therealniyozov
806 subscribers
67 photos
27 videos
4 files
51 links
Javohir Niyozov

Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy mavzularda o‘z qarashlarim va fikrlarimni berib boraman.

Aloqa uchun: @FabriziouzbBot

©️ Kanaldan ma‘lumot olganda manbani keltirib o‘tishingizni so‘raymiz.
Download Telegram
Umid tugagan joyda mo‘jizalar sodir bo‘ladi.

© Dostoyevskiy x @therealniyozov
Hayit bayramingiz muborak bo‘lsin!

@therealniyozov
Butun umrini bo‘ydoqlikda o‘tkazgan va umuman farzand ko‘rmagan, mashhur yozuvchi Frans Kafka bir kuni Berlindagi bog‘dan o‘tib ketayotib, sevimli qo‘g‘irchog‘ini yo‘qotib qo‘yib yig‘layotgan qizni uchratib qoladi. Qizcha va Kafka qo'g'irchoqni izlashga tushib ketishadi.

Kafka qizchaga ertaga shu yerda bo‘lishini va yana qo‘g‘irchoqni qidirish uchun qaytib kelishini aytdi. Qizchaga ham kelishini tayinladi.

Ertasi kuni ham qo‘g‘irchoqni topa olishmagach, Kafka qizga qo‘g‘irchoq “yozgan” maktubni berdi. Unda shunday yozilgandi: “Iltimos yig‘lamang. Men dunyoni ko‘rish uchun sayohatga chiqdim. Sizga o‘z sarguzashtlarim haqida yozaman..."

Shunday qilib, Kafka hayotining oxirigacha davom etgan hikoya boshlandi.

Uchrashuvlarda Kafka qo'g'irchoqning sarguzashtlari haqidagi hikoyalar yozilgan maktublarni qizga o‘qib berar, bu qizga juda yoqardi.

Nihoyat, Kafka Berlinga qaytib kelgan qo'g'irchoqni (aslida, u boshqa qo‘g‘irchoq sotib olgan edi) qizchaga qaytarib olib keldi.

– Bu mening qo‘g‘irchog‘imga umuman o‘xshamaydi, – dedi qiz.

Kafka unga qo'g'irchoq yozgan yana bir maktubni uzatdi: "Mening sayohatlarim meni o'zgartirdi". Qizcha yangi qo‘g‘irchoqni quchoqlab, quvonchi o‘ziga sig‘may uni o‘zi bilan uyiga olib ketdi.

Bir yildan keyin Kafka vafot etdi.

Ko'p yillar o'tgach, endi voyaga yetgan qiz qo'g'irchoqning ichidan xat topdi. Kafka yozgan kichik maktubda shunday yozilgan edi:

"Siz sevgan hamma narsa yo'qoladi, lekin oxir-oqibat sevgi boshqa yo'l bilan qaytadi".

@therealniyozov
Bolgariya malikasi.

@therealniyozov
Putin Shimoliy Koreyada. Kim Chen-In va Shimoliy Koreya Putinni iliq kutib oldi. Chunki, ikkala davlatda ham o‘xshash tomonlar bor. Albatta, Putinning bu tashrifdan ko‘zlagan maqsadi bor. O‘z navbatida Kimning ham.

Putinning uchrashuvdan ko‘zlagan asosiy maqsadi aniq, to‘liq harbiylashtirilgan totalitar davlatdan nima so‘rash mumkin? Albatta, snaryadlar va strategik hamkorlik. Snaryadlarning katta ulushi Ukraina Qurolli Kuchlariga va Ukraina yerlariga shuncha katta ziyon degani. Albatta, Putin buni ham o‘ylab qo‘ygan. Katta miqdordagi ziyonni juda arzonga ta‘mirlash mumkin, deyarli tekinga. Ya‘ni urushda Rossiya tomonidan okkupatsiya qilingan hududlar shimoliy koreyalik ishchilar tomonidan ta‘mirlanadi. Bu davlatda ishchi kuchi Rossiyadagi an‘anaviy markaziy osiyolik ishchilardan ham arzon. Shunday qilib, Rossiya Shimoliy Koreyadan sotib olgan snaryadlari evaziga vayron bo‘lgan hududlarni aynan shu mamlakatdan keladigan ishchilar oqimi bilan tuzatmoqchi.

Shimoliy Koreya nima yutadi? Shimoliy Koreyaga nisbatan BMT Xavfsizlik Kengashining (Rossiya ham qabul qilgan vaqtida bunday sanksiyalarni) katta halokatli sanksiyalari bor. Rossiya bilan shu sanksiyalardan ba‘zilariga chap berishga harakat qilmoqda. Shulardan biri yuqorida aytganimizdek, ishchilarni chet davlatlarga yuborish. Shimoliy Koreya ishchilariga chet elda ishlashiga sanksiyalar mavjud. Rossiya esa aksincha, buni Shimoliy Koreyadan so‘ramoqda. Albatta, bundan ikki tomon ham birdek yutadi.

Shuningdek, aksariyat totalitar davlatlarda mavjud bo‘lgan halokatli belgilardan biri o‘zining qaysidir bosqichida o‘zini-o‘zi oziq-ovqat bilan ta‘minlay olmay qolishi, Shimoliy Koreyani ham chetlab o‘tgani yo‘q. 1990-yillardan buyon Shimoliy Koreya oziq-ovqat taqchilligi bilan yuzlashgan. Rossiyaga snaryadlar berish orqali evaziga oziq-ovqat olishdan umid qilmoqda. Oxiriga kelib, o‘zini-o‘zi oziq-ovqat resurslari bilan ta‘minlay olmay inqirozga uchragan va tarqalib ketgan SSSRning o‘zi tan olmasa ham davomchisi bo‘lgan Rossiya esa bu jabhada ulkan resurslarga ega.

O‘ylaymanki, ikkala davlat o‘rtasida muzokaralar silliq o‘tadi.

@therealniyozov
therealniyozov
Putin Shimoliy Koreyada. Kim Chen-In va Shimoliy Koreya Putinni iliq kutib oldi. Chunki, ikkala davlatda ham o‘xshash tomonlar bor. Albatta, Putinning bu tashrifdan ko‘zlagan maqsadi bor. O‘z navbatida Kimning ham. Putinning uchrashuvdan ko‘zlagan asosiy…
Putin Pxenyanga tashrifi oldidan Shimoliy Koreya bilan “hamma narsani qamrab oluvchi strategik sheriklik” toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Rossiyalik propagandachilarning aytishicha, bu Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya uchun jang qilishini anglatadi, ammo ikki o‘rtada bunday kontekstdagi gap oxirgi marta Putin va Kim Chen In 2023-yil sentabrida Vladivostokda uchrashganida ham aytilgan edi.

Putinning Shimoliy Koreyaga kelishi bilan aytgan dastlabki gaplari koreyslarning iqtisodiyoti “katta” iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishganini ta’kidlash bo‘ldi:

“KXDR ulkan natijalarga, mamlakatning texnologik, ilmiy va sanoat qudratini mustahkamlashda haqiqiy yutuqlarga erishmoqda”.

Taqqoslash uchun, aholi jon boshiga YIM:

Shimoliy Koreya 1700 dollar;
Janubiy Koreya 35 000 dollar.

Farqi 20 marta. Bu erkin iqtisodiyotdagi erkin odamlar bilan totalitar diktaturadagi odamlar o'rtasidagi farq.

Putin Shimoliy Koreyaga birinchi va oxirgi marta 2000-yilda tashrif buyurgan edi. Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir o‘sha paytda Shimoliy Koreya rahbari edi.

Putinga qadar SSSR yoki Rossiya rahbarlarining hech biri Shimoliy Koreya tashkil etilganidan beri unga tashrif buyurmagan.

Stalin, Xrushchev, Brejnev, Andropov, Chernenko, Gorbachyov, Yelsin, bulardan hech qaysi biri Sovet Ittifoqi tomonidan yaratilgan mamlakatga tashrif buyurishni zarur deb hisoblamagan.

Putinning hikoyasi tarix darsliklarida boshida orzu qilgan hamma narsaga ega bo'lish va keyinchalik uni butunlay yakson qilish haqida klassik misol bo'lib qoladi.

@therealniyozov
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi BMT Bosh Assambleyasi orqali “neokolonializm”ga qarshi kurash bo'yicha rezolyutsiyani ilgari surmoqchi. Go‘yo Gitler natsizmga qarshi rezolyutsiyani ilgari surayotgandek. Chunki Putin postsovet hududida, ayniqsa Ukrainaga nisbatan, aynan mana shu neokolonializmni davom ettirmoqda.

Rossiyaning Afrikada qilayotgan ishlari: mahalliy hukmdorlarni sotib olish va ularning mulkidagi tabiiy resurslardan foydalanish — aynan "neokolonizm"ning o‘zi.

@therealniyozov
Amerikaning “Petrodollar”iga qarshi chiqqan har qanday kishi AQShning dushmanidir.

Petrodollar OPEC (neft qazib olishni va aʼzo mamlakatlarning neft eksport siyosatini muvofiqlashtiruvchi hamda aʼzo mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladigan xalqaro tashkilot) davlatlaridan neft sotib olgan har qanday davlat neft uchun Amerika dollarida to'lashi kerakligini anglatadi. Misol uchun, Hindiston Erondan neft sotib olmoqchi bo'lsa, Hindiston Eronga Eron rialida yoki Hindiston rupiyasida to'lay olmaydi, Eronga AQSh dollarida to'lashi kerak.

Aynan petrodollar tufayli Amerika dollari dunyodagi eng ko'p ishlatiladigan valyuta bo‘lib qolmoqda.

O'ylab ko'ring, Amerika neft eksport qiluvchi arab va Afrika davlatlari bilan yaqin bo'lgan boshqa davlatlardan ko‘ra qanday qilib arzonroqqa neft ola oladi? Amerika bu davlatlarda juda uzoqda. Neft tankerlari uchun Osiyo mamlakatlariga qaraganda Amerikaga neftni to'liq tashish juda qimmatga tushadi, ammo Amerika neftni boshqalarga qaraganda arzonroq oladi.

Kaddafiy bunga qarshi chiqdi va u neft biznesida ko'plab islohotlarni amalga oshirdi, undan barcha neft qazib oluvchi arab davlatlari ham foyda ko'rdi. Ammo, buni G'arbning o‘zini "liberal va rostgo'y" deb ataydigan ommaviy axborot vositalari hech qachon ochiqlamagan.

Shubhasiz, Kaddafiy avliyo emas edi, lekin o'z davlati uchun katta ishlar qilib ketgan:

1. Liviyada elektr uchun to'lov yo'q edi, elektr energiyasi barcha fuqarolarga bepul berilgan.

2. Kreditlar bo'yicha foiz stavkalari bo'lmagan, banklar davlat mulki bo'lgan, fuqarolarning krediti qonun foiz - 0% bo‘lgan.

3. Kaddafiy Liviyada hamma uy-joyga ega bo'lmaguncha ota-onasiga uy sotib olmaslikka va'da bergan.

4. Liviyadagi barcha yangi turmush qurgan juftliklar hukumatdan 60 000 dinor olishgan va shu pul orqali ular o'z kvartiralariga ega bo‘lishgan va oila qurishgan.

5. Liviyada ta'lim va davolanish bepul qilib qo‘yilgan. Kaddafiydan oldin kitobxonlar atigi 25%ni tashkil qilgan, uning hukmronligi davrida esa bu ko‘rsatkich 83%ni tashkil qilgan.

6. Agar liviyaliklar fermada ishlashni xohlasalar, ularga maishiy texnika, urug‘lik va chorva mollari tekinga berilgan.

7. Agar ular Liviyada davolana olmasalar, davlat ularga 2300$ pul, turar joy va xorijda davolanishi uchun safarni moliyalashtirgan.

8. Agar siz mashina sotib olgan bo'lsangiz, davlat narxning 50 foizini qoplab bergan.

9. Benzin narxi litri uchun 0,14 dollarni tashkil qilgan.

10. Liviyaning tashqi qarzi bo‘lmagan, zaxiralari 150 milliard dollarni tashkil qilgan (hozirda butun dunyo bo'ylab muzlatilgan).

11. Ba'zi liviyaliklar maktabdan keyin ish topolmaganda hukumat o'rtacha ish haqini to'lab turgan.

12. Liviyada neft sotishning bir qismi bevosita barcha fuqarolarning bank hisobvaraqlariga bog‘langan.

13. Bolani dunyoga keltirgan ona 5000 dollar oladi

14. 40 dona non 0,15 dollar turgan.

Kaddafiyning Petrodollarga analog sifatida kiritmoqchi bo‘lgan tilla dinorlari esa AQShga albatta yoqmagan. Kaddafiy o‘ldirildi. Ikkiyuzlamachi AQShning say-haraktlari bilan.

@therealniyozov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu kinoni ko‘rishlik mood.

Kinodagi aktyor another level sizlarga aytsam.

Sizlar qaysi kinoni ko‘ryapsizlar?

@therealniyozov
Bayden va Tramp o'rtasidagi debat ataylab erta o‘tkazilmoqda — 27-iyun. Odatda bahslar kuzda bo'lib o'tadi, lekin bu yil yozda bo‘ladigan bo‘ldi. Bu ataylab qilinmoqda. Chunki, agar Bayden debatda "kalla qo‘ysa" va o‘zining "sharpalar bilan salomlashish shousi"ni ko‘rsatsa, u Demokratik partiyadan nomzod sifatida almashtiriladi. Nomzodni ko'rsatish masalasi esa avgust oyining o'rtalariga rejalashtirilgan. Shuning uchun agar hozir ushbu debat o‘tkazilsa demokratlarda vaqt zaxirasi bo'ladi. Nomzodlar kimlar?

Birinchisi, Mishel Obama. Barak Obamaning rafiqasi. Mishel Obamaning obro‘si eri, amerikaliklarning sevimlisi Barak tufayli yaxshi. Aynan Barak Obama effekti unga Baydendan yaxshiroq ovoz olib berishi mumkin. Ammo, bir muammo bor: Mishelda prezidentlikka ishtiyoq yo‘q.

Ikkinchi variant Kaliforniya gubernatori Nyusom. Ushbu noname gubernator ham ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri, ammo undan ko‘ra debatda juda qovun tushirib yubormasa Bayden yaxshiroq ovoz olsa kerak.

@therealniyozov
therealniyozov
Bayden va Tramp o'rtasidagi debat ataylab erta o‘tkazilmoqda — 27-iyun. Odatda bahslar kuzda bo'lib o'tadi, lekin bu yil yozda bo‘ladigan bo‘ldi. Bu ataylab qilinmoqda. Chunki, agar Bayden debatda "kalla qo‘ysa" va o‘zining "sharpalar bilan salomlashish shousi"ni…
Bibi Netanyahu Bayden va demokratlar AQSh prezidentligidan ketishi va hokimiyatni Trampga tayyorlash uchun qo‘lidan kelgani qilyapti. AQShning qarshiligiga qaramay HAMAS bilan urushni to‘xtatmayapti, aksincha yana bir Hizbullohga qarshi yangi front ochishga tayyorlanmoqda. Vashington bundan keskin norozi.

Tramp va respublikachilar esa Isroil borasida demokratlardan ham ancha ochiqroq. Tramp saylovoldi kampaniyasida aytganidek, u Isroil uchun barcha Amerika prezidentlaridan ko‘ra ko‘proq ish qilgan va kampaniyasida ham sionist hokimiyatini keng qo‘llashini ta‘kidlamoqda. Shuning uchun prezidentlikka Tramp kelgani yaxshi Netanyahu uchun.

@therealniyozov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maqtanishmas-u degan trend bo‘lardi. Maqtanishmas-u shu brat bizga universitetda dars o‘tgan. Haqiqiy ilm odami bu brat.

Xullas, Rahmon Qo‘chqor domla TOP!

@therealniyozov
Kun iqtibosi:

“Bu urush firibgarlikdir, chunki u g'alabasiz davom etishi kerak, uning asosiy maqsadi mavjud tuzumni saqlab qolish, nafaqat inson hayotini, balki inson mehnatining samarasini ham yo'q qilishdir, chunki umumiy farovonlikning oshishi xavf tug'diradi. Odamlarning katta qismi savodli bo'lsa, o'zini o'zi o'ylashni o'rgansa, u imtiyozli ozchilikdan xalos bo'ladi, urush esa qashshoqlikka o‘rgatilgan odamlarni shu xayolot dunyosida saqlashga yordam beradi.

"1984" romanidan, tanish tuyulmayaptimi?

Asar muallifi Jorj Oruell esa bugun 121 yoshda bo‘lar edi!

@therealniyozov
Shubhasizki, jahon tarixidagi eng olamshumul, siyosiy qarashlarni butunlay o‘zgartirib yuborgan voqealardan biri – Fransuz burjua inqilobi edi. Aynan ushbu inqilob Yevropada qirollarsiz ham boshqaruvni amalga oshirish mumkin ekanligini, u Xudoning yerdagi vakili emas, balki oddiy ular kabi odam ekanligini barchaga isbotlagani bilan diqqatga sazovordir. Hatto, Fransiyani o‘zining asosiy raqibi sifatida ko‘ruvchi, yaqindagina Angliyaning Amerikadagi mustamlakalarini ozod qilishda amerikaliklarga inglizlarga qarshi kurashda yordam bergan Lyudovik XVI'ning ushbu inqilob tufayli o‘ldirilishi Angliya qirolini havotirga solib qo‘ygandi. Chunki, qirollar o‘z "ilohiyligini yo‘qotgandi". Inqilobga turtki bo‘lgan, Xudoning yerdagi vakili sifatida ko‘rilgan(!) qirolga qarshi bunday "gunohi kabira"ni amalga oshirishga nima sabab bo‘ldi? Shu omillardan biri — iqtisodiy qiyinchiliklar edi.

1789-yilgi inqilobdan oldingi oylarda fransuzlarning juda kambag'al bo'lishining sabablaridan biri 1788-yilgi hosilning juda past bo'lganligi edi. Fransiyaning shimoliy yarmi, Luaradan Reyngacha, 13-iyul kuni kuchli do'l bo'roni bo'lib, barcha o'sayotgan ekinlarni yo'q qildi. Bu vaqtda janubiy Fransiya ham katta qurg'oqchilikdan aziyat chekayotgandi.

O'sha paytda ko'pchilik jamiyatlar kabi, Fransiyada ham qishloq xo'jaligi asosiy o‘rinni egallardi va bunday halokatli hosil fransuz aholisining ko'pchiligi o'sha yili kamroq ovqat iste'mol qilishlari va kamroq pul topishlarini anglatardi. Biroq, soliqlar kamaytirilmadi, chunki fransuz davlati 1776-yildan 1783-yilgacha Amerika inqilobini qo'llab-quvvatlagani sababli juda katta qarzga kirib ketgan edi. Fransiyaning quruqlik va dengizdagi qo'llab-quvvatlashi amerikaliklarning g'alabasi uchun muhim bo'lgan. Amerika mustaqillik urushi Qo'shma Shtatlarning g'alabasi edi, ammo ingliz raqibini zaiflashtirishdan tashqari, fransuz monarxiyasi Amerikada deyarli hech narsa yutmadi, shu bilan birga Atlantikaning narigi tomoniga bir necha ming qo'shin va o'nlab kemalarni joylashtirish katta xarajatlarga olib keldi.

1788-yilgi dahshat darajadagi kam hosildan keyin 1788-1789-yillardagi halokatli qish keldi. Harorat ancha past bo'ldi; Parijda 31-dekabrda Selsiy boʻyicha -21,8 daraja sovuq qayd etildi va ichki savdo, poytaxtni taʼminlashda muhim rol oʻynagan Sena daryosi 56 kun davomida muzlab qoldi. Fransiyaning boshqa yirik daryolari, masalan, Ron, Garon yoki Reyn ham muzlagan edi. Fransiyaning boshqa qismlarida, masalan, Elzasda harorat yanada past edi. 19-dekabrda Mulhaus shahrida -31 darajagacha sovuq qayd etilgan (ushbu qahraton qandaydir ramziy kasb etgan desak ham bo‘ladi: sovuq qahraton tufayli yuz bergan inqilobning mevasi bo‘lmish Napoleon aynan qahraton sovuq tufayli Rossiya imperiyasidan qaqshatqich zarbaga uchradi va bu uning halokatini boshlab berdi). Shimoliy qirg'oqdagi savdo uchun muhim bo'lgan bir qator portlar sovuq tufayli yopilgan, chunki u yerda ham suv muzlab qolgan.

Lyudovik XVI Versal kambag'allariga sadaqa berishni boshlagan. Ammo, monarxiyaning fransuz xalqiga yordam berish uchun qilgan ramziy harakatlari aholining katta qismiga deyarli ta'sir qilmagan.

Odamlar uchun eng keng tarqalgan oziq-ovqat — nonning narxi o'sha davrdagi fransuz dehqonlari hech qachon ko'rmagan darajaga ko'tarildi, narx o'rtacha ko'rsatkichdan uch baravar qimmatlagan edi. Fransuzlarning an‘anaviy ichimligi vino ham ancha qimmatlab qolgandi, chunki uning katta qismi bochkalarda muzlab qolgan.

1789-yilning yoziga kelib ham, Fransiya 1788-yilgi o'rim-yig'im va qish inqirozidan hali ham chiqib ketmagan edi. Non narxi hali ham ancha yuqori, ko'plab oilalar o'zlarini zo'rg'a boqardilar, zodagonlar va ayniqsa qirol oilasi esa hali ham hashamatli hayot kechirardi. Bir qator boshqa omillar bilan bog'liq bo'lgan bu qashshoqlik 1789-yilgi inqilobning manbalaridan biri edi.

@therealniyozov
Kun iqtibosi:

Darvinga e’tiroz

Darvin ta’limoti noto’g’ri. Odam maymundan emas, maymun odamdan tarqagan. Oyog’i yerdan uzilmaganlar odam bo’lib qolgan. Oyog’i yerdan uzilganlar esa maymun bo’lib daraxtga chiqib ketgan… Bu jarayon hamon davom etmoqda…

O'tkir Hoshimov x @therealniyozov
Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng Potsdam muzokaralarida sovetlar Germaniyani butunligicha qoldirishni taklif qilishgan, amerikalik va britaniyalik diplomatlar esa aksincha uni turli zonalarga ajratib boshqarishni o‘rtaga tashlagan. Shu kelishuv dunyo tarixidagi eng foydalilaridan biri bo‘lgan bo‘lsa kerak.

Potsdam konferentsiyasida sovetlar, amerikaliklar va inglizlar Germaniyani to'rt sektorga bo'lishga kelishib olishgan. Oxirgi ikki urushdan keyin eski xatolari: Germaniyani yaxlit qoldirib, yana kuchayishiga yo‘l qo‘yishni xohlamadilar. Hech qaysi davlat dunyo yana bir Jahon urushini ko‘rishini xohlamasdi.

Sovetlar kommunistik Germaniyani xohlashdi. Boshqa ittifoqchilarga esa albatta, bu ma‘qul emas edi, shu sababli bo‘lish eng to‘g‘ri variant edi.

Oxir-oqibat, Potsdam kelishuvi muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi. Dunyo hozirgacha boshqa bunday ko‘lamdagi jahon urushini ko‘rmadi. Bundan tashqari, bu dunyoga kommunizmning va kapitalizmning davlatga ta'sirini ko'rish imkoniyatini berdi. Bo‘lib ham bu tajriba bir xil odamlar, bir xil geografiya va bir xil ob-havodagi, ammo turli xil mafkuralardagi odamlarda "o‘tkazildi".

@therealniyozov