therealniyozov
4-noyabrgacha davom etgan bosqinchilik harakatlari boshlandi, misrliklar Sinaydan o'zlarining Afrikadagi asosiy hududlarini himoya qilish uchun taktik orqaga chekinishdi. Mushketyor operatsiyasi nomi bilan mashhur ushbu operatsiyasi anavi uchlik uchun harbiy…
Ben-Gurion Sinaydan o'z qo'shinlarini olib chiqish talabiga rozi bo‘lib, evaziga Tiran bo'g'ozi orqali erkin o'tish va chegara bosqinlaridan himoyalanish kafolatlarini olishni talab qilib qo‘ydi.
To'rt oylik shov-shuvli diplomatiya davom etar ekan, bu davrda Isroilning Vashingtondagi va BMTdagi elchisi Abba Eban o'z mamlakatining kamaytirilmas manfaatlarini ta'minlashga harakat qildi. Ammo qutqaruvchi roli Ebanga yoki boshqa isroillikka emas, balki Kanada tashqi ishlar vaziri Lester "Mayk" Pirsonga tushdi. Barcha ishtirokchilar - arablar, isroilliklar, yevropaliklar tomonidan yagona ishonchga ega bo'lgan Pirson Angliya-Fransiya qo'shinlarining Misrdan olib chiqib ketilishini nazorat qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining ko'p millatli Favqulodda Kuchlarini (UNEF) yaratish g'oyasini ilgari surdi.
Keyinchalik u bu tushunchani Sinaydagi Isroil kuchlariga ham tatbiq etdi. Bu g‘oya BMT qo‘shinlarini Misr-Isroil chegarasi bo‘ylab, G‘azo sektorida va Tiran bo‘g‘oziga qaragan Sharm el-Sheyxda mamlakatlar konsorsiumidan joylashtirish degani edi.
Nosirga g'oya yoqmadi, chunki u buni Misr nazoratidan voz kechish va Isroilni hujum qilgani uchun mukofotlash deb bildi. Ayni paytda Ben-Gurionga ham yoqmadi, chunki u Nosir xohlagan vaqtda bu kuchlarni quvib chiqarishini bilar edi.
Oxir oqibat, logjam ikkita kelishuv orqali buzildi. Biri Nosir va BMT Bosh kotibi Dag Hammarskjold, ikkinchisi Davlat kotibi Jon Foster Dalles va Isroil tashqi ishlar vaziri Golda Meir o'rtasida tuzilgan kelishuvlar edi. Hammarskjold Nosirga Misr UNEFni olib tashlash huquqiga ega bo'lishini va'da qildi, lekin faqat Bosh Assambleya tinchlikparvar kuchlar o'z missiyasini tugatganligini ko'rib chiqqandan keyingina. Dalles AQSh nomidan Misrning Tiran blokadasini qayta tiklashga bo'lgan har qanday urinishini Isroil BMT Nizomining 51-moddasiga binoan o'zini himoya qilish uchun javob berishi mumkin bo'lgan urush harakati deb bilishini ma‘lum qilgan. Bunday holatda, Meir Qo'shma Shtatlarni Isroilning niyatlari haqida xabardor qilish majburiyatini oladi. Kanada va boshqa bir qancha G'arb davlatlari - Shvetsiya, Belgiya, Italiya va Yangi Zelandiya singari Angliya va Fransiya ham ushbu shartnomaga qo'shildi. Misr qo'shinlari G'azoga qaytganida va Dalles sulhni qo'llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlaganida, bir nechta kamchiliklar yuzaga chiqa boshladi, ammo 1957-yil 11-martga kelib, UNEF hali ham aktiv edi va u oxirgi Isroil askarini Sinayni tark etishiga boshchilik qildi. Bularning barchasi orqali arab-isroil mojarosi Yaqin Sharq hayotining o'zgarmas dastgohi bo'lib qoldi. 1920- va 30-yillardagi mahalliy mojarodan boshlab, u 1940-yillarda mintaqani, keyin esa 50-yillarda dunyoni qamrab olgan mojaroga aylandi.
@therealniyozov

Forwarded from Кино ва вино
Ва ниҳоят қуёш бизнинг мусаффо осмонимизда тўлақонли монополиясини ўрнатди. Энди ўзи бундан зерикмаганича истаган инжиқлиги ва қайсарлигини кўтаришга мажбурсилар одамчалар. Тез юрсаларинг терлислар, секин юрсаларинг қуёш уради.
Кондиционерли мошинада юраман десанг уёғиям уже бошқа монополия. Уйингга кондиционер қўяман деб дўконга борсанг яна битта монополия)

Arablar uchun birlashish degan narsa yot tushuncha.
Tarixda bir muddat Birlashgan Arab Respublikasi (UAR) degan ittifoq bo‘lgan. Suriya bilan Misrni o‘z ichiga olgan. Yana bir nechta davlatni qo‘shish rejalar bo‘lgan.
XX asr 50-yillarida boshqa arab davlatlari kabi Suriyada ham panarabizm (barcha arablarni bir bayroq ostida birlashtirish g‘oyasi) g‘oyalari keng kurtak otayotgan edi. Lekin, Suriyada bu holat ancha kuchli edi. Bu g‘oyani amalga oshirish uchun ittifoqchi davlat qidira boshlandi. Yagona birlashgan davlat uchun rahbarni qidirish uzoq cho‘zilmadi. U davrda ko‘zga ko‘ringan yagona arab lideri bor edi — Misr prezidenti Jamal Abdel Nosir. Brat allaqachon Suvaysh inqirozini hal qilib katta obro‘ga erishgandi. O‘z navbatida, unda ham panarabizm g‘oyalari mavjud edi. Shunday qilib, 1958-yil 22-fevralda Birlashgan Arab Respublikasiga asos solingani e‘lon qilindi, birinchi prezidenr sifatida esa Jamal Abdel Nosir hokimiyatga keldi.
Endi buyog‘ini eshiting, arablar birlashish o‘rniga, bir-birini oyog‘iga bolta urgan voqealar boshlanadi.
Jamal Abdel Nosir hokimiyatga keldi va bir muddat o‘tgach birlashgan respublikadagi katta va nufuzli lavozimlarni misrliklarga bera boshladi. Suriyaliklar soni juda qisqarib ketdi. Albatta, bundan Suriyada norozilik kayfiyati paydo bo‘la boshladi. Suriya armiyasi Misr zobitlariga bo‘ysunishdan bosh torta boshlagan. Saudiya Arabistoni esa badaviy qabilalarni Nosirga qarshi moliyalashtira boshlagan.
Ittifoqni Iordaniya o‘zi uchun xavf sifatida ko‘ra boshlagan. Chunki, Misr ham (G‘azo Misrning okkupatsiya zonasi bo‘lganligi sababli chegara mavjud bo‘lgan), Suriya ham Iordaniya bilan ikki tomonlama chegaraga ega edi. Bu urush kelib chiqqan taqdirda ikkita front degani edi. Iordaniya yanchib tashlanardi. Qolaversa, Suriya ham, Misr ham Iordaniya Hoshimiylarini yoqtirmasdi. Bunday holatda Iordaniyaga ittifoqchi kerak edi va tez orada topildi — Iroq. Ittifoq 1958-yil 14-fevralda Arab Federatsiyasi nomi bilan tuzildi. Iordaniya va Iroq yagona harbiy byudjetga ega bo'lgan birlashgan harbiy qo'mondonlik tuzishga kelishib oldilar, uning 80 foizi Iroq, qolgan 20 foizi Iordaniya tomonidan ta'minlanishi kerak edi. Ammo, federatsiya uzoq mavjud bo‘lmadi. Tuzilganidan roppa-rosa 4 oy o‘tgach tepadagi ittifoqni tuzgan Iroq qirolligi harbiy zobitlar tomonidan to‘ntarish orqali taxtdan ag‘darildi. To‘ntarishchilar Nosirparast edi. Nosir tez orada "to‘ntarishchilar" hokimiyatini tan oldi. Ha aytgancha, federatsiya tuzgan Iordaniya va Iroq qirollari amakivachchalar bo‘lishgan, ikkalasi Hoshimiy sulolasidan bo‘lgan. 2-avgustda federatsiya tarqatib yuborildi. Iroqda esa Misr va Suriya tashkil qilgan UARga qo‘shilishga xayrixohlar ko‘paya boshladi.
Bu paytda Livan ham UARni havotir bilan qabul qildi. Livanni 1/3 qismini nasroniyalar, qolgan qismni musulmonlar tashkil qiladi. Musulmon tomon UARga birlashishni yoqlasa, nasroniylar bunga qarshi edi. Shunday qilib fuqarolik urushi boshlandi. Oxiri baribir nasroniylar qo‘llab-quvvatlagan g‘arbparast Kamil Chomon hokimiyatga keldi.
G‘arbaparastlar hokimiyatda bo‘lgan Iordaniya va Livanga Amerika dengiz piyodalari va Britaniya maxsus kuchlari noqonuniy ravishda qo‘ndi. Maqsad bu davlatlarda ham hokimiyatga Nosirparastlar kelmasligini oldini olish edi.
Davomi bor...

Nofalsafiy brat ertaga boshlanadigan Yevroni yutish uchun favoritlar beshligini yozibdi. Estafeta tayoqchasi menda, o‘z taxminlarim bilan davom ettiraman:
1. Fransiya
2. Ispaniya
3. Angliya
4. Xorvatiya
5. Portugaliya (muxlislik qilaman)
Turnir syurprizi: Turkiya
Omadsizi: Germaniya
Sizlar ham shu komment ostiga taxminlaringizni qoldirishingiz mumkin:

Bugun Putin katta bayonotlar bilan chiqibdi. Shvetsariyada Zelenskiy taklifi bilan bo‘lib o‘tadigan sammitdan bir kun oldin. Bu orqali Kreml sammitning asosiy mavzusi Zelenskiy ishlab chiqqan "tinchlik formulasi" emas, balki uning formulasi atrofida bo‘lishini xohlamoqda.
Shuningdek, bu bayonot urushning mashhurligining pasayishi va aholining ortib borayotgan charchoqlari tufayli zarur edi. Putin qon to‘kishdan zavqlanadigan jinni emasligini, urushni har daqiqa tugatishga tayyorligini ko‘rsatishi kerak edi. Ammo, u taklif qilayotgan tinchlik formulasi shartlari aqlga sig‘maydi.
Kulgili shartlardan biri urush boshlanganidan beri urushning mafkuraviy asosi sifatida ko‘rib kelingan Ukrainani NATOga a‘zo bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik bandi. Urush boshlanganidan keyin uzoq muddat nisbatan neytral pozitsiyani egallab kelgan Skandinaviya mamlakatlari to‘liq G‘arb tomonga o‘tdi, Finlandiya va Shvetsiya hatto NATO a‘zosiga aylandi. Ya‘ni, Ukrainaga hujum orqali Rossiyaga chegara boshqa davlatlarning NATOga a‘zo bo‘lgani shuni anglatadiki, Putinning Ukrainaga qarshi urushi to‘liq imperialistik bo‘lgani, Ukrainaning NATOga a‘zo bo‘lish xavfi uni kuyintirgani shunchaki bahona ekanligini ayon qiladi va buni o‘z bayonoti orqali yana bir bor eslatishi esa kulgili.
Ukraina qo‘shinlarini Donesk, Lugansk, Zaparojye, Xerson hududlaridan olib chiqishi kerak ekan va Qrim ham qo‘shilgan holda yuqoridagi hududlar Rossiya hududi sifatida xaritalarga tushirilishi kerak ekan. Zaparojyeni hali ruslar ololmagan, Xersondan esa chiqarib yuborilgan. Lekin, bu hududlar ham da‘vo qilinyapti. Putin, shuningdek, 2022-yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan avvalgi muzokaralarda Ukraina hududi orqali Qrimga quruqlikdan kirish evaziga Xerson va Zaporojye viloyatlaridan qo‘shinlarni olib chiqishga tayyorligini aytganligi haqida gapirdi. Ammo o‘shanda Ukraina, uning versiyasiga ko'ra, bu taklifni rad etgan. Endi Moskva bu hududlarni o'zi uchun talab qilmoqda ekan.
Putin nutqining ikkinchi qismida rusiyzabon ukrainaliklar xavfsizligi to‘g‘risida gapirdi. Ukraina degan xalq yo‘q, u rus xalqining bir qismi degan propagandasiga qarshi emasmi?
Putinning oxirgi gaplaridan biri haqiqiy avtokratcha gap bo‘ldi. Unga ko‘ra, Putin "Yevrosiyo xavfsizligining ajralmas tizimini" yaratish zarurligini ta'kidlamoqda. Yevropaga undan kattaroq xavf bo‘lmasa kerak. Shu bilan birga, Rossiya rahbari o'z taklifini har qanday ma'nodan mahrum qiladigan asosiy omilni e'tiborsiz qoldirmoqda. U hamma davlatlar bir xil, demokratiya va avtokratiyalar o‘rtasida hech qanday farq yo‘q, deb ko‘rsatmoqda. Ammo, muammo shundaki, demokratiyalar avtokratiyalardan himoyaga muhtoj, shunday ekan Putin Rossiyasi bilan bunday tizimni yaratish hech qanday ma'noga ega emas.
Putinning bayonotidagi muammo u sulh uchun imkonsiz shartlarni ishlab chiqqanida emas, balki ularni shakllantirganida. Endi ulardan har qanday chekinish nisbiy mag'lubiyatdir. Putin esa tabiiyki bunday mag‘lubiyatni xohlamaydi, oxirigacha boradi. Bu esa...

Butun umrini bo‘ydoqlikda o‘tkazgan va umuman farzand ko‘rmagan, mashhur yozuvchi Frans Kafka bir kuni Berlindagi bog‘dan o‘tib ketayotib, sevimli qo‘g‘irchog‘ini yo‘qotib qo‘yib yig‘layotgan qizni uchratib qoladi. Qizcha va Kafka qo'g'irchoqni izlashga tushib ketishadi.
Kafka qizchaga ertaga shu yerda bo‘lishini va yana qo‘g‘irchoqni qidirish uchun qaytib kelishini aytdi. Qizchaga ham kelishini tayinladi.
Ertasi kuni ham qo‘g‘irchoqni topa olishmagach, Kafka qizga qo‘g‘irchoq “yozgan” maktubni berdi. Unda shunday yozilgandi: “Iltimos yig‘lamang. Men dunyoni ko‘rish uchun sayohatga chiqdim. Sizga o‘z sarguzashtlarim haqida yozaman..."
Shunday qilib, Kafka hayotining oxirigacha davom etgan hikoya boshlandi.
Uchrashuvlarda Kafka qo'g'irchoqning sarguzashtlari haqidagi hikoyalar yozilgan maktublarni qizga o‘qib berar, bu qizga juda yoqardi.
Nihoyat, Kafka Berlinga qaytib kelgan qo'g'irchoqni (aslida, u boshqa qo‘g‘irchoq sotib olgan edi) qizchaga qaytarib olib keldi.
– Bu mening qo‘g‘irchog‘imga umuman o‘xshamaydi, – dedi qiz.
Kafka unga qo'g'irchoq yozgan yana bir maktubni uzatdi: "Mening sayohatlarim meni o'zgartirdi". Qizcha yangi qo‘g‘irchoqni quchoqlab, quvonchi o‘ziga sig‘may uni o‘zi bilan uyiga olib ketdi.
Bir yildan keyin Kafka vafot etdi.
Ko'p yillar o'tgach, endi voyaga yetgan qiz qo'g'irchoqning ichidan xat topdi. Kafka yozgan kichik maktubda shunday yozilgan edi:
"Siz sevgan hamma narsa yo'qoladi, lekin oxir-oqibat sevgi boshqa yo'l bilan qaytadi".

Putin Shimoliy Koreyada. Kim Chen-In va Shimoliy Koreya Putinni iliq kutib oldi. Chunki, ikkala davlatda ham o‘xshash tomonlar bor. Albatta, Putinning bu tashrifdan ko‘zlagan maqsadi bor. O‘z navbatida Kimning ham.
Putinning uchrashuvdan ko‘zlagan asosiy maqsadi aniq, to‘liq harbiylashtirilgan totalitar davlatdan nima so‘rash mumkin? Albatta, snaryadlar va strategik hamkorlik. Snaryadlarning katta ulushi Ukraina Qurolli Kuchlariga va Ukraina yerlariga shuncha katta ziyon degani. Albatta, Putin buni ham o‘ylab qo‘ygan. Katta miqdordagi ziyonni juda arzonga ta‘mirlash mumkin, deyarli tekinga. Ya‘ni urushda Rossiya tomonidan okkupatsiya qilingan hududlar shimoliy koreyalik ishchilar tomonidan ta‘mirlanadi. Bu davlatda ishchi kuchi Rossiyadagi an‘anaviy markaziy osiyolik ishchilardan ham arzon. Shunday qilib, Rossiya Shimoliy Koreyadan sotib olgan snaryadlari evaziga vayron bo‘lgan hududlarni aynan shu mamlakatdan keladigan ishchilar oqimi bilan tuzatmoqchi.
Shimoliy Koreya nima yutadi? Shimoliy Koreyaga nisbatan BMT Xavfsizlik Kengashining (Rossiya ham qabul qilgan vaqtida bunday sanksiyalarni) katta halokatli sanksiyalari bor. Rossiya bilan shu sanksiyalardan ba‘zilariga chap berishga harakat qilmoqda. Shulardan biri yuqorida aytganimizdek, ishchilarni chet davlatlarga yuborish. Shimoliy Koreya ishchilariga chet elda ishlashiga sanksiyalar mavjud. Rossiya esa aksincha, buni Shimoliy Koreyadan so‘ramoqda. Albatta, bundan ikki tomon ham birdek yutadi.
Shuningdek, aksariyat totalitar davlatlarda mavjud bo‘lgan halokatli belgilardan biri o‘zining qaysidir bosqichida o‘zini-o‘zi oziq-ovqat bilan ta‘minlay olmay qolishi, Shimoliy Koreyani ham chetlab o‘tgani yo‘q. 1990-yillardan buyon Shimoliy Koreya oziq-ovqat taqchilligi bilan yuzlashgan. Rossiyaga snaryadlar berish orqali evaziga oziq-ovqat olishdan umid qilmoqda. Oxiriga kelib, o‘zini-o‘zi oziq-ovqat resurslari bilan ta‘minlay olmay inqirozga uchragan va tarqalib ketgan SSSRning o‘zi tan olmasa ham davomchisi bo‘lgan Rossiya esa bu jabhada ulkan resurslarga ega.
O‘ylaymanki, ikkala davlat o‘rtasida muzokaralar silliq o‘tadi.

Putin Shimoliy Koreyada. Kim Chen-In va Shimoliy Koreya Putinni iliq kutib oldi. Chunki, ikkala davlatda ham o‘xshash tomonlar bor. Albatta, Putinning bu tashrifdan ko‘zlagan maqsadi bor. O‘z navbatida Kimning ham. Putinning uchrashuvdan ko‘zlagan asosiy…
Putin Pxenyanga tashrifi oldidan Shimoliy Koreya bilan “hamma narsani qamrab oluvchi strategik sheriklik” toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Rossiyalik propagandachilarning aytishicha, bu Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya uchun jang qilishini anglatadi, ammo ikki o‘rtada bunday kontekstdagi gap oxirgi marta Putin va Kim Chen In 2023-yil sentabrida Vladivostokda uchrashganida ham aytilgan edi.
Putinning Shimoliy Koreyaga kelishi bilan aytgan dastlabki gaplari koreyslarning iqtisodiyoti “katta” iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishganini ta’kidlash bo‘ldi:
“KXDR ulkan natijalarga, mamlakatning texnologik, ilmiy va sanoat qudratini mustahkamlashda haqiqiy yutuqlarga erishmoqda”.
Taqqoslash uchun, aholi jon boshiga YIM:
Shimoliy Koreya 1700 dollar;
Janubiy Koreya 35 000 dollar.
Farqi 20 marta. Bu erkin iqtisodiyotdagi erkin odamlar bilan totalitar diktaturadagi odamlar o'rtasidagi farq.
Putin Shimoliy Koreyaga birinchi va oxirgi marta 2000-yilda tashrif buyurgan edi. Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir o‘sha paytda Shimoliy Koreya rahbari edi.
Putinga qadar SSSR yoki Rossiya rahbarlarining hech biri Shimoliy Koreya tashkil etilganidan beri unga tashrif buyurmagan.
Stalin, Xrushchev, Brejnev, Andropov, Chernenko, Gorbachyov, Yelsin, bulardan hech qaysi biri Sovet Ittifoqi tomonidan yaratilgan mamlakatga tashrif buyurishni zarur deb hisoblamagan.
Putinning hikoyasi tarix darsliklarida boshida orzu qilgan hamma narsaga ega bo'lish va keyinchalik uni butunlay yakson qilish haqida klassik misol bo'lib qoladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi BMT Bosh Assambleyasi orqali “neokolonializm”ga qarshi kurash bo'yicha rezolyutsiyani ilgari surmoqchi. Go‘yo Gitler natsizmga qarshi rezolyutsiyani ilgari surayotgandek. Chunki Putin postsovet hududida, ayniqsa Ukrainaga nisbatan, aynan mana shu neokolonializmni davom ettirmoqda.
Rossiyaning Afrikada qilayotgan ishlari: mahalliy hukmdorlarni sotib olish va ularning mulkidagi tabiiy resurslardan foydalanish — aynan "neokolonizm"ning o‘zi.

Amerikaning “Petrodollar”iga qarshi chiqqan har qanday kishi AQShning dushmanidir.
Petrodollar OPEC (neft qazib olishni va aʼzo mamlakatlarning neft eksport siyosatini muvofiqlashtiruvchi hamda aʼzo mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladigan xalqaro tashkilot) davlatlaridan neft sotib olgan har qanday davlat neft uchun Amerika dollarida to'lashi kerakligini anglatadi. Misol uchun, Hindiston Erondan neft sotib olmoqchi bo'lsa, Hindiston Eronga Eron rialida yoki Hindiston rupiyasida to'lay olmaydi, Eronga AQSh dollarida to'lashi kerak.
Aynan petrodollar tufayli Amerika dollari dunyodagi eng ko'p ishlatiladigan valyuta bo‘lib qolmoqda.
O'ylab ko'ring, Amerika neft eksport qiluvchi arab va Afrika davlatlari bilan yaqin bo'lgan boshqa davlatlardan ko‘ra qanday qilib arzonroqqa neft ola oladi? Amerika bu davlatlarda juda uzoqda. Neft tankerlari uchun Osiyo mamlakatlariga qaraganda Amerikaga neftni to'liq tashish juda qimmatga tushadi, ammo Amerika neftni boshqalarga qaraganda arzonroq oladi.
Kaddafiy bunga qarshi chiqdi va u neft biznesida ko'plab islohotlarni amalga oshirdi, undan barcha neft qazib oluvchi arab davlatlari ham foyda ko'rdi. Ammo, buni G'arbning o‘zini "liberal va rostgo'y" deb ataydigan ommaviy axborot vositalari hech qachon ochiqlamagan.
Shubhasiz, Kaddafiy avliyo emas edi, lekin o'z davlati uchun katta ishlar qilib ketgan:
1. Liviyada elektr uchun to'lov yo'q edi, elektr energiyasi barcha fuqarolarga bepul berilgan.
2. Kreditlar bo'yicha foiz stavkalari bo'lmagan, banklar davlat mulki bo'lgan, fuqarolarning krediti qonun foiz - 0% bo‘lgan.
3. Kaddafiy Liviyada hamma uy-joyga ega bo'lmaguncha ota-onasiga uy sotib olmaslikka va'da bergan.
4. Liviyadagi barcha yangi turmush qurgan juftliklar hukumatdan 60 000 dinor olishgan va shu pul orqali ular o'z kvartiralariga ega bo‘lishgan va oila qurishgan.
5. Liviyada ta'lim va davolanish bepul qilib qo‘yilgan. Kaddafiydan oldin kitobxonlar atigi 25%ni tashkil qilgan, uning hukmronligi davrida esa bu ko‘rsatkich 83%ni tashkil qilgan.
6. Agar liviyaliklar fermada ishlashni xohlasalar, ularga maishiy texnika, urug‘lik va chorva mollari tekinga berilgan.
7. Agar ular Liviyada davolana olmasalar, davlat ularga 2300$ pul, turar joy va xorijda davolanishi uchun safarni moliyalashtirgan.
8. Agar siz mashina sotib olgan bo'lsangiz, davlat narxning 50 foizini qoplab bergan.
9. Benzin narxi litri uchun 0,14 dollarni tashkil qilgan.
10. Liviyaning tashqi qarzi bo‘lmagan, zaxiralari 150 milliard dollarni tashkil qilgan (hozirda butun dunyo bo'ylab muzlatilgan).
11. Ba'zi liviyaliklar maktabdan keyin ish topolmaganda hukumat o'rtacha ish haqini to'lab turgan.
12. Liviyada neft sotishning bir qismi bevosita barcha fuqarolarning bank hisobvaraqlariga bog‘langan.
13. Bolani dunyoga keltirgan ona 5000 dollar oladi
14. 40 dona non 0,15 dollar turgan.
Kaddafiyning Petrodollarga analog sifatida kiritmoqchi bo‘lgan tilla dinorlari esa AQShga albatta yoqmagan. Kaddafiy o‘ldirildi. Ikkiyuzlamachi AQShning say-haraktlari bilan.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu kinoni ko‘rishlik mood.
Kinodagi aktyor another level sizlarga aytsam.
Sizlar qaysi kinoni ko‘ryapsizlar?