بِسْمِ ٱللَّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ
Fikrlarimni tartiblash va o'zimda tahlil qilish qobiliyatini shakllantirish uchun blog yuritishga qaror qildim.
Blogni
Ko'rgan-kechirganlarimdan
Xulosalarimdan
Kuzatuvlarimdan
Og'riqlarimdan
Oʻqiganlarimdan
kelib chiqib yozaman.
Fikr albatta o'sish va teranlashish xususiyatiga egadir. Yozish orqali fikrimni o'stirishni va tiniqlashtirishni maqsad qildim
Alloh ilmimizni ziyoda qilsin.

Majburiyat => Mas'uliyat = Baraka
Qilayotgan ishinggizda qanchalik mas'uliyatli bo'lsanggiz undan keladigan rizqinggiz shunchalik halol va barakali bo'ladi.
Mas'uliyat esa majburiyatlardan kelib chiqadi. Ishdagi majburiyatlarini bilmagan hodim qanday qilib mas'uliyatli bo'la olsin. Majburiyatlarni bo'yinga olib unga rioya etish esa hulq atvorga bog'liq.
Tayinlangan topshiriqni o'z vaqtida qilish bu Majburiyat. O'z vaqtida mukammal qilish esa mas'uliyat. Buni ikkisi bo'lishi uchun avvalo xulq-atvor kerak.
Demak rizqdagi baraka bevosita xulq-atvorga borib taqalyabdi.

Sen matritsadasan
Jamiyatdagi ogʻriqlarni yengillatish uchun hech boʻlmaganda bitta gʻoyang boʻlmasa sen oʻzingni insonman deb ayta olasanmi ?
Doʻstim. Senda ong mavjud va shu jamiyatni isloh qilish uchun kelganlardan bittasisan. Ha sen tanlanganlardansan
Sen matritsadasan deyardiku.
Jamiyatga qara. Muammolar bisyor.
Buni hamma nimadandir nolishidan bilsa boʻladi. Qay biriga yechim bera olasan. Fikr yurit!
Har bir inson muammosiga yechim topish imkonsiz. Ammo shunday bir umumiylik borki, u orqali koʻp narsani oʻzgartirsa boʻladi. Uni izla!
Eng muhimini aytish esimdan chiqibdi:
Avvalo o'zingni oʻzgartirmay turib, boshqa narsani oʻzgartirish haqida oʻylab ham oʻtirma

Harakatlar sabablardan kelib chiqadi.
O'zinggizda biror yaxshi odat shakllantirmoqchimisiz avval unga sabab toping.
Bir ish boshlamoqchimisiz
Nima uchun shu ishni qilishiz kerakligi haqida miyanggizga hujjat taqdim qiling.
Sabablar dunyosida yashayabmiz. Har bir harakat, har bir fikr sabablar tufayli vujudga keladi.
Ikkinchi taraf
|Nafsning haqqi|
Erta turish odatini shakllantirmoqchimisiz.
Sabab:
Soat 5 dan 5:30 gacha toza havoda mashq qilish orqali kun davomida energiyaga to'lib yurmoqchiman.
Buyerda nafs "he ko'ramiz.." deydi
nafsni haqqini beramiz:
Ertalab bir finjon qahvadan keyin toza havoga chiqib.....
Zalga bormoqchimisiz:
Nafsinggiz uchun maxsus kiyim zal kiyimini sotib oling. Va sizga ham sabab bor(falon pulga zal uchun kiyim olgansiz) ham nafsiz hursand.
Telefondan uzoqlashmoqchimisiz?
- O'rniga boshqa nimadir bering nafsga...(spinder masalan)
Erta yotmoqchimisiz?
- nimadir ermak toping nafsni ovunishi uchun.
Ko'pchiligimiz bir ishni boshlashda nafsning haqqiga rioya qilmaymiz va o'zimizni irodasizlikda ayblab yuraveramiz.
Har birimiz kuchli iroda egasimiz ammo nafs bilan kelishuv qilibgina bunga tezroq erishishimiz mumkin.

Ishdan zavq olish haqida gaplashsak
Inson qachon o'z ishini sevadi.
Qachonki o'z ishini mutaxassisi bo'lsa. Yaxshi bilgan ishinggizni qilsanggiz siz ish qilmaysiz.
Bir ustozimiz bo'lardi. Yuzlab abiturent tayyorlardilar yoshlari 60 atrofida.
O'ylardik "charchamasmikinlar, shuncha energiyani qayerdan olarkanlar??"
Keyin bildikki inson sevgan kasbini mutaxassisi bo'ladi. Mutaxassisligida ishlasa u ishlamaydi.
Endi keyingi holat
Universitetda bir Ustozimiz bo'lardi. Dars davomida bollar savol bersa qaltirab terlab ketardilar... Bilardikki bu Ustoz uchun ish joyi qamoqdek gap.
Ishinggizni yaxshi bilmasanggiz, qamoqxonada yashayotgandek his qilasiz o'zinggizni. Tashlab ketginggiz keladi ammo sizda bundan boshqa variant yo'q.
Ishinggizni yaxshi o'rganing. Mutaxassislardan sir-asrorlarini so'rab oling.
Zero buyuklar aytganidek: O'rganish azobi vaqtinchalik. Bilmaslik azobi abadiydir

Vazifalarni taqsimlab natijaga erishish mumkin
Kvartirada 4 kishi turamiz. Toʻrtalamiz ham yalqov va dangasa.
Hamma ish bir vaqtga toʻgʻri kelib qoladigan vaziyatlar boʻladi. Ovqat qilish, uborka, kosa-tovoq yuvish va yana bir nechta...(kvartira misolida)
Ishlarni sanab chiqaman va davay qibtashelik deyman... 20% ham boʻlmaydi.
Bugun ham shunday vaziyat boʻldi. Usulni oʻzgartirib ishlarni taqsimladim.
Sen: ... ... ... larni
Sen: ... ... ... larni
Sen: ... ..... larni
Men esa .... ... .... larni qilaman. Qani turdik.
Va yarim soat oʻtar oʻtmas barchasi 100% bajarildi.
Bu oddiy misol. Bu narsani boshqa har qanday sohada qoʻllash mumkin. Ayniqsa menejment da
Har qanday jamoaviy yoki shaxsiy ishlarda ham vazifalarni a'zolar boʻyicha yoki 1 kishi uchun vaqt boʻyicha taqsimlagan holda tezda natijaga erishish mumkin.
Adolatli taqsimot qila olish va gapira olish ham muhim.

O'ziga qoʻyib bering.
Men bir sohada mutaxasisman(masalan). Va faqat shu ishni hammadan zoʻr va sifatli bajara olaman.
Boshqa sohaning eng oddiy topshirigʻi ham meni "1 tiynga qimmat xodim" sifatida koʻrsatishi mumkin.
Farzandinggiz Kimyoda kuchli. Lekin siz uni uchuvchi boʻlishini xoxlayabsiz va shu soha boʻyicha oʻqityabsiz.
Siz ham, atrofdagilar ham bolani "bu baribir odam boʻlmaydi" degan fikrga borib qolasizlar oxirida.
Kimdir texnikani zoʻr tushunadi. Car servis sohadida eng zoʻri boʻla oladi.
Xoʻsh buni qanday aniqlaymiz. Xodim misolida, farzand misolida, oddiy odam misolida...
Xodim bir ishni yaxshi bajarolmasa boshqasini bering, u ham boʻlmadimi, boshqasini bering. Qaysidir vazifada u oʻzini topadi. Hammadan koʻra yaxshiroq bajara oladi.
Farzandni kuzating, fikrlashi, harakatlari qaysi sohaga moyilroq...
Keyin bir-bir fanlarga qadam.
Matematikadan toʻpoymi, kimyoga qoʻying, bu ham yoʻqmi, tarixga.... ilm fan degan narsada u oʻzini topmadimi. Hunar oʻrgansin.
Oliy ma'lumotli boʻlish yaxshi yashash kafolati emas.
O'zim bola boʻla turib farzand tarbiyasi haqida yozishim adabsizlik. Lekin yozganimni oʻchirishga koʻz qiymadi. Xato boʻlsa toʻgʻirlang

Teskarisini qil
Qisqacha aytganda odatiy fikrlarni teskarisiga o'zgartirgan holda qaror qabul qilish
Kim bilan do'st bo'lay?
Kim mani baxtli qiladi?
Qaysi ish menga ko'proq yoqadi?
deb emas
Kimdan qochib yurishim kerak?
Kim mani baxtsiz qiladi?
Nima ish qilmasligim aniq?
shu kabi savollar bilan qaror qabul qilinsa, qarorlar samaraliroq va aniqroq bo'larkan. Bu usul kitoblarda INVERSIYA deb kelarkan.

Qilgan ishlarimiz - bu bizni kimligimizni ko'rsatadi.
Insonni kimligini qanday bilish mumkin. Avval bir joyda aytgan ekanman "Biz - fikrlarimizdir, Fikrlarimiz bu bizdir" deb.
Bugun bir insho o'qib qoldim shu haqida. Unda aytiladiki: "Insonni kimligini bilmoqchi bo'lsang, uni qilgan ishlariga qara."
Tog'ni talqon qilib yuborishni da'vo qiladiganlar ko'p. Vaholangki, ularning ko'pchiligi hatto qo'l silkishga ham erinishadi. Shunday ekan odamni kimligini bilmoqchi bo'lsak uni gapirgan osmon gaplariga emas, daholarcha fikrlashiga emas, QILGAN ISHLARIGA qarashimiz kerak ekan.
Endi o'zimizni tanimoqchi bo'lsak ham, hayollarimizga emas, fikrlarimizga emas, qilgan ishlarimizga qarashimiz kerak ekan. Nimalar qildik, qanday yutuqlarga erishdik?
Shular bizni kimligimizni belgilab berar ekan.

Niyat va hayollarimizni chetga surib qarasak ancha xatolarni ko'ra boshlaymiz. Ularni tan olish qiyin kechadi. O'sha qiyinchilik keyin o'zgarishga sabab bo'ladi. Zora shunda amallarimiz yaxshilanishni boshlasa. Chunki oxir oqibat amallarida yaxshi bo'lganlar, hayollarida yaxshi bo'lganlardan o'tib ketadi. (Inshodan)
Shaxsiz fikrga ega boʻlish yaxshi, ammo...
Shaxsiy fikrga ega boʻlganlar orasida bazan qarama-qarshiliklar boʻlib turadi.
Shaxsiy fikr ham hammada xar hil
Shuning uchun gʻazabni nazorat qilish ham muhim
Ikkita dono kishing baxsli vaziyati janjalgacha bormaydi. Janjalgacha bordimi uyerda dono kishi boʻlmaydi.

Bir Insho o'qib turib shunday xulosaga keldim:
Aksar talabalar o'qiyotgan universitetlaridan norozi bo'lishadi. Shuyerda o'qishga kirganidan afsuslanishadi. Ular omadi kelgan ammo bu omadni ushlab tura olmaganlar turiga kiradi. Katta ehtimol bilan agar ular o'zlarining nazdida eng zo'r bo'lgan boshqa universitetda o'qishganlarida ham shu ahvolga tushardilar.
O'z ishini bilib, uni zo'r qilgan odamning muvaffaqiyati kafolatlanadi. Ularga omad kelsa uni uzoq muddatga ushlab qola olishadi. Kelmasa ham zarar ko'rmaydi.
Har qanday sohada yaxshi mutaxassis bo'lib yaxshi yashash mumkin. Hattoki veterinar bo'lsanggiz ham katta bir firmaning rahbari lavozimigacha borishinggiz mumkin.
Oddiy dehqon bo'lsangiz ham hatto eksport uchun meva-sabzavotlar yetkazib beruvchi yirik korporatsiya qurishinggiz mumkin. Albatta ishni zo'r bilgan holda.
O'z ishini to'liq bajarmaydigan, mas'uliyatsiz, qobiq ostida fikrlaydiganlar esa omad kelganda undan na foydalana olishadi, na uni ushlab tura olishadi. Hayotlari nolish va kambag'allik bilan o'tadi.
Ishni zo'r qilish qanday bo'ladi?
Qisqacha:
Uni bo'laklarga bo'lish va har bir bo'lakni zo'r qilib bajarish. Olmani butunligicha yuta olmaysiz, bo'lakab yesanggizgina rohatlanasiz.
Bunga o'xshash avvalroq ham yozgandim. Ustozning insholarida ham shu narsa aytib o'tib ketilganini ko'rib hursand bo'ldim.
Hali hech narsani bilmaymiz. Qunt bilan o'rganaversak Allohning fazli bilan biror natijaga erishamiz In Shaa Alloh.

Maqsadinggizni boʻlaklab tashlang
Maqsadni boʻlaklarga boʻlish unga erishishni tezlashtiradi.
Boy boʻlish maqsad emas. Boy boʻlishga olib boradigan yoʻlni yaratish maqsad.
Yoʻlni ham ikkiga boʻlamiz.
Yuqori maoshli ishga kirmoqchimisiz
Har bir boʻlak ✅ boʻlgani sari sizda ishtiyoq va xoxish oshaveradi. Yuqoridagi maqsadga borgan sari yaqinlashayotganinggizni his qilaverasiz.
Maqsad katta boʻlsin. Uni boʻlaklarga ajrating va bosqichma-bosqich choʻqqiga yeting.
Boʻlaklar qancha koʻp boʻlsa, maqsad shuncha tiniqlashadi. Balki yoʻlda oʻzgarib ham ketar...

1. Yoʻlni rejasini tuzish
2. Boshlash
Yuqori maoshli ishga kirmoqchimisiz
1. Yuqori maoshli firmalarni toping
2. Talablarini oʻrganib chiqing
3. O'rganish yoʻllarini izlang(oʻrganuvchi boʻlib ishga joylashing. Tekin ishchi sifatida)
4. Vakansiyalarni kuzating
5. Boring va ishga joylashing
6. Yuqoridagilarni yana ham ochib chiqing
Har bir boʻlak ✅ boʻlgani sari sizda ishtiyoq va xoxish oshaveradi. Yuqoridagi maqsadga borgan sari yaqinlashayotganinggizni his qilaverasiz.
Maqsad katta boʻlsin. Uni boʻlaklarga ajrating va bosqichma-bosqich choʻqqiga yeting.
Boʻlaklar qancha koʻp boʻlsa, maqsad shuncha tiniqlashadi. Balki yoʻlda oʻzgarib ham ketar...
Postlar biroz zerikarlidek nazarimda. Hammasi o'xshash mavzuda, qomusiylik yo'q.
asta-asta shakllanar balki
asta-asta shakllanar balki
Inson qachon baxtli boʻladi-?
Fikrimcha
Inson oʻzida bor narsalardan rozilik hissini tuysagina baxtli boʻladi.
Bu hisni tuyishni eng oson yoʻli ne'matlarni tez-tez eslab yurish boʻlsa kerak.
Sogʻlik, ota-ona, yaqinlar, va barcha yutuqlar...
Tafakkur qilishning eng katta foydalaridan biri shu hisni tuyish boʻlsa kerak...

Vaqtning oʻlchamlari haqida gaplashamiz do'stlar
Vaqt boʻy va en ga egadir. Boʻy hammada bir xil 24 soat. En esa har xil boʻlarkan.
Ulamolarimizning qilgan ishlari 500-600 yil vaqt olgandek. Lekin ular el qatori 60-70 yil yashashgan
Hazratimizning vafot etganlariga bir 10 yil boʻldi. Ammo hali hamon yangi kitoblari chop etilyabdi.
U kishi yozgan kitoblarini shogirdlari oʻqib tugata olishmayabdi. Vaqtlari en ga ega edi.
Vaqtning hajmini nima oshiradiyu nima qisqartiradi.
Oshiruvchilar:
1. Ilmli insonlar bilan suhbat
2. Kitob oʻqish
3. Parhezkorlik
4. Sport
5. Oʻrganish
Qisqartiruvchilar:
1. Gunohlar
2. Yengil hayot
3. Ijtimoiy tarmoqlar
4. ...