Mind Journal
25 subscribers
7 photos
10 links
Download Telegram
Mas'uliyat majburiyat orqali hosil qilinadi.


Hayotimdan misol, yaqin kunlargacha vaqtim juda ko'p edi. Kunlik tashvishim o'qishga borib kelish edi xolos.

3 kun oldin yangi ishga joylashdim. Ish juda murakkab va shu murakkabligi bilan menga yoqqandi.


Majburiyat va ishning "vahima"si halovatimni olib qo'yganiga qaramay, avvalgidan ko'proq ishlarga ulgurayotganimni his qilyabman.

Aynan o'sha kundan boshlab yangi rejalar tuza boshladim va yangi chellenjlar belgiladim. Bu safargi mas'uliyat va qat'iyat avvalgilardan farq qilardi.


Demak majburiyat mas'uliyatni hosil qilar ekan.

Koʻproq ishlarga ulgurish uchun koʻproq majburiyat oling.

Majburiyat olish bu qiyin ishlarni oʻz zimmasiga olishdir.

Javobgarligi katta ishlarda faol boʻlishdir.


Shuning uchun boʻlsa kerak rahbarlar hayotda boshqalarga nisbatan tartibliroq va qat'iyatliroq boʻladi
Yaqindagina Samarqand Tibbiyot institutiga stajyor o'qituvchi sifatida ishga kirdim va xorijdan kelgan talabalarga dars bera boshladim.

Bugungi dars haqida #qisqacha

Fantastik dars bo'ldi hozir eh ko'rmadizlarda😅. Talabalar xonaga kayfiyatsiz kirishdi. Dars davomida ko'rsanggiz edi ularni kayfiyatini

Dars boshidagi yo'tal ovozlari dars oxiriga kelib kulguga aylandi. Xomush yuzlar go'yo 1mln$ yutib olgan insonni hursandchiligini ifodalab qoldi.

Mavzuni tushuntirmadim. Ammo ular 90% tushunishdi. Darsni siyqasi chiqqan metodlardan chetlashgan holda, o'yinlar bilan o'rgandik.

Barcha hursand, dars tugashini hech kim xohlamadi, dars vaqti tugab keyingi guruhlar kelib eshik oldida turib qolgunicha xonadan chiqishmadi. O'z ixtiyorlari bilan albatta😅

Tushundimki: dars chiroyli o'tishi uchun Ustoz va o'quvchi bir millatdan bo'lishi, bir-birini 110% tushunishi shart emas. Men hindlarni aksentiga bazo'r tushunaman. Buning ustiga juda tez gapiradi😅

Shunchaki nimanidir o'zgartirdim. Shu kungacha hamma yurib kelgan yo'ldan emas, sal boshqacha yo'ldan yurdim. Ammo manzil bitta. Va natija Bomm🔥

Xulosa nima: Ijodkorlik sizni har qanday qiyin vaziyatdan olib chiqib keta oladi.


(dars o'tishda eng yaxshi metodlarni GPT dan so'radim)
Bir narsani oʻylab qoldim doʻstlar.

Uzb madaniyati 2 ga boʻlinadi.
1. SSSR dan oldingi
2. SSSR dan keyingi

Millatning haqiqiy yuksak madaniyati 1-davrda edi. Ya'ni SSSR dan oldingi davrda.

Ularni oʻrganish, tiriltirib tadbiq qilish oʻsha davr ziyolilari tomonidan yozilgan kitoblarni qayta va qayta oʻqish bilan boʻladi.

Oʻtgan kunlar
Mehrobdan chayon
Kecha va kunduz
...
..
.
Jumladan:

Oʻtkir Xoshimov
Pirimqul Qodirov
Said Ahmad
...
..
.

Kabi yangi davr ziyolilari ham Jadidlar tarbiyasida ulgʻaygan, milliy madaniyatni oʻzida singdirgan insonlardir.

Milliy badiiy kitoblarni oʻqish oʻquvchiga milliy madaniyatni chuqurroq anglash, o'zligini tanish va tarixiy merosini bilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikki yoʻl bor.

Birida yoʻl atrofi gullar-u bogʻlar, soʻngi esa zulmatdir.

Ikkinchisida yoʻl atrofi tikan ammo soʻngi gulzor-u bogʻlardir.

Eng qizigʻi nima bilasizmi?

Birinchi yoʻlning gullari-yu bogʻlari badboʻylik va azob bilan toʻla.

Ikkinchi yoʻlning tikanlari esa mushkdek iforli, ruhinggizga rohat bagʻishlaydi.

Birinchi yoʻldagi hamrohinggiz yoʻl soʻnggida sizni azobga tashlab ketadi.

Ikkinchi yoʻldagi hamrohinggiz esa doim siz bilan va sizga eng zarur narsalarni eng zarur vaqtlarda berib boradi.


Birinchi yoʻlning rohati aslida azobdir!

Ikkinchi yoʻlning azobi aslida rohatdir!

Sizni aldayotgan sarobdan voz keching.

Baxt va saodat ikkinchi yoʻldadir.

Koʻzinggizni yuming va Rohmanning yoʻli tomon oshiqing!
Bugun Nuqtai nazar haqida gaplashamiz!

Interstellar filmida Myorfi qonuni haqida soʻz borgan edi.

- Siz qanchalik ko'p biror yomon voqea tasodifan sodir bo'lishidan qo'rqsangiz, albatta shu narsa sodir bo'ladi.

Yomon oʻy-fikrlar insonni ruhan va jismonan zaiflashtiradi. Inson havotirlanadi. Qoʻrquvga tushadi. Holdan toyadi.

Shuningdek, yaxshi oʻy-hayollar esa kuch bagʻishlaydi. Markaziy asab tizimida Endorfin (baxt gormoni) ishlab chiqariladi.

Charchoqni va stressni bosib, kayfiyatni koʻtaradi. Immunitetni mustahkamlaydi


Xullas. Har bir voqea-hodisaga nisbatan bizda 2 xil qarash mavjud. Ijobiy va salbiy!

Kelajakni oldindan bilmaganimiz bois, ba'zan unga nisbatan miyamizda salbiy fikrlar tugʻiladi.

Qoʻrquv va stress orttirib olamiz. Natijada voqelik ham kutganimizdek boʻlib chiqadi

Ijobiy fikrda boʻlsakchi?
Shundogʻam kelajak haqida doim yaxshi gumonda boʻlishga buyurilganmiz.

Kayfiyatimiz koʻtariladi. Boshqa ishlarimiz ham unumdor boʻladi. Ruhan va jismonan quvvat olamiz! Va natija ham kutganimizdek boʻladi.

Myorfi qonuni ishlaydi.

Psixologiyada ham shunaqa gap bor:
- Inson nima haqida koʻp oʻylasa, miya oʻsha narsaga diqqatni sozlaydi.

Mashina sotib olmoqchisiz, birdan koʻchada faqat hamma mashinalar koʻzizga koʻrina boshlaydi...


Demak
Biror Voqeaga nisbatan nuqtai nazarimiz, oʻsha voqea biz uchun qanday boʻlishini belgilab berar ekan.

Taqdir ham deyishimiz mumkin. Balki taqdir ham bizni nuqtai nazarimizga bogʻlangan boʻlsachi?

Shunday ekan doim ijobiy yondashuvda boʻlaylik. Xatto eng yomon vaziyatlarda ham)
Oddiy xazonrezgilikdagi biz olishimiz kerak boʻlgan saboq nima?

Biz har doim guvoh boʻladigan oddiy barglarning toʻkilishi(xazonrezgilik) da ham qancha hikmat bor a.

Barg bahorda tugʻiladi. Yaxshi havoda unib oʻsadi. Undan faqat oʻsish talab qilinadi.

Yozda esa u fotosintez qilishi kerak. Endi oʻsish va tekin yomgʻirlar tugadi. Endi u ishlashi kerak. Atrofdagi insonlarning hayoti uchun ishlashi kerak.

Kuz keldi. Barg qaridi. Moʻrtlashdi. Oydek yuzi sargʻayib, bujmayib, qaridi. Oʻlim soatlari yaqin. Qish keldi va barg ...



Insondek a?

Ulgʻayguniga qadar ortiqcha bosimsiz oʻsib ulgʻayadi. Bu uning bahori

Ulgʻaygach, masuliyat keladi. Endi u oilasi uchun ishlashi kerak. Bu uning yozi

Keksayadi. Yuzi bujmayib ajinlar tushadi. Kuchdan qolib moʻrtlashadi. Bu uning kuzi

Va qish keladi...
Tanqid toshlarini nega yogʻdirmayabsizlar?
Deadline lar muhim

Koʻpincha bir ishni tugatmay turib ikkinchisini boshlay olmaysiz.

Birinchisidagi erkinlik qolgan barchasini ortga surilishiga olib keladi.

Eng yomoni bu erkinlik barchasida davom etadi. Va hayot arzimagan narsalar ustida oʻtib ketadi

Shuning uchun har bir ishni bajarilish muddatini aniq belgilash(deadline) juda muhim.

Kitobni tugatsam uxlayman degandim. Ma'lum vaqt belgilamaganim uchun tugamay qoldi.

Natijada uyqu kechikib ketdi. Bu tongni boy berish degani.

Tong boy berilsa keyingi kun ham boy berildi degani)

Bitta oddiy ishda deadline yoʻqligi, butun bir kun va undagi vazifalarni ortga surib yuboryabdi.

Har bir ishni aniq rejasini, boshlash va tugallash vaqtini belgilash inson turmush tarziga tartib olib kiradi.

Kunlar tartiblansa hayot tartibli boʻladi.
Tartibli hayot saodatli hayotdir!
Oddiy imkoniyatlar aslida oddiy emas

"Imkoniyat boʻlsayuu, shu ishlarni qivorsam" deydigan kishilarni eshitganmiz. Oʻzimiz ham shunaqa deymiz

Ammo imkoniyat oʻzi bilan doim bir sinovcha olib kelarkan

Haqiqatan muhtoj inson qarz soʻrab keladi, ammo ayni paytda sizning ham zarurroq toʻlovlaringgiz boʻladi.

Juma tongi. Xalqqa taksida bepul xizmat koʻrsatmoqchisiz. Ammo, oʻzinggizni darmonsiz his qilyabsiz.

Yoʻlda bir onaxonning ogʻir yuk koʻtarib ketayotganini koʻrdinggiz. Ayni paytda doʻstlaringgizga "boryabman" deb va'da berib qoʻygansiz.

Bu kabi imkoniyatlardan albatta foydalana olaman dersiz, ammo, boshinggizga tushganda bilinarkan.

Siz yoqtirgan narsa bilan sinalasiz. Kibr, gʻurur va nafsni yenga olgan kishigina bundan foydalana olarkan.

Masalan: Bomdod oʻqish imkoniyati bizga har tong beriladi. Ammo ...
Javoblar emas savollar qadrlanadigan zamon keldi.

Hozir bir insonning odatiy savollarining 90% iga google va ChatGPT javob bera olyabdi.

Javoblar hamma vaqt tayyor boʻlgan zamonga keldik. Ammo shunday boʻlsada ba'zan oʻzimiz xoxlagan narsani ololmaymiz.

Nimani qanday o'zgartirsak biz izlagan javoblar keladi:

Javoblardan koʻra savollar muhimroq. Aqlli savol javobini oʻzi izlab topadi.

Birinchi hayolga kelgan savolga toʻxtalmaslik san'atini oʻrganing.

Nega ular koʻp pul olyabdi. Adolat qani - bu ham savol.

Men ham ulardek, balki ulardan ham koʻproq topishim uchun nima qilishim kerak - bu ham savol

Uni qanday koʻndira olaman - bu ham savol

Nima qilsam men ularni emas, ular meni koʻndirishga harakat qilishadi - bu ham savol


Hech kim bermagan savolni bergan odam hech kim olmagan javobni oladi. Ko'p savol bergan odam ko'proq oʻrganadi. Ammo toʻgʻri savol berish aql talab qiladi.

Rumiy aytganidek: Savol ham ilmdan, javob ham ilmdan.


Toʻgʻri savollar toʻgʻri javoblarga olib boradi. Savollar aqlni koʻrsatadi. Savollar aqlni oʻstiradi. Savollarni ahamiyati qolmagan vaqt javoblarni ham ahamiyati boʻlmaydi.


Toʻgʻri savol toʻgʻri javobni olib keladi. Toʻgʻri javob toʻgʻri fikrga sabab boʻladi. Toʻgʻri fikr toʻgʻri hayotga eltadi.


Postni oʻqish davomida sizda kamida bitta savol tugʻilgan boʻlsa demak sizni ham meni ham vaqtimiz bekorga ketmabdi.


Parallel muhit Inshosidan xulosa
Parallel muhitdagi siqilish haqida inshoni shu joyini oʻqib, kelgan fikrlarimni yozib qoʻyay dedim.

Kutuvlar haqida hammamiz bilamiz. Kutuvlarning kam boʻlishi kerakligini ham.

Ammo men kutuvlarni faqat kelajak vaqtga nisbatan tushungan ekanman. Naqadar tor fikrlash.

Shu sababli kunlik oʻxshamay qolgan ishlar, tirbandlik, internet ishlamasligi, odamlarni qoʻngʻiroqqa javob bermasligi, doʻstimizning qaysarligi kabi narsalarga siqilib, stress boʻlib yuraman.

Demak kutuv tushunchasi faqat uzoq kelajakka nisbatan boʻlmas ekan.

U hozir atrofimizda boʻlayotgan jamiyki harakatlarga nisbatan ham boʻlarkan.

Shoshib turganimda avtobus kelmasa... bu okay

Yandex taksi 4 daqiqa koʻrsatib, 10 daqiqada kelsa... bu okay

Choʻntagimizda toʻsatdan pul tugab qolsa... bu okay

Bu bilan, tayyorgarliksiz yuriing demoqchi emasman. Shunchaki sababini qilib natijasini ololmaslik... bu okay

Kutuvlarini boshqara olgan insongina gʻazabini boshqara oladi.

Kutuvlarini boshqara olgan insongina har onidan rozi boʻlib yashaydi!
3 kun oldin ma'lum sabablarga koʻra instagramni oʻrnatdim.

Kerakli narsani topdim va qaytib kirmadim.

Bugun bir kishini kutib, vaqtim bor reels koʻraychi(rubbish mind) deb instagramga kirdim

Va birinchi chiqqan video bommm💣

Telegram asoschisi Pavel Durovning qisqa intervyusi:
"- Men telefon ishlatmayman. Telefonda xavf koʻrdim. U menga kerak boʻlmagan narsaligini, qisqa videolar vaqtimni oʻgʻirlayotganini sezdim. Qachonki telegramda keladigan yangiliklarni tekshirish uchungina haftada 2-3 marta kiraman xolos."

Durov dunyodagi eng "ma'lumoti koʻp" insonlardan biri.

Demak telefon bizga ma'lumot berishdan koʻra, ma'lumotimizni oʻchirish ehtimoli yuqori ekan.

Oson dofaminga ega boʻlgan miya eski qiymatli ma'lumotlarini ham tezda unutvoradi.

Ularni oʻrniga, kerak boʻlmagan narsalar bilan toʻldiradi.

Haftaning 1 kunini umuman telefonsiz oʻtkazmoqchiman.

Buni Ustoz Muhammadali Eshonqulov uzoq vaqtdan beri qoʻllab kelarkanlar
Shu kunlarda olayotgan ma'lumotlarim judayam yengil va tor doirada boʻlayotgani uchun yozish ogʻir, yozuvlar qiymati esa yengil boʻlib ketyabdi!
Hayot qisqa! Bu yaxshimi yoki yomon?

Va bu idea bilan qanday deal qilsak boʻladi?

Shunchaki undan zavqlaning. Har lahzani eng yaxshi versiyasida yashang.

Hatto hayot siz oʻylaganinggizdan ham qisqa. U lahzalardan iborat. Lahzalar esa koʻrinmaydi.

Sizda faqat hozirgi lahza bor... va u ham oʻtib ketdi. Ha oʻtib ketdi.

Agar siz ayni lahzani oʻzida yashamasanggiz, ya'ni, tushkunlikka tushib, asabiylashib yoki nimadirlar haqida oʻylasanggiz, siz bu lahzani oʻtkazib yuborasiz.

Har bir lahzada. Agar siz sizda bor har lahzada yashamasanggiz, siz oʻsha lahzada oʻlgan hisoblanasiz.

Chunki miyanggiz ayni shu lahzada emas, balki, qaysidir hayoliy lahzada yashayotgan bo'ladi!
Naval Ravikantdan bir iqtibos eshitib qoldim:

"Just be careful because your attention is the only thing that you have"

Va ikki ogʻiz nimadir yozgim keldi:

Hozirgi kunda biz ehtiyot qilishimiz kerak boʻlgan asosiy narsa bu - DIQQAT

Diqqat bizni biz xohlagan joyga olib bora oladigan asosiy vosita.

Kimdir harakat deyishi mumkin. Ammo, doʻstim, diqqatsiz harakat = 0 emasmi?

Virtual hayotda real hayotga nisbatan koʻproq yashar ekanmiz, hech birimiz Diqqat xususida "u bizda bor" deya olmaymiz.

Diqqatimiz daqiqalarga tenglashib qolgan. Balki soniyalargadir.

Sababi bir necha daqiqa koʻzlarimizni yumib, bor fikr-u hayolimizni faqat bir narsaga yoʻnaltira olishimiz qiyin judayam.

Shuning uchundir balki, oʻrganish uchun sarflayotgan vaqtimiz koʻproq, oʻrganayotganlarimiz esa kamroq boʻlayotgandir.

Harakat qilyabmiz, intizomni ushlab turibmiz, ammo:

Diqqatsiz na harakat va na intizom boʻladi.
Yoʻl ham nurli, manzil ham nurli boʻlsin

Inson bir manzil tomon yoʻlga chiqarkan oʻzi bilan albatta yoʻl davomida va manziliga yetganda foydali boʻladigan narsa-buyumlarni oladi

Yoʻl davomida kayfiyatini koʻtaradigan, ogʻirini yengil qiladigan va manziliga borganda ham foydasi tegadigan hamroh oladi

Amerikaga borayotgan kishi oʻziga xitoy tilini biladigan hamroh olmaydi

Sahro tomon yurayotgan kishi oʻziga dengizchini hamroh qilmaydi

Shunday ekan, oxirat tomon borayotgan kishi ham oʻziga faqat dunyodagina foydasi tegadigan hamroh olmasligi lozim boʻlarkan.

Inson dunyoga kelibdiki, oxirat tomon yoʻlga otlangan boʻladi.

U faqat yoʻl davomida unga manfaat keltiradigan, oxiratda esa foydasiz boʻladigan narsa-buyum, ilm va hamroh olishi aqlsizlikku shunday emasmi?

Ularni birgina niyat orqali ikki tomon uchun ham foydali qilish mumkin


Ham dunyo va ham oxirat uchun sarflangan mulk qandayin yaxshi mulk

Ham dunyo va ham oxirat uchun sarflangan ilm qandayin yaxshi ilm

Ham dunyosiga va ham oxiratiga asqotadigan hamroh qandayin yaxshi hamroh
Stressning eng yaxshi yechimi bu oʻlim haqida mulohaza yuritishdir.

Siz oʻlimga qarab ketyabsiz. Hammasi tugaydigan on. Hozirgi hamma narsa yoʻq boʻladi

Agar bu fikr ong ostinggizda doimiy boʻlsa, stress boʻlishi mumkinmi?
Mind Journal
Stressning eng yaxshi yechimi bu oʻlim haqida mulohaza yuritishdir. Siz oʻlimga qarab ketyabsiz. Hammasi tugaydigan on. Hozirgi hamma narsa yoʻq boʻladi Agar bu fikr ong ostinggizda doimiy boʻlsa, stress boʻlishi mumkinmi?
Bu haqida yana bir fikr kelib qoldi do'stlar

Muammoga qanchalik uzoq kelajak nuqtai nazaridan qarasak, u shunchalik kichikroq ko‘rinadi. Ya'ni bir yomonroq vaziyatda agar siz faqat BUGUN haqida o‘ylasangiz:, Stress kuchli bo‘ladi, chunki miya buni “katta xavf” deb qabul qiladi.

Agar 1 HAFTA haqida o‘ylasangiz: Stress kamayadi, chunki endi nazorat hissi paydo bo‘ladi.

Agar 1 OY haqida o‘ylasangiz: Muammo ancha kichrayadi.

Keling shu holatga 5 yil uchun qaraymiz, ya'ni shu muammo 5 yildan keyingi hayotizga qanday ta'sir qiladi. 10 yildan keyingi hayotizgachi?

Javobizga qarab muammo kichrayaveradi. Agar javobinggiz "yo'q" bo'lsa. Stress 100 dan 1 ga tushadi.

Chunki stress - miya muammoni “katta va doimiy xavf” deb baholaganda paydo bo‘ladi.
Vaqtni kengaytirganingizda, miya shuni tushunadi:
"Bu vaqtinchalik. Bu butun hayot emas."

Demak Muammoga uzoq muddatli perspektivadan qarash stressni kamaytiradi.

Bu usul men stressga tushganimda qo'llaydigan eng yaxshi 2 usuldan biri.
Metrodagi oddiy holat.

Ammo shu holatni koʻrib hayolimdan oʻtgan ilk fikrlarni yozaman!
" - Yer ustida mashinalar koʻpaygani sari, odamlar yer ostiga tushib borishmoqda. Koʻchada yuzlab mashinalar tirbandlik hosil qilib turganini koʻramiz. Odamlar bilan esa bu holatni faqat yer osti(metro) da koʻryabmiz.

Yer ustini mashinalar, odamlar esa yer ostini egallashmoqda

Nega?

Chunki odamlarni boshlari doim yerga qaragan.

Telefon huddi mashinalar tomonidan odamzotga yuborilgan "tuzoq"dek.


Telefon odamni yuqoridan quyiga olib tushyabdi. Buyerda faqat joy haqida emas, ma'naviyat haqida ham gap ketmoqda!

Telefon bizni yengil fikrli, yengil tabiatli qilib qoʻyyabdi.

Shu joyida bumm miyamga bir fikr urildi.
-"Yozishga qanchalik haqlisan"

Oʻzim amal qilmagan narsani yozolmiman odatda. Lekin bugun yozgim keldi.
Amal qilolmayotganim uchun ham nisbatan qiymati yengil postlar chiqyabdi.

Kurashyabmiz va kurashishda davom etamiz. Bu telefon bilan emas, nafs bilan kurash!
Bir video koʻrgandim:

Bir bolakay maktabdan chiqib nonvoyxonaga ishlardi 1-2 soat. Ish haqiga esa 1 dona non olardi.

Mahallada bir soʻqir kampir yashardi. Boquvchisi yoʻq, rosa qiynalib kun koʻrardi.

Haligi bola har kuni nonvoyxonadan non olib, soʻqir kampir eshiginu taqillatardi. Kampir chiqsa salom berib nonni yarmini berib, yarmini oʻziga olib qolib, uyiga ketardi. Bolakayning ham muhtojligi bor edida nonga.

Odatiy kunlarning birida kampir:
- " Bolam, kimsan, kimning farzandisan, har kuni non berib ketasan, lekin oʻzingni tanitmaysan" dedi

Shunda bolakay:
"Buvijon, savobim shu non kabi yarimta boʻlib qolishidan qoʻrqaman" deb javob berdi.