Mahbubiy
4.07K subscribers
730 photos
107 videos
74 links
Download Telegram
Kadrni chaqmog'i:
2👍2012❤‍🔥11🔥4
24. Va Uning oyatlaridan sizga qo'rquv va umid uchun chaqmoqni ko'rsatur va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni o'lgandan kegin tiriltirur. Albatta, bunda aql yuritadigon qavm uchun oyat- belgilar bordir.
❤‍🔥37🔥14🍓7👍62💯1
Kimdir kelar, seni sen etar..
Kimdir kelar, seni sendan ayro etar..

Shams Tabriziy
💯64❤‍🔥22🔥13🍓41👍1😁1
Bukbloger degani har kuni sahifasiga kitoblarning rasmini, videosini qo‘yadigan odam degani emas.

Bukbloger videolar qilib, unda kitob haqida emas, o‘zining hissiyotlarini, yig‘lagan-kulganini aytib beradigan odam emas.

Bukbloger nashriyotlar bilan hamkorlikda ishlab, nashriyot ham, o‘zi ham faqat manfaat ustidagina bir-biri bilan muomala qiladigan odam emas.

Bukbloger trenddagi kitoblarnigina o‘qib, undan ming chandon yaxshi bo‘lgan kitoblar haqida hatto bilmaydigan odam emas.

Bukbloger javonga kitoblarini chiroyli taxlab, har kuni u bilan suratga tushib, uni odamlar bilan bo‘lishadigan, shundan zavq oladigan odam degani emas.

Va hokazo... Bukbloger o‘zi kim?

Kitob oshuftasi nashriyot bilan hamkorligi borligi uchun eng yomon kitob bo‘lsa ham maqtab beradigan emas, balki biror kitob haqida ro‘y-rost gapiradigan odam.

Kitob oshuftasi kitob haqida yozsa, video qilsa, uning ichidagi ma’nosini ochib berishga harakat qiladigan, o‘zida his qilgan kechinmalarini emas, odamlar foyda oladi, deb bilgan ma’lumotlarini o‘rtoqlashadigan odam.

Kitob oshuftasi trenddagi kitoblardan ko‘ra klassik adabiyotlarni, ustozlar tavsiya qilgan kitoblarni o‘qiydigan odam

Kitob oshuftasi kitoblarni odamlarga o‘zini kitob o‘qiydigan qilib tanitish uchun emas, balki uni o‘qiganda tuyadigan zavqni sog‘ingani uchun o‘qiydigan odam.

Kitob oshuftasi yiliga 500 ta emas, 10 ta eng sara kitoblarni qayta-qayta o‘qiydigan, har gal o‘qiganda undan yangi ma’nolar topishga harakat qiladigan odam.

Kitob oshuftasi siz-u biz ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini har tirli jimjimador nom bilan nomlab olayotgan «bookblogger» emas. Kitob oshuftasi kitobning ma’nosini haqiqiy his qiladigan odamdir.

Siz bukblogermisiz yo kitob oshuftasi?

©️Muhammadrizo Munavvar
💯30❤‍🔥17👍11🔥52
Seni xafa qilib qo‘ymayin deb, ko‘nglimda saqlamayman...
Ko‘z o‘ngimdan yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, ko‘zimda ham saqlamayman...
Seni ko‘nglimda, ko‘zimda emas, balki jonimda saqlayman.
Toki oxirgi nafasimda ham menga yor bo‘lgaysan...

Shams Tabriziy
21🔥14❤‍🔥11👍3
Ayb etmang, yoqmasa so'zim yo o'zim,
Xalqqa emas, Xoliqqa yoqqani keldim.
❤‍🔥48👍128💯4🔥2🍓1
Sunnatni mahkam ushlashda bir necha foydalar bor. Jumladan:

– Alloh taoloning muhabbatiga sazovor bo‘lmoq;
– Farzlardagi kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirish;
– Bid’atga tushib qolishdan saqlanish;
– Alloh taoloning shiorlari va shariatini ulug‘lash.

Husaynxon Buxoriy
❤‍🔥26💯13👍43
“Ishq, oshiqni ma’shuqning suratiga kiritadi.”

Shayx Sayyid Sibg’atulloh Arvosiy quddisa sirruhu

Haqiqatan ham, bu faqiru purtaqsir ko‘p bora shohid bo‘lganmanki, xususan, murid Shayxiga ergasha-ergasha uningdek kiyinadigan, uningdek yuradigan, uningdek tabassum qiladigan va deyarli barcha ishlarini ham Shayxiga o‘xshab bajaradigan bo‘lib qoladi. E’tibor bilan qaralsa, muridning yuzi ham bora-bora Shayxiga o‘xshab qolgan bo‘ladi.

Shayx Sayyid Sibg’atulloh hazratlari (quddisa sirruhu)ning yuqoridagi so‘zlarida ham aynan shu ma’nolar o‘z ifodasini topgan.

Muhammad Ravshan
❤‍🔥20🔥11👍82💯2🍓1
https://t.me/+UwEiUjiFsK05MDUy

Shaxsiy kanalimiz :)
❤‍🔥84🍓2
Forwarded from Mahbubiy
Qalbingiz dengiz kabi bo'lsin. Kirgan ko'milsin. Suzishni bilgan qutulsin. Bilmagan bo'g'ilsin..
👍21❤‍🔥189
Derazadan boqar sohibjamol oy,
Nigohlari to‘la karashma, chiroy.
Kechirgin, bo‘libman oyga mahliyo.
Ishon, endi unga qilmayman parvo.
 
Oyning sochlarini mayli, o‘rmayman,
Men seni oylarga bermayman.
 
Usmon Azim
❤‍🔥28👍6🍓3
Butun ummat jamlanib sizga qandaydir manfaat yetkazmoqchi bo‘lsa, Alloh bitganidan boshqasini yetkaza olmaydi. Shuning uchun boshqalarning yordamiga tayanmang.

Butun ummat jamlanib zarar keltirmoqchi bo‘lsa, Alloh sizga bitganidan boshqasini keltira olmaydi. Shuning uchun boshqalardan qo‘rqmang. Qanday musibat yetsa, shu xayrlisi ekan, deb qo‘yavering. Odamlar qasd qilsa ham, baribir boshqa tomondan bo‘ladi. Shu taqdirga, qadarga iymon keltirgan kishi ishni avvalidan Allohga tayanishi kerak.

Agar nimadir o‘xshamay qolsa, Rasululloh aytganlariday: "Sen o‘zingga manfaat keltiradigan narsalarga haris bo‘lgin. Allohdan madad tilagan holingda ojizlik qilmagin. Boshingga biror musibat tushsa: "Agar men falon chorani ko‘rganimda bunday musibat tushmas edi", demagin. Balki: "Allohning taqdirida bitib qo‘yilgan ish sodir bo‘ldi, U Zot O‘zi xohlagan narsani amalga oshirdi", degin. Zero "Agar, agar..." deyish (o‘tib ketgan ishlarga afsus-nadomat chekib, sababchilarni malomat qilib o‘tiraverish) shaytonning ishlariga yo‘l ochadi".

Mana shunda "agar" so‘zidan shaytonning eshigi ochiladi. Qadarga rozi bo‘lish kerak, nadomat qilish emas.

Husaynxon Buxoriy
❤‍🔥227👍5🍓3💯1
Seni sevganlar oldida tabassum qil-ki, sening ham muhabbating sezilsin!

Dushmaning qarshisida ham tabassumli bo‘l-ki, u o‘zining zaif va nochor ekanidan ezilsin!

Seni tashlab ketganning ortidan ham tabassum qil-ki, nadomat cheksin!

Tabassum qil va butun olamni tabassum ila fath et!
Tabassumni ibodat sanagan Robbimga hamd bo‘lsin!

Mahbubiy
3❤‍🔥39🔥11💯4🍓21👍1