Mind Journal
26 subscribers
7 photos
10 links
Download Telegram
Hissiyot bering

Har qanday voqea hodisa boʻlsin, soʻz yoki bir amal boʻlsin, bir umr esinggizga qolishi uchun unga hissiyot bering.

Hissiyot bu diqqat degani. Nimaga hissiyot bilan yondashsanggiz, butun diqqatinggiz oʻsha narsaga qaratiladi.

Darsda oʻtirib butun diqqatingiz koʻchadagi qop-qora BMW da boʻlsa, siz doskada qalin yozilgan soʻzni emas, bmw ning nomerini eslab qolasiz


Shunday voqealar borki, qisqa vaqtda boʻlib oʻtgan ammo bir umrlik xotira boʻlib qolgan.

Shunday voqealar borki, har kuni duch kelasiz ammo kimdir soʻrasa eslay olmaysiz.

Siz har kuni minadigan avtobusning nomeridan koʻra sizni urib ketishiga ozgina qolgan(uzr) mashinaning nomeri koʻproq vaqt yodinggizda qoladi.


Insonlar bilan tanishganda ham shunday, hissiyot bilan boʻlsa, unutish qiyin, boʻlmasa, qayerda koʻrgan ekanman-a deb yurasiz...

Bu narsa biznes sotuvda va qora psixologiyada zoʻr ketadi😈
Siqilyabsizmi? Ishlaringgizni rejalang...!

Qiziq mavzu shunday emasmi-? 😅

Anchadan beri yigʻib yurgan pullarimni juda qisqa fursatda sarflab yuborganim yuragimni siqayotgandi.

Oʻtirib oʻyladim va yechim qidirdim. Kelgusi ishlarni reja qildim va qisqa vaqtda xarajatlar qoplanib biroz foydaga ham chiqib oldim.

"Ajoyib hayolparast"dek boʻldim ammo yuragimni siqib turgan "moddiyatga oʻchlik" biroz kamaydi.

Bu albatta aniq rejalar edi.
Kayfiyat koʻtarildi va ishtiyoq ortdi.

Demak, ishlarni rejalash nafaqat bugunni yaxshilash balki kelajakdagi qadamlarni jonlantirish ham ekan.

Demak, ishlarni rejalash fikr teranligini oshirish va muammolarga yechim topish qobiliyatini shakllantirish ham ekan.

Nima yozishni bilmadim va shunchaki hozirgi holatimni bayon etgim keldi.
Kitobdan qanday qilib koʻproq foyda olish mumkin

10 lab kitoblar oʻqiymiz ammo nega oʻzgarish kam.

Berilib oʻqiymiz ammo nega kam qismini eslab qolamiz...

Kitobdan yaxshi foyda olish uchun nima qilish kerak?

Ilm ahllari aytishadiki: amal qilish yodlash bilan boʻladi. Oʻqilgan narsani qayta-qayta oʻqish bilan boʻladi.

Kitobdan foydani ola olish uchun uni 3-4 marta qayta-qayta oʻqish kerak ekan.

Ikki marta oʻqishga arzimaydigan kitoblar bir marta oʻqishga ham arzimaydi.

Kitobni bir marta oʻqish esa u ikkinchi marta oʻqilishga arziydimi yoʻqmi shuni aniqlash uchun test boʻlsin ekan


Demak amal yodlash bilan boʻladi. Yodlash esa takrorlash bilan. Arzirli kitoblar qayta-qayta oʻqilishi lozim ekan
Davomi:

Nazariyalar ong ostiga qanday oʻtkaziladi?


-Nima butun kitobni yodlaymizmi-?
Javob: yoʻq, oʻzingga kerakli joyini top va uni yodla, oylar davomida oʻsha nazariyani takrorlab yur va u miyangga oʻrnashadi.

Seneka ning bir gapi bor:
Biror ish qilayotganingda oʻzingga savol ber: "Is it necessary-?"(bu kerakmi-?)

Instagram reels koʻrayotganingda shu gap miyangda gumburlaydi "shu reelslar menga kerakmi-?, oʻrniga boshqa foydali ish qilsam boʻmaydimi-?"

Gʻiybat qilib turganingda miyang: "menga kerakmi shu-?"

Miya bu savolni berishi uchun bu nazariya oylar davomida takrorlanib miyaga joylanishi kerak.
Inversiya & qoqilish yo'llari

Nima qilish haqida maslahat olib, nimadan qochish haqida maslahatlar olmaslik.
Kimga uylanish haqida maslahat olib, kimga uylanmaslik haqida so'ramaslik.
Qaysi ishlarni qilish haqida so'rab, qaysi ishlarni qilmaslik haqida so'ramaslik.

Pul bilan ham shunday bo'lsa kerak. Boylik so'ragandan, kambag'allikdan panoh so'ragan afzal.
Mashhurlik so'ragandan, sharmandalikdan panoh so'ragan afzal.

written by Aziz Rahimov
Inson qachon nimadir oʻrgana oladi

Qachonki oʻrganayotgan narsasiga nisbatan muhabbat va ixlos boʻlsa.

Barcha ishlarning asosida ishq yotadi.

Va oʻrganishdagi qat'iyatlilik ham ishq orqali hosil boʻladi.

Insta reelslarga muhabbat qoʻygansiz. Kunda bir necha marta muntazam ravishda koʻrib borasiz.

Ishqsiz majburiy qilingan harakatlar qachondir toʻxtaydi. Ammo asosida ishq yotgan harakatlar abadiydir.

Ixlos esa amalinggizga yordam beradi

Demak, har qanday ishda muhabbat va ixlos ila yondashilsa albatta u ishda muvaffaqqiyat qozoniladi In Shaa Alloh.
Nazariya va amaliyot haqida o'ylayabman.

Shunday sohalar borki amaliyot nazariyani takrorlaydi. Va yana shundaylari borki nazariya va amaliyot boshqa-boshqa dunyo.

Buni o'qish davrida amaliyotga chiqqan talabalar yaxshi bilishadi: Universitetda o'qiganlaring buyerda o'tmaydi. Buyerda 0 dan boshlaysan deyishadi.


Savol: Nazariya bilan amaliyotning mosligini buzib turuvchi narsa nima? Qachon ular bir biriga mos tushadi?

Nyuans degan tushuncha bor ekan. Ko'rinmas jihatlar degani.

Har bir sohaning amaliyotini nazariyasidan farqlab turuvchi jihatlari bo'ladi.

Shifokorlarda: Jarroh kitobni yodlab kelsa ham, operatsiyada hayajon, qo'rquv, qaltirash kabi holatlar bo'ladi.
Shafyorlarda: Nazariy imtihondan eng yuqori ball bilan o'tgan bo'lsin. Ko'chada piyodaning to'satdan yugurib chiqishi, mashina ko'pligi va h.k
O'qituvchi: Fanini zo'r bilsin. Ammo o'quvchilarning sho'xligi va boshqa muammolar dars o'tishni qiyinlashtiradi.

Dasturchilar: Nazariyada nima o'rgangan bo'lsa amaliyda ham o'shani qo'llaydi. Xatoliklar qaysidir argument qo'yilmasligi yoki noto'g'ri ishlatilganligidan yuzaga keladi.
"Velosiped, BMW motori, kompyuter chiplari butun dunyoda bir xil tuzatiladi. Yana ham aniqlik kiritsak, odamlar ishtiroki minimal bo'lgan, asosan jismlar bilan ishlaydigan sohalarda nazariya, amaliyotni takrorlaydi."


Demak: Nyuanslar inson omiliga bog'liq ekan. Inson omili yuqori bo'lgan sohalarda nyuanslar ko'p bo'lar ekan.

Universitetda 7 yil o'qigan talaba bilan 2 yil o'qib 6 oy amaliyot o'tagan talabaning farqi, dars o'tayotganda yaqqol bilinadi.

Sohamizga nazar solishimiz kerak ekan. Inson omili muhim bo'lsa butun vaqtimizni nazariyaga sarflab yubormasdan, ko'p-ko'p amaliyotlar o'tashimiz lozim ekan.
Mind Journal
https://aiblogs.substack.com/p/high-agency-hammamizni-shu-qutqarib?r=22hn1j&utm_campaign=post&utm_medium=web&triedRedirect=true
Juda uzun maqola lekin ancha foydali.

Oxirigacha o'qib chiqqan bo'lsanggiz demak o'zinggizni bemalol "high agency" lar qatoriga qo'shsanggiz ham bo'ladi.

Xulosamni yuborib qo'ysam. Meni xulosamni o'qib maqolani o'qigandek bo'laman deb o'ylamang aslo. Men o'z dunyoqarashim bilan yozdim, maqola esa muallif dunyoqarashi bilan yozilgan. Vaholangki, mening fikrlashim bilan uniki yer bilan osmoncha farq qiladi
.

"high agency" nazarimda "muammolarni xal qila olish ko'nikmasi" bilan sinonim atama.

Tekis yo'ldan hamma ham yura oladi. Ammo qing'ir qiyshiq yo'llardan faqat sabrli, ishtiyoqi baland insonlargina yurishda davomiy bo'la oladilar.

Universitetda ishlab yurgan vaqtimda ustozim ko'p aytardi: " Sardor, muammoni xal qilishni o'rgan" deb. Ko'p aytaverganidan shu narsa yod bo'lib, qachonki muammo kelganda shu jumlani o'zimga o'zim qaytaradigan bo'lib qolganman.

low agency - muammoga duch kelsa tormoz bosadilar va ko'p xollarda qotadi joyida.

Muhammadali Eshonqulov ustozning bir gaplari bor edi: " Insonga bir katta muammo kelganda avvalo to'xtab o'ylash kerak. Vaziyatni yumshatishni o'ylash, har xil variantlarini ko'rish, har xil prespictiva dan qarash kerak "

demak kimda muammoni xal qilish ko'nikmasi yuqori bo'lsa unda "high agency" baland ekan. degan xulosaga keldim
Nimaga e'tibor qaratsang sen oʻshasan iqtibosiga bir hikoya esimga keldi.

Bir ayol Robiya onamizning oldiga kelib rosa dunyoni la'natlayveribdi. Keyin ayol ketgach Robiya onamiz xizmatkoriga qarab:
- Rosa dunyoga muhabbat qoʻygan ayol ekan. Debdilar
Xizmatkori:
- Nega? Axir dunyoni tinmay la'natlab yotibdiku desa
Robiya onamiz:
- Kim nimani yaxshi koʻrsa, oʻshani eng koʻp zikr qiladi degan ekanlar...
Diqqat boʻyicha ham shunday ekan. Narigi kanalda koʻrgan boʻlsanggiz kerak.

Oʻsha postga qoʻshimcha:

Yomon odatlarimizni yoʻq qilishga e'tibor qaratamiz.
Shu sababli oʻsha odatlar kun davomida miyamizda aylanib yotadi.

Bu hol takrorlanavergach albatta ularni "ignore" qilishdan koʻra, ularga nisbatan koʻproq "rely" boʻlib qolarkan odam.
__

Bir podshoh vazirlariga rivoyat aytishlikni buyuribdi.

Birinchi vazir yaxshilik qilish haqida, ikkinchisi esa yomonlik qilmaslik haqida rivoyat aytibdi.

Podshoh birinchi vaziriga 10 tilla tanga, ikkinchisiga esa 1 tilla tanga beribdi.

Shunda boshqa vazirlar buni sababini soʻraganlarida Podshoh:
- Birinchi Vazir tilida ezgulikni zikr etdi. Ikkinchisi esa yovizlikni zikr etdi. Degan ekan



Ezgulikni yaxshi soʻzlar orqali ham, yomon soʻzlar orqali ham yetkazsa boʻlarkan.

Bu huddi bir menga oʻxshagan bir notavonni yaxshi soʻzlar orqali yoki kuch ishlatib toʻgʻri yoʻlga solishga oʻxshaydi.

Birinchisi albatta qalbga yoqadi. Ikkinchisi esa qalbni yoqadi.
Turtkilarni jamlang

Yonay yonay deb turgan olovga ozgina "puf" devorsanggiz gurullab yonib ketadi.

Bir ishni boshlamoqchi bo'lib hech boshlolmayotgan odamga "kel bugun shu ishni birgalikda qilamiz" desanggiz jiddu jahdi oshib ketadi.

Birgina turtki sizni ulkan ishlar qilishizga sabab bo'lishi mumkin.


Shunday turtkilarni atrofizda jamlang. Muhitni yaxshilang. Buyerda nafaqat real balki virtual hayot ham nazarda tutilyabdi.

Qanday kanallarga a'zosiz. Mualliflari kimlar, qanday kontentlar kelyabdi. Saralang. Meni kontentlarim yuqori saviyali emas, buni tan olaman.

Oddiy bir dona post ham sizni o'zgartirishi mumkin. Masalan shu post ham boshqa bir kanaldagi postdan ilhomlanib yozildi.
Mo'jizakor insonlar

Shunday bir mo'jizaviy kuchga ega insonlar borki, ular sizga yaqinlashganda "yo'qotib qo'ymay" deya o'z ustinggizda ishlaysiz.
Aksincha uzoqlashsalar ham "qaytaray" deya yana o'z ustinggizda ishlaysiz.

Ularning kelishi ham ketishi ham sizga mas'uliyatni eslatadi, o'z ustinggizda ishlashga undaydi. Ular Ilm egalaridir.
Koʻrinmaydigan foydalar.

Shunday odatlar borki ularni qilganinggizda foydasi kamdek koʻrinadi.

Ammo haftalar oylar balki yillar oʻtib shunaqanggi bir kuch olib keladiki. Nokia ishlatib yurgan odam iphone 16 olgandek boʻladi.

Ular qaysilar?

1. O'qish


O'qish foydali ekanligini koʻpchilik yaxshi biladi. Ammo siz oʻqib shunchaki bilim olyabman deb oʻylaysiz. Ha bu uning bir necha foydalaridan bittasi xolos.

Uning koʻrinmaydigan foydalari esa:
Dunyoqarashni oshirish, sabr tarbiyasi, diqqatli boʻlish, creativ fikrlash.

1 kun 2 kun 1 hafta oʻqiganizda bu foydalar koʻrinmaydi. Ammo oylar va yillar oʻtib siz avvalgi oʻzinggizga qaraganinggizda koʻrasiz haqiqiy foydalarni.


2. Yozish


Men yozishni yaqinda boshladim. Unda ham har kuni emas. 4-5 kunda bir. Shuning uchun doimiy yozadiganlarning yozish foydalari haqida aytgan fikrlari bilan boʻlishaman.

Gapirishni hamma eplaydi. Xatto 4 5 yoshli bola ham. Istalgan odam 1 soat gapirib tura olishi mumkin. Ammo yozish. Kamdan kam odam nutqini yozma bayon eta oladi.
Nega?
Chunki yozish fikrlashga undaydi. Gapirayotgan gapinggizni yozuvga oʻgirayotganizda miya odatdagidan ×4 koʻproq ishlashga majbur boʻladi.

Boshida foyda bilinmaydi. Ammo oylar oʻtib bilasiz:
Fikringgiz tiniqlashganini, kam gapirib koʻp narsani yetkaza olayotganizni, oʻzinggizda tahlil qilish qobiliyati shakllanganini, dono boʻla boshlaganizni

Oddiy odam bilan olimning farqi nimada bilasizmi?

Bir narsani tushuntirish uchun nechta soʻz sarflashida.

Hikmatlar qisqa boʻladi. Ichida olam olam ma'no jamlagan boʻladi.
Ular donishmandlar tomonidan aytiladi.

Navoiyning 2 misra she'riga katta katta kitoblar yozilgan hatto.

Rumiyning 1 bayt hikmatining sharhi bitta kitob boʻlgan.

3. Sport


Ta'rifsiz ham tushundinggiz a. Ichki organizmlarning yaxshilanayotganini hozir bilmaysiz. Ammo 40 yildan keyin tengdoshlarizga nisbatan anchayin baquvvat va chaqqon boʻlasiz.


Siz yana qanday shunaqa odatlarni bilasiz?
Oʻtmishdagi natijalaringgiz kelajaginggizdan gapiradi

Ustozimning ajoyib gaplari bor. Yutuqqa erishadiganlar hamma sohada yutuqqa erishadi. Erishmaydiganlar hech qaysi sohada erishishmaydi. Kerakmas odam, Afrikada ham kerak emas.

Yoshlikda nimadir qilmagan katta boʻlgandan keyin qilarmidi

Oʻtmishdagi ishlaringgiz kelajakdagilarini koʻrsatib beradi. Soʻzlar emas natijalar gapiradi.

Katta tashkilotlarda chiroyli yuzinggiz yoki burro tilinggizga qarab emas, qoʻlinggizdan nima ish kelishi-yu, oʻtmishda nimalarni qoyillatib qoʻyganinggizga qarab sizga baho berishadi.

Katta ishlarni qoyillatishimizni isbotlashni eng yaxshi yoʻli kichik ishlarni qoyillatib bajarish boʻladi.

Oʻtmishda qilgan natijalarimiz kelajakdagi katta ishlarni qila olishimizga dalil boʻladi
Hozir boʻlmadimi, keyin ham boʻlmaydi.

Katta boʻlsam oʻqiyman, boyib ketsam beraman, kitob oʻqishga hozir vaqtim yoʻq ....

Hozir puli kamligida ming, ikki ming ehson qilmagan boyib ketgandan keyin ham qilmaydi

Hozir emas, biroz vaqtdan keyin namoz oʻqishni boshlayman deganlar yillar oʻtsa hamki birdek yurishibdi.

Hozir vaqt yoʻq deya kitob oʻqimagan vaqt borida ham oʻqimaydi.

Hozir topilgan bahona kelajakda ham topiladi. Hozir boshlanmadimi keyin ham boshlanmaydi.

Inson vaqt oʻtib ulgʻaygani sari hayot unga yanada koʻproq yuk yuklayveradi. Hozirgidek imkon sizda boshqa boʻlmaydi.

24.08.2025
Koʻrinmaydigan zararlar

Birodarim soatini yoʻqotib qoʻydi. Yangi edi 5 kun oldin olgandim deya biroz afsuslandi.

20 kun oldin telefonim ekranini sindirib qoʻyib biroz kayfiyatim tushgani esimga tushdi.

Miyamga bir fikr chaqmoqdek urildi. Biz qiymati katta boʻlmagan matohlarga chalgʻib, qiymatli ne'matlarni yoʻqotayotyanimizni oʻylamayabmiz.

Koʻrinadigan kichik zararlarni deb koʻrinmaydigan katta zararlarni qabul qilyabmiz.

Vaqt. Vaqt yoʻqotilyabdi. Bu uchun qaygʻurmayabmiz. Zero, Hisob kunida vaqtni qanday sarflaganimizdan soʻralamiz.

Fikrlash. Fikrlash jihatidan oʻzimizdan 200 yil oldingi tengdoshlarimizdan ancha orqadamiz.

Ibodatlar. Ibodatlarga juda be'etibormiz. Kerakligini aytamiz ammo oxirgi oʻringa qoʻyamiz.

Bu zoe boʻlayotgan ishlarning zararlari koʻrinmaydi.
Bizga koʻrinayotganlari biz bilgandek qiymatli boʻlmaydi.
Ichki va tashqi hakamlilar haqida gaplashamiz.

Futbolchilar oʻz prinsiplariga emas, hakamning buyrugʻiga boʻysunishadi. Ular uchun hakamning gapi gap.

Taksistlar va GAI lar yaxshiroq misol boʻlarkan

Hakamlar harakatlarimiz chegaralarini belgilab beradi. Bizga hukm o'quvchi tashqarida bo'lsa, u ketishi bilan o'z holimizga qaytamiz.

Hakam ichkaridan bo'lsa, u doimo biz bilan. Chegaralar ham doimiy.


Hakami tashqarida boʻlganlar bor. Atrofdagilarning fikriga koʻra yashashadi.

Bu uchun sogʻligʻidan, vaqtidan, pulidan kechishadi.

Hakami ichkarida boʻlganlar bor. Oʻz qadriyatlari va prinsiplariga ega.

Atrofdagilar fikriga qarab ish qilmaydi. Ularning hakami ularning vijdoni boʻladi.


Tashqi hakamlilar soxta obroʻ, hurmat va e'tibor uchun kun kelib sizni ham qurbon qiladilar.

Ichki hakamlilar Allohdan qoʻrqadigan, sof vijdonli, insonlardir. Ular uchun vijdon har qanday tashqi fikrlardan ustun turadi