Mind Journal
25 subscribers
7 photos
10 links
Download Telegram
Bir Insho o'qib turib shunday xulosaga keldim:

Aksar talabalar o'qiyotgan universitetlaridan norozi bo'lishadi. Shuyerda o'qishga kirganidan afsuslanishadi. Ular omadi kelgan ammo bu omadni ushlab tura olmaganlar turiga kiradi. Katta ehtimol bilan agar ular o'zlarining nazdida eng zo'r bo'lgan boshqa universitetda o'qishganlarida ham shu ahvolga tushardilar.

O'z ishini bilib, uni zo'r qilgan odamning muvaffaqiyati kafolatlanadi. Ularga omad kelsa uni uzoq muddatga ushlab qola olishadi. Kelmasa ham zarar ko'rmaydi.

Har qanday sohada yaxshi mutaxassis bo'lib yaxshi yashash mumkin. Hattoki veterinar bo'lsanggiz ham katta bir firmaning rahbari lavozimigacha borishinggiz mumkin.

Oddiy dehqon bo'lsangiz ham hatto eksport uchun meva-sabzavotlar yetkazib beruvchi yirik korporatsiya qurishinggiz mumkin. Albatta ishni zo'r bilgan holda.

O'z ishini to'liq bajarmaydigan, mas'uliyatsiz, qobiq ostida fikrlaydiganlar esa omad kelganda undan na foydalana olishadi, na uni ushlab tura olishadi. Hayotlari nolish va kambag'allik bilan o'tadi.


Ishni zo'r qilish qanday bo'ladi?

Qisqacha:
Uni bo'laklarga bo'lish va har bir bo'lakni zo'r qilib bajarish. Olmani butunligicha yuta olmaysiz, bo'lakab yesanggizgina rohatlanasiz.


Bunga o'xshash avvalroq ham yozgandim. Ustozning insholarida ham shu narsa aytib o'tib ketilganini ko'rib hursand bo'ldim.
Hali hech narsani bilmaymiz. Qunt bilan o'rganaversak Allohning fazli bilan biror natijaga erishamiz In Shaa Alloh.
Maqsadinggizni boʻlaklab tashlang


Maqsadni boʻlaklarga boʻlish unga erishishni tezlashtiradi.

Boy boʻlish maqsad emas. Boy boʻlishga olib boradigan yoʻlni yaratish maqsad.

Yoʻlni ham ikkiga boʻlamiz.
1. Yoʻlni rejasini tuzish
2. Boshlash



Yuqori maoshli ishga kirmoqchimisiz
1. Yuqori maoshli firmalarni toping
2. Talablarini oʻrganib chiqing
3. O'rganish yoʻllarini izlang(oʻrganuvchi boʻlib ishga joylashing. Tekin ishchi sifatida)
4. Vakansiyalarni kuzating
5. Boring va ishga joylashing
6. Yuqoridagilarni yana ham ochib chiqing



Har bir boʻlak boʻlgani sari sizda ishtiyoq va xoxish oshaveradi. Yuqoridagi maqsadga borgan sari yaqinlashayotganinggizni his qilaverasiz.


Maqsad katta boʻlsin. Uni boʻlaklarga ajrating va bosqichma-bosqich choʻqqiga yeting.


Boʻlaklar qancha koʻp boʻlsa, maqsad shuncha tiniqlashadi. Balki yoʻlda oʻzgarib ham ketar...
Postlar biroz zerikarlidek nazarimda. Hammasi o'xshash mavzuda, qomusiylik yo'q.

asta-asta shakllanar balki
Inson qachon baxtli boʻladi-?

Fikrimcha
Inson oʻzida bor narsalardan rozilik hissini tuysagina baxtli boʻladi.

Bu hisni tuyishni eng oson yoʻli ne'matlarni tez-tez eslab yurish boʻlsa kerak.

Sogʻlik, ota-ona, yaqinlar, va barcha yutuqlar...

Tafakkur qilishning eng katta foydalaridan biri shu hisni tuyish boʻlsa kerak...
Vaqtning oʻlchamlari haqida gaplashamiz do'stlar

Vaqt boʻy va en ga egadir. Boʻy hammada bir xil 24 soat. En esa har xil boʻlarkan.

Ulamolarimizning qilgan ishlari 500-600 yil vaqt olgandek. Lekin ular el qatori 60-70 yil yashashgan


Hazratimizning vafot etganlariga bir 10 yil boʻldi. Ammo hali hamon yangi kitoblari chop etilyabdi.

U kishi yozgan kitoblarini shogirdlari oʻqib tugata olishmayabdi. Vaqtlari en ga ega edi.

Vaqtning hajmini nima oshiradiyu nima qisqartiradi.

Oshiruvchilar:

1. Ilmli insonlar bilan suhbat
2. Kitob oʻqish
3. Parhezkorlik
4. Sport
5. Oʻrganish

Qisqartiruvchilar:

1. Gunohlar
2. Yengil hayot
3. Ijtimoiy tarmoqlar
4. ...
Parhezkorlik:

Ovqatni yeyish emas uni hazm qilish vaqt oladi. Toʻyib ovqatlansanggiz lanj boʻlasiz. Uyqu keladi.

Toʻq qoringa uxlasanggiz uyquga toʻymaysiz. Lanj boʻlib uygʻonasiz. Kuninggiz samarasiz oʻtadi.


Sport:

1 soat sport bilan shugʻullanish kuninggizni x2 samarali qiladi. Faol boʻlasiz va natijada koʻproq ishlarga ulgurasiz.


Oʻrganish:

Bir ishni qanday qilishni bilish uni tezroq va sifatliroq bajarish imkonini beradi. Sohanggizda oʻsasiz. Koʻproq pul topa boshlaysiz.

Kutilmagan muammolarga yechimlaringgiz tayyor boʻladi. Qotib qolmaysiz. Oʻrganish davomiyligi davomiy oʻsish kafolatidir.
Ilhom kelib yozgim kelgan narsa haqida yozsam qisqaroq post boʻladi. Oʻzim qoniqaman.


Oʻqiganimdan xulosa yozsam juda uzun boʻlib ketadi. Oʻzim qoniqmayman.

Demak, menda xulosa chiqarish koʻnikmasi yetishmaydi❗️

You tubedan shu haqidagi videolar orqali uni shakllantira olamanmi-?

Shu haqida yozilgan maqolalarni qayerdan topishim mumkin-?

Qanday mashqlar orqali bu qobiliyatni oshirish mumkin-?
Hissiyot bering

Har qanday voqea hodisa boʻlsin, soʻz yoki bir amal boʻlsin, bir umr esinggizga qolishi uchun unga hissiyot bering.

Hissiyot bu diqqat degani. Nimaga hissiyot bilan yondashsanggiz, butun diqqatinggiz oʻsha narsaga qaratiladi.

Darsda oʻtirib butun diqqatingiz koʻchadagi qop-qora BMW da boʻlsa, siz doskada qalin yozilgan soʻzni emas, bmw ning nomerini eslab qolasiz


Shunday voqealar borki, qisqa vaqtda boʻlib oʻtgan ammo bir umrlik xotira boʻlib qolgan.

Shunday voqealar borki, har kuni duch kelasiz ammo kimdir soʻrasa eslay olmaysiz.

Siz har kuni minadigan avtobusning nomeridan koʻra sizni urib ketishiga ozgina qolgan(uzr) mashinaning nomeri koʻproq vaqt yodinggizda qoladi.


Insonlar bilan tanishganda ham shunday, hissiyot bilan boʻlsa, unutish qiyin, boʻlmasa, qayerda koʻrgan ekanman-a deb yurasiz...

Bu narsa biznes sotuvda va qora psixologiyada zoʻr ketadi😈
Siqilyabsizmi? Ishlaringgizni rejalang...!

Qiziq mavzu shunday emasmi-? 😅

Anchadan beri yigʻib yurgan pullarimni juda qisqa fursatda sarflab yuborganim yuragimni siqayotgandi.

Oʻtirib oʻyladim va yechim qidirdim. Kelgusi ishlarni reja qildim va qisqa vaqtda xarajatlar qoplanib biroz foydaga ham chiqib oldim.

"Ajoyib hayolparast"dek boʻldim ammo yuragimni siqib turgan "moddiyatga oʻchlik" biroz kamaydi.

Bu albatta aniq rejalar edi.
Kayfiyat koʻtarildi va ishtiyoq ortdi.

Demak, ishlarni rejalash nafaqat bugunni yaxshilash balki kelajakdagi qadamlarni jonlantirish ham ekan.

Demak, ishlarni rejalash fikr teranligini oshirish va muammolarga yechim topish qobiliyatini shakllantirish ham ekan.

Nima yozishni bilmadim va shunchaki hozirgi holatimni bayon etgim keldi.
Kitobdan qanday qilib koʻproq foyda olish mumkin

10 lab kitoblar oʻqiymiz ammo nega oʻzgarish kam.

Berilib oʻqiymiz ammo nega kam qismini eslab qolamiz...

Kitobdan yaxshi foyda olish uchun nima qilish kerak?

Ilm ahllari aytishadiki: amal qilish yodlash bilan boʻladi. Oʻqilgan narsani qayta-qayta oʻqish bilan boʻladi.

Kitobdan foydani ola olish uchun uni 3-4 marta qayta-qayta oʻqish kerak ekan.

Ikki marta oʻqishga arzimaydigan kitoblar bir marta oʻqishga ham arzimaydi.

Kitobni bir marta oʻqish esa u ikkinchi marta oʻqilishga arziydimi yoʻqmi shuni aniqlash uchun test boʻlsin ekan


Demak amal yodlash bilan boʻladi. Yodlash esa takrorlash bilan. Arzirli kitoblar qayta-qayta oʻqilishi lozim ekan
Davomi:

Nazariyalar ong ostiga qanday oʻtkaziladi?


-Nima butun kitobni yodlaymizmi-?
Javob: yoʻq, oʻzingga kerakli joyini top va uni yodla, oylar davomida oʻsha nazariyani takrorlab yur va u miyangga oʻrnashadi.

Seneka ning bir gapi bor:
Biror ish qilayotganingda oʻzingga savol ber: "Is it necessary-?"(bu kerakmi-?)

Instagram reels koʻrayotganingda shu gap miyangda gumburlaydi "shu reelslar menga kerakmi-?, oʻrniga boshqa foydali ish qilsam boʻmaydimi-?"

Gʻiybat qilib turganingda miyang: "menga kerakmi shu-?"

Miya bu savolni berishi uchun bu nazariya oylar davomida takrorlanib miyaga joylanishi kerak.
Inversiya & qoqilish yo'llari

Nima qilish haqida maslahat olib, nimadan qochish haqida maslahatlar olmaslik.
Kimga uylanish haqida maslahat olib, kimga uylanmaslik haqida so'ramaslik.
Qaysi ishlarni qilish haqida so'rab, qaysi ishlarni qilmaslik haqida so'ramaslik.

Pul bilan ham shunday bo'lsa kerak. Boylik so'ragandan, kambag'allikdan panoh so'ragan afzal.
Mashhurlik so'ragandan, sharmandalikdan panoh so'ragan afzal.

written by Aziz Rahimov
Inson qachon nimadir oʻrgana oladi

Qachonki oʻrganayotgan narsasiga nisbatan muhabbat va ixlos boʻlsa.

Barcha ishlarning asosida ishq yotadi.

Va oʻrganishdagi qat'iyatlilik ham ishq orqali hosil boʻladi.

Insta reelslarga muhabbat qoʻygansiz. Kunda bir necha marta muntazam ravishda koʻrib borasiz.

Ishqsiz majburiy qilingan harakatlar qachondir toʻxtaydi. Ammo asosida ishq yotgan harakatlar abadiydir.

Ixlos esa amalinggizga yordam beradi

Demak, har qanday ishda muhabbat va ixlos ila yondashilsa albatta u ishda muvaffaqqiyat qozoniladi In Shaa Alloh.
Nazariya va amaliyot haqida o'ylayabman.

Shunday sohalar borki amaliyot nazariyani takrorlaydi. Va yana shundaylari borki nazariya va amaliyot boshqa-boshqa dunyo.

Buni o'qish davrida amaliyotga chiqqan talabalar yaxshi bilishadi: Universitetda o'qiganlaring buyerda o'tmaydi. Buyerda 0 dan boshlaysan deyishadi.


Savol: Nazariya bilan amaliyotning mosligini buzib turuvchi narsa nima? Qachon ular bir biriga mos tushadi?

Nyuans degan tushuncha bor ekan. Ko'rinmas jihatlar degani.

Har bir sohaning amaliyotini nazariyasidan farqlab turuvchi jihatlari bo'ladi.

Shifokorlarda: Jarroh kitobni yodlab kelsa ham, operatsiyada hayajon, qo'rquv, qaltirash kabi holatlar bo'ladi.
Shafyorlarda: Nazariy imtihondan eng yuqori ball bilan o'tgan bo'lsin. Ko'chada piyodaning to'satdan yugurib chiqishi, mashina ko'pligi va h.k
O'qituvchi: Fanini zo'r bilsin. Ammo o'quvchilarning sho'xligi va boshqa muammolar dars o'tishni qiyinlashtiradi.

Dasturchilar: Nazariyada nima o'rgangan bo'lsa amaliyda ham o'shani qo'llaydi. Xatoliklar qaysidir argument qo'yilmasligi yoki noto'g'ri ishlatilganligidan yuzaga keladi.
"Velosiped, BMW motori, kompyuter chiplari butun dunyoda bir xil tuzatiladi. Yana ham aniqlik kiritsak, odamlar ishtiroki minimal bo'lgan, asosan jismlar bilan ishlaydigan sohalarda nazariya, amaliyotni takrorlaydi."


Demak: Nyuanslar inson omiliga bog'liq ekan. Inson omili yuqori bo'lgan sohalarda nyuanslar ko'p bo'lar ekan.

Universitetda 7 yil o'qigan talaba bilan 2 yil o'qib 6 oy amaliyot o'tagan talabaning farqi, dars o'tayotganda yaqqol bilinadi.

Sohamizga nazar solishimiz kerak ekan. Inson omili muhim bo'lsa butun vaqtimizni nazariyaga sarflab yubormasdan, ko'p-ko'p amaliyotlar o'tashimiz lozim ekan.
Mind Journal
https://aiblogs.substack.com/p/high-agency-hammamizni-shu-qutqarib?r=22hn1j&utm_campaign=post&utm_medium=web&triedRedirect=true
Juda uzun maqola lekin ancha foydali.

Oxirigacha o'qib chiqqan bo'lsanggiz demak o'zinggizni bemalol "high agency" lar qatoriga qo'shsanggiz ham bo'ladi.

Xulosamni yuborib qo'ysam. Meni xulosamni o'qib maqolani o'qigandek bo'laman deb o'ylamang aslo. Men o'z dunyoqarashim bilan yozdim, maqola esa muallif dunyoqarashi bilan yozilgan. Vaholangki, mening fikrlashim bilan uniki yer bilan osmoncha farq qiladi
.

"high agency" nazarimda "muammolarni xal qila olish ko'nikmasi" bilan sinonim atama.

Tekis yo'ldan hamma ham yura oladi. Ammo qing'ir qiyshiq yo'llardan faqat sabrli, ishtiyoqi baland insonlargina yurishda davomiy bo'la oladilar.

Universitetda ishlab yurgan vaqtimda ustozim ko'p aytardi: " Sardor, muammoni xal qilishni o'rgan" deb. Ko'p aytaverganidan shu narsa yod bo'lib, qachonki muammo kelganda shu jumlani o'zimga o'zim qaytaradigan bo'lib qolganman.

low agency - muammoga duch kelsa tormoz bosadilar va ko'p xollarda qotadi joyida.

Muhammadali Eshonqulov ustozning bir gaplari bor edi: " Insonga bir katta muammo kelganda avvalo to'xtab o'ylash kerak. Vaziyatni yumshatishni o'ylash, har xil variantlarini ko'rish, har xil prespictiva dan qarash kerak "

demak kimda muammoni xal qilish ko'nikmasi yuqori bo'lsa unda "high agency" baland ekan. degan xulosaga keldim
Nimaga e'tibor qaratsang sen oʻshasan iqtibosiga bir hikoya esimga keldi.

Bir ayol Robiya onamizning oldiga kelib rosa dunyoni la'natlayveribdi. Keyin ayol ketgach Robiya onamiz xizmatkoriga qarab:
- Rosa dunyoga muhabbat qoʻygan ayol ekan. Debdilar
Xizmatkori:
- Nega? Axir dunyoni tinmay la'natlab yotibdiku desa
Robiya onamiz:
- Kim nimani yaxshi koʻrsa, oʻshani eng koʻp zikr qiladi degan ekanlar...
Diqqat boʻyicha ham shunday ekan. Narigi kanalda koʻrgan boʻlsanggiz kerak.

Oʻsha postga qoʻshimcha:

Yomon odatlarimizni yoʻq qilishga e'tibor qaratamiz.
Shu sababli oʻsha odatlar kun davomida miyamizda aylanib yotadi.

Bu hol takrorlanavergach albatta ularni "ignore" qilishdan koʻra, ularga nisbatan koʻproq "rely" boʻlib qolarkan odam.
__

Bir podshoh vazirlariga rivoyat aytishlikni buyuribdi.

Birinchi vazir yaxshilik qilish haqida, ikkinchisi esa yomonlik qilmaslik haqida rivoyat aytibdi.

Podshoh birinchi vaziriga 10 tilla tanga, ikkinchisiga esa 1 tilla tanga beribdi.

Shunda boshqa vazirlar buni sababini soʻraganlarida Podshoh:
- Birinchi Vazir tilida ezgulikni zikr etdi. Ikkinchisi esa yovizlikni zikr etdi. Degan ekan



Ezgulikni yaxshi soʻzlar orqali ham, yomon soʻzlar orqali ham yetkazsa boʻlarkan.

Bu huddi bir menga oʻxshagan bir notavonni yaxshi soʻzlar orqali yoki kuch ishlatib toʻgʻri yoʻlga solishga oʻxshaydi.

Birinchisi albatta qalbga yoqadi. Ikkinchisi esa qalbni yoqadi.