Mind Journal
25 subscribers
7 photos
10 links
Download Telegram
1 asr vaqt va 1 soat vaqt.

Farq qanchalik katta?


Ikkisida ham rohat bor deyildi. Va sizga roʻyhat berildi.

Roʻyhatda 1 soatli rohatda yashash uchun qilinishi kerak boʻlgan ishlar va 1 asrlik rohatda yashash uchun qilinishi kerak boʻlgan ishlar keltirilgan.

Qay birini tanlaysiz?

Eng qizigʻi 1 soatni tanlasanggiz ham unda yashashizga kafolat yoʻq. Ammo 1 asrlikda kafolat bor.

Tushundinggiz-a nimaga sha'ma qilayotganimni?

Tinmay ishla, tinimsiz pul top, ehson qilma, birovlarni oʻylama, birovlarni haqqi seni bezovta qilmasin, ibodat qilma, tiling xoxlaganini soʻylasin, oyogʻing xoxlagan joyiga borsin. Nafsing xoxlagan ishni qil...!



Ibodatda sobit tur, ishla ammo ibodatni unutma, pul top lekin ehsonni unutma, gapir ammo zikrni unutma, oʻzgalarga gʻamxoʻrlik qil, nafsing buyurgan ishlarga doim qarshi tur. Qur'on avvalo hayoting konstitutsiyasi boʻlsin...!



Oxirat va dunyo hayotini 1 asr va 1 soat deb qiyosladim ammo farq asr va soatdagidanda katta aslida.

Xullas roʻyhat tayyor. Xohlaganinggizni tanlang va xohlaganinggizcha yashang
Bir kishi "men goʻsht yemayman, ammo negadir atrofdagilar bu tanlovimni gʻalati qabul qilishadi" deb post qoʻyibdi.

Uni oʻqib bir savol kebqoldi:

Inson nima uchun oziqlanadi?

Organizmi, tana quvvati uchun kerakli vitaminlarni olish uchun.
Va
Alloh dunyoni shunday yaratganki, har bir ozuqaning alternativi bor.

Goʻshtdan olinmagan oqsillar boshqa tabiiy mahsulotlarda bor

Xullas, mana bu mineral faqat mana bu mahsulotda bor degan gap yoʻq.

Xoxlasang buni ye, xoxlamasang ana uni ye degan narsada xullas😅

Bunday tanlovlar hayotning barcha jabhalarida mavjud va normal qabul qilinadi. Ammo negadir taomlanishda ....😅
Mana nega kam yozyabman ekan.
Silayi rahim

Hozir silai rahim juda kamyob narsa boʻlib ketdi. Koʻpchiligimiz buning nimaligini bilmasak ham kerak.

Avvallari silai rahm bor payti jamiyatda baraka bor edi. Insonlar samimiy, bir-birlaridan rozi yashashardi.

Hozirgi kunda silai rahim juda kamayib ketdi. Insonlar bir-birlarini hatto telefonda ham kam yoʻqlaydigan boʻlib qolishdi.

Ammo shunday insonlar borki, silai rahimni doimiy qilib kelishadi. Oʻzlari borishadi, yoki hammani chaqirib mehmon qilishadi.

Shu insonlar sabab qarindosh-urugʻchilik, mehr-oqibat, samimiy munosabatlar saqlanib turibdi.

Hamma oilada boʻlsa kerak a doim hamma qarindoshlarni chaqirib bir dasturxon atrofida toʻplab turadiganlar.

Ajoyib, Alloh rozi boʻlsin!

Endi ularga yordam berish bilan bu ajoyib udumimizni yanada jonlantirishimiz kerak.

Silai rahimni biz ham doimiy qilib borishimiz kerak. Har hafta bir kishini yoʻqlab borish yokida bir kishini mehmonga chaqirishni vazifa qilib olsak In Shaa Alloh jamiyatda ham, hayotimizda ham baraka boʻladi!
Oʻzimni yengib olsam boʻldi, qolgani hech narsa emas

Hech bir toʻsiq nafsim kabi kuchli emas. Nafsim bu MEN man. Men meni yengsam, boshqa toʻsiq qolmaydi.
Men nimalarda namoyon boʻlaman:

● dars vaqti boʻlganida
● Nomoz vaqti boʻlganida
● oʻrganishga ehtiyoj paydo boʻlganda
● Kimdir yordam soʻraganida
....

Million turi bor. Va bu jang butun umr davom etadi.

Hozir ham jang boʻlyabdi. Bugun Jum'a. Koʻp Salovat aytish kerak.

Sizlarga ham jangda omad tilayman. Alloh madadkor boʻlsin!
"Ikki eshik orasida"gi devor bosib qolgan qiz
"Otamdan qolgan dalalar" dagi mehnatdan oʻlgan xotun
"Oʻtgan kunlar"dagi zaharlanib oʻlgan Kumush
"Yulduzli tunlar"dagi Boburning vafoti
"Sohibqiron Amir Temur" dagi hind qal'asiga terisiga somon tiqilib osib qoʻyilgan Temurning oʻgʻli... va yana bir qancha kitobdagi qadrdon personajlarning vafotlari bizni shu qadar ogʻir, vazmin qilib qoʻyibdiki... bu hayotning bizga berayotgan zarbachalari hech narsa boʻlmay qolibdi

Oʻshandagi hislar bizni pishitgan ekanmi hozirgilariga parvo qilmay qoʻyibmiz.

Bu hissizlik emas, shunchaki "yozilgan ekan boʻldi, demak bunda hayr bor" degan fikr butun ruhimizga singib ketibdi.


Kitob oʻqigan insonda juda koʻp soʻz boyligi boʻladi ammo u davralarda juda kam gapiradi. (Mavzular kitoblar haqida boʻlsa bundan mustasno😅)

Kitob oʻqimaydigan insonda soʻz boyligi kam boʻladi ammo u davralarda juda koʻp gapiradi

Gʻalati proporsiya, shunday emasmi?
Bir savol kelib qoldi miyachamga

Jamiyatni kitobxon qilish uchun asosiy etiborni bolaga berish kerakmi yoki ota-onagami?

Agar urgʻu ota-onaga qoʻyilsa va ota-ona kitob oʻqisa bu bolaga ham ta'sir qiladi va tezda bola ham kitob oʻqishga kirishib ketadi

Agar urgʻu bolaga qoʻyilsa va bola kitob oʻqisa bu ota-onaga ta'sir qilmaydi. Ota-ona avvalgi holatida qoladi va boladagi oʻzgarish ham uzoqqa choʻzilmaydi.

Shuning uchun fikrimcha jamiyatda kitobxonlikka yoshlar bilan bir qatorda kattalarni ham jalb qilish kerak.

Katta yoshdagilar uchun har xil imkoniyatlar... masalan avval pensiyani bir qismiga gazeta tarqatilardi... shunga endi kitob tarqatilsa..

Maktabda ota-onalar majlislari oʻtkazilib shu mavzu boʻyicha alohida gaplashilsa...

Hamma ham ishli, ammo farzand oldida yarim soat telefon emas kitob ushlab tursa... olam guliston
Pul haqida

Bu dunyoda pul keragidanda ortiq darajada koʻp. Shunchaki biz uni qanday topishni bilmaymiz!

Aqlli insonlar aqlni ishlatib pul topadilar. Keyin esa aql bilan, ishlagan pullari orqali pul topadilar.

Ya'ni, pulni vosita qiladilar. Shu sababli Allohning fazli bilan boy boʻladilar.

Biz esa pulni maqsad, oʻzimizni vosita qilamiz. Shu sabab maqsad ha deganda kelavermaydi. Vosita esa kundan kun qovjirab boraveradi.


Pulni pul chaqirishga oʻrgatish ilmini oʻrganish va qoʻllash kerak!
Nomutanosiblik

Fizika fanida Mexanikaning oltin qoidasi degan nazariya bor edi.

Unga koʻra:
Jism yoʻldan qancha yutsa kuchdan shuncha yutqazadi. Kuchdan qancha yutsa yoʻldan shuncha yutqazadi.

Yuk mashinasi 100 tonna yukni 5 tonnadan tashisa 20 marta, 10 tonnadan tashisa 10 marta qatnaydi.

Bir tomondan yutsa ikkinchi tomondan albatta yutqazadi.

Komentlardagi fikrlarga e'tibor bersanggiz hayotdagi koʻp ishlar shu qoidaga boʻysunishiga guvoh boʻlasiz!

Atrof muhit tozaligi => polietilen axlatlarining koʻpayishiga sabab boʻladi => ekologiya yomonlashuvi

Polietilen paketlardan voz kechib qogʻoz paketlarga oʻtish => koʻp daraxtlar kesilishi => ekologiya yomonlashuvi!

...
Eng xiylakor "doʻst"

U bora-bora oʻzidan boshqa hammani sizga dushman qilib qoʻyadi.

Undagi mukammallikni atrofdan talab qilganiz sari, atrofizdagilardan soviy boshlaysiz. Unga esa yaqinlashaverasiz

Besabr boʻlib qolasiz. Atrofdagilar sizdan sabrni talab qilishadi. U esa buning aksi.

Atrofizdagilarga siz qidirgan narsa yoʻqdek boʻladi doim. Unda esa bor.

Natijada xudbin boʻlasiz, yolgʻiz qolasiz.

Biror yaqininggiz yoʻqlasa, "uff" deydigan darajaga kelasiz

Eng yomoni "meni hech kim tushunmaydi" deya bir umr baxtsiz oʻtib ketasiz.

Buni oldini olish uchun Undan ya'ni ijtimoiy tarmoqdan uzoqroq boʻling!
Mas'uliyat majburiyat orqali hosil qilinadi.


Hayotimdan misol, yaqin kunlargacha vaqtim juda ko'p edi. Kunlik tashvishim o'qishga borib kelish edi xolos.

3 kun oldin yangi ishga joylashdim. Ish juda murakkab va shu murakkabligi bilan menga yoqqandi.


Majburiyat va ishning "vahima"si halovatimni olib qo'yganiga qaramay, avvalgidan ko'proq ishlarga ulgurayotganimni his qilyabman.

Aynan o'sha kundan boshlab yangi rejalar tuza boshladim va yangi chellenjlar belgiladim. Bu safargi mas'uliyat va qat'iyat avvalgilardan farq qilardi.


Demak majburiyat mas'uliyatni hosil qilar ekan.

Koʻproq ishlarga ulgurish uchun koʻproq majburiyat oling.

Majburiyat olish bu qiyin ishlarni oʻz zimmasiga olishdir.

Javobgarligi katta ishlarda faol boʻlishdir.


Shuning uchun boʻlsa kerak rahbarlar hayotda boshqalarga nisbatan tartibliroq va qat'iyatliroq boʻladi
Yaqindagina Samarqand Tibbiyot institutiga stajyor o'qituvchi sifatida ishga kirdim va xorijdan kelgan talabalarga dars bera boshladim.

Bugungi dars haqida #qisqacha

Fantastik dars bo'ldi hozir eh ko'rmadizlarda😅. Talabalar xonaga kayfiyatsiz kirishdi. Dars davomida ko'rsanggiz edi ularni kayfiyatini

Dars boshidagi yo'tal ovozlari dars oxiriga kelib kulguga aylandi. Xomush yuzlar go'yo 1mln$ yutib olgan insonni hursandchiligini ifodalab qoldi.

Mavzuni tushuntirmadim. Ammo ular 90% tushunishdi. Darsni siyqasi chiqqan metodlardan chetlashgan holda, o'yinlar bilan o'rgandik.

Barcha hursand, dars tugashini hech kim xohlamadi, dars vaqti tugab keyingi guruhlar kelib eshik oldida turib qolgunicha xonadan chiqishmadi. O'z ixtiyorlari bilan albatta😅

Tushundimki: dars chiroyli o'tishi uchun Ustoz va o'quvchi bir millatdan bo'lishi, bir-birini 110% tushunishi shart emas. Men hindlarni aksentiga bazo'r tushunaman. Buning ustiga juda tez gapiradi😅

Shunchaki nimanidir o'zgartirdim. Shu kungacha hamma yurib kelgan yo'ldan emas, sal boshqacha yo'ldan yurdim. Ammo manzil bitta. Va natija Bomm🔥

Xulosa nima: Ijodkorlik sizni har qanday qiyin vaziyatdan olib chiqib keta oladi.


(dars o'tishda eng yaxshi metodlarni GPT dan so'radim)
Bir narsani oʻylab qoldim doʻstlar.

Uzb madaniyati 2 ga boʻlinadi.
1. SSSR dan oldingi
2. SSSR dan keyingi

Millatning haqiqiy yuksak madaniyati 1-davrda edi. Ya'ni SSSR dan oldingi davrda.

Ularni oʻrganish, tiriltirib tadbiq qilish oʻsha davr ziyolilari tomonidan yozilgan kitoblarni qayta va qayta oʻqish bilan boʻladi.

Oʻtgan kunlar
Mehrobdan chayon
Kecha va kunduz
...
..
.
Jumladan:

Oʻtkir Xoshimov
Pirimqul Qodirov
Said Ahmad
...
..
.

Kabi yangi davr ziyolilari ham Jadidlar tarbiyasida ulgʻaygan, milliy madaniyatni oʻzida singdirgan insonlardir.

Milliy badiiy kitoblarni oʻqish oʻquvchiga milliy madaniyatni chuqurroq anglash, o'zligini tanish va tarixiy merosini bilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikki yoʻl bor.

Birida yoʻl atrofi gullar-u bogʻlar, soʻngi esa zulmatdir.

Ikkinchisida yoʻl atrofi tikan ammo soʻngi gulzor-u bogʻlardir.

Eng qizigʻi nima bilasizmi?

Birinchi yoʻlning gullari-yu bogʻlari badboʻylik va azob bilan toʻla.

Ikkinchi yoʻlning tikanlari esa mushkdek iforli, ruhinggizga rohat bagʻishlaydi.

Birinchi yoʻldagi hamrohinggiz yoʻl soʻnggida sizni azobga tashlab ketadi.

Ikkinchi yoʻldagi hamrohinggiz esa doim siz bilan va sizga eng zarur narsalarni eng zarur vaqtlarda berib boradi.


Birinchi yoʻlning rohati aslida azobdir!

Ikkinchi yoʻlning azobi aslida rohatdir!

Sizni aldayotgan sarobdan voz keching.

Baxt va saodat ikkinchi yoʻldadir.

Koʻzinggizni yuming va Rohmanning yoʻli tomon oshiqing!
Bugun Nuqtai nazar haqida gaplashamiz!

Interstellar filmida Myorfi qonuni haqida soʻz borgan edi.

- Siz qanchalik ko'p biror yomon voqea tasodifan sodir bo'lishidan qo'rqsangiz, albatta shu narsa sodir bo'ladi.

Yomon oʻy-fikrlar insonni ruhan va jismonan zaiflashtiradi. Inson havotirlanadi. Qoʻrquvga tushadi. Holdan toyadi.

Shuningdek, yaxshi oʻy-hayollar esa kuch bagʻishlaydi. Markaziy asab tizimida Endorfin (baxt gormoni) ishlab chiqariladi.

Charchoqni va stressni bosib, kayfiyatni koʻtaradi. Immunitetni mustahkamlaydi


Xullas. Har bir voqea-hodisaga nisbatan bizda 2 xil qarash mavjud. Ijobiy va salbiy!

Kelajakni oldindan bilmaganimiz bois, ba'zan unga nisbatan miyamizda salbiy fikrlar tugʻiladi.

Qoʻrquv va stress orttirib olamiz. Natijada voqelik ham kutganimizdek boʻlib chiqadi

Ijobiy fikrda boʻlsakchi?
Shundogʻam kelajak haqida doim yaxshi gumonda boʻlishga buyurilganmiz.

Kayfiyatimiz koʻtariladi. Boshqa ishlarimiz ham unumdor boʻladi. Ruhan va jismonan quvvat olamiz! Va natija ham kutganimizdek boʻladi.

Myorfi qonuni ishlaydi.

Psixologiyada ham shunaqa gap bor:
- Inson nima haqida koʻp oʻylasa, miya oʻsha narsaga diqqatni sozlaydi.

Mashina sotib olmoqchisiz, birdan koʻchada faqat hamma mashinalar koʻzizga koʻrina boshlaydi...


Demak
Biror Voqeaga nisbatan nuqtai nazarimiz, oʻsha voqea biz uchun qanday boʻlishini belgilab berar ekan.

Taqdir ham deyishimiz mumkin. Balki taqdir ham bizni nuqtai nazarimizga bogʻlangan boʻlsachi?

Shunday ekan doim ijobiy yondashuvda boʻlaylik. Xatto eng yomon vaziyatlarda ham)
Oddiy xazonrezgilikdagi biz olishimiz kerak boʻlgan saboq nima?

Biz har doim guvoh boʻladigan oddiy barglarning toʻkilishi(xazonrezgilik) da ham qancha hikmat bor a.

Barg bahorda tugʻiladi. Yaxshi havoda unib oʻsadi. Undan faqat oʻsish talab qilinadi.

Yozda esa u fotosintez qilishi kerak. Endi oʻsish va tekin yomgʻirlar tugadi. Endi u ishlashi kerak. Atrofdagi insonlarning hayoti uchun ishlashi kerak.

Kuz keldi. Barg qaridi. Moʻrtlashdi. Oydek yuzi sargʻayib, bujmayib, qaridi. Oʻlim soatlari yaqin. Qish keldi va barg ...



Insondek a?

Ulgʻayguniga qadar ortiqcha bosimsiz oʻsib ulgʻayadi. Bu uning bahori

Ulgʻaygach, masuliyat keladi. Endi u oilasi uchun ishlashi kerak. Bu uning yozi

Keksayadi. Yuzi bujmayib ajinlar tushadi. Kuchdan qolib moʻrtlashadi. Bu uning kuzi

Va qish keladi...
Tanqid toshlarini nega yogʻdirmayabsizlar?
Deadline lar muhim

Koʻpincha bir ishni tugatmay turib ikkinchisini boshlay olmaysiz.

Birinchisidagi erkinlik qolgan barchasini ortga surilishiga olib keladi.

Eng yomoni bu erkinlik barchasida davom etadi. Va hayot arzimagan narsalar ustida oʻtib ketadi

Shuning uchun har bir ishni bajarilish muddatini aniq belgilash(deadline) juda muhim.

Kitobni tugatsam uxlayman degandim. Ma'lum vaqt belgilamaganim uchun tugamay qoldi.

Natijada uyqu kechikib ketdi. Bu tongni boy berish degani.

Tong boy berilsa keyingi kun ham boy berildi degani)

Bitta oddiy ishda deadline yoʻqligi, butun bir kun va undagi vazifalarni ortga surib yuboryabdi.

Har bir ishni aniq rejasini, boshlash va tugallash vaqtini belgilash inson turmush tarziga tartib olib kiradi.

Kunlar tartiblansa hayot tartibli boʻladi.
Tartibli hayot saodatli hayotdir!
Oddiy imkoniyatlar aslida oddiy emas

"Imkoniyat boʻlsayuu, shu ishlarni qivorsam" deydigan kishilarni eshitganmiz. Oʻzimiz ham shunaqa deymiz

Ammo imkoniyat oʻzi bilan doim bir sinovcha olib kelarkan

Haqiqatan muhtoj inson qarz soʻrab keladi, ammo ayni paytda sizning ham zarurroq toʻlovlaringgiz boʻladi.

Juma tongi. Xalqqa taksida bepul xizmat koʻrsatmoqchisiz. Ammo, oʻzinggizni darmonsiz his qilyabsiz.

Yoʻlda bir onaxonning ogʻir yuk koʻtarib ketayotganini koʻrdinggiz. Ayni paytda doʻstlaringgizga "boryabman" deb va'da berib qoʻygansiz.

Bu kabi imkoniyatlardan albatta foydalana olaman dersiz, ammo, boshinggizga tushganda bilinarkan.

Siz yoqtirgan narsa bilan sinalasiz. Kibr, gʻurur va nafsni yenga olgan kishigina bundan foydalana olarkan.

Masalan: Bomdod oʻqish imkoniyati bizga har tong beriladi. Ammo ...
Javoblar emas savollar qadrlanadigan zamon keldi.

Hozir bir insonning odatiy savollarining 90% iga google va ChatGPT javob bera olyabdi.

Javoblar hamma vaqt tayyor boʻlgan zamonga keldik. Ammo shunday boʻlsada ba'zan oʻzimiz xoxlagan narsani ololmaymiz.

Nimani qanday o'zgartirsak biz izlagan javoblar keladi:

Javoblardan koʻra savollar muhimroq. Aqlli savol javobini oʻzi izlab topadi.

Birinchi hayolga kelgan savolga toʻxtalmaslik san'atini oʻrganing.

Nega ular koʻp pul olyabdi. Adolat qani - bu ham savol.

Men ham ulardek, balki ulardan ham koʻproq topishim uchun nima qilishim kerak - bu ham savol

Uni qanday koʻndira olaman - bu ham savol

Nima qilsam men ularni emas, ular meni koʻndirishga harakat qilishadi - bu ham savol


Hech kim bermagan savolni bergan odam hech kim olmagan javobni oladi. Ko'p savol bergan odam ko'proq oʻrganadi. Ammo toʻgʻri savol berish aql talab qiladi.

Rumiy aytganidek: Savol ham ilmdan, javob ham ilmdan.


Toʻgʻri savollar toʻgʻri javoblarga olib boradi. Savollar aqlni koʻrsatadi. Savollar aqlni oʻstiradi. Savollarni ahamiyati qolmagan vaqt javoblarni ham ahamiyati boʻlmaydi.


Toʻgʻri savol toʻgʻri javobni olib keladi. Toʻgʻri javob toʻgʻri fikrga sabab boʻladi. Toʻgʻri fikr toʻgʻri hayotga eltadi.


Postni oʻqish davomida sizda kamida bitta savol tugʻilgan boʻlsa demak sizni ham meni ham vaqtimiz bekorga ketmabdi.


Parallel muhit Inshosidan xulosa