Mind Journal
25 subscribers
7 photos
10 links
Download Telegram
Qarzim bor.

Men qarzdorman, va hozirgina yana qarz oldim

Har kuni qarz ustiga qarz qoʻshilib boraveradi.

Qarz oshaveradi. Yuk ortaveradi. Dard ogʻirlashaveradi.

Oʻzimning oʻzimdan olgan qarzim bu. Ma'naviy qarz.

Ha, oʻzimning oʻzimdan qarzim.

Bugun 23:00 da uxlamoqchi edim. Soat 00:45 da post yozib oʻtiribman. Yana qarzdor boʻldim.

Kecha tongda yugurmoqchi edim. Ahmoqona bahona sabab chiqmadim. Qarzimga qarz qoʻshildi.

Har kuni yangi nimadir qilmoqchi boʻlaman. Qilmagan kunlarim ruhim sinadi.

Tushkunlikka tushaman va qarz ortgan sayin ruhiy zaiflik ham ortib boraveradi

Qilgan vaqtlarimni eslayman. Kuchga toʻlaman. Ruhim quvvatlanadi.


Qanchalik kichik ish boʻlmasin, tugatsam, energiya olaman.
Tanamda Dofamin miqdori oshadi.

Yengil boʻlaman. Xotirjam boʻlaman. Dam olaman.

Demak, Kuchli inson - jismonan quvvatli yoki aqlan yetuk inson emas

Kuchli inson - oʻzidan qarzi boʻlmagan inson ekan.

Miya har bir "qilaman" degan ishni eslab qoladi. Aytdimi qilishi kerak.

Qilmasa qarzga yoziladi va ruh jarimaga tortiladi.

Bajarilsa ruh mukofotlanadi.

Baxtli boʻlmoqchimisiz - oʻzinggizdan qarzdor boʻlmang.
Sababchi bo'ling

Farzandlaringgiz, yoki jiyanlaringgiz bordir.

Ko'pchiligi yozda uyda bekor bo'lishadi, bunday holatda zerikishni oldini olish uchun odatda telefon va televizorga intilishadi.

Ularni bu vaqtini unumli o'tkazish uchun Ustozimiz masterklass o'tib berdilar.

Bir ish qilaylik. Ma'lum bir mukofot evaziga ularni nimadir foydali narsa o'rganishga undaylik.

Yoshiga mos vazifalar, ingliz tilidan lug'atlar, yengil badiiy kitoblar olib bering. Ko'p qimmat emas.

Iloji boricha daftar/qog'oz bilan ishlashga o'rgansin. Tartib shakllanadi.

Bu o'zimizga ham "motiv" bo'ladi. Ularga o'rnak bo'lishga harakat qilib, o'zimiz ulardanda ko'proq o'qishga o'rganishga harakat qilamiz.

Havotir olmang, charchab qolishmaydi, uy ishlari qolib ketmaydi. Muhimi sentabrda fikrlash, ilm, zakiylik jihatidan tengdoshlaridan ancha oldinda bo'lishadi.

Bu sizga ularning sizga keltirishi mumkin bo'lgan moddiy foydasidan ko'ra ancha qiymatliroq.
Shu mavzu haqida yozgim keldi bugun...)

Ustoz aytdilar:
- Qalbinggizga va miyanggizga bir chip joylashtirilsa va har bir oʻylagan oʻy-hayolinggiz, fikrlaringgiz katta ekranga chiqarilib, hammaga namoyish qilib turilsa, rozi boʻlasizmi?

Agar yoʻq desanggiz, demak qalbinggiz ustida yaxshigina ishlash kerak ekan)


Va ajoyib misol bilan davom etdilar:

Bonkani bilamiz-a? Yozda kampot, murabbolar qilamizku, ana oʻsha idish.

Kir boʻlib, qorayib ketgan bonkani tasavvur qiling. Unga toza suv solsak nima boʻladi?

Suvda va bonkada qanday oʻzgarish boʻladi?

Suv kirlanadi, bonka esa birozgina tozalanadi toʻgʻrimi?


Kir bonkaga toza suv solganda bonka biroz toza boʻlib, suv kirlangani kabi, kirlangan qalbga tushgan pokiza oʻy-fikrlar ham darxol kirlanib ketadi, ammo qalbda salgina oqarish paydo boʻladi.


Kir bonkaga tinimsiz quyib turilgan toza suv oqibatda bonkani kirlardan butkul xalos qiladi-a?

Keyin, oʻsha toza boʻlgan bonkaga quyilgan toza suv oʻzining tozalik va poklik sifatini toʻliq holda saqlay oladi.

Kirlangan qalbga ham kirib turgan uzluksiz pok niyat va fikrlar, oqibatda qalbni kirlardan xalos qiladi. Qalb tozalanadi va keyinchalik qalbda paydo boʻlgan har bir oʻy va fikr sof va pok holda saqlanadi.

Sof qalbdan gʻarazli niyatlar, yolgʻon, gʻiybat va birovga ozor beradigan soʻzlar chiqmaydi.

Ruh Alloh nazdida yuksaklikka erishadi. Xotirjamlik tuyadi. Hayotdagi muammolar uni bezovta qila olmaydi.

Taslimiyat hosil qiladi. Ortiqcha yelmaydi, yugurmaydi. Sabablarini ado etadi va tavakkul qiladi.


Xoʻsh, qalbni tozalovchi oʻy-fikrlarni, hayol-u niyatlarni qayerdan olamiz dersiz?

Avvalo Qur'ondan, uning tafsiridan, donolar suhbatidan, ular yozgan kitoblardan.

Qalbi saliym, orif bandalarning, valiylarning, nuroniylarning, mu'minlarning xizmatini qilib, ularni hursand qilish orqali ham qalbni tozalash va Alloh nazdida yuksalish mumkin ekan.
Nimani xohlashingni aniq bilasanmi?


Aslida nima xohlayotganini bilmagan odam doim adashadi.

Bozorga roʻyhatsiz borgan odam, vaqtni ham, pulni ham zoe qiladi.

Keraksiz narsani olib, keraklisini olmay qaytadi.

Doʻstim biznes boshlamoqchiman dedi.

Qanaqa desam, hali aniq emas deydi.

Vaqti zoe ketyabdi, inflatsiya hisobiga puli ham isrof boʻlyabdi.


Yigitni uylanish vaqti yetdi. Aslida qanaqa qiz unga yoqishini bilmaydi.

"Fkusimdagini aytadigan boʻlsam" deydiyu, u aytolmaydi.

Uchraganini oldi, toʻy boʻldi. uzoqqa bormadi...

Inson nimani xohlashini aniq bilishi kerak ekan. Xattoki oddiy narsalarda ham.

Bu juda murakkab jarayon, buni aniqlash kuchli diqqatni, tafakkurni talab qiladi.

Buni anglash oʻzni anglash kabi qiyindir.

Osonlashtirish uchun Ustozlar "qogʻoz va qalam ol" deyishadi.

"Miyangda nima boʻlsa yoz va bir-birini toʻldiradiganlarini oʻchirib tashla. Oxirida eng ustuvorlari qoladi. Ana shu asli sen xohlagan narsa boʻladi." deyishadi.
Tildagi tigʻlar yohud oʻzni folbindek tutish

Ba'zida ishlarimiz biz kutgandek natija bermaydi. Muvaffaqqiyatsiz boʻladi.

Yangi mashina olganimizdan 1 hafta oʻtib mashina narxlari "toʻkilib" qolishi mumkin.

Shahmatda bir yurishimiz motga sababchi boʻlishi mumkin.

Boshlagan biznesimiz yurmay, qarzga kirib qolishimiz mumkin.

Shunday ogʻir vaziyatlarda, vaqtida maslahat soʻragan insonlarimizning
- "ana koʻrdingmi, men nima degandim"
- "aytgandimmi men, men aytgandek boʻlib chiqdimi"
- "aytgandimku senga, oʻshanda gapimni olganingda edi..."


Kabi soʻzlari jon-jonimizdan oʻtib ketadi a? Yurakka tigʻdek sanchiladi a?

Esladizmi? His qildinggizmi?

Oʻzimizni jabrlanuvchi qilib koʻrsatmoqchi emasman. Oyna tutmoqchiman.

Biz ham aytamiz-a shunaqa deb.

Oʻzi ishlari yurishmay, bir ahvolda yurgan kishiga "ana koʻrdingmi, men nima degandim" degan soʻzimiz unga tigʻdek sanchiladi.

Bizga yoqmagan soʻz, boshqalarga ham yoqmaydi.

Shu sababli, oʻzimizdan soxta "folbin"ni yasab olib "men aytgandim senga, men aytgandek qilganingda bunday boʻlmasdi" deya mahmadonalik qilishimiz insoniylikdan emas.

Farosatli inson bunday demaydi.
"Oʻxshamadimi, mayli, taqdir ekan, keyingi safar narigi usulni sinab koʻramiz nasib" deydi.

Iltimos, ming haq boʻlsak ham, birovga ozor beradigan soʻzlardan tiyilaylik doʻstlar)

Zero
Ka'bani inson qurgan
Koʻngilni esa Alloh.
Allohning doʻstlari qanday qilib bunday ulugʻ maqomga yetishishadi?


Avvalo, doʻstlik soʻziga ta'rif beraylik

Doʻstlikni Jaloliddin Rumiy juda goʻzal holda tushuntirib berganlar

Doʻstlikning zamirida ohangrabo(magnit🧲) qoidasi yotadi.


Magnit yogʻochni tortadimi? Yoʻq
Magnit aluminiy ni tortadimi? Yoʻq
Toshni tortadimi? Yoʻq

Magnit faqatgina tarkibida "ferrum" moddasini oʻz ichiga olgan elementlarnigina(temir, poʻlat, choʻyan) tortadi.

Demak, doʻstlikning asosi - ikkita odamning ichidagi umumiylikda yota
rkan.


Magnit plastmassani tortmagani kabi, bir odam ham boshqa harakterli bir odam bilan do'stlasha olmaydi.

Tushunarli a?

Rumiy hazratlari aytadilar:

Asmaul husna(Alloh ta'oloning 99 ta ism-sifatlari) borku, agar inson ana shu ism-sifatlarini oʻzida mujassamlashtirib borsa

Rahmon(mehribonlik) sifatinimi yoki Gʻoffar - kechirimlilik sifatinimii oʻzida mujassamlashtirsa, Alloh va banda oʻrtasida umumiy jihatlar paydo boʻladi.


Umumiy jihatlar paydo boʻlganidan keyin ular bir birini tortadilar va....

Doʻstlik paydo boʻladi.


Mana Allohning doʻstlari qayerdan paydo boʻladi😊

Ana oʻsha asmaul husna ism-sifatlarini birma bir oʻzida mujassamlashtirib boraveradi.

Keyin ohangrabo qoidasi kuchayib boraveradi va natijada ular Allohning doʻstlariga aylanadi.


Qur'oni Karimda ham "Allohning doʻstlari" soʻzi keltirilgan.

Eng yuksak maqom bu😊

Manba
Oʻrnimiz qayerda?

Inson shunaqada, nafsini ming tarbiyalasa ham baribir boshqalarga qaraganda bir kamchilik koʻradi.

Hammadan boʻlmasa ham, kimdandir bir kamchilik topadi.

Inson insonda, hamma ham mukammal holatida koʻrinmaydiku.

Shu paytda, boshqalarda koʻrgan kamchiligini "oʻzimda ham borku shunaqa illat" deya, oʻzini, nafsini isloh qilgan kishi shubhasiz yutibdi.

Birovning aybini yashirgan, bir aybni koʻrib, yana boshqa ayblarini ham izlab, igʻvolar qilish oʻrniga, aybni oʻzidan qidirgan, nafsini tergagan kishi shubhasiz foydadadir. Farishtalardanda ulugʻ maqomdadir

Kimdadir koʻrgan kamchiligini hammaga aytib, unga nisbatan past nazar bilan qarash esa hayvondan ham pastroq boʻlgan oʻrindir.


Oʻzgalarning emas, oʻzining aybini izlagan inson, naqadar yaxshi inson

Oʻzni qoʻyib, oʻzgalar hayotin kavlagan inson, qandayin bechora inson

Alloh hammamizga insof bersin
Hech e'tibor berganmisiz?

Odatda qaysi bir qoʻshiqni qayta va qayta eshitsak, boʻsh qolganimizda beixtiyor ba'zi qismlarini hirgoyi qilib yuboramiz-a?

"Shu qoʻshiq miyamda aylanib qoldi, qayerda eshitgan ekanman a" degan gaplarni ham eshitgandirsiz

Bu holat shubhasiz sizda ham, menda ham, hammamizda sodir boʻladi.

Buni jarayonini aytib chuqurlashmoqchi emasman, shunchaki foydamizga burib yuborsak boʻlarkan)

Qur'ondan bir surani eshiting) oʻzinggizga yoqqan istalgan birini)

You tubeda juda chiroyli qiroatlar bor. Birini qoʻyib eshiting

Sura oyatlaridan birining soʻzlari va ohangi miyanggizga oʻrnashib qolarkan.

Huddi qoʻshiqniki kabi)

Bu boshida biroz zerikarlidek tuyulishi mumkin, ammo...

Ishoning, 1-2 kundan keyin, tilinggizda beixtiyor Qur'ondan eshitgan oyatlaringgiz chiroyli ohangda aylana boshlaydi.

Qanday goʻzal-a

Boʻsh qolganizda tilinggiz beixtiyor Qur'on tilovat qilsa.

Chin ixlos bilan sinab koʻring, albatta oʻxshaydi)
Avvalambor, odobsizligim uchun uzr soʻrayman. Chunki hali farzand tarbiyalab koʻrmaganman.

Lekin baribir kelganda yozib qoʻyaveray dedim.

Farzand tarbiyasi borasida juda koʻp oilalarda notoʻgʻri yondashuvlarni koʻryabman.

Ulardan eng avj olganlarini yozaman.

1. Aka-uka, opa-singillarni bir birlari bilan taqqoslash.


Natijada: jigarlar oʻrtasida mensimaslik, kelisholmaslik, turli ziddiyatli holatlar kelib chiqyabdi. Ukaning akaga hurmati, akaning ukaga izzati yoʻqolyabdi. Aka-uka, opa-singillar oʻrtasida bir birini koʻrolmaslik holatlari kelib chiqyabdi.


2. Past standartli hayotga oʻrgatib qoʻyish

Mehmondoʻst xalqmiz, eng yaxshilarini mehmonga ataymiz. Shu joyida nozik masala bor. Ba'zi oilalarda bolalarga "indama, chiroyli tursin, mehmonlar ketgach yeysan", "bularni mehmonga qoʻyamiz, mana bularni qoʻyib boʻlmaydi, bularni ye" deyiladiku toʻgʻrimi?, bu haqida turli vaynlar ham olingan. Bu holat doimiy takrorlanavergach, bolalarning past sifatli, arzon narsalarga moyilligi ortadi. Oʻziga eng yaxshisini emas, eng zaif, eng sifatsizini ravo koʻradi. Eng yomoni, ular "odamlarning fikri" uchun yashay boshlashadi.


3. Ruhiy travmalar berish.

Tushundinggizku) baqirish, koʻp urushish, urish, haqoratlash... farzand tashida hurmat saqlasa ham, ichida alamini saqlab yuradi. U kuchga toʻlib, siz kuchdan qolganinggizda bu alam yuzaga chiqa boshlaydi.


4. Farzandlar oldida gadjetlardan haddan ziyod foydalanish.

Telefondan zaruratsiz foydalanish aqliy qobiliyatlarimizni susaytirishi koʻp martalab isbotlangan. Endi esa biz undan farzandlar koʻz oldida foydalanyabmiz. Ularni "telefonga qaramlik" botqogʻi sari olib boryabmiz. Eng yomoni, oʻzimiz qoʻliga tutqazib qoʻyamiz. Natijada, xotirasi zaif, diqqati sust, fikrsiz va hissiz avlodni tarbiyalab qoʻyyabmiz.


5. Qaror qabul qilishlariga imkon bermaslik. Ularga doim "yosh bola" dek qarash.

Ularga ishonch bermayabmiz. "Oʻglim yo qizim, senga ishonamiz, sen uddalaysan"ni oʻrniga " hali yoshsan, qoʻlingdan kelmaydi, katta boʻlganingda qilasan" kabi zahar bilan zaharlayabmiz. Hatto magazinga borib aytadigan gapigacha oʻrgatib yuboramiz. Natijada, erkin fikrlay olmaydigan, muammolarni hal qila olmaydigan, kimgadir qaram boʻlib qoladigan "latta" insonni oʻstiryabmiz.


Tanganing boshqa tomonidan ham qarab koʻrsak

Shunday vaziyatlar boʻladiki, ota-ona majbur boʻladi shu kabilarni qilishga

Bolalarning ortiqcha injiqliklari ularga telefon tutqazishga, jahl qilishga sabab boʻlib qolsa, ota-onaning qaygʻurishi bolalarining har qadamini-yu har soʻzini belgilab berishga majbur qiladi.

Ammo har muammoga yechim bor. Ulamolarimiz tomonidan bola tarbiyasiga oid turli kitoblar yozilyabdi.

Oʻsha turli vaziyatlarga yechim sifatida turli uslublar keltirilyabdi.

Alloh ta'oloning eng buyuk in'omlaridan boʻlmish farzandning kamoloti eng ustuvor jihat boʻlishi zarur.

Bu kamolotni nuqsonli qilib qurishga hech bir vaziyat bahona boʻla olmaydi.

Albatta, benuqson kamolot ilm bilan, uslub bilan quriladi.

Ota-onalarni farzand tarbiyasiga oid kitoblarni oʻqishlarini, ulamolarimizning shu mavzudagi suhbatlarini tinglashlarini soʻrab qolardim.
Koʻrganim asli oʻzimdur
Asl koʻz - qalb koʻzimdur.


Insonlar orasida yurib, turli holatlarga duch keldim. Kuzatdim. Va xulosalar oldim:

Ulamolar aytishardi: "Inson insonga oynadir"

Huddi shuni hayotda kuzatdim va amin boʻldim.

Insonlar boshqalarga qaraganlarida ayni oʻzida boʻlgan sifatlarnigina koʻra olar ekanlar.

Men bir kishining xulqi haqida qanday ta'rif bersam, ayni oʻsha fikr oʻzimga berilgan ta'rif boʻlarkan.

Kimnidir yolgʻonchi desam, aslida oʻzim yolgʻonchi ekanman.

Kimnidir gʻiybatchi desam, aslida oʻzim gʻiybatchi ekanman.


Kimnidir devona desam, asli oʻzim shunday ekanman.

Insonlarga qarab koʻradiganim asli oʻzim ekan.

Shunday insonlarni koʻrdim - boshqalar haqida doim yaxshi fikrda boʻladilar.

1000 ta yomon sifati va 1 ta yaxshi sifati boʻlsa, ayni oʻsha yaxshi sifatini topib aytadilar.

Ular bilan qancha yaqin boʻlganim sari bildimki, qalblarida zarracha yomon illat yoʻq ekan.

Doim yaxshilikni koʻrgan insonda qanday qilib gʻubor boʻlsin axir!

Aytishinggiz mumkin, ular tez aldanadi, ishonuvchan boʻlishadi va "ogʻzidagi oshni oldirib qoʻyishadi".

Aslida ular boshqalardan hushyorroq boʻladi. Intuitsiyasi kuchli boʻladi.

Qalb koʻzlari ochiq boʻladi. Ularni aldash qiyin. Hayotda koʻp kuzatdim buni
Siz koʻrgan men men emasman.

Asl men gʻazablangan vaqtimdagi menman.

Asl men bechora-yu faqirlarga koʻrsatayotgan xulqimdagi menman.

Asl men toʻqlikda yolgʻiz qolgan vaqtimdagi menman.

Asl men yaqin doʻstlarim davrasida soʻzlayotgan soʻzlarimdagi menman.

Siz bilgan men men emasman

Va yuqoridagi holatlar bilan istalgan insonning aslini tanib olish mumkin