therealniyozov
830 subscribers
40 photos
16 videos
4 files
33 links
Javohir Niyozov

Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy mavzularda o‘z qarashlarim va fikrlarimni berib boraman.

Aloqa uchun: @FabriziouzbBot

©️ Kanaldan ma‘lumot olganda manbani keltirib o‘tishingizni so‘raymiz.
Download Telegram
Kun iqtibosi:

Darvinga e’tiroz

Darvin ta’limoti noto’g’ri. Odam maymundan emas, maymun odamdan tarqagan. Oyog’i yerdan uzilmaganlar odam bo’lib qolgan. Oyog’i yerdan uzilganlar esa maymun bo’lib daraxtga chiqib ketgan… Bu jarayon hamon davom etmoqda…

O'tkir Hoshimov x @therealniyozov
Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng Potsdam muzokaralarida sovetlar Germaniyani butunligicha qoldirishni taklif qilishgan, amerikalik va britaniyalik diplomatlar esa aksincha uni turli zonalarga ajratib boshqarishni o‘rtaga tashlagan. Shu kelishuv dunyo tarixidagi eng foydalilaridan biri bo‘lgan bo‘lsa kerak.

Potsdam konferentsiyasida sovetlar, amerikaliklar va inglizlar Germaniyani to'rt sektorga bo'lishga kelishib olishgan. Oxirgi ikki urushdan keyin eski xatolari: Germaniyani yaxlit qoldirib, yana kuchayishiga yo‘l qo‘yishni xohlamadilar. Hech qaysi davlat dunyo yana bir Jahon urushini ko‘rishini xohlamasdi.

Sovetlar kommunistik Germaniyani xohlashdi. Boshqa ittifoqchilarga esa albatta, bu ma‘qul emas edi, shu sababli bo‘lish eng to‘g‘ri variant edi.

Oxir-oqibat, Potsdam kelishuvi muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi. Dunyo hozirgacha boshqa bunday ko‘lamdagi jahon urushini ko‘rmadi. Bundan tashqari, bu dunyoga kommunizmning va kapitalizmning davlatga ta'sirini ko'rish imkoniyatini berdi. Bo‘lib ham bu tajriba bir xil odamlar, bir xil geografiya va bir xil ob-havodagi, ammo turli xil mafkuralardagi odamlarda "o‘tkazildi".

@therealniyozov
Makronning navbatdan tashqari saylov chaqirishi "katta qimor". Makronning Uyg'onish partiyasi Yevropa Parlamenti saylovlarida og'ir mag'lubiyatga uchraganidan so'ng, u Milliy Assambleyaning tarqatilishini e'lon qildi va 30-iyun kuni — yakshanba yangi qonunchilik saylovlarini o‘tkazish belgilandi. Saylovlar boshlandi.

Makronning strategiyasi yetakchi bo‘lishi kutilayotgan "Milliy miting" partiyasining beqaror pozitsiyasidan foydalanish va barcha chap va o'ng qanot kuchlarni o'ta o'ngchi — "Milliy miting"chilarga qarshi birlashtirib, uni yetakchilikdan tushirish maqsad qilingan. Muvaffaqiyat ehtimoli juda qiyin. Axir, Milliy miting Fransiya siyosiy hayotida bir necha yillar beri bor va kurashib kelmoqda. Ayni paytda, u ilgarigidek "siyosiy chaqaloq" emas. Partiya yetakchisi Le Pen allaqachon o‘zini qanday vaziyatda qanday tutish kerakligini o‘rganib olgan.

Agar Makron saylovlarda g'alaba qozonsa, bu Yevropaning o'ta o'ng qanoti uchun og'ir zarba bo‘ladi, chunki Yevropada Ukraina-Rossiya urushi fonida o‘ta o‘ngchi qanotlarning obro‘si sezilarli darajada yuqorilagan. O‘ta o‘ngchilarni yoqtirmagan elita ko‘zida esa saylovda Makronning g‘alaba qozonishi, uni Yevropani qutqargan qahramonga aylantiradi. Uning Yevropadagi yetakchi shaxs sifatidagi mavqei mustahkamlanadi.

Agar u yutqazsa, Makron Le Penning 28 yoshli siyosiy vorisi Jordan Bardellani Bosh vazirlikka tayinlashga majbur bo'ladi. Bunday vaziyatda hukumat prezidentning rejasidan farq qiladigan ichki siyosatni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘ladi.

Reuters tahliliy ma'lumotlariga ko'ra, Makron o'zining siyosiy kelajagini xavf ostiga qo'yib, ushbu "yuqori xavfli qimor" orqali o'z hokimiyatini tiklashga harakat qilmoqda. Agar Milliy miting Assambleyada ko'pchilikni qo'lga kiritsa, Makron iqtisodiy va xavfsizlik siyosati kabi ichki kun tartibini belgilash vakolatidan mahrum bo'ladi. Fransiya siyosati keskin o'zgarib ketadi. Milliy miting yetakchisi Marin Le Penning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya ommaviy immigratsiyani to‘xtatadi, sanoatni qayta tiklaydi, ehtimol savdo proteksionizmining kuchaytiradi va Ukrainani to‘liq qo‘llab-quvvatlamaydi.

Agar shunday bo'lsa, Makron siyosiy manzara keskin o'zgarib borayotganini chorasiz kuzatishiga to‘g‘ri keladi, xolos.

Saylovlar bo‘yicha taxminiy prognoz:

1. 40% o‘ta o'ng qanot partiyasi Milliy miting, Marin Le Pen.
2. 30% so‘l koalitsiya Yangi xalq fronti.
3. 20% markazchilar, Makronning oligarxik Uyg'onish partiyasi.
4. 10%. O'ng markazchi Respublikachilar partiyasi.

@therealniyozov
“Nima uchun matriarxat patriarxatga aylandi bilasizmi? Chunki erkaklar har doim haqdir!" - Bastrikin. Rossiya Tergov qo‘mitasi boshlig‘i yana bir krinjni biz bilan baham ko‘rdi.

Oddiy qilib aytganda, hozir biz "matriarxat" nomi bilan taniydigan ijtimoiy munosabatlar turi, ilgari terimchi bo'lgan ayollar foydali o'simliklarni nafaqat yig'ish, balki yetishtirish ham mumkinligini aniqlagan paytdan boshlab, ilk qishloq xo'jaligi jamoalarida paydo bo'ldi. O‘simliklarni yigʻish va yetishtirish doirasida vujudga kelgan qishloq xoʻjaligida ayollar jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi boʻlishgan. Aynan o'sha paytda unumdorlik uchun mas'ul bo'lgan ona ma'budaga sig'inish ham paydo bo‘ldi. Keyin, bir muncha vaqt o'tgach, hokimiyat erkaklarga qaytdi, bunga urushlarda erkaklar yaxshiroq ekanligi, temir qurollarning muomalaga kiritilishi, shuningdek, qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash (sug'orish va boshqalar) tufayli haqiqatan ham erkaklar asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylanganligi sabab bo‘ldi.

Shunday ekan, matriarxat va patriarxat tuzumlari Bastrikin aytgan krinj tufayli emas, balki asosiy ishlab chiqaruvchi kuch vazifasi ayoldan erkakka o‘tganligi sabab bo‘ldi.

@therealniyozov
Gruzin Erdog‘an.

Kecha Gruziya, ya‘ni Gurjiston Yevroda Ispaniyaga mag‘lub bo‘ldi. Shu gruzin millatidan chiqqan bir mashhur brat haqida yozsam.

Erdog‘an etnik kelib chiqishiga ko‘ra gruzin hisoblanadi. Uning bobosi va buvisi G'arbiy Gruziyadagi Ajariyadan kelgan gruzin musulmonlari bo‘lishgan. Rossiya bosqinidan qo‘rqib Turkiyaga qochib kelishgan va qolib ketishgan. Erdo'g'anning kelib chiqishi haqidagi bahslarga yana bir qo'shimcha: uning bobosi va buvisi Ajariyalik gruzin musulmonlari bo'lishsa-da, Turkiyaning shimoli-sharqidagi Sharqiy Qoradengiz tog'li mintaqasida, Potamya (turkcha Guneysu) deb ataladigan ko'pchilik musulmonlar yashovchi Pontik yunon qishlog'ida istiqomat qilishgan. Erdo'g'anning Turkiyaning ushbu mintaqasidagi ko'plab etnik yunon musulmonlari gapiradigan Pont yunon lahjalarida gaplasha olish qobiliyati ham shundan.

Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘on ham kelib chiqishi Anadolu arablaridan. Hozirgi vitse-prezident Jevdet Yilmaz kurd. Turkiyaning asosiy razvedka boshliqlari cherkeslar. Turklik bir paytlar genetikaga bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, zamonaviy hayotda madaniyatga bog'liq.

@therealniyozov
Rossiya Ukrainada bilvosita "Troya oti" so‘ramoqda(?)

Orbanning Kiyevga tashrifi va Kremlga sodiq rahbarning Ukrainadan tinchlik muzokaralari oldidan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishni so‘ragani Ukrainaning Rossiya hududiga zarbalari qanchalik samarali ekanligidan dalolat beradi.

Ukraina ittifoqchilarining chegara yaqinidagi harbiy nishonlarga G‘arb qurollari bilan zarba berishga ruxsat berishi Rossiya harbiy infratuzilmasi va shaxsiy tarkibining jiddiy yo'qotishlariga olib keldi.

Ukrainada ishlab chiqarilgan, hozirda 1500 km uzoqlikka ucha oladigan va avtonom rejimda ucha oladigan dronlarning Rossiya neft bazalari va qayta ishlash zavodlariga aniq zarbalari ham Rossiya iqtisodiyoti uchun noqulayliklar tug‘dira boshladi.

Putin armiyasi Qrimni ham himoya qila olmadi.

Kecha Ukraina kuchlari Sevastopoldagi Rossiyaning Shahed-136 uchuvchisiz samolyotlari omboriga muvaffaqiyatli zarba berib, 90 ga yaqin dronni yo'q qildi.

Putinning yadroviy shantaji muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so'ng, Kreml Budapeshtdan Ukrainadan "Troya oti"ni, ya‘ni Rossiya uchun tanaffus ishlab berishni so‘ragan bo‘lishi mumkin.

So'nggi oylarda Rossiyaning yer janglaridagi kichik yutuqlari katta xarajat talab qildi: rus qo'shinlari 513 kvadrat kilometr (Ukraina hududining 0,01% dan kamrog'i) uchun 180 000 ga yaqin xodimini yo'qotdi.

Bir kvadrat kilometr uchun 360 kishini yo'qotish har qanday urushda dahshatli darajadagi yomon ko‘rsatkichdir.

@therealniyozov
Turkiyaning sobiq prezidenti Sulaymon Demireldan iqtibos:

Mendan Turkiyaning ahvolini bir so‘z bilan umumlashtirishni so‘rasangiz, "yaxshi" deb javob bergan bo‘lardim. Agar siz ikkita so'z bilan aytishimni so‘rasangiz, men "yaxshi emas" deyman.

@therealniyozov
Buyuk Britaniyada kutilganidek Leyboristlar partiyasining to'liq g'alabasi qayd etildi. Uning rahbari Starmer yangi bosh vazir bo'ladi. Paradoks shundaki, saylovchilar asosan Konservativlar partiyasi siyosatiga qarshi bo'lganliklari uchun leyboristlarga ovoz berishdi, ammo Leyboristlar partiyasi asosan Konservativlar partiyasi bilan bir xil siyosat yuritadi. Siyosatda qanday o‘zgarish bo‘ladi hech kim bilmaydi. Leyboristlar hech qanday aniq narsa aytmagan va aytmayapti ham.

@therealniyozov
therealniyozov
Buyuk Britaniyada kutilganidek Leyboristlar partiyasining to'liq g'alabasi qayd etildi. Uning rahbari Starmer yangi bosh vazir bo'ladi. Paradoks shundaki, saylovchilar asosan Konservativlar partiyasi siyosatiga qarshi bo'lganliklari uchun leyboristlarga ovoz…
Buyuk Britaniyaning bo‘lishi kutilayotgan yangi Bosh vaziri Key Starmerning rafiqasi Viktoriya Starmer yahudiy bo‘lib, ota-bobolari Birinchi jahon urushidan keyin Polshadan qochib ketishgan. Key Starmerning ikkala o'g'li ham yahudiylikni qabul qilgan. Key Starmer Leyboristlar partiyasidagi Falastinni qo'llab-quvvatlovchilarni va Isroilni tanqid qiluvchilarni ommaviy tozalashni amalga oshirgan. Shu bilan birga saylovoldi kampaniyasida agar Bosh vazir etib saylansa Falastin davlatini tan olishini e‘lon qilgan edi.

Starmer murakkab shaxs, siyosiy pozitsiyasi aniq emas. Kim uchundir yumshoq chap, kim uchundir markaz. Aynan mana shu noaniqlik partiyasiga ham ko‘chgan va aniq pozitsiya yo‘qligi uchun hamma keysni o‘ziga moslab talqin eta olish imkonini oldi.

@therealniyozov
Eronda ham saylovlarning ikkinchi davrasi bo‘ladi. Birinchi turda eng ko‘p ovoz olgan nomzod Pezeshkian, u liberal va islohotchi, birinchi turda 44 foiz ovoz olgan. Ikkinchi nomzod Jalili birinchi turda 40% ovoz olgan, u konservativ hisoblanadi. Xuddi, oldingi prezident Raisiyning o‘zi, uning ideologiyasi amaldagi rahbar Homayniniki bilan ham bir xil.

Oldingi turda 13% ovoz bilan uchinchi o'rinni egallagan boshqa bir konservativ nomzod esa elektoratini allaqachon Jaliliga ovoz berishga chaqirgan. Shuning uchun prognoz Jaliliy g‘alabasi. Ammo, prognoz aniq emas, o‘zim Pezeshkian bo‘lishini xohlayapman.

Qizig'i shundaki, Pezeshkianning otasi ozar, onasi kurd. Jalilining onasi ham ozar, otasi fors. Eronning amaldagi rahbari Oyatulloh Homayniy va uning maslahatchilari ham ozarlar hisoblanadi. Ozarbayjon bilan muammolari bo‘lishiga qaramay, Eron ozar millatiga mansublar boshqaruvida, globallashgan dunyoda esa bu unchalik muhim emas.

@therealniyozov
therealniyozov
Eronlik saylovchilar prezidentlik uchun bo‘lgan saylovda liberal nomzodga ovoz berishdi, "mullokratiya" tarafdori esa mag‘lub bo‘ldi. @therealniyozov
Eronda islohotchi, liberal Pezeshkian prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. U G‘arb bilan yaxshi munosabatlarni tiklashga harakat qiladi. Uning saylanganligi:

1. G'arbning bir necha o'n yillik sanksiyalaridan aholining charchaganligini aks ettiradi.

2. Aholining radikal islomiy kundalik talablarning haddan tashqari qattiqqo'lliklaridan voz kechish istagini ko‘rsatadi.

3. Iqtisodiy jihatdan yaxshiroq yashash istagi, to‘g‘ri hozir ham yomonmas, lekin sanksiyalarni yumshatish orqali buni yanada yaxshilash mumkin.

4. Rossiya va Eron o'rtasidagi hamkorlikka ba‘zi muammolar tug'dirishi mumkin.

5. Eron rahbariyatida islohotchilar va konservatorlar o'rtasidagi kurash kuchayishiga olib keladi.

6. Baribir keskin burilish bo'lmaydi, chunki Eronning real rahbari prezident emas, balki ruhiy yetakchi Homayniydir.

Ha, kelajak haqida gapirar ekanmiz, mamlakatda prezident birinchi raqamli kishi emas, balki ikkinchi raqam ekanligini yodda tutishimiz kerak. Xususan, shuni yodda tutishimiz kerakki, tashqi siyosat strategiyasining asoslarini aynan u belgilamaydi. Shunga qaramay, birinchi raqamli shaxs allaqachon 85 yoshda ekanligini hisobga olsak, hozirgi vaziyat juda qiziq ko'rinadi. Pezeshkian Homayniyning o'rniga da'vo qila olmaydi, chunki buning uchun u kardiojarroh emas, balki ruhoniy bo‘lishi kerak edi, ammo, agar islohotchi faol o'ynashga jur'at etsa, natijada juda katta bo'linish sodir bo'ladi va elitalar paydo bo'lishi mumkin, bu esa inqilobni yuzaga chiqarishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, mamlakat aholisining atigi 15-20 foizi Islom Respublikasi rejimini saqlab qolish tarafdori. 80 foizgacha uni o'zgartirishni xohlaydi. Aytgancha, nufuzli ruhoniylar orasida ruhoniylarning siyosatiga faol aralashuvidan qoniqmaydiganlar ham bor. Ular ham Pezeshkianning ittifoqchilari bo'lib chiqishi mumkin.

@therealniyozov
Eronning asosiy diniy elitasi - ular oyatullohlar deb ataydigan muftiylari va yuqori darajali imomlari rofiziylar toifasidan bo‘lib, bu toifa sahobalarning 4-5 talaridan boshqa barchalari, jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Oyisha kabi kibor sahobalar, muhojiru ansorlar (roziyallohu anhum!) - barchalari kofir bo‘lib ketganlar deydilar. Ali, Hasan, Husayn, Ali ibn Husayn, Abu Ja’far (roziyallohu anhum) kabi asli ulardan eng uzoq bo‘lgan buyuk zotlarni imomlarimiz deb yolg‘on gapirib, ularni Allohga tenglashtiradilar- olamlarni shular Alloh bilan birga yaratgan deydilar. (Alloh ular aytganlaridan buyuk va oliydir!)

Suriyada hokimiyatning asosiy pozitsiyalarida Nusayriylar degan shia toifa turadi. Bashar Asad mana shulardan. Ular Ali roziyallohu anhuni iloh deyishadi. Ali Muhammadni yaratgan, Muhammad Salmon Forsiyni yaratgan, Salmon Forsiy besh yetimni yaratgan, besh yetim dunyoni yaratgan deydi.

Salmon Forsiy yaratgan besh yetimdan biri Abu Zar al G‘iforiy yulduzlarni yaratgan deydi... Bundan katta jinnilik va bundan og‘ir kufr bormi?!!

Yana bir toifa Yamanda Husiy toifasi bo‘lib, bularning asli zaydiylar toifasidan.

Zaydiylar ahli sunnaga eng yaqin shia toifalaridan bo‘lsa-da, hozirgi husiylar zaydiylarning sog‘lom usullaridan yuz o‘girib, rofiziylar va boshqa islomdan chiqqan toifalardan qattiq ta’sirlanganlar.

Nega bu uch toifani eslab qoldingiz, deysizmi?

Qarang, barcha rofiziy olimlari asrlar davomida nusayriy va zaydiylarni kofir deganlar.

Barcha Zaydiy ulamolar asrlar davomida rofiziylar va nusayriylarni kofir deganlar.

Nusayriylar bu ikkalasini ham adashgan deydi, sababi ular Alini xudo demagan har qanday toifani zalolatda deydi.

SHUNGA QARAMAY, bular birlashdilar, bir-birlarini aka-uka tutdilar. Oqibatda, Islom tarixida asrlar davomida sunniy olam poytaxti, xalifalik markazi bo‘lgan Damashq shialar shahriga aylandi. Asrlar davomida Sunniylar poytaxti va markazi bo‘lgan yana bir shahar Bog‘dod ham shialar shahriga aylandi.

Iroq, Suriya, Livan, Yaman - barchasi sunniylar yurtlari ayni paytda shialar qo‘liga o‘tib, ularda sunniylar qatag‘oni qilinmoqda, maktablar, universitetlar va masjidlar orqali arab dunyosining katta qismida sunniylar shialarga aylantirilmoqda! Eron Afrika va Pokiston musulmonlarini shialashtirish uchun u yurtlarda minglab maktab va universitetlar ochgan.

Xo‘sh, sunniylar nima qilyapti?

Yuzlab toifaga bo‘linib olib, sen ahli sunna emassan, men ahli sunnaman deyishdan bo‘shamayapti!

QAYSI QAVM BIRLASHSA, G‘OLIB BO‘LADI, BO‘LINSA, MAG‘LUB BO‘LADI!!!

©

@therealniyozov
Shushada bir necha davlatlar, xususan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlarining forumi boshlandi. Ozarbayjon uchun Shushadagi ushbu forum katta muvaffaqiyatdir, chunki Shusha Qorabogʻda, Ozarbayjon esa Qorabogʻ Ozarbayjon ekanligini dunyoga yana bir bor taʼkidlayapti go‘yo.

@therealniyozov
Kun iqtibosi:

“Asrning eng katta kasalligi bu muvaffaqiyatga asoslangan hayotga intilishdir. Hayotning mazmuni muvaffaqiyatda emas, balki erkinlikda. Faqat muvaffaqiyat uchun yashaydigan odamlar quldirlar va ozod bo'lolmaydilar".

Jan Jak Russo x @therealniyozov
Papa va orgiya. 18+

Charlz Darvin degandi: "Sizni jannat va'dasi bilan aldab, faqirlikka mahkum qilganlarning hayotiga bir qarang, ular bu dunyoda jannatda yashayotganlarini ko'rasiz". Shu mavzu yuzasidan tarixdan bir shingil hikoya aytsam.

1501-yil oktabr oyining oxirgi kunida Vatikandagi Papa saroyida o‘sha vaqtdagi papa Aleksandr VI'ning o‘g‘li tomonidan kechki ziyofat uyushtiriladi. Hammasi shu yerdan boshlandi.

Ziyofat tugadi, Papa Aleksandr VI kayfiyati ham yaxshi edi. Taom avvalgi bayramlarga qaraganda dabdabali, sharob esa odat tusiga kirib ulgurgan edi. Hatto ellikta raqsga tushayotgan qizlar ham g'ayrioddiy xushmuomalalik bilan chiqishlar qilishardi.

Bu 1501-yil 30-oktabr, papalik tarixidagi eng janjalli kecha sifatida tarixga kiradigan kecha edi. Papa uchun uning o'g'li kardinal Sezare Borjiya tomonidan "Kashtan ziyofati" deb nomlangan ziyofat uyushtirilgan edi. Taom va sharob uzoq va rang-barang oqshomning ochilish marosimi edi, xolos.

Ziyofat papaning rasmiy qarorgohi, 1000 dan ortiq xonalardan iborat ulkan bino — Apostollar saroyida bo'lib o'tdi. Oxirgi taomlar dasturxonga tortilgandayoq kech tushgan edi, lekin hech kimning ketish niyati yo'q edi. Chunki, atmosfera yaxshi edi. Birdaniga, xizmatkorlar stollarni yig'ishtira boshlashdi. Ellikta raqsga tushayotgan fohishalar kiyimlarini yecha boshlashdi. Papaning ibodat vaqti bo‘lgan bir vaqtda, qizlaening hammasi butunlay yalang'och bo‘lib ulgurishgan edi.

O'sha kechada sodir bo'lgan voqealar haqida guvohlar juda kam. Eng ishonchlisi Papa Aleksandr VI ning tantanalar ustasi Yoxannes Burchard tomonidan yozilgan. U Liber Notarumning muallifi bo'lib, papaning barcha muhim marosimlari, jumladan elchixonalar, rasmiy tashriflar va shaxsiy funksiyalarning rasmiy hisoblarini yuritar edi. Liber Notarumda qayd etilgan qaydlar orasida kashtan ziyofatining hisobi ham mavjud edi.

Burchardning so'zlariga ko'ra, oqshom tezda jinsiy aloqa shousiga aylandi. Kechki ovqatdan keyin shamlar yonib turgan qandilni stollardan olib, polga qo'yishdi va atrofga kashtanlarni sochishdi.

Ko'p o'tmay, kecha orgiyaga aylandi. Ma'lumotlarga ko'ra, eng ko'p eyakulyatsiya qilgan kardinallar va ruhoniylarga shaxsan papaning o‘zi sovg'alar bergan.

Ha, shunaqa gaplar. Shunday ekan uning o‘limi yaxshilik bilan yakunlanmagan. O‘ligi kasallik va yozning jaziramasi tufayli daxshatli ahvolga kelib qolgan va tana qo‘rqinchli ko‘rinish olgan. Shu sababli odat bo‘yicha hech kim uning oyog‘i va qo‘lidan o‘pishga jur‘at eta olmagan.

@therealniyozov
Fransiyadagi parlament saylovlarida Jan Lyuk Melenchon boshchiligidagi so‘lchilar ittifoqi g‘alaba qozondi. U haqida nimalar ma‘lum ozgina ma‘lumot berib o‘tsam:

Ukraina rejimini yoqtirmaydi. Ukrainada murosa asosida va Rossiya manfaatlarini hisobga olgan holda tinchlik o'rnatish tarafdori. Rossiyani Ukrainadagi harbiy amaliyoti uchun qoralagan. Shuningdek, NATOni ham Rossiyaga qarshi tajovuzkorligi uchun bir necha bor keskin qoralagan. Fransuz qo'shinlarini Ukrainaga yuborishga qat'iyan qarshi, Ukrainaga qurol-yarog' yetkazib berishga esa yarim qarshi. Yana bir kichik ma‘lumot, u 2018-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan “O‘lmas polk”da qatnashgan.

Prezidentlik saylovida 3 marta qatnashgan, 2022-yilda 22% ovoz olgan va bu uning eng yuqori natijasi bo‘lib turibdi. U boshlanishida trotskiychi g‘oyasi bilan boshlagan, keyin Sotsialistik partiya aʼzosi boʻlgan, keyin uni tark etgan va prezidentlik saylovlarida Kommunistik partiyadan nomzod boʻlgan, 2017-yilda oʻzining “Fath qilinmagan Fransiya” harakatini yaratgan. U g‘oyaviy jihatdan ko‘proq trotskiychilarga tortadi.

Shuningdek, Fransiyaning Yevropa Ittifoqi va NATOdan chiqishi tarafdori, Isroilga qattiq qarshi, Falastinni qo‘llab quvvatlaydi va oldinroq hukumatga ega chiqsak, eng tez fursatda Falastin davlatini tan olishga harakat qilamiz degan edi. So‘lchilar ushbu g‘alabani Falastin bayroqlari bilan nishonlagani ham bejiz emas.

@therealniyozov
#Qachongacha "avtoterroristlar"ning "halokatli harakatlari davom etadi, #qachongacha bolajonlar ularni shinalari tagida jon beradi?

@therealniyozov