rib kelingan Ukrainani NATOga a‘zo bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik bandi. Urush boshlanganidan keyin uzoq muddat nisbatan neytral pozitsiyani egallab kelgan Skandinaviya mamlakatlari to‘liq G‘arb tomonga o‘tdi, Finlandiya va Shvetsiya hatto NATO a‘zosiga aylandi. Ya‘ni, Ukrainaga hujum orqali Rossiyaga chegara boshqa davlatlarning NATOga a‘zo bo‘lgani shuni anglatadiki, Putinning Ukrainaga qarshi urushi to‘liq imperialistik bo‘lgani, Ukrainaning NATOga a‘zo bo‘lish xavfi uni kuyintirgani shunchaki bahona ekanligini ayon qiladi va buni o‘z bayonoti orqali yana bir bor eslatishi esa kulgili.

Ukraina qo‘shinlarini Donesk, Lugansk, Zaparojye, Xerson hududlaridan olib chiqishi kerak ekan va Qrim ham qo‘shilgan holda yuqoridagi hududlar Rossiya hududi sifatida xaritalarga tushirilishi kerak ekan. Zaparojyeni hali ruslar ololmagan, Xersondan esa chiqarib yuborilgan. Lekin, bu hududlar ham da‘vo qilinyapti. Putin, shuningdek, 2022-yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan avvalgi muzokaralarda Ukraina hududi orqali Qrimga quruqlikdan kirish evaziga Xerson va Zaporojye viloyatlaridan qo‘shinlarni olib chiqishga tayyorligini aytganligi haqida gapirdi. Ammo o‘shanda Ukraina, uning versiyasiga ko'ra, bu taklifni rad etgan. Endi Moskva bu hududlarni o'zi uchun talab qilmoqda ekan.

Putin nutqining ikkinchi qismida rusiyzabon ukrainaliklar xavfsizligi to‘g‘risida gapirdi. Ukraina degan xalq yo‘q, u rus xalqining bir qismi degan propagandasiga qarshi emasmi?

Putinning oxirgi gaplaridan biri haqiqiy avtokratcha gap bo‘ldi. Unga ko‘ra, Putin "Yevrosiyo xavfsizligining ajralmas tizimini" yaratish zarurligini ta'kidlamoqda. Yevropaga undan kattaroq xavf bo‘lmasa kerak. Shu bilan birga, Rossiya rahbari o'z taklifini har qanday ma'nodan mahrum qiladigan asosiy omilni e'tiborsiz qoldirmoqda. U hamma davlatlar bir xil, demokratiya va avtokratiyalar o‘rtasida hech qanday farq yo‘q, deb ko‘rsatmoqda. Ammo, muammo shundaki, demokratiyalar avtokratiyalardan himoyaga muhtoj, shunday ekan Putin Rossiyasi bilan bunday tizimni yaratish hech qanday ma'noga ega emas.

Putinning bayonotidagi muammo u sulh uchun imkonsiz shartlarni ishlab chiqqanida emas, balki ularni shakllantirganida. Endi ulardan har qanday chekinish nisbiy mag'lubiyatdir. Putin esa tabiiyki bunday mag‘lubiyatni xohlamaydi, oxirigacha boradi. Bu esa...

@therealniyozov
Umid tugagan joyda mo‘jizalar sodir bo‘ladi.

© Dostoyevskiy x @therealniyozov
Hayit bayramingiz muborak bo‘lsin!

@therealniyozov
Butun umrini bo‘ydoqlikda o‘tkazgan va umuman farzand ko‘rmagan, mashhur yozuvchi Frans Kafka bir kuni Berlindagi bog‘dan o‘tib ketayotib, sevimli qo‘g‘irchog‘ini yo‘qotib qo‘yib yig‘layotgan qizni uchratib qoladi. Qizcha va Kafka qo'g'irchoqni izlashga tushib ketishadi.

Kafka qizchaga ertaga shu yerda bo‘lishini va yana qo‘g‘irchoqni qidirish uchun qaytib kelishini aytdi. Qizchaga ham kelishini tayinladi.

Ertasi kuni ham qo‘g‘irchoqni topa olishmagach, Kafka qizga qo‘g‘irchoq “yozgan” maktubni berdi. Unda shunday yozilgandi: “Iltimos yig‘lamang. Men dunyoni ko‘rish uchun sayohatga chiqdim. Sizga o‘z sarguzashtlarim haqida yozaman..."

Shunday qilib, Kafka hayotining oxirigacha davom etgan hikoya boshlandi.

Uchrashuvlarda Kafka qo'g'irchoqning sarguzashtlari haqidagi hikoyalar yozilgan maktublarni qizga o‘qib berar, bu qizga juda yoqardi.

Nihoyat, Kafka Berlinga qaytib kelgan qo'g'irchoqni (aslida, u boshqa qo‘g‘irchoq sotib olgan edi) qizchaga qaytarib olib keldi.

– Bu mening qo‘g‘irchog‘imga umuman o‘xshamaydi, – dedi qiz.

Kafka unga qo'g'irchoq yozgan yana bir maktubni uzatdi: "Mening sayohatlarim meni o'zgartirdi". Qizcha yangi qo‘g‘irchoqni quchoqlab, quvonchi o‘ziga sig‘may uni o‘zi bilan uyiga olib ketdi.

Bir yildan keyin Kafka vafot etdi.

Ko'p yillar o'tgach, endi voyaga yetgan qiz qo'g'irchoqning ichidan xat topdi. Kafka yozgan kichik maktubda shunday yozilgan edi:

"Siz sevgan hamma narsa yo'qoladi, lekin oxir-oqibat sevgi boshqa yo'l bilan qaytadi".

@therealniyozov
Bolgariya malikasi.

@therealniyozov
Putin Shimoliy Koreyada. Kim Chen-In va Shimoliy Koreya Putinni iliq kutib oldi. Chunki, ikkala davlatda ham o‘xshash tomonlar bor. Albatta, Putinning bu tashrifdan ko‘zlagan maqsadi bor. O‘z navbatida Kimning ham.

Putinning uchrashuvdan ko‘zlagan asosiy maqsadi aniq, to‘liq harbiylashtirilgan totalitar davlatdan nima so‘rash mumkin? Albatta, snaryadlar va strategik hamkorlik. Snaryadlarning katta ulushi Ukraina Qurolli Kuchlariga va Ukraina yerlariga shuncha katta ziyon degani. Albatta, Putin buni ham o‘ylab qo‘ygan. Katta miqdordagi ziyonni juda arzonga ta‘mirlash mumkin, deyarli tekinga. Ya‘ni urushda Rossiya tomonidan okkupatsiya qilingan hududlar shimoliy koreyalik ishchilar tomonidan ta‘mirlanadi. Bu davlatda ishchi kuchi Rossiyadagi an‘anaviy markaziy osiyolik ishchilardan ham arzon. Shunday qilib, Rossiya Shimoliy Koreyadan sotib olgan snaryadlari evaziga vayron bo‘lgan hududlarni aynan shu mamlakatdan keladigan ishchilar oqimi bilan tuzatmoqchi.

Shimoliy Koreya nima yutadi? Shimoliy Koreyaga nisbatan BMT Xavfsizlik Kengashining (Rossiya ham qabul qilgan vaqtida bunday sanksiyalarni) katta halokatli sanksiyalari bor. Rossiya bilan shu sanksiyalardan ba‘zilariga chap berishga harakat qilmoqda. Shulardan biri yuqorida aytganimizdek, ishchilarni chet davlatlarga yuborish. Shimoliy Koreya ishchilariga chet elda ishlashiga sanksiyalar mavjud. Rossiya esa aksincha, buni Shimoliy Koreyadan so‘ramoqda. Albatta, bundan ikki tomon ham birdek yutadi.

Shuningdek, aksariyat totalitar davlatlarda mavjud bo‘lgan halokatli belgilardan biri o‘zining qaysidir bosqichida o‘zini-o‘zi oziq-ovqat bilan ta‘minlay olmay qolishi, Shimoliy Koreyani ham chetlab o‘tgani yo‘q. 1990-yillardan buyon Shimoliy Koreya oziq-ovqat taqchilligi bilan yuzlashgan. Rossiyaga snaryadlar berish orqali evaziga oziq-ovqat olishdan umid qilmoqda. Oxiriga kelib, o‘zini-o‘zi oziq-ovqat resurslari bilan ta‘minlay olmay inqirozga uchragan va tarqalib ketgan SSSRning o‘zi tan olmasa ham davomchisi bo‘lgan Rossiya esa bu jabhada ulkan resurslarga ega.

O‘ylaymanki, ikkala davlat o‘rtasida muzokaralar silliq o‘tadi.

@therealniyozov
therealniyozov
Putin Shimoliy Koreyada. Kim Chen-In va Shimoliy Koreya Putinni iliq kutib oldi. Chunki, ikkala davlatda ham o‘xshash tomonlar bor. Albatta, Putinning bu tashrifdan ko‘zlagan maqsadi bor. O‘z navbatida Kimning ham. Putinning uchrashuvdan ko‘zlagan asosiy…
Putin Pxenyanga tashrifi oldidan Shimoliy Koreya bilan “hamma narsani qamrab oluvchi strategik sheriklik” toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Rossiyalik propagandachilarning aytishicha, bu Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya uchun jang qilishini anglatadi, ammo ikki o‘rtada bunday kontekstdagi gap oxirgi marta Putin va Kim Chen In 2023-yil sentabrida Vladivostokda uchrashganida ham aytilgan edi.

Putinning Shimoliy Koreyaga kelishi bilan aytgan dastlabki gaplari koreyslarning iqtisodiyoti “katta” iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishganini ta’kidlash bo‘ldi:

“KXDR ulkan natijalarga, mamlakatning texnologik, ilmiy va sanoat qudratini mustahkamlashda haqiqiy yutuqlarga erishmoqda”.

Taqqoslash uchun, aholi jon boshiga YIM:

Shimoliy Koreya 1700 dollar;
Janubiy Koreya 35 000 dollar.

Farqi 20 marta. Bu erkin iqtisodiyotdagi erkin odamlar bilan totalitar diktaturadagi odamlar o'rtasidagi farq.

Putin Shimoliy Koreyaga birinchi va oxirgi marta 2000-yilda tashrif buyurgan edi. Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir o‘sha paytda Shimoliy Koreya rahbari edi.

Putinga qadar SSSR yoki Rossiya rahbarlarining hech biri Shimoliy Koreya tashkil etilganidan beri unga tashrif buyurmagan.

Stalin, Xrushchev, Brejnev, Andropov, Chernenko, Gorbachyov, Yelsin, bulardan hech qaysi biri Sovet Ittifoqi tomonidan yaratilgan mamlakatga tashrif buyurishni zarur deb hisoblamagan.

Putinning hikoyasi tarix darsliklarida boshida orzu qilgan hamma narsaga ega bo'lish va keyinchalik uni butunlay yakson qilish haqida klassik misol bo'lib qoladi.

@therealniyozov
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi BMT Bosh Assambleyasi orqali “neokolonializm”ga qarshi kurash bo'yicha rezolyutsiyani ilgari surmoqchi. Go‘yo Gitler natsizmga qarshi rezolyutsiyani ilgari surayotgandek. Chunki Putin postsovet hududida, ayniqsa Ukrainaga nisbatan, aynan mana shu neokolonializmni davom ettirmoqda.

Rossiyaning Afrikada qilayotgan ishlari: mahalliy hukmdorlarni sotib olish va ularning mulkidagi tabiiy resurslardan foydalanish — aynan "neokolonizm"ning o‘zi.

@therealniyozov
Amerikaning “Petrodollar”iga qarshi chiqqan har qanday kishi AQShning dushmanidir.

Petrodollar OPEC (neft qazib olishni va aʼzo mamlakatlarning neft eksport siyosatini muvofiqlashtiruvchi hamda aʼzo mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladigan xalqaro tashkilot) davlatlaridan neft sotib olgan har qanday davlat neft uchun Amerika dollarida to'lashi kerakligini anglatadi. Misol uchun, Hindiston Erondan neft sotib olmoqchi bo'lsa, Hindiston Eronga Eron rialida yoki Hindiston rupiyasida to'lay olmaydi, Eronga AQSh dollarida to'lashi kerak.

Aynan petrodollar tufayli Amerika dollari dunyodagi eng ko'p ishlatiladigan valyuta bo‘lib qolmoqda.

O'ylab ko'ring, Amerika neft eksport qiluvchi arab va Afrika davlatlari bilan yaqin bo'lgan boshqa davlatlardan ko‘ra qanday qilib arzonroqqa neft ola oladi? Amerika bu davlatlarda juda uzoqda. Neft tankerlari uchun Osiyo mamlakatlariga qaraganda Amerikaga neftni to'liq tashish juda qimmatga tushadi, ammo Amerika neftni boshqalarga qaraganda arzonroq oladi.

Kaddafiy bunga qarshi chiqdi va u neft biznesida ko'plab islohotlarni amalga oshirdi, undan barcha neft qazib oluvchi arab davlatlari ham foyda ko'rdi. Ammo, buni G'arbning o‘zini "liberal va rostgo'y" deb ataydigan ommaviy axborot vositalari hech qachon ochiqlamagan.

Shubhasiz, Kaddafiy avliyo emas edi, lekin o'z davlati uchun katta ishlar qilib ketgan:

1. Liviyada elektr uchun to'lov yo'q edi, elektr energiyasi barcha fuqarolarga bepul berilgan.

2. Kreditlar bo'yicha foiz stavkalari bo'lmagan, banklar davlat mulki bo'lgan, fuqarolarning krediti qonun foiz - 0% bo‘lgan.

3. Kaddafiy Liviyada hamma uy-joyga ega bo'lmaguncha ota-onasiga uy sotib olmaslikka va'da bergan.

4. Liviyadagi barcha yangi turmush qurgan juftliklar hukumatdan 60 000 dinor olishgan va shu pul orqali ular o'z kvartiralariga ega bo‘lishgan va oila qurishgan.

5. Liviyada ta'lim va davolanish bepul qilib qo‘yilgan. Kaddafiydan oldin kitobxonlar atigi 25%ni tashkil qilgan, uning hukmronligi davrida esa bu ko‘rsatkich 83%ni tashkil qilgan.

6. Agar liviyaliklar fermada ishlashni xohlasalar, ularga maishiy texnika, urug‘lik va chorva mollari tekinga berilgan.

7. Agar ular Liviyada davolana olmasalar, davlat ularga 2300$ pul, turar joy va xorijda davolanishi uchun safarni moliyalashtirgan.

8. Agar siz mashina sotib olgan bo'lsangiz, davlat narxning 50 foizini qoplab bergan.

9. Benzin narxi litri uchun 0,14 dollarni tashkil qilgan.

10. Liviyaning tashqi qarzi bo‘lmagan, zaxiralari 150 milliard dollarni tashkil qilgan (hozirda butun dunyo bo'ylab muzlatilgan).

11. Ba'zi liviyaliklar maktabdan keyin ish topolmaganda hukumat o'rtacha ish haqini to'lab turgan.

12. Liviyada neft sotishning bir qismi bevosita barcha fuqarolarning bank hisobvaraqlariga bog‘langan.

13. Bolani dunyoga keltirgan ona 5000 dollar oladi

14. 40 dona non 0,15 dollar turgan.

Kaddafiyning Petrodollarga analog sifatida kiritmoqchi bo‘lgan tilla dinorlari esa AQShga albatta yoqmagan. Kaddafiy o‘ldirildi. Ikkiyuzlamachi AQShning say-haraktlari bilan.

@therealniyozov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu kinoni ko‘rishlik mood.

Kinodagi aktyor another level sizlarga aytsam.

Sizlar qaysi kinoni ko‘ryapsizlar?

@therealniyozov
Bayden va Tramp o'rtasidagi debat ataylab erta o‘tkazilmoqda — 27-iyun. Odatda bahslar kuzda bo'lib o'tadi, lekin bu yil yozda bo‘ladigan bo‘ldi. Bu ataylab qilinmoqda. Chunki, agar Bayden debatda "kalla qo‘ysa" va o‘zining "sharpalar bilan salomlashish shousi"ni ko‘rsatsa, u Demokratik partiyadan nomzod sifatida almashtiriladi. Nomzodni ko'rsatish masalasi esa avgust oyining o'rtalariga rejalashtirilgan. Shuning uchun agar hozir ushbu debat o‘tkazilsa demokratlarda vaqt zaxirasi bo'ladi. Nomzodlar kimlar?

Birinchisi, Mishel Obama. Barak Obamaning rafiqasi. Mishel Obamaning obro‘si eri, amerikaliklarning sevimlisi Barak tufayli yaxshi. Aynan Barak Obama effekti unga Baydendan yaxshiroq ovoz olib berishi mumkin. Ammo, bir muammo bor: Mishelda prezidentlikka ishtiyoq yo‘q.

Ikkinchi variant Kaliforniya gubernatori Nyusom. Ushbu noname gubernator ham ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri, ammo undan ko‘ra debatda juda qovun tushirib yubormasa Bayden yaxshiroq ovoz olsa kerak.

@therealniyozov
therealniyozov
Bayden va Tramp o'rtasidagi debat ataylab erta o‘tkazilmoqda — 27-iyun. Odatda bahslar kuzda bo'lib o'tadi, lekin bu yil yozda bo‘ladigan bo‘ldi. Bu ataylab qilinmoqda. Chunki, agar Bayden debatda "kalla qo‘ysa" va o‘zining "sharpalar bilan salomlashish shousi"ni…
Bibi Netanyahu Bayden va demokratlar AQSh prezidentligidan ketishi va hokimiyatni Trampga tayyorlash uchun qo‘lidan kelgani qilyapti. AQShning qarshiligiga qaramay HAMAS bilan urushni to‘xtatmayapti, aksincha yana bir Hizbullohga qarshi yangi front ochishga tayyorlanmoqda. Vashington bundan keskin norozi.

Tramp va respublikachilar esa Isroil borasida demokratlardan ham ancha ochiqroq. Tramp saylovoldi kampaniyasida aytganidek, u Isroil uchun barcha Amerika prezidentlaridan ko‘ra ko‘proq ish qilgan va kampaniyasida ham sionist hokimiyatini keng qo‘llashini ta‘kidlamoqda. Shuning uchun prezidentlikka Tramp kelgani yaxshi Netanyahu uchun.

@therealniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maqtanishmas-u degan trend bo‘lardi. Maqtanishmas-u shu brat bizga universitetda dars o‘tgan. Haqiqiy ilm odami bu brat.

Xullas, Rahmon Qo‘chqor domla TOP!

@therealniyozov