Mind Journal
25 subscribers
7 photos
10 links
Download Telegram
Perfektsionizm yomonmi?

8 kun boʻlibdi yozmaganimga.

Sababi: oʻzimni boshqa expertlar bilan solishtirganim deb oʻyladim

Teran ma'noli postlar yozmoqchi boʻldim, har yozganimdan kamchilik topaverdim.

Natijada vaqtimni boy berdim.

Hamma boshida 0 dan boshlagan. Eng kuchlilar ham boshida 0 boʻlgan.

Mukammal boʻlishga intilish intizomni qotili ekan.

Harakatdagi odam xato qilishi tabiiy.

Toʻgʻri qabul qilgan holda davom etish bora-bora xatolarga barham beradi.

Oʻylaganingni yoz, sekin asta koʻtarilasan derdilar Ustoz.

Perfektsionizm boʻlish demotivate qilishi bor gap.

Toʻgʻri qabul qilish va intizom bn davom etish kerak ekan.
Pul tika olasanmi?

Aytayotganlaringni qanchasiga oʻzing ishonasan?

Hammasigami?

Ularni rostligi ustidan garov oʻynolasanmi $100 bilan?

Aytishadi: chetda yashash oson, uy mashina olsa boʻladi bemalol deb.

Kel unda qarz olib chetga ket, 2 oyda uzvorasan qolgani foydaga qoladi desam

Toʻxta bir oʻylab koʻray qaytadan deyishadi.

Agar sizda umringgiz davomida faqat 1000 ta gap gapirishga imkon berilganda nimani gapirgan boʻlardinggiz?


Umringgiz davomida 10 ta ishni qilishinggiz kerak boʻlganda, qaysi ishlarni qilardinggiz?

Sizda tanlov cheklangan boʻlsa har narsani tanlayvermasdinggiz.


Qiymatga ega, ikkilanmasdan pul tika oladigan gʻoyalaringgiz boʻlardi.


100 ta doʻstinggiz boʻlsayu, birortasi telni koʻtarmasa, duo qilmasa, qarz soʻraganizda yordam qilmasa. 100=0 emasmi?

50 ta kanalga obuna boʻlgan boʻlsanggiz-u, na bir ilm, na bir boshqa foydali narsa olsanggiz, 50=0 emasmi?

Ular uchun pul tika olmasang, ularning qiymati = 0 emasmi?
Nega yozmayabman.

Chunki hechnarsa qilmayabman. Qilmaganim uchun yoza olmayabman

Nima qilmayabman. Foydali ish.

Na kitob oqish, na til oʻrganish, na kasb, na boshqa...

Parallel muhitdagi maqolalardan oʻtgan bir oy davomida atigi 1.5 dona oʻqibman.

Yozay deyman. Ammo amal qilmayabmanku.

Hozir bir ishda mohir boʻlish haqida yozmoqchi edim.

Ammo men qaysi ishda mohirmanki bu haqida yozsam.

Yaxshiii. Tahlil boʻlyabdi. Bu tahlilni "uygʻonish" deb atasak boʻlar.

Bilasizmi nima?
Har doim ichimda bir ovoz "boʻldi toʻxtat bu lagʻvlarni" deb turadi.

Men unga e'tibor bermay yoki "ignore" qilaverib ruhiyatimni ojiz qilib qoʻydim

Natijada gunohga yengil boʻlib qoldim. Ichki ovozim o'chdi.

Tamom endi ×10 harakat qilish kerak.

Iloji boricha koʻproq yozishga harakat qilaman. Chunki yozsam oʻzimni tahlil qila boshlayman.
1 asr vaqt va 1 soat vaqt.

Farq qanchalik katta?


Ikkisida ham rohat bor deyildi. Va sizga roʻyhat berildi.

Roʻyhatda 1 soatli rohatda yashash uchun qilinishi kerak boʻlgan ishlar va 1 asrlik rohatda yashash uchun qilinishi kerak boʻlgan ishlar keltirilgan.

Qay birini tanlaysiz?

Eng qizigʻi 1 soatni tanlasanggiz ham unda yashashizga kafolat yoʻq. Ammo 1 asrlikda kafolat bor.

Tushundinggiz-a nimaga sha'ma qilayotganimni?

Tinmay ishla, tinimsiz pul top, ehson qilma, birovlarni oʻylama, birovlarni haqqi seni bezovta qilmasin, ibodat qilma, tiling xoxlaganini soʻylasin, oyogʻing xoxlagan joyiga borsin. Nafsing xoxlagan ishni qil...!



Ibodatda sobit tur, ishla ammo ibodatni unutma, pul top lekin ehsonni unutma, gapir ammo zikrni unutma, oʻzgalarga gʻamxoʻrlik qil, nafsing buyurgan ishlarga doim qarshi tur. Qur'on avvalo hayoting konstitutsiyasi boʻlsin...!



Oxirat va dunyo hayotini 1 asr va 1 soat deb qiyosladim ammo farq asr va soatdagidanda katta aslida.

Xullas roʻyhat tayyor. Xohlaganinggizni tanlang va xohlaganinggizcha yashang
Bir kishi "men goʻsht yemayman, ammo negadir atrofdagilar bu tanlovimni gʻalati qabul qilishadi" deb post qoʻyibdi.

Uni oʻqib bir savol kebqoldi:

Inson nima uchun oziqlanadi?

Organizmi, tana quvvati uchun kerakli vitaminlarni olish uchun.
Va
Alloh dunyoni shunday yaratganki, har bir ozuqaning alternativi bor.

Goʻshtdan olinmagan oqsillar boshqa tabiiy mahsulotlarda bor

Xullas, mana bu mineral faqat mana bu mahsulotda bor degan gap yoʻq.

Xoxlasang buni ye, xoxlamasang ana uni ye degan narsada xullas😅

Bunday tanlovlar hayotning barcha jabhalarida mavjud va normal qabul qilinadi. Ammo negadir taomlanishda ....😅
Mana nega kam yozyabman ekan.
Silayi rahim

Hozir silai rahim juda kamyob narsa boʻlib ketdi. Koʻpchiligimiz buning nimaligini bilmasak ham kerak.

Avvallari silai rahm bor payti jamiyatda baraka bor edi. Insonlar samimiy, bir-birlaridan rozi yashashardi.

Hozirgi kunda silai rahim juda kamayib ketdi. Insonlar bir-birlarini hatto telefonda ham kam yoʻqlaydigan boʻlib qolishdi.

Ammo shunday insonlar borki, silai rahimni doimiy qilib kelishadi. Oʻzlari borishadi, yoki hammani chaqirib mehmon qilishadi.

Shu insonlar sabab qarindosh-urugʻchilik, mehr-oqibat, samimiy munosabatlar saqlanib turibdi.

Hamma oilada boʻlsa kerak a doim hamma qarindoshlarni chaqirib bir dasturxon atrofida toʻplab turadiganlar.

Ajoyib, Alloh rozi boʻlsin!

Endi ularga yordam berish bilan bu ajoyib udumimizni yanada jonlantirishimiz kerak.

Silai rahimni biz ham doimiy qilib borishimiz kerak. Har hafta bir kishini yoʻqlab borish yokida bir kishini mehmonga chaqirishni vazifa qilib olsak In Shaa Alloh jamiyatda ham, hayotimizda ham baraka boʻladi!
Oʻzimni yengib olsam boʻldi, qolgani hech narsa emas

Hech bir toʻsiq nafsim kabi kuchli emas. Nafsim bu MEN man. Men meni yengsam, boshqa toʻsiq qolmaydi.
Men nimalarda namoyon boʻlaman:

● dars vaqti boʻlganida
● Nomoz vaqti boʻlganida
● oʻrganishga ehtiyoj paydo boʻlganda
● Kimdir yordam soʻraganida
....

Million turi bor. Va bu jang butun umr davom etadi.

Hozir ham jang boʻlyabdi. Bugun Jum'a. Koʻp Salovat aytish kerak.

Sizlarga ham jangda omad tilayman. Alloh madadkor boʻlsin!
"Ikki eshik orasida"gi devor bosib qolgan qiz
"Otamdan qolgan dalalar" dagi mehnatdan oʻlgan xotun
"Oʻtgan kunlar"dagi zaharlanib oʻlgan Kumush
"Yulduzli tunlar"dagi Boburning vafoti
"Sohibqiron Amir Temur" dagi hind qal'asiga terisiga somon tiqilib osib qoʻyilgan Temurning oʻgʻli... va yana bir qancha kitobdagi qadrdon personajlarning vafotlari bizni shu qadar ogʻir, vazmin qilib qoʻyibdiki... bu hayotning bizga berayotgan zarbachalari hech narsa boʻlmay qolibdi

Oʻshandagi hislar bizni pishitgan ekanmi hozirgilariga parvo qilmay qoʻyibmiz.

Bu hissizlik emas, shunchaki "yozilgan ekan boʻldi, demak bunda hayr bor" degan fikr butun ruhimizga singib ketibdi.


Kitob oʻqigan insonda juda koʻp soʻz boyligi boʻladi ammo u davralarda juda kam gapiradi. (Mavzular kitoblar haqida boʻlsa bundan mustasno😅)

Kitob oʻqimaydigan insonda soʻz boyligi kam boʻladi ammo u davralarda juda koʻp gapiradi

Gʻalati proporsiya, shunday emasmi?
Bir savol kelib qoldi miyachamga

Jamiyatni kitobxon qilish uchun asosiy etiborni bolaga berish kerakmi yoki ota-onagami?

Agar urgʻu ota-onaga qoʻyilsa va ota-ona kitob oʻqisa bu bolaga ham ta'sir qiladi va tezda bola ham kitob oʻqishga kirishib ketadi

Agar urgʻu bolaga qoʻyilsa va bola kitob oʻqisa bu ota-onaga ta'sir qilmaydi. Ota-ona avvalgi holatida qoladi va boladagi oʻzgarish ham uzoqqa choʻzilmaydi.

Shuning uchun fikrimcha jamiyatda kitobxonlikka yoshlar bilan bir qatorda kattalarni ham jalb qilish kerak.

Katta yoshdagilar uchun har xil imkoniyatlar... masalan avval pensiyani bir qismiga gazeta tarqatilardi... shunga endi kitob tarqatilsa..

Maktabda ota-onalar majlislari oʻtkazilib shu mavzu boʻyicha alohida gaplashilsa...

Hamma ham ishli, ammo farzand oldida yarim soat telefon emas kitob ushlab tursa... olam guliston
Pul haqida

Bu dunyoda pul keragidanda ortiq darajada koʻp. Shunchaki biz uni qanday topishni bilmaymiz!

Aqlli insonlar aqlni ishlatib pul topadilar. Keyin esa aql bilan, ishlagan pullari orqali pul topadilar.

Ya'ni, pulni vosita qiladilar. Shu sababli Allohning fazli bilan boy boʻladilar.

Biz esa pulni maqsad, oʻzimizni vosita qilamiz. Shu sabab maqsad ha deganda kelavermaydi. Vosita esa kundan kun qovjirab boraveradi.


Pulni pul chaqirishga oʻrgatish ilmini oʻrganish va qoʻllash kerak!
Nomutanosiblik

Fizika fanida Mexanikaning oltin qoidasi degan nazariya bor edi.

Unga koʻra:
Jism yoʻldan qancha yutsa kuchdan shuncha yutqazadi. Kuchdan qancha yutsa yoʻldan shuncha yutqazadi.

Yuk mashinasi 100 tonna yukni 5 tonnadan tashisa 20 marta, 10 tonnadan tashisa 10 marta qatnaydi.

Bir tomondan yutsa ikkinchi tomondan albatta yutqazadi.

Komentlardagi fikrlarga e'tibor bersanggiz hayotdagi koʻp ishlar shu qoidaga boʻysunishiga guvoh boʻlasiz!

Atrof muhit tozaligi => polietilen axlatlarining koʻpayishiga sabab boʻladi => ekologiya yomonlashuvi

Polietilen paketlardan voz kechib qogʻoz paketlarga oʻtish => koʻp daraxtlar kesilishi => ekologiya yomonlashuvi!

...
Eng xiylakor "doʻst"

U bora-bora oʻzidan boshqa hammani sizga dushman qilib qoʻyadi.

Undagi mukammallikni atrofdan talab qilganiz sari, atrofizdagilardan soviy boshlaysiz. Unga esa yaqinlashaverasiz

Besabr boʻlib qolasiz. Atrofdagilar sizdan sabrni talab qilishadi. U esa buning aksi.

Atrofizdagilarga siz qidirgan narsa yoʻqdek boʻladi doim. Unda esa bor.

Natijada xudbin boʻlasiz, yolgʻiz qolasiz.

Biror yaqininggiz yoʻqlasa, "uff" deydigan darajaga kelasiz

Eng yomoni "meni hech kim tushunmaydi" deya bir umr baxtsiz oʻtib ketasiz.

Buni oldini olish uchun Undan ya'ni ijtimoiy tarmoqdan uzoqroq boʻling!
Mas'uliyat majburiyat orqali hosil qilinadi.


Hayotimdan misol, yaqin kunlargacha vaqtim juda ko'p edi. Kunlik tashvishim o'qishga borib kelish edi xolos.

3 kun oldin yangi ishga joylashdim. Ish juda murakkab va shu murakkabligi bilan menga yoqqandi.


Majburiyat va ishning "vahima"si halovatimni olib qo'yganiga qaramay, avvalgidan ko'proq ishlarga ulgurayotganimni his qilyabman.

Aynan o'sha kundan boshlab yangi rejalar tuza boshladim va yangi chellenjlar belgiladim. Bu safargi mas'uliyat va qat'iyat avvalgilardan farq qilardi.


Demak majburiyat mas'uliyatni hosil qilar ekan.

Koʻproq ishlarga ulgurish uchun koʻproq majburiyat oling.

Majburiyat olish bu qiyin ishlarni oʻz zimmasiga olishdir.

Javobgarligi katta ishlarda faol boʻlishdir.


Shuning uchun boʻlsa kerak rahbarlar hayotda boshqalarga nisbatan tartibliroq va qat'iyatliroq boʻladi
Yaqindagina Samarqand Tibbiyot institutiga stajyor o'qituvchi sifatida ishga kirdim va xorijdan kelgan talabalarga dars bera boshladim.

Bugungi dars haqida #qisqacha

Fantastik dars bo'ldi hozir eh ko'rmadizlarda😅. Talabalar xonaga kayfiyatsiz kirishdi. Dars davomida ko'rsanggiz edi ularni kayfiyatini

Dars boshidagi yo'tal ovozlari dars oxiriga kelib kulguga aylandi. Xomush yuzlar go'yo 1mln$ yutib olgan insonni hursandchiligini ifodalab qoldi.

Mavzuni tushuntirmadim. Ammo ular 90% tushunishdi. Darsni siyqasi chiqqan metodlardan chetlashgan holda, o'yinlar bilan o'rgandik.

Barcha hursand, dars tugashini hech kim xohlamadi, dars vaqti tugab keyingi guruhlar kelib eshik oldida turib qolgunicha xonadan chiqishmadi. O'z ixtiyorlari bilan albatta😅

Tushundimki: dars chiroyli o'tishi uchun Ustoz va o'quvchi bir millatdan bo'lishi, bir-birini 110% tushunishi shart emas. Men hindlarni aksentiga bazo'r tushunaman. Buning ustiga juda tez gapiradi😅

Shunchaki nimanidir o'zgartirdim. Shu kungacha hamma yurib kelgan yo'ldan emas, sal boshqacha yo'ldan yurdim. Ammo manzil bitta. Va natija Bomm🔥

Xulosa nima: Ijodkorlik sizni har qanday qiyin vaziyatdan olib chiqib keta oladi.


(dars o'tishda eng yaxshi metodlarni GPT dan so'radim)
Bir narsani oʻylab qoldim doʻstlar.

Uzb madaniyati 2 ga boʻlinadi.
1. SSSR dan oldingi
2. SSSR dan keyingi

Millatning haqiqiy yuksak madaniyati 1-davrda edi. Ya'ni SSSR dan oldingi davrda.

Ularni oʻrganish, tiriltirib tadbiq qilish oʻsha davr ziyolilari tomonidan yozilgan kitoblarni qayta va qayta oʻqish bilan boʻladi.

Oʻtgan kunlar
Mehrobdan chayon
Kecha va kunduz
...
..
.
Jumladan:

Oʻtkir Xoshimov
Pirimqul Qodirov
Said Ahmad
...
..
.

Kabi yangi davr ziyolilari ham Jadidlar tarbiyasida ulgʻaygan, milliy madaniyatni oʻzida singdirgan insonlardir.

Milliy badiiy kitoblarni oʻqish oʻquvchiga milliy madaniyatni chuqurroq anglash, o'zligini tanish va tarixiy merosini bilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikki yoʻl bor.

Birida yoʻl atrofi gullar-u bogʻlar, soʻngi esa zulmatdir.

Ikkinchisida yoʻl atrofi tikan ammo soʻngi gulzor-u bogʻlardir.

Eng qizigʻi nima bilasizmi?

Birinchi yoʻlning gullari-yu bogʻlari badboʻylik va azob bilan toʻla.

Ikkinchi yoʻlning tikanlari esa mushkdek iforli, ruhinggizga rohat bagʻishlaydi.

Birinchi yoʻldagi hamrohinggiz yoʻl soʻnggida sizni azobga tashlab ketadi.

Ikkinchi yoʻldagi hamrohinggiz esa doim siz bilan va sizga eng zarur narsalarni eng zarur vaqtlarda berib boradi.


Birinchi yoʻlning rohati aslida azobdir!

Ikkinchi yoʻlning azobi aslida rohatdir!

Sizni aldayotgan sarobdan voz keching.

Baxt va saodat ikkinchi yoʻldadir.

Koʻzinggizni yuming va Rohmanning yoʻli tomon oshiqing!
Bugun Nuqtai nazar haqida gaplashamiz!

Interstellar filmida Myorfi qonuni haqida soʻz borgan edi.

- Siz qanchalik ko'p biror yomon voqea tasodifan sodir bo'lishidan qo'rqsangiz, albatta shu narsa sodir bo'ladi.

Yomon oʻy-fikrlar insonni ruhan va jismonan zaiflashtiradi. Inson havotirlanadi. Qoʻrquvga tushadi. Holdan toyadi.

Shuningdek, yaxshi oʻy-hayollar esa kuch bagʻishlaydi. Markaziy asab tizimida Endorfin (baxt gormoni) ishlab chiqariladi.

Charchoqni va stressni bosib, kayfiyatni koʻtaradi. Immunitetni mustahkamlaydi


Xullas. Har bir voqea-hodisaga nisbatan bizda 2 xil qarash mavjud. Ijobiy va salbiy!

Kelajakni oldindan bilmaganimiz bois, ba'zan unga nisbatan miyamizda salbiy fikrlar tugʻiladi.

Qoʻrquv va stress orttirib olamiz. Natijada voqelik ham kutganimizdek boʻlib chiqadi

Ijobiy fikrda boʻlsakchi?
Shundogʻam kelajak haqida doim yaxshi gumonda boʻlishga buyurilganmiz.

Kayfiyatimiz koʻtariladi. Boshqa ishlarimiz ham unumdor boʻladi. Ruhan va jismonan quvvat olamiz! Va natija ham kutganimizdek boʻladi.

Myorfi qonuni ishlaydi.

Psixologiyada ham shunaqa gap bor:
- Inson nima haqida koʻp oʻylasa, miya oʻsha narsaga diqqatni sozlaydi.

Mashina sotib olmoqchisiz, birdan koʻchada faqat hamma mashinalar koʻzizga koʻrina boshlaydi...


Demak
Biror Voqeaga nisbatan nuqtai nazarimiz, oʻsha voqea biz uchun qanday boʻlishini belgilab berar ekan.

Taqdir ham deyishimiz mumkin. Balki taqdir ham bizni nuqtai nazarimizga bogʻlangan boʻlsachi?

Shunday ekan doim ijobiy yondashuvda boʻlaylik. Xatto eng yomon vaziyatlarda ham)
Oddiy xazonrezgilikdagi biz olishimiz kerak boʻlgan saboq nima?

Biz har doim guvoh boʻladigan oddiy barglarning toʻkilishi(xazonrezgilik) da ham qancha hikmat bor a.

Barg bahorda tugʻiladi. Yaxshi havoda unib oʻsadi. Undan faqat oʻsish talab qilinadi.

Yozda esa u fotosintez qilishi kerak. Endi oʻsish va tekin yomgʻirlar tugadi. Endi u ishlashi kerak. Atrofdagi insonlarning hayoti uchun ishlashi kerak.

Kuz keldi. Barg qaridi. Moʻrtlashdi. Oydek yuzi sargʻayib, bujmayib, qaridi. Oʻlim soatlari yaqin. Qish keldi va barg ...



Insondek a?

Ulgʻayguniga qadar ortiqcha bosimsiz oʻsib ulgʻayadi. Bu uning bahori

Ulgʻaygach, masuliyat keladi. Endi u oilasi uchun ishlashi kerak. Bu uning yozi

Keksayadi. Yuzi bujmayib ajinlar tushadi. Kuchdan qolib moʻrtlashadi. Bu uning kuzi

Va qish keladi...
Tanqid toshlarini nega yogʻdirmayabsizlar?