Mind Journal
25 subscribers
7 photos
10 links
Download Telegram
O'ylarimiz bizni ko'proq charchatishi haqida yozgandim. Bugun shunga o'xshash fikrni Seneca da ham ko'rdim:

Insonni reallikdan ko'ra uning hayollari ko'proq azoblaydi.


Miyamiz aslida kichik bo'lgan muammoni ham kattalashtirib ko'radi. Biz uni "vahima" deb ataymiz.


Vahimadan halos bo'lish uchun emotsiyalar va tashqi hodisalar sizni boshqarishiga yo'l qo'ymang. Hodisalarni oddiy qabul qilishni va xotirjamlikni o'rganing

Buni qanday qilaman deysizmi?

Bu ilm bilan bo'ladi. Miyani kerakli ilmlar bilan to'ldirish bilan bo'ladi. Insonga har qanday sohada, har qayerda va har qanday vaqtda kerak bo'ladigan soft-skill larni va ikki dunyosida ham saodat keltiradigan ilmlarni o'rganish orqali bo'ladi.
Soft skillar haqida koʻp gapirasiz, nimalar kiradi unga ?????... dedi bir obunachimiz

Hayotda insonga eng kerak bo‘ladigan soft skilllar – bu faqat ishda emas, balki shaxsiy hayot, munosabatlar va o‘zini rivojlantirishda muvaffaqiyat keltiradigan ko‘nikmalardir.

Eng muhimlari quyidagilar:

1. Muloqot qobiliyati – fikrini aniq yetkazish, boshqalarni tinglash, tushunish va samarali suhbat qurish.

2. Emotsional intellekt – o‘z va boshqalarning hissiyotlarini tushunish, nazorat qilish va boshqarish.

2. Muammolarni hal qilish – turli hayotiy vaziyatlarda tez va samarali qaror qabul qilish.
Moslashuvchanlik (adaptability) – hayotdagi o‘zgarishlarga tez moslashish va stressga chidamlilik.

3. Vaqtni boshqarish – kunlik, haftalik vazifalarni tartib bilan rejalashtirish va bajarish.
Jamoada ishlash – oilada, do‘stlar orasida yoki ish joyida samarali hamkorlik qilish.

4. Tanqidiy fikrlash – vaziyatlarni tahlil qilish, manipulyatsiya va noto‘g‘ri ma’lumotlardan saqlanish.

5. Mas’uliyat – o‘z harakatlari va qarorlari uchun javobgarlikni olish.
Yaratijilik va ijodkorlik – hayotiy muammolarga yangi yechimlar topish va yangiliklar yaratish.

6. Liderlik qobiliyati – kerak bo‘lganda boshqalarni qo‘llab-quvvatlash va yo‘naltirish.

Oddiy qilib aytganda, soft skilllar – bu hayotiy muvaffaqiyat kalitlari, chunki ular insonni nafaqat ishda, balki oilada, do‘stlar orasida va jamiyatda ham muvaffaqiyatli qiladi.
Bahsli vaziyatlarda qanday yoʻl tutasiz?

ijtimoiy hayotimizda, ishimizda, o'qishimizda deyarli har kuni turli muammolarga duch kelamiz.

Ular ba'zan do'stlar bilan, hamkasblar, yaqinlar bilan sodir bo'ladi.

Shunday vaziyatda hamma oʻsha ondan boshlab o'z fikrini "raqib"iga isbotlashga urinadi. Natijada muammo jiddiylashadi.

Men shunaqa vaziyatlarda odatda quyidagicha yo'l tutaman:

1. Muammoni boshi qayerga borib taqaladi. Shunday nuqta borki, undan oldin hammasi yaxshi edi, undan keyin fikrlar kesisha boshladi.

2. O'sha vaziyatga o'zimni va sherigimni olib boraman(hayolan)

3. Birinchi uni fikrini tahlil qilamiz (bu keskinlashuvni kamaytiradi)

4. Keyin tahlildan kelib chiqib o'zimni muqobil variantimni aytaman.

Bu ikki tarafga ham foydali boʻladi.

Natijada muammo 80% yechiladi. Qolgan 20% i sheriginggizni harakteriga bog'liq.


Vaziyatga faqat bir tomondan qarash muammoga yechim boʻlmaydi.

Turli tomondan qarasanggiz, oʻzinggiznikidanda yaxshiroq variantlarni koʻra olasiz
90% muammolarni bartaraf etish yoʻli.


Chorshanba: 3 ta belgilangan vazifam bor

Payshanba: 4 ta belgilangan vazifam bor.

Juma: 4 ta vazifa.

Shanba: avvalgi kunlarni kamchiliklarini toʻgʻirlashim va deadlaynlarni topshirishim kerak.

Man nima qildim? Mayda ishlarga chalgʻib katta ishlarni oʻtkazib yubordim.

Natijada yakshanba kuni hamma ishlarim yigʻilib, bosim bera boshladi.

Endi oʻtkazib yubora olmayman. Dedlayn vaqti kelib qolgan.

Muammo boshlandi.

Oʻz vaqtida bajarganimda yakshanbam ajoyib oʻtgan boʻlardi.

Muammo tugʻilmas edi, kutilmagan holatlar ham muammo tugʻdirmas edi.

Xulosa nima?

Har bir ortga surilgan ish, kelajakda muammoga aylanar ekan.

Talabalar yaxshi biladi.

Vaqtida yozilmagan konspektlar, vaqtida tayyorlanmagan mustaqil ishlar, sessiya vaqtida bir kunga tiqiladi.

Uxlamay yozib chiqasiz. Buyoqda test, buyoqda boshqa fan...

Endi atrofga qarasak, qancha ortga surilib kelayotgan vazifalarga koʻzimiz tushadi.

Kimdir dars tayyorlashi, kimdir xonasini yigʻishtirishi, kimdir kitobini oʻqishi....

Kun kelib sizda na vaqt, na kuch, na boshqa resurs qolgan vaqtda, hammasini birdaniga qilishga majbur boʻlasiz.

Oʻz vaqtida qilingan vazifalar = muammoga qarshi vaksina ekan
Moslashuvchanlik - yashab qolish san'ati

Insonning kuchi mushaklarida emas, moslashuvchan onggida

Zamon tez oʻzgaryabdi.

Unda kuchli boʻlganlar emas, moslasha olganlar yashab qoladi.

Atrofimizda koʻplab odamlar bor. Oʻz ishidan norozi, ammo oʻzgarishni ham xohlamaydi.

Ishi yoqmaydi, ammo boshqa joyga ham oʻta olmaydi.

Yangi muhitga moslasha olmasligidan qoʻrqadi.

Oddiy maktabdan ma'lum fanlarga ixtisoslashtirilgan litseyga oʻtgan doʻstlarim bor edi.

Bir nechtasi moslasha olmay qaytib keldi. Moslashib ketganlari hozir top universitetlarda oʻqishmoqda.

Inson har qanday yangi sharoitga moslasha oladi.

Moslashishdan qoʻrqishi unga devor boʻladi xolos.

Moslashishdan qoʻrqadiganlar har qancha kuchli boʻlmasin, vaqt oʻtib soʻnadi.

Moslashuvchan insonlar oʻzgarishni imkoniyat deb biladi.

Ular oʻsib kelyabdi va doim oʻsadi.

© maqsad club podcasti yordamida yozildi
Urf-odatga aylangan narsalar bor.

Barcha tomonidan qabul qilingan umumiy tushunchalar.

Oʻzlari uchun ma'qul, notoʻgʻri emas.

Bu bilan ular kimgadir zarar yetkazmaydi.

Masalan ba'zi hududlarda muomala madaniyati dagʻallik ustiga qurilgan boʻlishi mumkin.

Ba'zi joylarda katta-kichik hamma bir birini sizlab gapirishi mumkin.

Ba'zida madaniyatlar toʻqnashuvi sabab bu urflar notoʻgʻri tushuniladi.

Bu narsa notoʻgʻri, aslida bunday boʻlishi kerak deyiladi.

Xoʻsh bunga Ustozlar nima deydi?

- Aslida munosabat va muomala tamoman individual masala, ozorlantirilmasa bu ixtiyorga bogʻliq, lekin, urflarni hisobga olgan odam umumiy noqulayliklardan xalos boʻladi. Buni tushunish va tushuntirish mumkin.

Bu kabi holatlarga uzoq joylardan yigʻilgan doʻstlar, yangi kelin-kuyovlar va sayyohlar duch kelishi mumkin.

Har bir kishi ma'lum bir kelishuv asosida va oʻz haq va majburiyatlarini xolis ado etib, himmat bilan yashaydigan boʻlsa, kelishmovchilik chiqmasa kerak.
Savob yigʻish juda oson ekan-ku...

Koʻp pul, koʻp quvvat, koʻp vaqt sarflamasdan ham, har kuni yuzlab savob olish siri...

Har bir qiladigan ishimizni, xoh katta, xoh kichik boʻlsin, niyat bilan boshlash

Uxlamoqchimisiz?

Robbim, uyqum orqali yaxshi ishlar uchun quvvat bergin desanggiz

Muzqaymoq yeyabsizmi?

Robbim, shundan keladigan energiyani yaxshi ishlarga baxshida etgin desanggiz

Telefondan video koʻryabsizmi?

Robbim, shundan oladigan/oʻrganadigan narsamni savobli ishlarga ishlatay desanggiz

Sayohat qilyabsizmi?
Robbim, dunyoying goʻzalligini koʻrib, iymonimni, ixlosimni oshirmoqchiman...

Xullas, har bir ishinggizdan savob kelishini istasanggiz...

Atigi 2-3 soniya vaqt ajratib, yaxshi niyat qilib oling.


Buni shundogʻam bilamiz-a, endi biroz fikr yuritib, anglab olishimiz kerak xolos:)

Ammo, gunoh ishlar bundan mustasno, ularga niyat ta'sir qilmaydi.
Har bir narsada xotira boʻladi. Har bir joyda ham.

Uni koʻrib, his qila olish ilm bilan boʻladi.

Ilm ixlosni keltirib chiqaradi.

Kimgadir ixlosim baland deysiz. Bu uni yaxshi bilganizdan boʻladi.

Balki undanda yaxshi inson bordir. Ammo ular haqida bilmasliginggiz sababli ixlos qoʻya olmaysiz.

Umra/Hajga borganda beixtiyor koʻzlar yoshlanadi.

Ammo hammaniki ham emas. Bilgan, anglagan, his qilganlarniki yoshlanadi.

Parkka borgandek borib keladiganlar bor.

Yaqininggiz vafot etsa mahzun boʻlasiz. Ammo ummatning buyuk bir shayxi vafot etsachi?

Hamma ham emas, ilmni qiymatini bilganlargina....

Ilmning qiymatini bilganinggiz sari, ilmli insonlarga muhabbatinggiz oshib boradi.

Ilm orqali xotiralarni, hikmatlarni anglash mumkin.

Ilm bilan tafakkur qilish, tafakkur bilan esa anglash mumkin.

Narsa, hodisalar haqida fikr yuritish kerak.

Qur'on oyatlarida ham koʻp keladiku, ".... fikr yuritmaysizlarmi.." degan jumlalar.

Tafakkur insonni mukammal iymonga, saodatga olib borar ekan.

Chunki har bir zarraning hikmati, Allohning sifatlari tomonga boshlaydi.

Zamonaviy binolarni koʻrib vahh deb yuboramiz.

Tafakkur qilsak:
Inson cheklangan aqli, kuchi, imkoniyatlari bilan shunday goʻzal bino bunyod etibdi. Endi mutlaq qudrat, ilm, aql sohibi boʻlgan Allohning jannati qay darajada goʻzaldir...
10 yilning 50 yilga ta'siri yohud yoshlikning barokati.

Tongni qanday oʻtkazish kunni qanday oʻtishini belgilab berganidek

Yoshlikni qanday oʻtkazish umrni qanday oʻtishini belgilab beradi.

Yoshlik umrning tongi desak ham boʻladi.

Insonning 0-15 yoshgacha boʻlgan davri uning ota-onasi uchun eng mas'uliyatli davr hisoblanarkan.

Insonda qadriyatlar, harakter, prinsiplar aynan 0-15 yosh oraligʻida shakllanarkan.

15-25 yosh oraligʻi esa insonning oʻzi uchun eng mas'uliyatli davr boʻlarkan.

Aynan shu davr umrning tongi boʻlarkan.

Shu 10 yil hayot umrning qolgan qismiga bevosita bogʻliq ekan.

Bu davrda qilgan qarorlaringgiz, yashagan muhitinggiz, olgan ilminggiz va xulosalaringgiz 25 dan keyingi davrni shakllantirar ekan.

25 yoshdan keyin ham kech emas, ammo imkoniyatlar aancha kamayib ketadi.

Shuning uchun ukam, singlim. Agar siz 15-25 yosh orasida boʻlsanggiz:

Yurgan yoʻlinggizni, qilayotgan ishlaringgizni, olayotgan ilmlaringgizni, aloqa qilayotgan insonlaringgizni biir test qilib koʻring.

25 yoshga yetib, "-endi nima qilaman"deb qolganlar bilan toʻla atrofimiz.

Majburan taksistlik qilyabdi. Ogʻir mehnatlarda, mardikorliklarda, zavod-firmalarda ogʻir mehnatda ishlashyabdi.

Nimalar sizni 60-70-80 yoshinggizgacha farovon yashashinggizga sabab boʻla oladi.

Shular ustida ishlang. Hozir sizda zehn bor. Kuch bor. Imkon bor. Vaqt bor.

Roʻyhat qiling, dedlayn belgilang va qoʻlga kiriting.

Hayotiy tanlov:

● 5-7 yillik mehnat => 40-50 yillik farovonlik.

● 5-7 yillik farovonlik => 40-50 yillik mehnat.
Qarzim bor.

Men qarzdorman, va hozirgina yana qarz oldim

Har kuni qarz ustiga qarz qoʻshilib boraveradi.

Qarz oshaveradi. Yuk ortaveradi. Dard ogʻirlashaveradi.

Oʻzimning oʻzimdan olgan qarzim bu. Ma'naviy qarz.

Ha, oʻzimning oʻzimdan qarzim.

Bugun 23:00 da uxlamoqchi edim. Soat 00:45 da post yozib oʻtiribman. Yana qarzdor boʻldim.

Kecha tongda yugurmoqchi edim. Ahmoqona bahona sabab chiqmadim. Qarzimga qarz qoʻshildi.

Har kuni yangi nimadir qilmoqchi boʻlaman. Qilmagan kunlarim ruhim sinadi.

Tushkunlikka tushaman va qarz ortgan sayin ruhiy zaiflik ham ortib boraveradi

Qilgan vaqtlarimni eslayman. Kuchga toʻlaman. Ruhim quvvatlanadi.


Qanchalik kichik ish boʻlmasin, tugatsam, energiya olaman.
Tanamda Dofamin miqdori oshadi.

Yengil boʻlaman. Xotirjam boʻlaman. Dam olaman.

Demak, Kuchli inson - jismonan quvvatli yoki aqlan yetuk inson emas

Kuchli inson - oʻzidan qarzi boʻlmagan inson ekan.

Miya har bir "qilaman" degan ishni eslab qoladi. Aytdimi qilishi kerak.

Qilmasa qarzga yoziladi va ruh jarimaga tortiladi.

Bajarilsa ruh mukofotlanadi.

Baxtli boʻlmoqchimisiz - oʻzinggizdan qarzdor boʻlmang.
Sababchi bo'ling

Farzandlaringgiz, yoki jiyanlaringgiz bordir.

Ko'pchiligi yozda uyda bekor bo'lishadi, bunday holatda zerikishni oldini olish uchun odatda telefon va televizorga intilishadi.

Ularni bu vaqtini unumli o'tkazish uchun Ustozimiz masterklass o'tib berdilar.

Bir ish qilaylik. Ma'lum bir mukofot evaziga ularni nimadir foydali narsa o'rganishga undaylik.

Yoshiga mos vazifalar, ingliz tilidan lug'atlar, yengil badiiy kitoblar olib bering. Ko'p qimmat emas.

Iloji boricha daftar/qog'oz bilan ishlashga o'rgansin. Tartib shakllanadi.

Bu o'zimizga ham "motiv" bo'ladi. Ularga o'rnak bo'lishga harakat qilib, o'zimiz ulardanda ko'proq o'qishga o'rganishga harakat qilamiz.

Havotir olmang, charchab qolishmaydi, uy ishlari qolib ketmaydi. Muhimi sentabrda fikrlash, ilm, zakiylik jihatidan tengdoshlaridan ancha oldinda bo'lishadi.

Bu sizga ularning sizga keltirishi mumkin bo'lgan moddiy foydasidan ko'ra ancha qiymatliroq.
Shu mavzu haqida yozgim keldi bugun...)

Ustoz aytdilar:
- Qalbinggizga va miyanggizga bir chip joylashtirilsa va har bir oʻylagan oʻy-hayolinggiz, fikrlaringgiz katta ekranga chiqarilib, hammaga namoyish qilib turilsa, rozi boʻlasizmi?

Agar yoʻq desanggiz, demak qalbinggiz ustida yaxshigina ishlash kerak ekan)


Va ajoyib misol bilan davom etdilar:

Bonkani bilamiz-a? Yozda kampot, murabbolar qilamizku, ana oʻsha idish.

Kir boʻlib, qorayib ketgan bonkani tasavvur qiling. Unga toza suv solsak nima boʻladi?

Suvda va bonkada qanday oʻzgarish boʻladi?

Suv kirlanadi, bonka esa birozgina tozalanadi toʻgʻrimi?


Kir bonkaga toza suv solganda bonka biroz toza boʻlib, suv kirlangani kabi, kirlangan qalbga tushgan pokiza oʻy-fikrlar ham darxol kirlanib ketadi, ammo qalbda salgina oqarish paydo boʻladi.


Kir bonkaga tinimsiz quyib turilgan toza suv oqibatda bonkani kirlardan butkul xalos qiladi-a?

Keyin, oʻsha toza boʻlgan bonkaga quyilgan toza suv oʻzining tozalik va poklik sifatini toʻliq holda saqlay oladi.

Kirlangan qalbga ham kirib turgan uzluksiz pok niyat va fikrlar, oqibatda qalbni kirlardan xalos qiladi. Qalb tozalanadi va keyinchalik qalbda paydo boʻlgan har bir oʻy va fikr sof va pok holda saqlanadi.

Sof qalbdan gʻarazli niyatlar, yolgʻon, gʻiybat va birovga ozor beradigan soʻzlar chiqmaydi.

Ruh Alloh nazdida yuksaklikka erishadi. Xotirjamlik tuyadi. Hayotdagi muammolar uni bezovta qila olmaydi.

Taslimiyat hosil qiladi. Ortiqcha yelmaydi, yugurmaydi. Sabablarini ado etadi va tavakkul qiladi.


Xoʻsh, qalbni tozalovchi oʻy-fikrlarni, hayol-u niyatlarni qayerdan olamiz dersiz?

Avvalo Qur'ondan, uning tafsiridan, donolar suhbatidan, ular yozgan kitoblardan.

Qalbi saliym, orif bandalarning, valiylarning, nuroniylarning, mu'minlarning xizmatini qilib, ularni hursand qilish orqali ham qalbni tozalash va Alloh nazdida yuksalish mumkin ekan.
Nimani xohlashingni aniq bilasanmi?


Aslida nima xohlayotganini bilmagan odam doim adashadi.

Bozorga roʻyhatsiz borgan odam, vaqtni ham, pulni ham zoe qiladi.

Keraksiz narsani olib, keraklisini olmay qaytadi.

Doʻstim biznes boshlamoqchiman dedi.

Qanaqa desam, hali aniq emas deydi.

Vaqti zoe ketyabdi, inflatsiya hisobiga puli ham isrof boʻlyabdi.


Yigitni uylanish vaqti yetdi. Aslida qanaqa qiz unga yoqishini bilmaydi.

"Fkusimdagini aytadigan boʻlsam" deydiyu, u aytolmaydi.

Uchraganini oldi, toʻy boʻldi. uzoqqa bormadi...

Inson nimani xohlashini aniq bilishi kerak ekan. Xattoki oddiy narsalarda ham.

Bu juda murakkab jarayon, buni aniqlash kuchli diqqatni, tafakkurni talab qiladi.

Buni anglash oʻzni anglash kabi qiyindir.

Osonlashtirish uchun Ustozlar "qogʻoz va qalam ol" deyishadi.

"Miyangda nima boʻlsa yoz va bir-birini toʻldiradiganlarini oʻchirib tashla. Oxirida eng ustuvorlari qoladi. Ana shu asli sen xohlagan narsa boʻladi." deyishadi.
Tildagi tigʻlar yohud oʻzni folbindek tutish

Ba'zida ishlarimiz biz kutgandek natija bermaydi. Muvaffaqqiyatsiz boʻladi.

Yangi mashina olganimizdan 1 hafta oʻtib mashina narxlari "toʻkilib" qolishi mumkin.

Shahmatda bir yurishimiz motga sababchi boʻlishi mumkin.

Boshlagan biznesimiz yurmay, qarzga kirib qolishimiz mumkin.

Shunday ogʻir vaziyatlarda, vaqtida maslahat soʻragan insonlarimizning
- "ana koʻrdingmi, men nima degandim"
- "aytgandimmi men, men aytgandek boʻlib chiqdimi"
- "aytgandimku senga, oʻshanda gapimni olganingda edi..."


Kabi soʻzlari jon-jonimizdan oʻtib ketadi a? Yurakka tigʻdek sanchiladi a?

Esladizmi? His qildinggizmi?

Oʻzimizni jabrlanuvchi qilib koʻrsatmoqchi emasman. Oyna tutmoqchiman.

Biz ham aytamiz-a shunaqa deb.

Oʻzi ishlari yurishmay, bir ahvolda yurgan kishiga "ana koʻrdingmi, men nima degandim" degan soʻzimiz unga tigʻdek sanchiladi.

Bizga yoqmagan soʻz, boshqalarga ham yoqmaydi.

Shu sababli, oʻzimizdan soxta "folbin"ni yasab olib "men aytgandim senga, men aytgandek qilganingda bunday boʻlmasdi" deya mahmadonalik qilishimiz insoniylikdan emas.

Farosatli inson bunday demaydi.
"Oʻxshamadimi, mayli, taqdir ekan, keyingi safar narigi usulni sinab koʻramiz nasib" deydi.

Iltimos, ming haq boʻlsak ham, birovga ozor beradigan soʻzlardan tiyilaylik doʻstlar)

Zero
Ka'bani inson qurgan
Koʻngilni esa Alloh.
Allohning doʻstlari qanday qilib bunday ulugʻ maqomga yetishishadi?


Avvalo, doʻstlik soʻziga ta'rif beraylik

Doʻstlikni Jaloliddin Rumiy juda goʻzal holda tushuntirib berganlar

Doʻstlikning zamirida ohangrabo(magnit🧲) qoidasi yotadi.


Magnit yogʻochni tortadimi? Yoʻq
Magnit aluminiy ni tortadimi? Yoʻq
Toshni tortadimi? Yoʻq

Magnit faqatgina tarkibida "ferrum" moddasini oʻz ichiga olgan elementlarnigina(temir, poʻlat, choʻyan) tortadi.

Demak, doʻstlikning asosi - ikkita odamning ichidagi umumiylikda yota
rkan.


Magnit plastmassani tortmagani kabi, bir odam ham boshqa harakterli bir odam bilan do'stlasha olmaydi.

Tushunarli a?

Rumiy hazratlari aytadilar:

Asmaul husna(Alloh ta'oloning 99 ta ism-sifatlari) borku, agar inson ana shu ism-sifatlarini oʻzida mujassamlashtirib borsa

Rahmon(mehribonlik) sifatinimi yoki Gʻoffar - kechirimlilik sifatinimii oʻzida mujassamlashtirsa, Alloh va banda oʻrtasida umumiy jihatlar paydo boʻladi.


Umumiy jihatlar paydo boʻlganidan keyin ular bir birini tortadilar va....

Doʻstlik paydo boʻladi.


Mana Allohning doʻstlari qayerdan paydo boʻladi😊

Ana oʻsha asmaul husna ism-sifatlarini birma bir oʻzida mujassamlashtirib boraveradi.

Keyin ohangrabo qoidasi kuchayib boraveradi va natijada ular Allohning doʻstlariga aylanadi.


Qur'oni Karimda ham "Allohning doʻstlari" soʻzi keltirilgan.

Eng yuksak maqom bu😊

Manba
Oʻrnimiz qayerda?

Inson shunaqada, nafsini ming tarbiyalasa ham baribir boshqalarga qaraganda bir kamchilik koʻradi.

Hammadan boʻlmasa ham, kimdandir bir kamchilik topadi.

Inson insonda, hamma ham mukammal holatida koʻrinmaydiku.

Shu paytda, boshqalarda koʻrgan kamchiligini "oʻzimda ham borku shunaqa illat" deya, oʻzini, nafsini isloh qilgan kishi shubhasiz yutibdi.

Birovning aybini yashirgan, bir aybni koʻrib, yana boshqa ayblarini ham izlab, igʻvolar qilish oʻrniga, aybni oʻzidan qidirgan, nafsini tergagan kishi shubhasiz foydadadir. Farishtalardanda ulugʻ maqomdadir

Kimdadir koʻrgan kamchiligini hammaga aytib, unga nisbatan past nazar bilan qarash esa hayvondan ham pastroq boʻlgan oʻrindir.


Oʻzgalarning emas, oʻzining aybini izlagan inson, naqadar yaxshi inson

Oʻzni qoʻyib, oʻzgalar hayotin kavlagan inson, qandayin bechora inson

Alloh hammamizga insof bersin
Hech e'tibor berganmisiz?

Odatda qaysi bir qoʻshiqni qayta va qayta eshitsak, boʻsh qolganimizda beixtiyor ba'zi qismlarini hirgoyi qilib yuboramiz-a?

"Shu qoʻshiq miyamda aylanib qoldi, qayerda eshitgan ekanman a" degan gaplarni ham eshitgandirsiz

Bu holat shubhasiz sizda ham, menda ham, hammamizda sodir boʻladi.

Buni jarayonini aytib chuqurlashmoqchi emasman, shunchaki foydamizga burib yuborsak boʻlarkan)

Qur'ondan bir surani eshiting) oʻzinggizga yoqqan istalgan birini)

You tubeda juda chiroyli qiroatlar bor. Birini qoʻyib eshiting

Sura oyatlaridan birining soʻzlari va ohangi miyanggizga oʻrnashib qolarkan.

Huddi qoʻshiqniki kabi)

Bu boshida biroz zerikarlidek tuyulishi mumkin, ammo...

Ishoning, 1-2 kundan keyin, tilinggizda beixtiyor Qur'ondan eshitgan oyatlaringgiz chiroyli ohangda aylana boshlaydi.

Qanday goʻzal-a

Boʻsh qolganizda tilinggiz beixtiyor Qur'on tilovat qilsa.

Chin ixlos bilan sinab koʻring, albatta oʻxshaydi)
Avvalambor, odobsizligim uchun uzr soʻrayman. Chunki hali farzand tarbiyalab koʻrmaganman.

Lekin baribir kelganda yozib qoʻyaveray dedim.

Farzand tarbiyasi borasida juda koʻp oilalarda notoʻgʻri yondashuvlarni koʻryabman.

Ulardan eng avj olganlarini yozaman.

1. Aka-uka, opa-singillarni bir birlari bilan taqqoslash.


Natijada: jigarlar oʻrtasida mensimaslik, kelisholmaslik, turli ziddiyatli holatlar kelib chiqyabdi. Ukaning akaga hurmati, akaning ukaga izzati yoʻqolyabdi. Aka-uka, opa-singillar oʻrtasida bir birini koʻrolmaslik holatlari kelib chiqyabdi.


2. Past standartli hayotga oʻrgatib qoʻyish

Mehmondoʻst xalqmiz, eng yaxshilarini mehmonga ataymiz. Shu joyida nozik masala bor. Ba'zi oilalarda bolalarga "indama, chiroyli tursin, mehmonlar ketgach yeysan", "bularni mehmonga qoʻyamiz, mana bularni qoʻyib boʻlmaydi, bularni ye" deyiladiku toʻgʻrimi?, bu haqida turli vaynlar ham olingan. Bu holat doimiy takrorlanavergach, bolalarning past sifatli, arzon narsalarga moyilligi ortadi. Oʻziga eng yaxshisini emas, eng zaif, eng sifatsizini ravo koʻradi. Eng yomoni, ular "odamlarning fikri" uchun yashay boshlashadi.


3. Ruhiy travmalar berish.

Tushundinggizku) baqirish, koʻp urushish, urish, haqoratlash... farzand tashida hurmat saqlasa ham, ichida alamini saqlab yuradi. U kuchga toʻlib, siz kuchdan qolganinggizda bu alam yuzaga chiqa boshlaydi.


4. Farzandlar oldida gadjetlardan haddan ziyod foydalanish.

Telefondan zaruratsiz foydalanish aqliy qobiliyatlarimizni susaytirishi koʻp martalab isbotlangan. Endi esa biz undan farzandlar koʻz oldida foydalanyabmiz. Ularni "telefonga qaramlik" botqogʻi sari olib boryabmiz. Eng yomoni, oʻzimiz qoʻliga tutqazib qoʻyamiz. Natijada, xotirasi zaif, diqqati sust, fikrsiz va hissiz avlodni tarbiyalab qoʻyyabmiz.


5. Qaror qabul qilishlariga imkon bermaslik. Ularga doim "yosh bola" dek qarash.

Ularga ishonch bermayabmiz. "Oʻglim yo qizim, senga ishonamiz, sen uddalaysan"ni oʻrniga " hali yoshsan, qoʻlingdan kelmaydi, katta boʻlganingda qilasan" kabi zahar bilan zaharlayabmiz. Hatto magazinga borib aytadigan gapigacha oʻrgatib yuboramiz. Natijada, erkin fikrlay olmaydigan, muammolarni hal qila olmaydigan, kimgadir qaram boʻlib qoladigan "latta" insonni oʻstiryabmiz.


Tanganing boshqa tomonidan ham qarab koʻrsak

Shunday vaziyatlar boʻladiki, ota-ona majbur boʻladi shu kabilarni qilishga

Bolalarning ortiqcha injiqliklari ularga telefon tutqazishga, jahl qilishga sabab boʻlib qolsa, ota-onaning qaygʻurishi bolalarining har qadamini-yu har soʻzini belgilab berishga majbur qiladi.

Ammo har muammoga yechim bor. Ulamolarimiz tomonidan bola tarbiyasiga oid turli kitoblar yozilyabdi.

Oʻsha turli vaziyatlarga yechim sifatida turli uslublar keltirilyabdi.

Alloh ta'oloning eng buyuk in'omlaridan boʻlmish farzandning kamoloti eng ustuvor jihat boʻlishi zarur.

Bu kamolotni nuqsonli qilib qurishga hech bir vaziyat bahona boʻla olmaydi.

Albatta, benuqson kamolot ilm bilan, uslub bilan quriladi.

Ota-onalarni farzand tarbiyasiga oid kitoblarni oʻqishlarini, ulamolarimizning shu mavzudagi suhbatlarini tinglashlarini soʻrab qolardim.
Koʻrganim asli oʻzimdur
Asl koʻz - qalb koʻzimdur.


Insonlar orasida yurib, turli holatlarga duch keldim. Kuzatdim. Va xulosalar oldim:

Ulamolar aytishardi: "Inson insonga oynadir"

Huddi shuni hayotda kuzatdim va amin boʻldim.

Insonlar boshqalarga qaraganlarida ayni oʻzida boʻlgan sifatlarnigina koʻra olar ekanlar.

Men bir kishining xulqi haqida qanday ta'rif bersam, ayni oʻsha fikr oʻzimga berilgan ta'rif boʻlarkan.

Kimnidir yolgʻonchi desam, aslida oʻzim yolgʻonchi ekanman.

Kimnidir gʻiybatchi desam, aslida oʻzim gʻiybatchi ekanman.


Kimnidir devona desam, asli oʻzim shunday ekanman.

Insonlarga qarab koʻradiganim asli oʻzim ekan.

Shunday insonlarni koʻrdim - boshqalar haqida doim yaxshi fikrda boʻladilar.

1000 ta yomon sifati va 1 ta yaxshi sifati boʻlsa, ayni oʻsha yaxshi sifatini topib aytadilar.

Ular bilan qancha yaqin boʻlganim sari bildimki, qalblarida zarracha yomon illat yoʻq ekan.

Doim yaxshilikni koʻrgan insonda qanday qilib gʻubor boʻlsin axir!

Aytishinggiz mumkin, ular tez aldanadi, ishonuvchan boʻlishadi va "ogʻzidagi oshni oldirib qoʻyishadi".

Aslida ular boshqalardan hushyorroq boʻladi. Intuitsiyasi kuchli boʻladi.

Qalb koʻzlari ochiq boʻladi. Ularni aldash qiyin. Hayotda koʻp kuzatdim buni
Siz koʻrgan men men emasman.

Asl men gʻazablangan vaqtimdagi menman.

Asl men bechora-yu faqirlarga koʻrsatayotgan xulqimdagi menman.

Asl men toʻqlikda yolgʻiz qolgan vaqtimdagi menman.

Asl men yaqin doʻstlarim davrasida soʻzlayotgan soʻzlarimdagi menman.

Siz bilgan men men emasman

Va yuqoridagi holatlar bilan istalgan insonning aslini tanib olish mumkin