Diqqat => Baxtli hayot
Bir psixologning fikrini oʻqib qoldim:
- "Muammolar haqida qaygʻurmaslik, keraksiz ikir-chikirlarni oʻylamaslik uchun diqqatni puxta jamlash zarur"
Diqqat bizni xohlagan joyimizga olib boradigan zarur vosita degandik.
Qarang! Diqqat baxtli hayotga olib boruvchi vosita ham ekan.
Hayotimizdagi qora bulutlar bu - muammolar.
Psixolog "muammolardan xalos boʻlish uchun diqqat zarur" deyabdi.
Muammoni yechish uchun sababini topish kerak. Sababini bartaraf qilish orqali yechim topiladi.
Muammo vaqtida chalgʻimasdan uning sababiga yetib borish va uyerda qola olish kuchli diqqat talab qiladi.
Deylik, qaysidir fanni imtihonidan yiqildingiz
Tushkunlik...kayfiyatsizlik.... million xil chalkash fikrlar... Diqqat = 0
Sababini topib, oʻqib oʻrganib, qayta javob berish esa bu vaziyatda kuchli diqqatni talab qiladi.
Va boshqa istalgan muammoda ham shu qoida.
Stress vaqtida oʻzinggizni qoʻlga olib, sababga diqqat qilib, chalgʻimasdan uni bartaraf etish yoʻllarini topsanggiz, na muammo qoladi, na boshqasi.

The happiness of your life depens on the quality of your thoughts
Hayotda xotirjamlik hissi sizning oʻy-hayollaringgizga bogʻliq ekan.
Oʻy hayollaringgiz esa siz koʻrayotgan contentlar va aloqa qilayotgan insonlaringgizga bogʻliq.
Endi tafakkur qilib koʻramiz.
Onggimiz koʻrayotgan kontentlarimizdan va atrofimizdagi insonlardan nimalarni oʻzlashtirmoqda?
Pubgda qanday chempion boʻlishnimi yoki qanday biznes va shaxsiy karera qurishnimi?
Counter strike da kod terishnimi yoki til oʻrganish va buyuklar biografiyasinimi?
Odamlar ustida muhokamami yoki gʻoyalar ustidami?
Doimiy suhbat mavzuyinggiz qandedir futbol, pubg, musur reelslar boʻlmasin.
Agar hozir shunday boʻlsa zudlik bilan virtual va real muhitni tahlil qiling va uni oʻzgartiring.
Doʻstim! Oʻy hayollaringgizni gʻoyalar bilan band qiling. Insonlar va past narsalarning muhokamasi bilan emas.
Shunda ilmliroq boʻlasiz. Atrofinggizdagi voqeliklarni anglaysiz, tushunasiz va oqibatda xotirjam boʻlasiz... ha ha boy ham boʻlasiz In Shaa Alloh

● Muammolarni muhokama qilgan inson oʻsadi
Prosta suhbat qilmang, muammolarni oʻrtaga tashlang. Shunda oʻsasiz
● Pul kerakmi, koʻproq ishlang, 2 ta ishda ishlang. Buni tabiiy holat deb biling
● Kichkina muammoni katta qilgandan koʻra, katta muammoni ushlab oʻshani yeching
● Bolaga muammoni bering, yechsin, oʻsadi
● Gpt dan yordamchi sifatida, boʻlgandayam, mayda ishlarizni qilishda foydalaning.
Ortgan vaqtga ogʻirroq yuk oling
Unga gʻoya qilish, strategiya qilish kabi ishlarni topshirmang
● Koʻpchilik qiladigan ishlarni qilib koʻpchilikdan oʻtib boʻlmaydi
Podcastdan

Sabr qil
Poyezdni yurgizish birinchi vagon uchun juda qiyin, ammo, poyezd harakatlanib olgach, qolgan vagonlarni o'zi birinchi vagonni itarib harakatlanib ketaveradi.
Odatlarni shakllantirish ham shu jarayon kabidir. Boshlash qiyin, ammo boshlab olganizdan so'ng, qiyinchilik sezilmaydi.
Comfort zonadan chiqish qiyin, ammo hozir o'zinggiz chiqmasanggiz, qachondir kimdir sizni majburlab chiqaradi.
Tuxum misolida olib qarasak, ichkaridan yorilsa => Hayot
tashqaridan yorilsa => halokat
Ilm olish azobi vaqtinchadir, ilmsizlik azobi esa butun umr.
Ilm olish yo'lida yurar ekanman, bu yo'lni bosib o'tganlarning irodasiga, sabriga tasannolar aytdim
Ha, ular ham vaqtida qiynalishgan, kerak bo'lsa ko'z yoshlar bilan o'qishgan, ammo qiyinchiliklar o'tdi. Hozir ilm bog'ida mazza qilib yurishibdi. Havas qilsa arzigulik)
Xullas o'zimga o'zim aytmoqchiman: Sabr qil, to'xtama, oz qoldi, bu mashaqqatlar albatta o'tadi. Poyezdni harakatga keltirish jarayonidasan. Biroz sabr bilan harakat qil.
Tanla: yoki hozir rohatda yur va butun umr qiynal. Yoki hozir qiynal va butun umr ilm bilan rohatda yasha

Oʻylar bizni charchatadi.
Vazifalar oʻylovi, hatto oʻrninggizdan siljimasanggiz ham, ularni qilganinggizdan koʻra koʻproq charchatadi.
Ularni bajarish jarayonida ong koʻp energiya sarf qilmaydi.
Oʻylaganda esa ularni qayta-qayta bajargandek boʻladi.
Ingliz tilidan 50 ta lugʻat yodlashim kerak boʻlsa, ularni 1 soatda yod olaman va qutulaman.
Agar "yodlashim kerak, yodlashim kerak" deb yuraversam, 3 soat oʻylasam, 3 soat lugʻat yodlagandek energiya sarf qilaman
Kimgadir nimadir aytmoqchi boʻlsam, shartta aytaman-u qutulaman.
Agar aytmasam, bu oʻy meni charchatadi.
Endi ayting, inson bir vaqtni oʻzida qancha narsani oʻylaydi.
Bugun qilishim kerak boʻlgan ishlarni qilmasdan, "qilishim kerak" deb oʻylab yuraversam, kun oxiriga kelib, oʻsha ishlarni 10 marta qilgandek charchayman.
Demak, charchoqlarimizning asosiy sababi - dangasalik ekan

Qanchalik qiymatliman?
● Salkam chorak asrlik hayotim ichida faxrlana oladigan qanday yutuqlarim bor?
● Shu yillar davomida nimalarga erishdim?
● Shunchaki tirik qolish uchun yashab yuribmanmi yoki?
● Maqsadlarim bormi?
● Boʻlsa, ularga erishsam nima oʻzgaradi?
● Oʻzi faxrlansa boʻladigan yutuqlar qanaqa boʻladi?
Menimcha: u nafaqat oʻzinggizni, balki boshqalarning ham hayotini ijobiy tomonga oʻzgartirsagina "faxrlansa boʻladigan yutuq" boʻla oladi.
Yoʻlga chiqib boʻldimku, endi kechmi?
Yoʻq, kech emas, hech boʻlmasa oʻsha yoʻldagi yoʻlovchilar ichida eng zoʻri boʻlishim lozim.
Atrofimdagilar, oilam, jamiyat, dunyo mendan qandaydir foyda olishi lozim.
Koʻchada likillab yurgan daydi itdan farqli ravishda, men insonlarga nimadir bera olishim darkor.
U nima?
Kim uchun?
Qanday?
Hozir qayerda va qaysi sohada boʻlsam ham, oʻsha sohada eng zoʻri boʻlishim kerak.
Sohani " men kelgunimcha va mendan keyin" degan davrlarga boʻlib yuboray. Albatta ikkinchisi ijobiy boʻlsin:)

Kuchli qarama-qarshilik: Kitobni oxirigacha oʻqish kerakmi?
Aziz Rahimov:
- Oʻqiyotgan kitobinggiz sizni oʻziga tortmayabdimi, zeriktiryabdimi, boʻldi oʻsha yerda toʻxtating uni, boshqa kitobga oʻting. Sababi, inson doim oʻz vaziyatiga mos, muammosiga yechim boʻladigan kitobni oʻqish kerak. Kitob sizga yechim bermayabdimi, yoping uni. Meni ham boshlanib tugallanmagan kitoblarim juda koʻp, balki yarmidan ham koʻproqdir.
Robert Greene:("hokimiyatning 48 qoidasi" kitobi muallifi)
- "Boshlagan kitobinggizni tugating, garchi u sizga yoqmasa ham. Doim tugatishga odatlaning.
Agar yoqmadi deya yarmidan tashlab ketsanggiz, bu odatinggiz sizni dangasa qilib qoʻyadi. Hayotdan doim yengil, qiziqarliroq narsa kutadigan boʻlib qolasiz. Qanchalik qiyin boʻlmasin kitobni tugatishga odatlansanggiz, oʻzinggizga sabrni, kuchni, intizomni shakllantirgan boʻlasiz"

O'ylarimiz bizni ko'proq charchatishi haqida yozgandim. Bugun shunga o'xshash fikrni Seneca da ham ko'rdim:
Insonni reallikdan ko'ra uning hayollari ko'proq azoblaydi.
Miyamiz aslida kichik bo'lgan muammoni ham kattalashtirib ko'radi. Biz uni "vahima" deb ataymiz.
Vahimadan halos bo'lish uchun emotsiyalar va tashqi hodisalar sizni boshqarishiga yo'l qo'ymang. Hodisalarni oddiy qabul qilishni va xotirjamlikni o'rganing
Buni qanday qilaman deysizmi?
Bu ilm bilan bo'ladi. Miyani kerakli ilmlar bilan to'ldirish bilan bo'ladi. Insonga har qanday sohada, har qayerda va har qanday vaqtda kerak bo'ladigan soft-skill larni va ikki dunyosida ham saodat keltiradigan ilmlarni o'rganish orqali bo'ladi.

Soft skillar haqida koʻp gapirasiz, nimalar kiradi unga ?????... dedi bir obunachimiz
Hayotda insonga eng kerak bo‘ladigan soft skilllar – bu faqat ishda emas, balki shaxsiy hayot, munosabatlar va o‘zini rivojlantirishda muvaffaqiyat keltiradigan ko‘nikmalardir.
Eng muhimlari quyidagilar:
1. Muloqot qobiliyati – fikrini aniq yetkazish, boshqalarni tinglash, tushunish va samarali suhbat qurish.
2. Emotsional intellekt – o‘z va boshqalarning hissiyotlarini tushunish, nazorat qilish va boshqarish.
2. Muammolarni hal qilish – turli hayotiy vaziyatlarda tez va samarali qaror qabul qilish.
Moslashuvchanlik (adaptability) – hayotdagi o‘zgarishlarga tez moslashish va stressga chidamlilik.
3. Vaqtni boshqarish – kunlik, haftalik vazifalarni tartib bilan rejalashtirish va bajarish.
Jamoada ishlash – oilada, do‘stlar orasida yoki ish joyida samarali hamkorlik qilish.
4. Tanqidiy fikrlash – vaziyatlarni tahlil qilish, manipulyatsiya va noto‘g‘ri ma’lumotlardan saqlanish.
5. Mas’uliyat – o‘z harakatlari va qarorlari uchun javobgarlikni olish.
Yaratijilik va ijodkorlik – hayotiy muammolarga yangi yechimlar topish va yangiliklar yaratish.
6. Liderlik qobiliyati – kerak bo‘lganda boshqalarni qo‘llab-quvvatlash va yo‘naltirish.
Oddiy qilib aytganda, soft skilllar – bu hayotiy muvaffaqiyat kalitlari, chunki ular insonni nafaqat ishda, balki oilada, do‘stlar orasida va jamiyatda ham muvaffaqiyatli qiladi.

Bahsli vaziyatlarda qanday yoʻl tutasiz?
ijtimoiy hayotimizda, ishimizda, o'qishimizda deyarli har kuni turli muammolarga duch kelamiz.
Ular ba'zan do'stlar bilan, hamkasblar, yaqinlar bilan sodir bo'ladi.
Shunday vaziyatda hamma oʻsha ondan boshlab o'z fikrini "raqib"iga isbotlashga urinadi. Natijada muammo jiddiylashadi.
Men shunaqa vaziyatlarda odatda quyidagicha yo'l tutaman:
1. Muammoni boshi qayerga borib taqaladi. Shunday nuqta borki, undan oldin hammasi yaxshi edi, undan keyin fikrlar kesisha boshladi.
2. O'sha vaziyatga o'zimni va sherigimni olib boraman(hayolan)
3. Birinchi uni fikrini tahlil qilamiz (bu keskinlashuvni kamaytiradi)
4. Keyin tahlildan kelib chiqib o'zimni muqobil variantimni aytaman.
Bu ikki tarafga ham foydali boʻladi.
Natijada muammo 80% yechiladi. Qolgan 20% i sheriginggizni harakteriga bog'liq.
Vaziyatga faqat bir tomondan qarash muammoga yechim boʻlmaydi.
Turli tomondan qarasanggiz, oʻzinggiznikidanda yaxshiroq variantlarni koʻra olasiz

90% muammolarni bartaraf etish yoʻli.
Chorshanba: 3 ta belgilangan vazifam bor
Payshanba: 4 ta belgilangan vazifam bor.
Juma: 4 ta vazifa.
Shanba: avvalgi kunlarni kamchiliklarini toʻgʻirlashim va deadlaynlarni topshirishim kerak.
Man nima qildim? Mayda ishlarga chalgʻib katta ishlarni oʻtkazib yubordim.
Natijada yakshanba kuni hamma ishlarim yigʻilib, bosim bera boshladi.
Endi oʻtkazib yubora olmayman. Dedlayn vaqti kelib qolgan.
Muammo boshlandi.
Oʻz vaqtida bajarganimda yakshanbam ajoyib oʻtgan boʻlardi.
Muammo tugʻilmas edi, kutilmagan holatlar ham muammo tugʻdirmas edi.
Xulosa nima?
Har bir ortga surilgan ish, kelajakda muammoga aylanar ekan.
Talabalar yaxshi biladi.
Vaqtida yozilmagan konspektlar, vaqtida tayyorlanmagan mustaqil ishlar, sessiya vaqtida bir kunga tiqiladi.
Uxlamay yozib chiqasiz. Buyoqda test, buyoqda boshqa fan...
Endi atrofga qarasak, qancha ortga surilib kelayotgan vazifalarga koʻzimiz tushadi.
Kimdir dars tayyorlashi, kimdir xonasini yigʻishtirishi, kimdir kitobini oʻqishi....
Kun kelib sizda na vaqt, na kuch, na boshqa resurs qolgan vaqtda, hammasini birdaniga qilishga majbur boʻlasiz.
Oʻz vaqtida qilingan vazifalar = muammoga qarshi vaksina ekan

Moslashuvchanlik - yashab qolish san'ati
Insonning kuchi mushaklarida emas, moslashuvchan onggida
Zamon tez oʻzgaryabdi.
Unda kuchli boʻlganlar emas, moslasha olganlar yashab qoladi.
Atrofimizda koʻplab odamlar bor. Oʻz ishidan norozi, ammo oʻzgarishni ham xohlamaydi.
Ishi yoqmaydi, ammo boshqa joyga ham oʻta olmaydi.
Yangi muhitga moslasha olmasligidan qoʻrqadi.
Oddiy maktabdan ma'lum fanlarga ixtisoslashtirilgan litseyga oʻtgan doʻstlarim bor edi.
Bir nechtasi moslasha olmay qaytib keldi. Moslashib ketganlari hozir top universitetlarda oʻqishmoqda.
Inson har qanday yangi sharoitga moslasha oladi.
Moslashishdan qoʻrqishi unga devor boʻladi xolos.
Moslashishdan qoʻrqadiganlar har qancha kuchli boʻlmasin, vaqt oʻtib soʻnadi.
Moslashuvchan insonlar oʻzgarishni imkoniyat deb biladi.
Ular oʻsib kelyabdi va doim oʻsadi.
© maqsad club podcasti yordamida yozildi

Urf-odatga aylangan narsalar bor.
Barcha tomonidan qabul qilingan umumiy tushunchalar.
Oʻzlari uchun ma'qul, notoʻgʻri emas.
Bu bilan ular kimgadir zarar yetkazmaydi.
Masalan ba'zi hududlarda muomala madaniyati dagʻallik ustiga qurilgan boʻlishi mumkin.
Ba'zi joylarda katta-kichik hamma bir birini sizlab gapirishi mumkin.
Ba'zida madaniyatlar toʻqnashuvi sabab bu urflar notoʻgʻri tushuniladi.
Bu narsa notoʻgʻri, aslida bunday boʻlishi kerak deyiladi.
Xoʻsh bunga Ustozlar nima deydi?
- Aslida munosabat va muomala tamoman individual masala, ozorlantirilmasa bu ixtiyorga bogʻliq, lekin, urflarni hisobga olgan odam umumiy noqulayliklardan xalos boʻladi. Buni tushunish va tushuntirish mumkin.
Bu kabi holatlarga uzoq joylardan yigʻilgan doʻstlar, yangi kelin-kuyovlar va sayyohlar duch kelishi mumkin.
Har bir kishi ma'lum bir kelishuv asosida va oʻz haq va majburiyatlarini xolis ado etib, himmat bilan yashaydigan boʻlsa, kelishmovchilik chiqmasa kerak.

Savob yigʻish juda oson ekan-ku...
Koʻp pul, koʻp quvvat, koʻp vaqt sarflamasdan ham, har kuni yuzlab savob olish siri...
Har bir qiladigan ishimizni, xoh katta, xoh kichik boʻlsin, niyat bilan boshlash
Uxlamoqchimisiz?
Robbim, uyqum orqali yaxshi ishlar uchun quvvat bergin desanggiz
Muzqaymoq yeyabsizmi?
Robbim, shundan keladigan energiyani yaxshi ishlarga baxshida etgin desanggiz
Telefondan video koʻryabsizmi?
Robbim, shundan oladigan/oʻrganadigan narsamni savobli ishlarga ishlatay desanggiz
Sayohat qilyabsizmi?
Robbim, dunyoying goʻzalligini koʻrib, iymonimni, ixlosimni oshirmoqchiman...
Xullas, har bir ishinggizdan savob kelishini istasanggiz...
Atigi 2-3 soniya vaqt ajratib, yaxshi niyat qilib oling.
Buni shundogʻam bilamiz-a, endi biroz fikr yuritib, anglab olishimiz kerak xolos:)
Ammo, gunoh ishlar bundan mustasno, ularga niyat ta'sir qilmaydi.

Har bir narsada xotira boʻladi. Har bir joyda ham.
Uni koʻrib, his qila olish ilm bilan boʻladi.
Ilm ixlosni keltirib chiqaradi.
Kimgadir ixlosim baland deysiz. Bu uni yaxshi bilganizdan boʻladi.
Balki undanda yaxshi inson bordir. Ammo ular haqida bilmasliginggiz sababli ixlos qoʻya olmaysiz.
Umra/Hajga borganda beixtiyor koʻzlar yoshlanadi.
Ammo hammaniki ham emas. Bilgan, anglagan, his qilganlarniki yoshlanadi.
Parkka borgandek borib keladiganlar bor.
Yaqininggiz vafot etsa mahzun boʻlasiz. Ammo ummatning buyuk bir shayxi vafot etsachi?
Hamma ham emas, ilmni qiymatini bilganlargina....
Ilmning qiymatini bilganinggiz sari, ilmli insonlarga muhabbatinggiz oshib boradi.
Ilm orqali xotiralarni, hikmatlarni anglash mumkin.
Ilm bilan tafakkur qilish, tafakkur bilan esa anglash mumkin.
Narsa, hodisalar haqida fikr yuritish kerak.
Qur'on oyatlarida ham koʻp keladiku, ".... fikr yuritmaysizlarmi.." degan jumlalar.
Tafakkur insonni mukammal iymonga, saodatga olib borar ekan.
Chunki har bir zarraning hikmati, Allohning sifatlari tomonga boshlaydi.
Zamonaviy binolarni koʻrib vahh deb yuboramiz.
Tafakkur qilsak:
Inson cheklangan aqli, kuchi, imkoniyatlari bilan shunday goʻzal bino bunyod etibdi. Endi mutlaq qudrat, ilm, aql sohibi boʻlgan Allohning jannati qay darajada goʻzaldir...

10 yilning 50 yilga ta'siri yohud yoshlikning barokati.
Tongni qanday oʻtkazish kunni qanday oʻtishini belgilab berganidek
Yoshlikni qanday oʻtkazish umrni qanday oʻtishini belgilab beradi.
Yoshlik umrning tongi desak ham boʻladi.
Insonning 0-15 yoshgacha boʻlgan davri uning ota-onasi uchun eng mas'uliyatli davr hisoblanarkan.
Insonda qadriyatlar, harakter, prinsiplar aynan 0-15 yosh oraligʻida shakllanarkan.
15-25 yosh oraligʻi esa insonning oʻzi uchun eng mas'uliyatli davr boʻlarkan.
Aynan shu davr umrning tongi boʻlarkan.
Shu 10 yil hayot umrning qolgan qismiga bevosita bogʻliq ekan.
Bu davrda qilgan qarorlaringgiz, yashagan muhitinggiz, olgan ilminggiz va xulosalaringgiz 25 dan keyingi davrni shakllantirar ekan.
25 yoshdan keyin ham kech emas, ammo imkoniyatlar aancha kamayib ketadi.
Shuning uchun ukam, singlim. Agar siz 15-25 yosh orasida boʻlsanggiz:
Yurgan yoʻlinggizni, qilayotgan ishlaringgizni, olayotgan ilmlaringgizni, aloqa qilayotgan insonlaringgizni biir test qilib koʻring.
25 yoshga yetib, "-endi nima qilaman"deb qolganlar bilan toʻla atrofimiz.
Majburan taksistlik qilyabdi. Ogʻir mehnatlarda, mardikorliklarda, zavod-firmalarda ogʻir mehnatda ishlashyabdi.
Nimalar sizni 60-70-80 yoshinggizgacha farovon yashashinggizga sabab boʻla oladi.
Shular ustida ishlang. Hozir sizda zehn bor. Kuch bor. Imkon bor. Vaqt bor.
Roʻyhat qiling, dedlayn belgilang va qoʻlga kiriting.
Hayotiy tanlov:
● 5-7 yillik mehnat => 40-50 yillik farovonlik.
● 5-7 yillik farovonlik => 40-50 yillik mehnat.

Qarzim bor.
Men qarzdorman, va hozirgina yana qarz oldim
Har kuni qarz ustiga qarz qoʻshilib boraveradi.
Qarz oshaveradi. Yuk ortaveradi. Dard ogʻirlashaveradi.
Oʻzimning oʻzimdan olgan qarzim bu. Ma'naviy qarz.
Ha, oʻzimning oʻzimdan qarzim.
Bugun 23:00 da uxlamoqchi edim. Soat 00:45 da post yozib oʻtiribman. Yana qarzdor boʻldim.
Kecha tongda yugurmoqchi edim. Ahmoqona bahona sabab chiqmadim. Qarzimga qarz qoʻshildi.
Har kuni yangi nimadir qilmoqchi boʻlaman. Qilmagan kunlarim ruhim sinadi.
Tushkunlikka tushaman va qarz ortgan sayin ruhiy zaiflik ham ortib boraveradi
Qilgan vaqtlarimni eslayman. Kuchga toʻlaman. Ruhim quvvatlanadi.
Qanchalik kichik ish boʻlmasin, tugatsam, energiya olaman.
Tanamda Dofamin miqdori oshadi.
Yengil boʻlaman. Xotirjam boʻlaman. Dam olaman.
Demak, Kuchli inson - jismonan quvvatli yoki aqlan yetuk inson emas
Kuchli inson - oʻzidan qarzi boʻlmagan inson ekan.
Miya har bir "qilaman" degan ishni eslab qoladi. Aytdimi qilishi kerak.
Qilmasa qarzga yoziladi va ruh jarimaga tortiladi.
Bajarilsa ruh mukofotlanadi.
Baxtli boʻlmoqchimisiz - oʻzinggizdan qarzdor boʻlmang.

Sababchi bo'ling
Farzandlaringgiz, yoki jiyanlaringgiz bordir.
Ko'pchiligi yozda uyda bekor bo'lishadi, bunday holatda zerikishni oldini olish uchun odatda telefon va televizorga intilishadi.
Ularni bu vaqtini unumli o'tkazish uchun Ustozimiz masterklass o'tib berdilar.
Bir ish qilaylik. Ma'lum bir mukofot evaziga ularni nimadir foydali narsa o'rganishga undaylik.
Yoshiga mos vazifalar, ingliz tilidan lug'atlar, yengil badiiy kitoblar olib bering. Ko'p qimmat emas.
Iloji boricha daftar/qog'oz bilan ishlashga o'rgansin. Tartib shakllanadi.
Bu o'zimizga ham "motiv" bo'ladi. Ularga o'rnak bo'lishga harakat qilib, o'zimiz ulardanda ko'proq o'qishga o'rganishga harakat qilamiz.
Havotir olmang, charchab qolishmaydi, uy ishlari qolib ketmaydi. Muhimi sentabrda fikrlash, ilm, zakiylik jihatidan tengdoshlaridan ancha oldinda bo'lishadi.
Bu sizga ularning sizga keltirishi mumkin bo'lgan moddiy foydasidan ko'ra ancha qiymatliroq.

Shu mavzu haqida yozgim keldi bugun...)
Ustoz aytdilar:
- Qalbinggizga va miyanggizga bir chip joylashtirilsa va har bir oʻylagan oʻy-hayolinggiz, fikrlaringgiz katta ekranga chiqarilib, hammaga namoyish qilib turilsa, rozi boʻlasizmi?
Agar yoʻq desanggiz, demak qalbinggiz ustida yaxshigina ishlash kerak ekan)
Va ajoyib misol bilan davom etdilar:
Bonkani bilamiz-a? Yozda kampot, murabbolar qilamizku, ana oʻsha idish.
Kir boʻlib, qorayib ketgan bonkani tasavvur qiling. Unga toza suv solsak nima boʻladi?
Suvda va bonkada qanday oʻzgarish boʻladi?
Suv kirlanadi, bonka esa birozgina tozalanadi toʻgʻrimi?
Kir bonkaga toza suv solganda bonka biroz toza boʻlib, suv kirlangani kabi, kirlangan qalbga tushgan pokiza oʻy-fikrlar ham darxol kirlanib ketadi, ammo qalbda salgina oqarish paydo boʻladi.
Kir bonkaga tinimsiz quyib turilgan toza suv oqibatda bonkani kirlardan butkul xalos qiladi-a?
Keyin, oʻsha toza boʻlgan bonkaga quyilgan toza suv oʻzining tozalik va poklik sifatini toʻliq holda saqlay oladi.
Kirlangan qalbga ham kirib turgan uzluksiz pok niyat va fikrlar, oqibatda qalbni kirlardan xalos qiladi. Qalb tozalanadi va keyinchalik qalbda paydo boʻlgan har bir oʻy va fikr sof va pok holda saqlanadi.
Sof qalbdan gʻarazli niyatlar, yolgʻon, gʻiybat va birovga ozor beradigan soʻzlar chiqmaydi.
Ruh Alloh nazdida yuksaklikka erishadi. Xotirjamlik tuyadi. Hayotdagi muammolar uni bezovta qila olmaydi.
Taslimiyat hosil qiladi. Ortiqcha yelmaydi, yugurmaydi. Sabablarini ado etadi va tavakkul qiladi.
Xoʻsh, qalbni tozalovchi oʻy-fikrlarni, hayol-u niyatlarni qayerdan olamiz dersiz?
Avvalo Qur'ondan, uning tafsiridan, donolar suhbatidan, ular yozgan kitoblardan.
Qalbi saliym, orif bandalarning, valiylarning, nuroniylarning, mu'minlarning xizmatini qilib, ularni hursand qilish orqali ham qalbni tozalash va Alloh nazdida yuksalish mumkin ekan.

Nimani xohlashingni aniq bilasanmi?
Aslida nima xohlayotganini bilmagan odam doim adashadi.
Bozorga roʻyhatsiz borgan odam, vaqtni ham, pulni ham zoe qiladi.
Keraksiz narsani olib, keraklisini olmay qaytadi.
Doʻstim biznes boshlamoqchiman dedi.
Qanaqa desam, hali aniq emas deydi.
Vaqti zoe ketyabdi, inflatsiya hisobiga puli ham isrof boʻlyabdi.
Yigitni uylanish vaqti yetdi. Aslida qanaqa qiz unga yoqishini bilmaydi.
"Fkusimdagini aytadigan boʻlsam" deydiyu, u aytolmaydi.
Uchraganini oldi, toʻy boʻldi. uzoqqa bormadi...
Inson nimani xohlashini aniq bilishi kerak ekan. Xattoki oddiy narsalarda ham.
Bu juda murakkab jarayon, buni aniqlash kuchli diqqatni, tafakkurni talab qiladi.
Buni anglash oʻzni anglash kabi qiyindir.
Osonlashtirish uchun Ustozlar "qogʻoz va qalam ol" deyishadi.
"Miyangda nima boʻlsa yoz va bir-birini toʻldiradiganlarini oʻchirib tashla. Oxirida eng ustuvorlari qoladi. Ana shu asli sen xohlagan narsa boʻladi." deyishadi.