Turkiyaning sobiq prezidenti Sulaymon Demireldan iqtibos:
Mendan Turkiyaning ahvolini bir so‘z bilan umumlashtirishni so‘rasangiz, "yaxshi" deb javob bergan bo‘lardim. Agar siz ikkita so'z bilan aytishimni so‘rasangiz, men "yaxshi emas" deyman.
@therealniyozov

therealniyozov
Rossiya Ukrainada bilvosita "Troya oti" so‘ramoqda(?) Orbanning Kiyevga tashrifi va Kremlga sodiq rahbarning Ukrainadan tinchlik muzokaralari oldidan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishni so‘ragani Ukrainaning Rossiya hududiga zarbalari qanchalik samarali…
Telegram
23.5° бурчак остида
🇭🇺🇷🇺🇺🇦 Венгрия Бош вазири Россияга ташриф буюради
Оммавий ахборот воситалари маълумотларига кўра, Виктор Орбан 5 июль куни Москвага боради ва Россия президенти Владимир Путин билан учрашади.
Эслатиб ўтамиз, Венгрия Бош вазири 2 июл куни Киевга ташриф буюриб…

Buyuk Britaniyada kutilganidek Leyboristlar partiyasining to'liq g'alabasi qayd etildi. Uning rahbari Starmer yangi bosh vazir bo'ladi. Paradoks shundaki, saylovchilar asosan Konservativlar partiyasi siyosatiga qarshi bo'lganliklari uchun leyboristlarga ovoz berishdi, ammo Leyboristlar partiyasi asosan Konservativlar partiyasi bilan bir xil siyosat yuritadi. Siyosatda qanday o‘zgarish bo‘ladi hech kim bilmaydi. Leyboristlar hech qanday aniq narsa aytmagan va aytmayapti ham.
@therealniyozov
@therealniyozov
therealniyozov
Buyuk Britaniyada kutilganidek Leyboristlar partiyasining to'liq g'alabasi qayd etildi. Uning rahbari Starmer yangi bosh vazir bo'ladi. Paradoks shundaki, saylovchilar asosan Konservativlar partiyasi siyosatiga qarshi bo'lganliklari uchun leyboristlarga ovoz…
Buyuk Britaniyaning bo‘lishi kutilayotgan yangi Bosh vaziri Key Starmerning rafiqasi Viktoriya Starmer yahudiy bo‘lib, ota-bobolari Birinchi jahon urushidan keyin Polshadan qochib ketishgan. Key Starmerning ikkala o'g'li ham yahudiylikni qabul qilgan. Key Starmer Leyboristlar partiyasidagi Falastinni qo'llab-quvvatlovchilarni va Isroilni tanqid qiluvchilarni ommaviy tozalashni amalga oshirgan. Shu bilan birga saylovoldi kampaniyasida agar Bosh vazir etib saylansa Falastin davlatini tan olishini e‘lon qilgan edi.
Starmer murakkab shaxs, siyosiy pozitsiyasi aniq emas. Kim uchundir yumshoq chap, kim uchundir markaz. Aynan mana shu noaniqlik partiyasiga ham ko‘chgan va aniq pozitsiya yo‘qligi uchun hamma keysni o‘ziga moslab talqin eta olish imkonini oldi.

Eronda ham saylovlarning ikkinchi davrasi bo‘ladi. Birinchi turda eng ko‘p ovoz olgan nomzod Pezeshkian, u liberal va islohotchi, birinchi turda 44 foiz ovoz olgan. Ikkinchi nomzod Jalili birinchi turda 40% ovoz olgan, u konservativ hisoblanadi. Xuddi, oldingi prezident Raisiyning o‘zi, uning ideologiyasi amaldagi rahbar Homayniniki bilan ham bir xil.
Oldingi turda 13% ovoz bilan uchinchi o'rinni egallagan boshqa bir konservativ nomzod esa elektoratini allaqachon Jaliliga ovoz berishga chaqirgan. Shuning uchun prognoz Jaliliy g‘alabasi. Ammo, prognoz aniq emas, o‘zim Pezeshkian bo‘lishini xohlayapman.
Qizig'i shundaki, Pezeshkianning otasi ozar, onasi kurd. Jalilining onasi ham ozar, otasi fors. Eronning amaldagi rahbari Oyatulloh Homayniy va uning maslahatchilari ham ozarlar hisoblanadi. Ozarbayjon bilan muammolari bo‘lishiga qaramay, Eron ozar millatiga mansublar boshqaruvida, globallashgan dunyoda esa bu unchalik muhim emas.

Eronda ham saylovlarning ikkinchi davrasi bo‘ladi. Birinchi turda eng ko‘p ovoz olgan nomzod Pezeshkian, u liberal va islohotchi, birinchi turda 44 foiz ovoz olgan. Ikkinchi nomzod Jalili birinchi turda 40% ovoz olgan, u konservativ hisoblanadi. Xuddi, oldingi…
Eronlik saylovchilar prezidentlik uchun bo‘lgan saylovda liberal nomzodga ovoz berishdi, "mullokratiya" tarafdori esa mag‘lub bo‘ldi.
@therealniyozov
@therealniyozov
therealniyozov
Eronlik saylovchilar prezidentlik uchun bo‘lgan saylovda liberal nomzodga ovoz berishdi, "mullokratiya" tarafdori esa mag‘lub bo‘ldi. @therealniyozov
Eronda islohotchi, liberal Pezeshkian prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. U G‘arb bilan yaxshi munosabatlarni tiklashga harakat qiladi. Uning saylanganligi:
1. G'arbning bir necha o'n yillik sanksiyalaridan aholining charchaganligini aks ettiradi.
2. Aholining radikal islomiy kundalik talablarning haddan tashqari qattiqqo'lliklaridan voz kechish istagini ko‘rsatadi.
3. Iqtisodiy jihatdan yaxshiroq yashash istagi, to‘g‘ri hozir ham yomonmas, lekin sanksiyalarni yumshatish orqali buni yanada yaxshilash mumkin.
4. Rossiya va Eron o'rtasidagi hamkorlikka ba‘zi muammolar tug'dirishi mumkin.
5. Eron rahbariyatida islohotchilar va konservatorlar o'rtasidagi kurash kuchayishiga olib keladi.
6. Baribir keskin burilish bo'lmaydi, chunki Eronning real rahbari prezident emas, balki ruhiy yetakchi Homayniydir.
Ha, kelajak haqida gapirar ekanmiz, mamlakatda prezident birinchi raqamli kishi emas, balki ikkinchi raqam ekanligini yodda tutishimiz kerak. Xususan, shuni yodda tutishimiz kerakki, tashqi siyosat strategiyasining asoslarini aynan u belgilamaydi. Shunga qaramay, birinchi raqamli shaxs allaqachon 85 yoshda ekanligini hisobga olsak, hozirgi vaziyat juda qiziq ko'rinadi. Pezeshkian Homayniyning o'rniga da'vo qila olmaydi, chunki buning uchun u kardiojarroh emas, balki ruhoniy bo‘lishi kerak edi, ammo, agar islohotchi faol o'ynashga jur'at etsa, natijada juda katta bo'linish sodir bo'ladi va elitalar paydo bo'lishi mumkin, bu esa inqilobni yuzaga chiqarishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, mamlakat aholisining atigi 15-20 foizi Islom Respublikasi rejimini saqlab qolish tarafdori. 80 foizgacha uni o'zgartirishni xohlaydi. Aytgancha, nufuzli ruhoniylar orasida ruhoniylarning siyosatiga faol aralashuvidan qoniqmaydiganlar ham bor. Ular ham Pezeshkianning ittifoqchilari bo'lib chiqishi mumkin.

Eronning asosiy diniy elitasi - ular oyatullohlar deb ataydigan muftiylari va yuqori darajali imomlari rofiziylar toifasidan bo‘lib, bu toifa sahobalarning 4-5 talaridan boshqa barchalari, jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Oyisha kabi kibor sahobalar, muhojiru ansorlar (roziyallohu anhum!) - barchalari kofir bo‘lib ketganlar deydilar. Ali, Hasan, Husayn, Ali ibn Husayn, Abu Ja’far (roziyallohu anhum) kabi asli ulardan eng uzoq bo‘lgan buyuk zotlarni imomlarimiz deb yolg‘on gapirib, ularni Allohga tenglashtiradilar- olamlarni shular Alloh bilan birga yaratgan deydilar. (Alloh ular aytganlaridan buyuk va oliydir!)
Suriyada hokimiyatning asosiy pozitsiyalarida Nusayriylar degan shia toifa turadi. Bashar Asad mana shulardan. Ular Ali roziyallohu anhuni iloh deyishadi. Ali Muhammadni yaratgan, Muhammad Salmon Forsiyni yaratgan, Salmon Forsiy besh yetimni yaratgan, besh yetim dunyoni yaratgan deydi.
Salmon Forsiy yaratgan besh yetimdan biri Abu Zar al G‘iforiy yulduzlarni yaratgan deydi... Bundan katta jinnilik va bundan og‘ir kufr bormi?!!
Yana bir toifa Yamanda Husiy toifasi bo‘lib, bularning asli zaydiylar toifasidan.
Zaydiylar ahli sunnaga eng yaqin shia toifalaridan bo‘lsa-da, hozirgi husiylar zaydiylarning sog‘lom usullaridan yuz o‘girib, rofiziylar va boshqa islomdan chiqqan toifalardan qattiq ta’sirlanganlar.
Nega bu uch toifani eslab qoldingiz, deysizmi?
Qarang, barcha rofiziy olimlari asrlar davomida nusayriy va zaydiylarni kofir deganlar.
Barcha Zaydiy ulamolar asrlar davomida rofiziylar va nusayriylarni kofir deganlar.
Nusayriylar bu ikkalasini ham adashgan deydi, sababi ular Alini xudo demagan har qanday toifani zalolatda deydi.
SHUNGA QARAMAY, bular birlashdilar, bir-birlarini aka-uka tutdilar. Oqibatda, Islom tarixida asrlar davomida sunniy olam poytaxti, xalifalik markazi bo‘lgan Damashq shialar shahriga aylandi. Asrlar davomida Sunniylar poytaxti va markazi bo‘lgan yana bir shahar Bog‘dod ham shialar shahriga aylandi.
Iroq, Suriya, Livan, Yaman - barchasi sunniylar yurtlari ayni paytda shialar qo‘liga o‘tib, ularda sunniylar qatag‘oni qilinmoqda, maktablar, universitetlar va masjidlar orqali arab dunyosining katta qismida sunniylar shialarga aylantirilmoqda! Eron Afrika va Pokiston musulmonlarini shialashtirish uchun u yurtlarda minglab maktab va universitetlar ochgan.
Xo‘sh, sunniylar nima qilyapti?
Yuzlab toifaga bo‘linib olib, sen ahli sunna emassan, men ahli sunnaman deyishdan bo‘shamayapti!
QAYSI QAVM BIRLASHSA, G‘OLIB BO‘LADI, BO‘LINSA, MAG‘LUB BO‘LADI!!!
©

Shushada bir necha davlatlar, xususan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlarining forumi boshlandi. Ozarbayjon uchun Shushadagi ushbu forum katta muvaffaqiyatdir, chunki Shusha Qorabogʻda, Ozarbayjon esa Qorabogʻ Ozarbayjon ekanligini dunyoga yana bir bor taʼkidlayapti go‘yo.
@therealniyozov
@therealniyozov
Kun iqtibosi:
“Asrning eng katta kasalligi bu muvaffaqiyatga asoslangan hayotga intilishdir. Hayotning mazmuni muvaffaqiyatda emas, balki erkinlikda. Faqat muvaffaqiyat uchun yashaydigan odamlar quldirlar va ozod bo'lolmaydilar".
Jan Jak Russo x @therealniyozov

Papa va orgiya. 18+
Charlz Darvin degandi: "Sizni jannat va'dasi bilan aldab, faqirlikka mahkum qilganlarning hayotiga bir qarang, ular bu dunyoda jannatda yashayotganlarini ko'rasiz". Shu mavzu yuzasidan tarixdan bir shingil hikoya aytsam.
1501-yil oktabr oyining oxirgi kunida Vatikandagi Papa saroyida o‘sha vaqtdagi papa Aleksandr VI'ning o‘g‘li tomonidan kechki ziyofat uyushtiriladi. Hammasi shu yerdan boshlandi.
Ziyofat tugadi, Papa Aleksandr VI kayfiyati ham yaxshi edi. Taom avvalgi bayramlarga qaraganda dabdabali, sharob esa odat tusiga kirib ulgurgan edi. Hatto ellikta raqsga tushayotgan qizlar ham g'ayrioddiy xushmuomalalik bilan chiqishlar qilishardi.
Bu 1501-yil 30-oktabr, papalik tarixidagi eng janjalli kecha sifatida tarixga kiradigan kecha edi. Papa uchun uning o'g'li kardinal Sezare Borjiya tomonidan "Kashtan ziyofati" deb nomlangan ziyofat uyushtirilgan edi. Taom va sharob uzoq va rang-barang oqshomning ochilish marosimi edi, xolos.
Ziyofat papaning rasmiy qarorgohi, 1000 dan ortiq xonalardan iborat ulkan bino — Apostollar saroyida bo'lib o'tdi. Oxirgi taomlar dasturxonga tortilgandayoq kech tushgan edi, lekin hech kimning ketish niyati yo'q edi. Chunki, atmosfera yaxshi edi. Birdaniga, xizmatkorlar stollarni yig'ishtira boshlashdi. Ellikta raqsga tushayotgan fohishalar kiyimlarini yecha boshlashdi. Papaning ibodat vaqti bo‘lgan bir vaqtda, qizlaening hammasi butunlay yalang'och bo‘lib ulgurishgan edi.
O'sha kechada sodir bo'lgan voqealar haqida guvohlar juda kam. Eng ishonchlisi Papa Aleksandr VI ning tantanalar ustasi Yoxannes Burchard tomonidan yozilgan. U Liber Notarumning muallifi bo'lib, papaning barcha muhim marosimlari, jumladan elchixonalar, rasmiy tashriflar va shaxsiy funksiyalarning rasmiy hisoblarini yuritar edi. Liber Notarumda qayd etilgan qaydlar orasida kashtan ziyofatining hisobi ham mavjud edi.
Burchardning so'zlariga ko'ra, oqshom tezda jinsiy aloqa shousiga aylandi. Kechki ovqatdan keyin shamlar yonib turgan qandilni stollardan olib, polga qo'yishdi va atrofga kashtanlarni sochishdi.
Ko'p o'tmay, kecha orgiyaga aylandi. Ma'lumotlarga ko'ra, eng ko'p eyakulyatsiya qilgan kardinallar va ruhoniylarga shaxsan papaning o‘zi sovg'alar bergan.
Ha, shunaqa gaplar. Shunday ekan uning o‘limi yaxshilik bilan yakunlanmagan. O‘ligi kasallik va yozning jaziramasi tufayli daxshatli ahvolga kelib qolgan va tana qo‘rqinchli ko‘rinish olgan. Shu sababli odat bo‘yicha hech kim uning oyog‘i va qo‘lidan o‘pishga jur‘at eta olmagan.

Fransiyadagi parlament saylovlarida Jan Lyuk Melenchon boshchiligidagi so‘lchilar ittifoqi g‘alaba qozondi. U haqida nimalar ma‘lum ozgina ma‘lumot berib o‘tsam:
Ukraina rejimini yoqtirmaydi. Ukrainada murosa asosida va Rossiya manfaatlarini hisobga olgan holda tinchlik o'rnatish tarafdori. Rossiyani Ukrainadagi harbiy amaliyoti uchun qoralagan. Shuningdek, NATOni ham Rossiyaga qarshi tajovuzkorligi uchun bir necha bor keskin qoralagan. Fransuz qo'shinlarini Ukrainaga yuborishga qat'iyan qarshi, Ukrainaga qurol-yarog' yetkazib berishga esa yarim qarshi. Yana bir kichik ma‘lumot, u 2018-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan “O‘lmas polk”da qatnashgan.
Prezidentlik saylovida 3 marta qatnashgan, 2022-yilda 22% ovoz olgan va bu uning eng yuqori natijasi bo‘lib turibdi. U boshlanishida trotskiychi g‘oyasi bilan boshlagan, keyin Sotsialistik partiya aʼzosi boʻlgan, keyin uni tark etgan va prezidentlik saylovlarida Kommunistik partiyadan nomzod boʻlgan, 2017-yilda oʻzining “Fath qilinmagan Fransiya” harakatini yaratgan. U g‘oyaviy jihatdan ko‘proq trotskiychilarga tortadi.
Shuningdek, Fransiyaning Yevropa Ittifoqi va NATOdan chiqishi tarafdori, Isroilga qattiq qarshi, Falastinni qo‘llab quvvatlaydi va oldinroq hukumatga ega chiqsak, eng tez fursatda Falastin davlatini tan olishga harakat qilamiz degan edi. So‘lchilar ushbu g‘alabani Falastin bayroqlari bilan nishonlagani ham bejiz emas.

#Qachongacha "avtoterroristlar"ning "halokatli harakatlari davom etadi, #qachongacha bolajonlar ularni shinalari tagida jon beradi?
@therealniyozov
@therealniyozov
1951-yilda Hindistonda tug‘ilgan bir siyosatchi "NATOning imperativlari haqida gapirar ekan uni qisqacha shunday tavsiflagan edi: NATOning maqsadi Amerika harbiylarining Yevropada mavjudligini ta'minlash, sovetlar kengayishining oldini olish va qayta tiklanayotgan Germaniyaning ehtimoliy tahdidlarini yumshatishdan iborat (chunki yaqindagina Ikkinchi Jahon urushida mag‘lub bo‘lgan va asosiy aybdor bo‘lgan Germaniya tez tiklanayotgan edi), degan edi. Bu siyosatchining ismi esa Lord Hastings Ismay edi. U NATOning birinchi bosh kotibi edi. Yuqoridagi ta‘rif haqiqatdan NATOning hozirgi holatini ham aniq ifodalaydi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa vayronaga aylangan, iqtisodiy vayron va siyosiy jihatdan parchalanib ketgan edi. Fashistlar Germaniyasining mag'lubiyati, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi an‘anaviy Yevropa kuchlarining zaiflashishi natijasida yuzaga kelgan hokimiyat bo'shlig'i Sovet ta'siri uchun tayyor muhit yaratdi. Shunday vaziyatda AQSH global qudratli davlat sifatida maydonga chiqib, Yevropani barqarorlashtirish va kommunizm tarqalishining oldini olishga intildi.
NATO 1949-yil 4-aprelda Shimoliy Atlantika shartnomasi imzolanishi bilan tashkil etilgan. Taʼsischi aʼzolar AQSH, Kanada va Gʻarbiy Yevropaning oʻnta davlati edi. Shartnomaning asosiy maqsadi jamoaviy mudofaa edi: bir a'zoga qilingan hujum barchaga qilingan hujum deb hisoblanilar edi. Ushbu o'zaro mudofaa shartnomasi Sovet Ittifoqi tahdidiga aniq javob edi.
Qo'shma Shtatlarning NATOga qo'shilishi bir necha sabablarga ko'ra hal qiluvchi ahamiyat kasb etar edi. Birinchidan, AQSh Sovet Ittifoqiga qarshi muvozanatni saqlash uchun zarur bo'lgan iqtisodiy va harbiy resurslarga ega edi. Yevropada hozir ham, o‘shanda ham bunday qudratga ega davlat bo‘lmagan.
Qo'shma Shtatlar uchun ham Yevropada mavjudligini saqlab qolish nafaqat Sovet Ittifoqini ushlab turish, balki o'zining geosiyosiy manfaatlarini ta'minlash uchun ham foydali edi. Barqaror va xavfsiz Yevropa militaristikasi millatchilikning qayta tiklanishiga yo'l qo'ymasligi va global ishlarda ishonchli sherik bo'lishi ko‘zlangan edi.
NATOning tashkil topishi Jorj Kennan tomonidan ifodalangan AQShning "cheklash siyosati"ning bevosita amalga oshirilishi edi. Ushbu strategiya kommunizm paydo bo'lgan joyda Sovet ta'siriga qarshi turish orqali uning tarqalishining oldini olishga qaratilgan edi. NATO Sovet Ittifoqining G'arbiy Yevropaga ekspansiyasiga qarshi harbiy tayanch bo'lib xizmat qildi.
Sovuq urush davomida NATOning asosiy vazifasi Sovet agressiyasini to'xtatish edi. Yevropada Amerika qo'shinlari va yadro qurollarining mavjudligi muhim to'xtatuvchi vosita bo'lib xizmat qildi.
Germaniya militarizmi sabab bo'lgan ikki jahon urushi xotirasi ittifoqchi kuchlarning urushdan keyingi Germaniyaga munosabatiga ta'sir qildi. Kuchli, mustaqil Germaniya Yevropa barqarorligiga tahdid solishi mumkinligi haqida konsensus mavjud edi.
1955-yilda G'arbiy Germaniyaning NATOga qabul qilinishi sezilarli o'zgarishlarni ko'rsatdi. Germaniyani jazolash ma'nosida ushlab turish o'rniga, strategiya Germaniyani kollektiv xavfsizlik tizimiga integratsiya qilish orqali rivojlantirildi. Ushbu integratsiya bir tomonlama militarizm ehtimolini kamaytiradigan nazorat ostida va hamkorlik muhitida nemis harbiy salohiyatidan foydalanishga qaratilgan edi.
1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanishi bilan NATOning asl maqsadi asosiy muammoga duch keldi. Ittifoq o'z missiyasini mintaqaviy mojarolar, terrorizm va kiber urush kabi yangi xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashish uchun qayta belgilash orqali unga moslashdi va hozirgacha o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Janubiy Koreyada robot o‘z joniga qasd qildi.
Kunlik belgilangan dasturiy me’yordan bir necha barobar ko‘p vazifalar bajargan fuqarolik xizmati roboti o‘zini zinadan tashlab yuborgan.
Yaxshi ham O‘zbekistonda bo‘lmagansan, oldinroq o‘z joningga qasd qilarding)

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bayden "Ukraina prezidenti Putin"ni sahnaga taklif qildi.
Zelenskiy bilan Putinni adashtirdimi, demak endi uni almashtirsa bo‘lmaydigan darajaga yetibdi.
@therealniyozov
Zelenskiy bilan Putinni adashtirdimi, demak endi uni almashtirsa bo‘lmaydigan darajaga yetibdi.
@therealniyozov
Qirol soxta ekan — "Sheryurak" Richard.
Ko‘pchiligimiz salib yurishlarida salibchilarga rahbarlik qilgan va buyuk musulmon sarkarda Salohuddin Ayubiy bilan bir necha bor to‘qnashib, u bilan manfaatli shartnomalar tuzishga erisha olgan Angliya qiroli Richard Sheryurak haqida eshitgan bo‘lsak kerak. Hozir pastda yozadigan ma‘lumotlarim esa u haqidagi fikringizni 180°ga o‘zgartirib yuborsa ajab emas.
Albatta, u qahramon, olijanob salibchilar qiroli sifatida keng e‘tirof etiladi, lekin biroz chuqurroq ichkariga kirilganida asl versiya bilan u haqidagi turli uydirmalar bir biriga nomutanosibligini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
Birinchi fakt: Richard Angliya qiroli bo‘lishiga qaramay, Angliyada deyarli vaqt o'tkazmagan. U 1189-yildan 1199-yilgacha o'n yil hukmronlik qilgan, ammo mamlakatda atigi olti oy bo‘lgan.
Uning hukmronligining katta qismi Uchinchi salib yurishida yoki asirlikda o'tgan. Ha, to'g'ri o‘qidingiz — sher yurakli qirol Avstriya gersogi Leopold V tomonidan qo'lga olingan va to'lov undirib olish uchun bir muddat ushlab turilgan. Uning onasi, Akvitaniyalik Eleonora, uni ozod qilish uchun juda katta to'lovni yig'ishga majbur bo'lgan.
Yana bir ko'pchilikka ma'lum bo'lmagan qiziqarli ma'lumot shuki: Richard ingliz tilini juda kam bilgan. U uyda ko'proq fransuz tilida gapirar edi, o'sha paytda Angliyada hukmron sinfning tili aynan shu til hisoblangan.
Darhaqiqat, u o'zining fransuz hududlarini ingliz hududlariga qaraganda muhimroq deb bilgan. Afsonalardagiday vatanparvarga o‘xshamayapti-a?
Ko'pincha bo'rttirib yuboriladigan yana bir jihat bu uning jasurligi va olijanob xulq-atvori. Albatta, Richard jangda jasorat va mahoratini ko‘rsatgan, ammo u shafqatsiz ham bo‘lgan.
Salib yurishi paytida Akr shahrini egallab olgandan so'ng, Richard 2700 ga yaqin musulmon mahbuslarni, jumladan ayollar va bolalarni qatl qilishni buyurgan. Ertaklarda ko'pincha tasvirlanadigan ritsar obraziga mutlaqo teskari.
Richard salib yurishlarini moliyalashtirish uchun o'z fuqarolariga katta miqdorda soliq solgan va bu jiddiy norozilikka sabab bo'lgan. Keyingi Angliya qiroli Jonning hukmronligiga qisman Richard qoldirgan moliyaviy tangliklar to'sqinlik qilgan.