марьямс☕️
1.9K subscribers
1.01K photos
53 videos
8 files
58 links
“And He found you lost and guided you”

http://t.me/LetsAskBot?start=QhvOCh
Download Telegram
Univerdan eng ko’p, intiqib kutgan mavzuyimni prezentatsiya qiladigan haftam kelyabdi… bu nozik, qiziq mavzu. Bani Isroil haqida)

Ertaga esa Muqimiy teatriga borib, u yerda ham mustaqil ish topshirishim kerak ya’ni ingliz tilida bu joy haqida to’liq ma’lumotlar olib kelishim kerak.. menga omadmi?
114
Nega kechasi idishlarni ochiq qoldirib bo’lmasligini bilasizmi? Toza bo’lsa ham, hatto shunchaki suv bo’lsa ham, hatto uyingiz tozza bo’lsa ham..

Payg’ambarimiz 🤎 bu borada aniq ko’rsatmalar qoldirganlar.

🥘Uhlashdan avval idishlarni ustini yopib, shunday deyish kifoya:
بِسْمِ الله - Alloh nomi bilan

va Alloh siz bilan ko’rmaydigan narsangiz orasiga to’siq qo’yadi.

🍴Shaytonlar biz kabi ovqat yemaydilar, lekin ochiq qolgan narsalarga tegib, buzib, ifloslantiradilar. Shuning uchun suv solingan stakan, tarelka, qozon ham yopib qo’yilishi kerak ekan.

🍶 Bir hadisda Payg’ambarimiz
🤎 aytadilar:
“Idishlaringizni yoping. Chunki yil davomida bir kecha bor, o’sha kechada kasallik tushadi. U ochiq idish yonidan o’tib ketmaydi, albatta ichiga tushadi.”

Gap faqat mikroblar haqida emas. Ko’rinmas dunyo haqida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
87
Forwarded from марьямс☕️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
24
Forwarded from марьямс☕️
Qizlar uchun foydali bo'lgan YouTube videolar buyerda:

https://t.me/c/2251800698/1379

https://t.me/c/2251800698/1052

https://t.me/c/2251800698/1253
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27
Forwarded from марьямс☕️
46
сен синиқ бўлким, синиқликда нажот,
сен фақир бўлким, фақирликда ҳаёт.

гердайиш - ўтдир, оловдир сен учун,
сен ўзингни ўтга отгайсан нечун?
179
Ko’pchilik insonlar bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishmayapti. Bu esa o’z o’rnida albatta ularning zarariga hujjat bo’lyapti…
172
🌷Ko’p qizlarda turmush qurish uchun kuchli “QO’RUV “ i bor.

BAXTLI BO’LOLMASAMCHI?!


🕯️Oila chindan ham o’ylamay, yengilgina qabul qilib, yashab ketadigan jarayon emas. Tanlagan qaroringiz, umr bo’yi qanday inson sifatida rivojlanib borishingizni ta’minlaydigan maskan deb bilaman. Shuning uchun ham bo’lajak kelinlar ham kuyovlar ham, yangi oilani barpo qilish uchun, o’zini imkon qadar isloh qilishi, rivojlanishi, yaxshi niyyat Va duolarini ko’paytirmog’i zarur.

🌟Undan so’ng esa, turmushning mushtlariga, sinovlariga o’zini tayyorlashi ham kerak. Chunki, sinov doim keladi, biz qabrga kirgunimizcha sinalamiz…
Oila qurgandan so’ng ham arzimas muammolarga sabr qilolmay, yengillik qilish yaramaydi, juftlar bir biridan toqatidan ziyodasini talab qilib, isyon qilishi yaramaydi. Ayol ham , erkak ham og’ir damlarida, sinovli vaqtlarda bir biriga yondosh bo’lgan holatida muhabbatlari ziyoda bo’lib, baxtlari mukammallashadi.

Va yana ko’p qizlar, qaynonalardan qo’rqishadi:))
Shuni unutmang-ki, hech qaysi ona kelinga zulm qilaman deb olmaydi , qizlar ham go’zal umidda kelin bo’ladi. Shunchaki, siz dono bo’ling. Ho’p deb jilmayish orqali hurmatli bo’lasiz. Hech qachon o’zingizniki o’tkazishga harakat qilib yoki bilganingizdan qolmaydigan bo’lish, qaynona kelin munosabatlarini yaxshilamaydi. Hamma narsaga vaqt kerak. Oila a’zolaringizni hurmat qilib, oila tartiblariga rioya etish orqali, qanchadir vaqt o’tgach, ana shu hovlida siz ham go’zal o’rin topasiz. Fikrlaringiz inobatga olinadigan, tinglanadigan bo’ladi. Har ishda ham mehnat kerak, mehnat qilinsagina, mevasi shirin bo’ladi.
💖
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
266
Yarim tun bo’layotganiga qaramay, @iqrobookclub da qizlar bilan kitob borasida suhbat, savol-javob qilyapmiz. Kitobni nomi: “Ulamolar nazdida vaqtning qadri”.

Orqa fonga e’tibor bermaysizlar🥲
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
74
Zo’r ovqat yeyish uchun, zo’r kinoni ko’rish uchun, zo’r kiyimni olish uchun uzoqroq joyga bo’lsa ham ketaveramiz. Ammo ilmga kelganda yo’l uzoq bo’lib ko’rinib qoladi… Ilm uchun uzoqroqqa borolmaymiz..
116
Balkim siz chin dildan yaqin bo’lmoqchi bo’lgan insonlar, buni xohlashmasachi?
51