therealniyozov
806 subscribers
68 photos
27 videos
4 files
53 links
Javohir Niyozov

Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy mavzularda o‘z qarashlarim va fikrlarimni berib boraman.

Aloqa uchun: @FabriziouzbBot

©️ Kanaldan ma‘lumot olganda manbani keltirib o‘tishingizni so‘raymiz.
Download Telegram
Makron Yangi Kaledoniyaga yetib keldi. Kanak qo'zg'oloniga qarshi jazo choralarini shaxsan boshqarishgami yoki murosaga kelib, Kanak mustamlakachilikka qarshi urush olovini o‘chirishga kelganmi hali ma‘lum emas.

Hozircha Fransiya rasmiylari qo‘zg‘olonni tashkillashtirishda tashqi kuchlarni ayblamoqda: birinchi navbatda Ozarbayjonni (ko‘z oldimizda jahon sahnasida ta‘sirga ega davlatga aylanmoqda), shuningdek, Xitoy va albatta Rossiya.

Tartibsizliklarning asosiy sababi Kanaklar Yangi Kaledoniyaga 1998-yildan keyin kelgan fransuzlarga saylovlar va mustaqillik referendumlarida ovoz berish huquqini berishga qarshi. Chunki, mamlakat mustaqil bo‘lmoqchi, lekin yevropaliklar, ayniqsa fransuzlar mamlakatda talaygina va ularning ta‘siri ham katta. Tabiiyki ular mamlakat mustaqil bo‘lishini xohlamaydi. Tub aholi esa aksincha.

Fransiyaga Yangi Kaledoniya to'rt sababga ko'ra kerak:

1. Dunyodagi nikel zahiralarining 25%i mavjud.

2. Fransiya Tinch okeanida hududi bo‘lishini xohlaydi (Yangi Kaledoniya Tinch okeanida joylashgan orol), chunki jahon iqtisodiyotining markazi Tinch okeani mintaqasiga ko‘chib o‘tmoqda.

3. Fransiya o‘zining buyuk davlat maqomini butunlay yo‘qotmaslik uchun hududini boy bermaslikni istaydi.

4. Makron hammaga o‘zining qattiqqo‘l va sovuqqon ekanligini ko‘rsatmoqchi. Ukrainaga qo‘shin yuboramiz degani ham shundan. Bu orqali Makron partiyasini iyun oyida bo'lib o'tadigan Yevroparlament saylovlarida mag'lubiyatga uchrashini oldini olmoqchi.

@therealniyozov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda jamoat transporti yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, qayiqlar kam.

@therealniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyo siyosiy "moda"siga yangi "moda" kirib kelmoqda.

Isroilning falastinliklar ustidan qilayotgan genotsidi hozir har doimgidanda yuqoriga nuqtaga chiqdi. O‘z navbatida, G‘arb davlatlarida ilgari jamiyatning ozchilik qismini tashkil qilgan falastinliklarni qo‘llab-quvvatlovchilar soni ham misli ko‘rilmagan katta qatlamga yoyildi. Bu esa siyosatchilar uchun ayni muddao. Siyosat olamiga yangi "moda" kirib kelmoqda.

Falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash "moda"si. Buyuk Britaniyadagi TOP-3 partiyadan biri bo‘lgan leyboristlar partiyasi ushbu "moda"ni boshlab berdi. Leyboristlar partiyasidan bo‘lmish Keyr Starmer agar leyboristlar partiyasi saylovlarda g‘alaba qozonsa Buyuk Britaniya Falastin davlatini tan olishini ma‘lum qildi. Balki, bu populistik chiqishdir, balki sof. Lekin, shunisi aniqki, siyosiy sfera aholi Falastin tomonda ekanligini tushunmoqda va saylovlarda bundan foydalanishga harakat qilmoqda.

Inshaalloh bu siyosiy "moda" boshqa davlatlarda ham davom etadi.

@therealniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1876-yildagi surat. Rus zobitlari Qo‘qondagi Xudoyorxon O‘rdasi zinapoyalari ila saroyga ko‘tarilmoqda.

@therealniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oxirgi payt (bir, ikki kundan beri) Kun.uz Ukraina urushini yoritmay qo‘ydi, tinchlikmikan? Biror kimni xabari bormi?

@therealniyozov
Putin urushda mag‘lub bo‘lmaydi, lekin g‘alaba bahosi uni keyinchalik "taxtdan ag‘darib tashlamasligi" uchun uni siyosiy jihatdan arzonga yutib olishni xohlaydi. Iqtisodiyotning urush holatiga o'tishi esa urushni arzonga yutish uchun haqiqiy to'siqdir. Agar ish shunga borib taqalsa, u xohlasa ham, xohlamasa ham iqtisodiyotni urush holatiga o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Boshqa iloji yo‘q: chunki hozir yutqazishdan, keyinroq ko‘p yo'qotishlar bilan bo‘lsada g‘alaba qozonish yaxshiroq. Lekin, Putin bu narsadan qochishga qo‘lidan kelgancha harakat qiladi.

Putin frontda bir necha millionlab pullarni sarflashga qodir, ammo u uchun tirik qolgan millionlab odamlarga urushdan oldingi hayot tarzini bera olish juda muhimdir. Bunday vaziyatda, taktik jihatdan, u g'alaba sifatida ichkaridagi, ya‘ni Rossiyaning o‘zidagi norozi qatlamlarni og‘zini yopish uchun mumkin bo'lgan shartlar evaziga urushni to'xtatishga tayyor bo‘ladi. Bu unga bir oz vaqt foyda beradi, rejimning "barqarorlik platosi"ni taxminan ikki yildan o'n yilgacha uzaytiradi.

Ammo buning yuz berishi 100% emas. Bu bir qator holatlar bilan cheklangan. Birinchidan, Putin Ukrainadagi bosib olgan hududlarini ushlab turgan taqdirdagina bo‘lishi mumkin. Agar front qulasa, Putinning yarim yo'lda to'xtashi uchun hech qanday motivatsiya bo'lmaydi. Ikkinchidan, agar Rossiya iqtisodiyoti urush holatiga o'tsa ham, motivatsiya yo'qoladi. Keyin Putinni to‘xtatib bo'lmaydi, Rossiya o'z resurslarini to'liq tugatmaguncha oxirigacha kurashishga majbur bo'ladi, chunki konvertatsiya Putin Rossiyasi uchun xuddi Sovet Rossiyasida bo‘lgani kabi halokatli bo'ladi.

Hozirgi vaziyatda sulh kalitlari Zelenskiyning qo'lida. Masala hal bo‘lishi va kelishuvga erishilishi uchun Putin o't ochishni to'xtatish uchun nosimmetrik motivga ega bo'lishi kerak. Unda bunday motiv yo'q. Shuning uchun Putin va Bayden (uning hozirgi motivatsiyasi aniq - Tramp va saylovlar) bunday nosimmetrik motivni hozir intensiv ravishda Zelenskiyda yaratishga urinishmoqda. Qanday qilib deysizmi? Putin bombardimonlarni kuchaytirish orqali, Bayden esa qurol-yarog' yetkazib berishni kechiktirish orqali.

Zelenskiyning harakatlari mantig‘ini tushunish mumkin. Putin taklif qilayotgan sulh uning uchun ham, Ukraina uchun ham yaxshi natija emas. Bu jamiyat tomonidan mag'lubiyat sifatida qabul qilinadi.

Muammo shundaki, Zelenskiy yomon variant va juda yomon variant o'rtasidagi tanlov oldida turgandek ko‘rinmoqda. Agar u siyosiy mo'jiza ko'rsata olmasa va Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordamni sezilarli darajada oshirishga, ya'ni 2022-2023-yillar darajasiga va undan ham yuqoriroq darajaga ko‘tarishga erisha olmasa, urush qanday davom etayotgan bo'lsa, shunday davom etaveradi. 2023-yil kuzidan beri cheklangan tashqi yordam sababli Ukraina raketa hujumlari ostida cheksiz strategik mudofaada qolmoqda. Ertami-kechmi, bu harbiy va fuqarolik infratuzilmasining tanazzulga uchrashiga olib keladi, bu esa kuchlar balansida Ukraina foydasiga ishlamaydi.

Zelenskiy bugungi kunda mo'jizaga umid qilish yoki milliy davlatchilikni saqlab qolish manfaati uchun o'ta nomaqbul qarorlar qabul qilish o'rtasida tanlov qilishi kerak bo'lgan Pashinyan pozitsiyasida turibdi. Bu xuddi Armanistondagi holatga o‘xshaydi. Tanlov haqiqatan ham qiyin.

@therealniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shu kitobni o‘qiyapman. Sizlarda qaysi kitob o‘qish jarayonida?

@therealniyozov
Qozoqlar AES masalasini chiroyli olib boryapti. Bizdan ko‘ra ancha chiroyli.

Xabaringiz bor, AES qurilishini Qozog‘istonda referendumga qo‘yishar ekan, uni quradiganlar ham tanlov orqali qabul qilinar ekan. Bizda esa boshqacha. AES qurilishi haqidagi gaplar faqat "shimollik bratlarimiz" tomonidan ko‘tarilyapti. Biznikilar "xay-xop" deb cho‘zib kelishyapti, a tak biznikilarda ham uni qurishga ishtiyoq yo‘q.

Lekin, Qozog‘iston chiroyli foydalanyapti bundan. Qozog‘iston bizdan liberalroq bo‘lsada, referendumda davlatni o‘rni katta, baribir. O‘ziga yoqqan javobga "nakrutka urish" qiyin emas. Tanlovda ham oxir-oqibat ruslar yutsa ajablanmayman. Shunday ekan, bratlar Qozog‘istonning harakatlari judaaa romantizatsiyalashtirib yubormang)

Xullas, yaxshi ishlashyapti. Bizdagi yaxshi tomoni befoyda referendumga mablag‘ sarflab o‘tirmaymiz)

@therealniyozov
Olamning ahvoli

Nogoh oʼldirilsa bir daydi kuchuk,
Dod solur har biyron, ham tili chuchuk.
Gʼazoda jon bersa minglab goʼdaklar,
"Jonkuyarlar" bilmam jim turar nechuk...

Аbdurahmon Meshayan

@therealniyozov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қарғалар учса қарайлик¸ Марғилоннинг йўлига,
Ҳиди келса маст бўлайлик¸ ҳандалакнинг бўйига.
Ҳандалак бўйликкинам, сен унда зор, мен бунда зор,
Тўтиқушнинг боласидек¸ иккаламиз интизор.

Айтишларича¸ бу қўшиқни оқ пошшога қарши исëн қилгани учун қамоққа ташланган Худойберди қори¸ қамоқхона туйнугидан кўринган қарғаларга қараб туриб ëзган экан.

Қамоқхона туйнуги орқали кириб¸ турма ҳужрасини қоплаган ҳандалакнинг ҳидидан маст бўлган маҳбус армонлари акс этади бу қўшиқда.

@therealniyozov
Saylovlar yili deya aytilayotgan 2024-yil davom etar ekan, shu kunlarda bir necha saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ikkitasi haqida yozaman:

Birinchisi: Januniy Afrika.

Hukmron Afrika Milliy Kongressi partiyasi (AMK) 30 yil deganda birinchi marta katta elektoratini yo'qotdi. Partiya 30 yil oldin, JARdagi aperteid yillarida oxirgi marta mutloq ko‘pchilik ovozidan mosuvo bo‘lgandi. Endi esa AMK boshqa partiyalar bilan koalitsiyaga kirishga majbur bo‘lmoqda.

Ikkita variant mavjud.

1. Iqtisodiy erkinlik kurashchilari partiyasi. Mafkurasi Marksistchilik-leninchilikni tashkil qiladi. Panafarikachilikni yoqlaydi. Ammo, oq tanlilarga nisbatan irqchilik holatlari mavjud. Partiya Rossiya tarafdori.

2. Demokratik ittifoq. G'arbparast. Rahbari Ukrainaga safar ham qilgan. Mafkurasi liberalizm va federalizmni tashkil qiladi.

Hukmron partiyaga koalitsiya uchun ittifoqchi tanlash Janubiy Afrika siyosatini keskin o'zgartirishi mumkin. Ko‘rib turganingizdek, koalitsiyaga ittifoqchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikkita asosiy partiya bir-biriga mutlaqo teskari. Ko‘ramiz, hukmron partiya qaysi tomonga og‘ar ekan.

Ikkinchisi esa: Meksika. Ayol kishi g‘alaba qozondi. Ammo asosiysi, u Meksikaning sobiq prezidentining himoyachisi. Bu mamlakat tarixidagi birinchi ayol prezident. Ammo, bu muhim emas. Meksikada Braziliya va Venesuela kabi Lotin Amerikasining yirik davlatlaridagidek so‘l blok hokimiyatda qoladigan bo‘ldi. Ularning barchasi Vashingtonga ortiqcha bo‘ysunishni istamaydiganlar.

@therealniyozov
Men nechun sevaman Twitterni. Saviyali yumorlar shu yerda.

@therealniyozov
Bundan 35 yil muqaddam tunda, 1989-yil 3-iyun kuni kechqurun Xitoy Kommunistik partiyasining “Xalq ozodlik armiyasi” Pekin aholisini o‘qlardan o‘qqa tuta boshladi.

Pekinning qoq markazida bepoyon kenglikda xalq orzu-umidlarini birlashtirgan ramziy chorraha joylashgan. Tarix yilnomalarida o‘ziga xos o‘rin tutadigan Tyananmen maydoni 1989-yil 3-4-iyun kunlari insoniyatning umum xotirasiga muhrlanib qolgan muhim voqeaga guvoh bo‘ldi.

Mao Szedunning shafqatsiz nigohi ostida yuz minglab odamlar, asosan talabalar, demokratiya, erkinlik va adolat uchun tinch namoyishga to'planishdi.

Biroq, Xitoy hukumatining javobi tez va shafqatsiz bo'ldi. Miltiq va tanklar bilan qurollangan xalq ozodlik armiyasi "tungi osoyishtalikni buzgan zo‘ravonlar to‘lqini"ni bostirish uchun maydonga "temir musht" bilan tushdi. Bir paytlar katta umidlar ila namoyishchilarning hayqiriqlari bilan to'lgan maydonni endi ko'zdan yosh oqizuvchi gazning achchiq hidi va harbiy texnikaning momaqaldiroq gumburlashiga o‘xshash portlash sadolari chulg‘agan edi.

Namoyishchilar ana shunday ulkan kuchga qarshi turib, zulmkorlarning hujumiga qarshi inson barrikadasini tashkil qilib, tanklar oldiga chiqib, o‘zlarini tirik qalqon qilishdi. "Tank Man" voqeasi shundan paydo bo‘ldi. Ammo, ularning chidamkorligi davlatning shafqatsiz qudrati oldida hech narsa emas edi. 3-iyun tunda qirg‘in bo‘lib o‘tdi. Ertasi kuni tong otishi bilan bir vaqtlar muxolifatning katta oqimini o‘ziga sig‘dirgan Tyananmen maydoni qon va orzulari ushalmay o‘limga mahkum bo‘lgan minglarcha insonlarning o‘liklari bilan to‘lib toshgan edi.

Tyananmen maydonidagi xunrezlikdan keyingi hukumatning birinchi qilgan ishi nafaqat maydonni jismonan tozalash, balki xotiralar va haqiqatni ham yo'q qilish edi. Xitoy hukumati norozilikning keng tarqalishidan qo'rqib, senzura va propagandaga zo‘r berdi. Tarixni barqarorlik va taraqqiyot haqidagi o'z hikoyasiga mos ravishda qayta yozdi.

Shunga qaramay, Tyananmen maydonining aks-sadolari xotiralarda yillar, balki asrlar davomida qoladi. Bu voqealar senzura va qatag'on yoriqlaridan o'tib, dunyoga inson ruhining mustahkamligini, erkinlik va adolatga bo'lgan doimiy kurashini eslatib turadi.

Tyananmen maydoni avtoritarizm va demokratiya o'rtasidagi, davlat irodasi va xalq ovozi o'rtasidagi kurashning katta misolidir. Bu nazoratsiz hokimiyat qarshisida inson huquqlari qanchalik zaif ekani va barcha uchun erkinlik va adolat tamoyillarini himoya qilishda hushyorlik zarurligi to'g'risida aniq eslatma bo'lib xizmat qiladi.

Bundan tashqari, Tyananmen maydoni zamonaviy geosiyosatning yuzini ochib bergan desak ham ajab emas. Bu namoyishlar va unga hukumatning javobi iqtisodiy manfaatlar va ma'naviy imperativlar o'rtasidagi nozik muvozanatni o‘zida aks ettirgan. Iqtisodiy aloqalarni xavf ostiga qo'yishdan qo'rqib, Xitoyning inson huquqlarining buzilishiga qarshi turishni istamaslik bilan tavsiflangan qirg'inga xalqaro munosabat global ishlarda axloq va pragmatizm o'rtasidagi o'ziga xos taranglikni ochib beradi.

@therealniyozov