Mind Journal
26 subscribers
7 photos
10 links
Download Telegram
Ichki va tashqi hakamlilar haqida gaplashamiz.

Futbolchilar oʻz prinsiplariga emas, hakamning buyrugʻiga boʻysunishadi. Ular uchun hakamning gapi gap.

Taksistlar va GAI lar yaxshiroq misol boʻlarkan

Hakamlar harakatlarimiz chegaralarini belgilab beradi. Bizga hukm o'quvchi tashqarida bo'lsa, u ketishi bilan o'z holimizga qaytamiz.

Hakam ichkaridan bo'lsa, u doimo biz bilan. Chegaralar ham doimiy.


Hakami tashqarida boʻlganlar bor. Atrofdagilarning fikriga koʻra yashashadi.

Bu uchun sogʻligʻidan, vaqtidan, pulidan kechishadi.

Hakami ichkarida boʻlganlar bor. Oʻz qadriyatlari va prinsiplariga ega.

Atrofdagilar fikriga qarab ish qilmaydi. Ularning hakami ularning vijdoni boʻladi.


Tashqi hakamlilar soxta obroʻ, hurmat va e'tibor uchun kun kelib sizni ham qurbon qiladilar.

Ichki hakamlilar Allohdan qoʻrqadigan, sof vijdonli, insonlardir. Ular uchun vijdon har qanday tashqi fikrlardan ustun turadi
Bir maqsadli jamoalar qanday shakllanadi?

Universitetda 1- kursda hech kim birini tanimaydi.

1-kurs davomida oʻzaro tanishuvlar natijasida "vaqtinchalik" jamoalar shakllana boshlaydi.

2-kursda saralash jarayonlari boshlanadi. Ya'ni muhitdan muhitga koʻchish.

3-kursdan boshlab maqsadi bir, fikri oʻxshash va oʻxshash dunyoqarash egalari alohida jamoa boʻlib olishadi.

Chekuvchilar alohida, PUBG chilar alohida, kitobxonlar alohida va h.k

Kim nima desa desin-u, maqsadi bir va hamfikrlar insonlar baribir qachondir bir jamoada yigʻilishadi.

Bu nafaqat universitet misolida balki hayotda ham yoʻllar qachondir kesishadi.

As I said welcome 😅
Xatolar ustida ishlasak nima bo'ladi?

Stiv Jobs o'z kompaniyasidan haydalganidan so'ng, xatosini tan olib, yangi ilmlar bilan qaytib kelgan va Apple’ni dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylantirgan.

Ilon Mask bir necha marta bankrotlik yoqasiga kelgan.

Ko‘p xatolar qilganini tan olgan, saboq olgan, bugungi kunda eng yirik innovatorlardan biriga aylangan.

Xato qilmaydigan inson bo'lmaydi, uni tan olmay, to'g'irlamaydigan inson bo'ladi.

Xatoni to'g'irlamaslik, uni qayta-qayta takrorlanishiga sabab bo'ladi.

Xato tan olinmagan joyda taftish bo'lmaydi. Taftish bo'lmagan joyda o'sish bo'lmaydi, o'zgarish bo'lmaydi.

Xatoni tan olmaslik 2 sababdan bo'larkan:
1. Inson o'zi yaxshiroq qiladigan ishidagi xatolarni tan olishi qiyin bo'larkan

Ustozga dars o'tish uslubida xato qilgani haqida aytilsa uni tan olishi og'riqli bo'ladi.
Daraxtlarga noto'g'ri ishlov bergani aytilsa uni oson tan oladi.

2. Ichki egomiz. Kibr deydimi. Tan olsa hurmati tushib qoladigandek tuyuladi.

Aslida esa teskarisi. Xatosini joyida tan olgan odam hurmatini saqlab qoladi. Odamlarda unga nisbatan ishonch hosil bo'ladi.

Kelajakda qilishi mumkin bo'lgan xatolari kamayadi.

Shu sababdan o'zgarmoqchi bo'lsak xatolarni tan olishni o'rganaylik. O'zgartirmoqchi bo'lsak xatolarini aytaylik(yolg'iz qolganda albatta)
Yillar davomida ko'rinmagan yuzlar bir kunda ko'rinadi.

Yillab yaxshi sharoitda birga o'sgan sheriginggizni 1 kun noncomfort vaziyatda taniysiz.

O'zimiz ham. Jahlimiz chiqqanida, pulimiz qolmaganida qiyin ahvolda qolganimizda bilinadi aslimiz.

Jaxl chiqqanda o'zimizni qanday tutyabmiz.

Pulimiz yo'qligida nolib, birovning haqqini yemayabmizmi.

Qiyin vaziyatlarda boshqalarning kamchiligi bilan birga o'zimizniki ham namoyon bo'ladi.

Ammo ko'p xollarda biz o'zimiznikini ko'rmaymiz.
Buni qanday bilamiz?

Boshqalarnikini ko‘rganimizda, “men ham shundaydirman balki?” deb o‘zimizdan so‘rash eng yaxshi usul menimcha.

Tanqidni eshita olish ham katta fazilat. Chunki tanqidni qabul qilolmagan inson ham ojizdir o'z kamchiligini ko'rishga.

Yuqoridagi holatlardagi reaksiyalarimizni kuzataylik, asl yuzimiz shunda ko‘rinadi.
Barcha afzalliklarning kamchiliklari bo'lishi haqida

Televizor sotib olganizda karobkasi bilan qo'shib beradi. Karobkasi bizga kerak emas, lekin olishga majburmiz.

Kartoshka olsanggiz po'stlog'i bilan qo'shib olasiz. Majbursiz shunday olishga.

Muzqaymoq yeb rohatlanasiz. Ammo pulinggiz ketadi

Mashina haydash zo'r. Xarajatiga chidash kerak.

Hech bir rohat faqat o'zi bo'lmas ekan. Yonida bir minusi ham bo'larkan.

Ideallikka intilgan inson bilsinki hatto oddiy rohatlar ham nimadir berishimiz evaziga kelarkan.

Ilon Mask eng boy inson bo'ldi. Ortida uyqusiz tunlar-u stressli kunlar bor.

Boy bo'lish, sodda rohatlarni va yangi do'stlar topish imkonini yo'qotish demak. Network do'st bo'lolmaydi.

Rahbar bo'lish, ko'pincha yomon ko'riladigan inson bo'lishga rozilik demak. Hammaga yoqadigan rahbar, yaxshi rahbar emas.

Oylikka ishlash, vaqtdagi erkinlikni yo'qotish demak. Barqaror (stabil) oylik berganga, barqaror ish ko'rsatish kerak.

Tadbirkor bo'lish, ishdan keyin ham ish haqida o'ylash demak. Vaqt erkinligi miyaning bandligi evaziga olish demak.


Eng zo'riga ega bo'lish, sizdan ham eng zo'r himmatni talab qiladi.
Kutmang bugun boshlang!

Imkoniyat har doim ham bo'lavermaydi. Bo'lganda o'ylanib o'tirgan odam yutqazadi.

O'ylash kerak. Ammo me'yor bor. Ertaroq boshlagan kishi marraga birinchi boradi.

Tavakkul qilishni bilgan odam hech qachon yutqazmaydi.

Xatolardan qo'rqqan odam o'smaydi.

Hozir siz yo'qotgan 1 mln sizga 10 mln lik tajriba olib keladi. Bu tajriba bilan bir necha 10 mln larni tejab qolishinggiz mumkin.

O'ylab o'tiravermay ishga kirishing. Kirishdinggizmi jon-jahdinggiz bilan harakat qiling.
Perfektsionizm yomonmi?

8 kun boʻlibdi yozmaganimga.

Sababi: oʻzimni boshqa expertlar bilan solishtirganim deb oʻyladim

Teran ma'noli postlar yozmoqchi boʻldim, har yozganimdan kamchilik topaverdim.

Natijada vaqtimni boy berdim.

Hamma boshida 0 dan boshlagan. Eng kuchlilar ham boshida 0 boʻlgan.

Mukammal boʻlishga intilish intizomni qotili ekan.

Harakatdagi odam xato qilishi tabiiy.

Toʻgʻri qabul qilgan holda davom etish bora-bora xatolarga barham beradi.

Oʻylaganingni yoz, sekin asta koʻtarilasan derdilar Ustoz.

Perfektsionizm boʻlish demotivate qilishi bor gap.

Toʻgʻri qabul qilish va intizom bn davom etish kerak ekan.
Pul tika olasanmi?

Aytayotganlaringni qanchasiga oʻzing ishonasan?

Hammasigami?

Ularni rostligi ustidan garov oʻynolasanmi $100 bilan?

Aytishadi: chetda yashash oson, uy mashina olsa boʻladi bemalol deb.

Kel unda qarz olib chetga ket, 2 oyda uzvorasan qolgani foydaga qoladi desam

Toʻxta bir oʻylab koʻray qaytadan deyishadi.

Agar sizda umringgiz davomida faqat 1000 ta gap gapirishga imkon berilganda nimani gapirgan boʻlardinggiz?


Umringgiz davomida 10 ta ishni qilishinggiz kerak boʻlganda, qaysi ishlarni qilardinggiz?

Sizda tanlov cheklangan boʻlsa har narsani tanlayvermasdinggiz.


Qiymatga ega, ikkilanmasdan pul tika oladigan gʻoyalaringgiz boʻlardi.


100 ta doʻstinggiz boʻlsayu, birortasi telni koʻtarmasa, duo qilmasa, qarz soʻraganizda yordam qilmasa. 100=0 emasmi?

50 ta kanalga obuna boʻlgan boʻlsanggiz-u, na bir ilm, na bir boshqa foydali narsa olsanggiz, 50=0 emasmi?

Ular uchun pul tika olmasang, ularning qiymati = 0 emasmi?
Nega yozmayabman.

Chunki hechnarsa qilmayabman. Qilmaganim uchun yoza olmayabman

Nima qilmayabman. Foydali ish.

Na kitob oqish, na til oʻrganish, na kasb, na boshqa...

Parallel muhitdagi maqolalardan oʻtgan bir oy davomida atigi 1.5 dona oʻqibman.

Yozay deyman. Ammo amal qilmayabmanku.

Hozir bir ishda mohir boʻlish haqida yozmoqchi edim.

Ammo men qaysi ishda mohirmanki bu haqida yozsam.

Yaxshiii. Tahlil boʻlyabdi. Bu tahlilni "uygʻonish" deb atasak boʻlar.

Bilasizmi nima?
Har doim ichimda bir ovoz "boʻldi toʻxtat bu lagʻvlarni" deb turadi.

Men unga e'tibor bermay yoki "ignore" qilaverib ruhiyatimni ojiz qilib qoʻydim

Natijada gunohga yengil boʻlib qoldim. Ichki ovozim o'chdi.

Tamom endi ×10 harakat qilish kerak.

Iloji boricha koʻproq yozishga harakat qilaman. Chunki yozsam oʻzimni tahlil qila boshlayman.
1 asr vaqt va 1 soat vaqt.

Farq qanchalik katta?


Ikkisida ham rohat bor deyildi. Va sizga roʻyhat berildi.

Roʻyhatda 1 soatli rohatda yashash uchun qilinishi kerak boʻlgan ishlar va 1 asrlik rohatda yashash uchun qilinishi kerak boʻlgan ishlar keltirilgan.

Qay birini tanlaysiz?

Eng qizigʻi 1 soatni tanlasanggiz ham unda yashashizga kafolat yoʻq. Ammo 1 asrlikda kafolat bor.

Tushundinggiz-a nimaga sha'ma qilayotganimni?

Tinmay ishla, tinimsiz pul top, ehson qilma, birovlarni oʻylama, birovlarni haqqi seni bezovta qilmasin, ibodat qilma, tiling xoxlaganini soʻylasin, oyogʻing xoxlagan joyiga borsin. Nafsing xoxlagan ishni qil...!



Ibodatda sobit tur, ishla ammo ibodatni unutma, pul top lekin ehsonni unutma, gapir ammo zikrni unutma, oʻzgalarga gʻamxoʻrlik qil, nafsing buyurgan ishlarga doim qarshi tur. Qur'on avvalo hayoting konstitutsiyasi boʻlsin...!



Oxirat va dunyo hayotini 1 asr va 1 soat deb qiyosladim ammo farq asr va soatdagidanda katta aslida.

Xullas roʻyhat tayyor. Xohlaganinggizni tanlang va xohlaganinggizcha yashang
Bir kishi "men goʻsht yemayman, ammo negadir atrofdagilar bu tanlovimni gʻalati qabul qilishadi" deb post qoʻyibdi.

Uni oʻqib bir savol kebqoldi:

Inson nima uchun oziqlanadi?

Organizmi, tana quvvati uchun kerakli vitaminlarni olish uchun.
Va
Alloh dunyoni shunday yaratganki, har bir ozuqaning alternativi bor.

Goʻshtdan olinmagan oqsillar boshqa tabiiy mahsulotlarda bor

Xullas, mana bu mineral faqat mana bu mahsulotda bor degan gap yoʻq.

Xoxlasang buni ye, xoxlamasang ana uni ye degan narsada xullas😅

Bunday tanlovlar hayotning barcha jabhalarida mavjud va normal qabul qilinadi. Ammo negadir taomlanishda ....😅
Mana nega kam yozyabman ekan.
Silayi rahim

Hozir silai rahim juda kamyob narsa boʻlib ketdi. Koʻpchiligimiz buning nimaligini bilmasak ham kerak.

Avvallari silai rahm bor payti jamiyatda baraka bor edi. Insonlar samimiy, bir-birlaridan rozi yashashardi.

Hozirgi kunda silai rahim juda kamayib ketdi. Insonlar bir-birlarini hatto telefonda ham kam yoʻqlaydigan boʻlib qolishdi.

Ammo shunday insonlar borki, silai rahimni doimiy qilib kelishadi. Oʻzlari borishadi, yoki hammani chaqirib mehmon qilishadi.

Shu insonlar sabab qarindosh-urugʻchilik, mehr-oqibat, samimiy munosabatlar saqlanib turibdi.

Hamma oilada boʻlsa kerak a doim hamma qarindoshlarni chaqirib bir dasturxon atrofida toʻplab turadiganlar.

Ajoyib, Alloh rozi boʻlsin!

Endi ularga yordam berish bilan bu ajoyib udumimizni yanada jonlantirishimiz kerak.

Silai rahimni biz ham doimiy qilib borishimiz kerak. Har hafta bir kishini yoʻqlab borish yokida bir kishini mehmonga chaqirishni vazifa qilib olsak In Shaa Alloh jamiyatda ham, hayotimizda ham baraka boʻladi!
Oʻzimni yengib olsam boʻldi, qolgani hech narsa emas

Hech bir toʻsiq nafsim kabi kuchli emas. Nafsim bu MEN man. Men meni yengsam, boshqa toʻsiq qolmaydi.
Men nimalarda namoyon boʻlaman:

● dars vaqti boʻlganida
● Nomoz vaqti boʻlganida
● oʻrganishga ehtiyoj paydo boʻlganda
● Kimdir yordam soʻraganida
....

Million turi bor. Va bu jang butun umr davom etadi.

Hozir ham jang boʻlyabdi. Bugun Jum'a. Koʻp Salovat aytish kerak.

Sizlarga ham jangda omad tilayman. Alloh madadkor boʻlsin!
"Ikki eshik orasida"gi devor bosib qolgan qiz
"Otamdan qolgan dalalar" dagi mehnatdan oʻlgan xotun
"Oʻtgan kunlar"dagi zaharlanib oʻlgan Kumush
"Yulduzli tunlar"dagi Boburning vafoti
"Sohibqiron Amir Temur" dagi hind qal'asiga terisiga somon tiqilib osib qoʻyilgan Temurning oʻgʻli... va yana bir qancha kitobdagi qadrdon personajlarning vafotlari bizni shu qadar ogʻir, vazmin qilib qoʻyibdiki... bu hayotning bizga berayotgan zarbachalari hech narsa boʻlmay qolibdi

Oʻshandagi hislar bizni pishitgan ekanmi hozirgilariga parvo qilmay qoʻyibmiz.

Bu hissizlik emas, shunchaki "yozilgan ekan boʻldi, demak bunda hayr bor" degan fikr butun ruhimizga singib ketibdi.


Kitob oʻqigan insonda juda koʻp soʻz boyligi boʻladi ammo u davralarda juda kam gapiradi. (Mavzular kitoblar haqida boʻlsa bundan mustasno😅)

Kitob oʻqimaydigan insonda soʻz boyligi kam boʻladi ammo u davralarda juda koʻp gapiradi

Gʻalati proporsiya, shunday emasmi?
Bir savol kelib qoldi miyachamga

Jamiyatni kitobxon qilish uchun asosiy etiborni bolaga berish kerakmi yoki ota-onagami?

Agar urgʻu ota-onaga qoʻyilsa va ota-ona kitob oʻqisa bu bolaga ham ta'sir qiladi va tezda bola ham kitob oʻqishga kirishib ketadi

Agar urgʻu bolaga qoʻyilsa va bola kitob oʻqisa bu ota-onaga ta'sir qilmaydi. Ota-ona avvalgi holatida qoladi va boladagi oʻzgarish ham uzoqqa choʻzilmaydi.

Shuning uchun fikrimcha jamiyatda kitobxonlikka yoshlar bilan bir qatorda kattalarni ham jalb qilish kerak.

Katta yoshdagilar uchun har xil imkoniyatlar... masalan avval pensiyani bir qismiga gazeta tarqatilardi... shunga endi kitob tarqatilsa..

Maktabda ota-onalar majlislari oʻtkazilib shu mavzu boʻyicha alohida gaplashilsa...

Hamma ham ishli, ammo farzand oldida yarim soat telefon emas kitob ushlab tursa... olam guliston
Pul haqida

Bu dunyoda pul keragidanda ortiq darajada koʻp. Shunchaki biz uni qanday topishni bilmaymiz!

Aqlli insonlar aqlni ishlatib pul topadilar. Keyin esa aql bilan, ishlagan pullari orqali pul topadilar.

Ya'ni, pulni vosita qiladilar. Shu sababli Allohning fazli bilan boy boʻladilar.

Biz esa pulni maqsad, oʻzimizni vosita qilamiz. Shu sabab maqsad ha deganda kelavermaydi. Vosita esa kundan kun qovjirab boraveradi.


Pulni pul chaqirishga oʻrgatish ilmini oʻrganish va qoʻllash kerak!
Nomutanosiblik

Fizika fanida Mexanikaning oltin qoidasi degan nazariya bor edi.

Unga koʻra:
Jism yoʻldan qancha yutsa kuchdan shuncha yutqazadi. Kuchdan qancha yutsa yoʻldan shuncha yutqazadi.

Yuk mashinasi 100 tonna yukni 5 tonnadan tashisa 20 marta, 10 tonnadan tashisa 10 marta qatnaydi.

Bir tomondan yutsa ikkinchi tomondan albatta yutqazadi.

Komentlardagi fikrlarga e'tibor bersanggiz hayotdagi koʻp ishlar shu qoidaga boʻysunishiga guvoh boʻlasiz!

Atrof muhit tozaligi => polietilen axlatlarining koʻpayishiga sabab boʻladi => ekologiya yomonlashuvi

Polietilen paketlardan voz kechib qogʻoz paketlarga oʻtish => koʻp daraxtlar kesilishi => ekologiya yomonlashuvi!

...
Eng xiylakor "doʻst"

U bora-bora oʻzidan boshqa hammani sizga dushman qilib qoʻyadi.

Undagi mukammallikni atrofdan talab qilganiz sari, atrofizdagilardan soviy boshlaysiz. Unga esa yaqinlashaverasiz

Besabr boʻlib qolasiz. Atrofdagilar sizdan sabrni talab qilishadi. U esa buning aksi.

Atrofizdagilarga siz qidirgan narsa yoʻqdek boʻladi doim. Unda esa bor.

Natijada xudbin boʻlasiz, yolgʻiz qolasiz.

Biror yaqininggiz yoʻqlasa, "uff" deydigan darajaga kelasiz

Eng yomoni "meni hech kim tushunmaydi" deya bir umr baxtsiz oʻtib ketasiz.

Buni oldini olish uchun Undan ya'ni ijtimoiy tarmoqdan uzoqroq boʻling!